Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


«С труктур ы социальной ры ночной эко но м ики». Г л а в а из книги Г е р м а н и я



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 «С труктур ы социальной ры ночной эко но м ики». Г л а в а из книги Г е р м а н и я .
Факты .стр-48.
2 Цишлок ахолиси уй мулкини ихтиёрий сугурта килиш коидаси. - Т .: Узагросурурта,
1997. 17.05. № 19


boiib hisoblanadi. Shaxsiy davlat majburiy sug'urtasi bo'yicha sug'urtalangan 
shaxsning faqat ish bilan bog'liq holda o'z sog'lig'ini buzilishi, shikastlanishi 
yoki vafot etishi, ya’ni o'z xizmat burchini bajarayotgan vaqtdagi hayoti 
va sogiig'i, sug'urta obyekti boiib sanaladi. Xizmat burchini bajarishdan 
tashqari holatdagi hayoti va sog'lig'i obyekt bo'lib hisoblanmaydi. FKning 
916-moddasiga muvofiq quyidagi manfaatlar sug'urta qilinmaydi:
- qimor, lotoreya va garov o'yinlarida ishtirok etishda ko'riladigan 
zararni sug'urtalashga yo'l qo'yilmaydi.
- garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi 
mumkin bo'lgan xarajatlar.
Sug'urta hodisasi - sug'urta shartnomasida ko'zda tutiladigan va 
yuz berishi mumkin bo'lgan voqea tushuniladi. Sug'urta hcxiisasi ba’zi 
hollarda sug'urta xatari deb ham yuritiladi. “Sug'urta xatari” atamasi 
esa, turlicha ma’nolarda qo'llanilishi mumkin. Aksariyat hollarda, sug'urta 
xatari deb quyidagilarga aytiladi:
1) Voqea va bir qancha voqealar va bular natijasida, sug'urta qiluvchi 
o'zining asosiy majburiyatini bajarishi - sug'urta tovonini (sug'urta 
summasini) toiashi kerak boigan holat.
2) Ro'y berish ehtimoli boigan xavf-xatar, shu xavf-xatarning yuz 
berish ehtimolidan sug'urta qilish.
3) Bir yoki bir necha sug'urta bo'yicha sug'urta qiluvchining 
zimmasiga tushadigan mas’uliyat darajasi.
Har qanday sug'urta shartnomasida ham, sug'urta hodisasi ro'y 
berganida, sug'urta qiluvchi sug'urta tovonini toiashi lozim bo'lgan 
voqealar aniq ko'zda tutiladi.
Sug'urta nazariyasi va amaliyotida, muayyan shartlar ishlab 
chiqilgan boiib, bu shartlarga ko'ra, biron bir tarzdagi hodisa (voqea) 
sug'urta qiluvchi zimmasiga oladigan mas’uliyat deb hisoblanishi mumkin. 
Bunday shartlar bir necha sug'urtada ko'zda tutilgan voqealar ro'y berishi 
(real) va tasodifiy tusda boiishi kerak. Aks holda, sug'urtaning zaruriyati 
boim ay qoladi. Sug'urta obyektiga nisbatan voqeaning ro'y berish fakti, 
uning qachon ro'y berishi va ta’sir kuchi, sug'urta qiluvchiga ham, 
sug'urta qildiruvchiga ham, oldindan maium bo'lmasligi va sug'urta 
shartnomasi ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan bo'lmasligi kerak.
FKning 953-moddasida: “Agar sug'urta hodisasi sug'urta qildiruvchi, 
naf oluvchi yoki sug'urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz 
bergan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta tovonini yoki sug'urta pulini toiashdan 
ozod qilinadi, qasddan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida qilingan 
harakatlar bundan mustasno”, deb belgilangan. Sug'urta hodisasiga qo'yilgan


bu talabga ko'ra, sug'urta hodisasi sug'urta tovonini to'lashni hal qilishda 
ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, sug'urta hodisasining kelib chiqish 
sabablari, maxsus organlar tomonidan o'rganilib, tegishli xulosalar asosida 
sug'urta tovoni to'lash yoki to'lamaslik haqida qaror chiqariladi. Masalan, 
shaxsiy sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urtalanuvchi shikastlanganda, 
shu shikastlanish darajasi, uning kelib chiqish sabablari va kelgusidagi 
oqibatlari haqida, albatta, tibbiyot xulosasi talab etiladi. Ba’zida, 
sug'urtalanuvchi kelib chiqqan baxtsiz hodisa tufayli emas, balki uning 
oqibatlari natijasida katta zarar ko'rishi mumkin. Shunday holatlami aniqlash 
maqsadida tibbiy xulosa katta ahamiyatga ega.
Agar, sug'urta shartnomasini tuzishda, mazkur obyektga doir 
voqeaning albatta ro'y berishi ma’lum bo'lsa, u holda sug'urtani amalga 
oshirib bo'lmaydi.
Ma’lum turdagi bir necha xil mol-mulkni, bir turdagi xavf-xatardan 
yoki ayni bir vaqtda turli xil xavf-xatarlardan sug'urta qilish mumkin. 
Hozirgi kunda sug'urta idoralari jismoniy va yuridik shaxslarni turli 
xavf-xatarlardan sug'urtalash orqali himoyalash vazifasini amalga 
oshirmoqda.
Sug'urta shartnomasida ishtirok etayotgan sug'urta obyekti va 
sug'urta subyektlariga qarab sug'urta hodisasi ham turlicha bo'ladi. Hayotni 
sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalanuvchining vafoti sug'urta 
hodisasi hisoblansa, tadbirkorlik xavfini sug'urta qilish shartnomasi 
bo'yicha, tadbirkor olishi mumkin bo'lgan foydaning olinmay qolishi, 
sug'urta shartnomasining hodisasi, zarar yetkazganlik majburiyatlarini 
sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha esa, uchinchi shaxsga zarar yetkazilishi 
sug'urta hodisalari bo'lib hisoblanadi.
FKning 943-moddasiga asosan, sug'urta shartnomasida sug'urta 
predmeti sifatida belgilanadigan hodisa, ehtimol tutiladigan va tasodiflik 
belgilariga ega bo'lishi lozim. Masalan, qarzdorning kredit summasini 
qaytarish majburiyatini bajarmasligi faqat tasodif bo'lgandagina, ya’ni, 
mazkur holat sug'urtalanuvchining erkidan tashqari sodir bo'lgandagina 
sug'urta hodisasi sifatida baholanishi mumkin.
Sug'urta hodisasining sodir bo'lgan vaqti sug'urta tovonini talab qilishda 
muhim ahamiyatga ega. Jumladan, kredit qaytarilishini kafolatlovchi 
sug'urta shartnomasiga ko'ra, sug'urtalanuvchining kreditordan olgan kredit 
qarzini uning muddati kelgan paytda qaytara olmasligi sug'urta hodisasi 
hisoblanadi.
S u g'u rta hodisasi r o 'y berganda, shartnom ada belgilangan 
muddatda sug'urta idoralariga xabar bermaslik ham sug'urta tovonini


to‘lashni rad etish uchun asos bo'ladi. FKning 951-moddasida belgilangan 
bo'lib, unga ko'ra sug'urta qildiruvchi shartnomada yoki sug'urta 
qoidalarida nazarda tutilgan muddatlarda, sug'urtalovchiga sug'urta 
hodisasi ro'y berganligi haqida xabar bermasa, agar sug'urtalovchi 
sug'urta hodisasi yuz berganini o'z vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda 
sug'urtalovchida ma’lumotlarning yo'qligi, uning sug'urta tovonini to'lash 
majburiyatiga ta’sir etmasligi isbotlanmasa, sug'urta tovonini to'lashni 
rad etish huquqini beradi.
Agar sug'urta hodisasi haqida xabar berilganidan so'ng, sug'urta 
idoralaridan vakil kelib tegishli dalolatnoma tuzmasa, sug'urta idorasi 
tomonidan, dalolatnoma tuzilmaganligini ro'kach qilib, belgilangan tovon 
pulini to'lashni rad qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Dalolatnoma - sug'urta qilingan mol- mulkning zararlanish sababi, 
miqdori va aniq joyi ko'rsatilgan hamda ekspertlar xulosasi mavjud 
bo'lgan hujjatdir1.
Sug'urta hodisasi ro'y berganidan so'ng tuziladigan dalolatnomalarda 
ishtirok etuvchi shaxslarning soni uch kishidan kam bo'lmasligi hamda 
sug'urta qildiruvchi (uning voyaga yetgan oila a’zosi yoxud vakolatli 
shaxs) ishtirokida tuzilishi kerak. Dalolatnomada, baxtsiz hodisa tufayli, 
sug'urta shartnomasi obyektining qancha miqdorda zararlanganligi, 
baxtsiz hodisaning kelib chiqish tafsilotlari albatta yoritilgan bo'lishi shart.
Bundan tashqari, zarur hollarda, dalolatnoma tuzish uchun tegishli 
mutaxassis, basharti, isitish, suv bilan ta’minlash yoki kanalizatsiya 
tizimlari, ulardan foydalanuvchi tashkilotning aybi bilan ishdan chiqqanda 
esa, ana shu tashkilotning vakili ham taklif etilishi kerak.
Sug'urta organlariga, ana shunday mavhum holatda vujudga kelgan 
sug'urta hodisalari qanday sodir bo'lganligini, tasodifan yoki qasddan 
uyushtirilgan harakatlar tufayli sodir bo'lganligini va sug'urta tovonining 
miqdorini belgilash maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan 
tegishli hujjatlar so'rab olish huquqi “O'zbekiston Respublikasining Sug'urta 
faoliyati to‘g ‘risida”gi Qonunning 25- moddasida kafolatlangan bo'lib, 
unga ko'ra “ huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek, 
tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari 
va boshqa tashkilotlar, sug'urtalovchilarning so'roviga ko'ra sug'urta 
hodisalarining yuz berishi sabablari va holatlari to'g'risidagi hamda

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish