Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Благутин Д.Ю . Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Благутин Д.Ю . Французский режим возмещения ущерба от стихийных бедствий.
// Страховое дело. № 10. 2002,- 58-с.
2 Брагинский М .И.Витрянский В.В. Договорное право. Договоры о выполнение
работ и оказании услуг М.: 2002. Статут. 572


Sug'urta shartnomasining elementlariga taraflar, predmet, muddat, 
shakli va mazmuni kiradi.
Sug'urta shartomasining taraflari bo'lib - sug'urta qildiruvchi va 
sug'urtalovchilar hisoblanadi.
Sug'urta qildiruvchi - sug'urta shartnomasini tuzuvchi shaxs 
hisoblanadi. Sug'urta qildiruvchi sifatida har qanday shaxs ishtirok etishi 
mumkin. O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xo'jalik tashkilotlari
- shirkat, fermer, dehqon xo'jaliklari, jamoat tashkilotlari, yakka 
tadbirkorlar va fuqarolar sug'urta subyektlari yoki sug'urta qildiruvchilari 
bo'lishi mumkin
Xo'jaliklarga, xususiy tashkilotlarga, fuqarolar va tadbirkorlarga 
qarashli mulklar, mulkiy javobgarliklari, hayoti va sog'lig'i sug'urta 
shartnomasining obyekt bo'lib hisoblanadi.
Biroq ayrim turlarida maxsus subyektlar ishtirok etishi ham mumkin. 
Misol uchun majburiy davlat sug'urtasida - davlat hokimiyat organlari. 
Keyingi paragraflarda, sug'urta shartnomasining alohida shakllarida 
batafsil ко'rib chiqiladi.
Sug'urta qildiruvchi qoida bo'yicha sug'urta mukofotini to'laydi. 
Biroq konsensual shartnomada sug'urta mukofotini to'lash uchinchi 
shaxsga yuklatilishi ham mumkin.
Naf oluvchi bo'lib - sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta 
qildiruvchi kimning foydasiga tuzgan bo'lsa, shu shaxs hisoblanadi.
Bu shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar 
turkumiga kirib, huquq bilan birga majburiyat ham yuklanadi.
Naf oluvchi sug'urta shartnomasining hamma turida ishtirok 
etmaydi, faqatgina sug'urta qildiruvchi istagan paytdagina ishtirok eta 
oladi. Ayrim sug'urta shartnomalarida sug'urta qildiruvchining erki 
irodasidan tashqari naf oluvchining ishtiroki istisno etiladi (tadbirkorlik 
xavfi sug'urtasi), boshqalarida esa ishtiroki majburiydir (javobgarlik 
sug'urtasi).
Naf oluvchi sug'urta shartnomasini tuzishda bevosita ishtirok etmay, 
unga rozilik bersa shartnomadagi huquq va majburiyatlar unga ham 
taalluqli bo'ladi. A ga r shartnoma bo'yich a hech qanday e ’tiroz 
bo'lmaydigan bo'lsa, shartnoma subyekti sifatida qabul qilinib shartnoma 
majburiyatlarini bajarmaganlik borasida javobgarlikka ham tortiladi.
FKning 917-moddasining 3- qismiga muvofiq naf oluvchi foydasiga 
mol-mulkini sug'urta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi 
ko'rsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sug'urta 
qildiruvchiga egasining nomi ko'rsatilmagan polis beriladi. Bunday


shartnom a b o 'y ic h a huquqlarni am alga oshirishda bu polisni 
sug'urtalovchiga taqdim etish zarur.
Naf oluvchida sug'urta manfaatdorligi bo'lishi kerak, ana shundagina 
u shaxsiy va mulkiy sug'urtada ishtirok etishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan shartlar b o'y ich a naf olu vch i sug'urta 
shartnomasidan kelib chiqadigan m ajburiyatlarning naf oluvchi 
tomonidan bajarilishi FKning 926-moddasida qayd etilgan. Naf oluvchi 
foydasiga sug'urta shartnomasini tuzish sug'urta qildiruvchini sug'urta 
qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan 
shaxs tomonidan bajarilmagan bo'lsa, shartnomadan kelib chiqadigan 
majburiyatlami bajarishdan ozod qilmaydi.
Naf oluvchi mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta pulini 
to'lashni talab qilganida su g 'u rta lo v ch i undan, shu ju m ladan
sug'urtalangan shaxs naf oluvchi bo'lgan taqdirda ham sug'urta 
shartnomasi b o'yich a m ajburiyatlam i, shu bilan birga sug'urta 
qildiruvchining zimmasida bo'lgan, lekin bajarmagan majburiyatlami 
bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim b o 'lg a n
majburiyatlami bajarmaslik yoki o'z vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi 
naf oluvchining zimmasida bo'ladi.
Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchini ogohlantirgan holda naf 
oluvchini boshqa shaxs bilan almashtirishga haqli (FKning 945-moddasi). 
Naf oluvchini almashtirish chog'ida sug'urtalovchining roziligini olish 
shart emas. Shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan shaxsning 
roziligi bilan tayinlangan naf oluvchini almashtirishga faqat shu shaxsning 
roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Sug'urta shartnomasining bekor bo'lishiga qadar naf oluvchi sug'urta 
qildiruvchi tomonidan xohlagan vaqtda almashtirilishi mumkin. Biroq 
naf oluvchi sug'urta shartnomasiga muvofiq biror majburiyatni bajarishi 
yoki su g'u rta tovonini yoki su g'u rta pulini to'lash to 'g 'ris id a
sug'urtalovchiga talab qo'yganidan keyin u boshqa shaxs bilan 
almashtirilishiga yo'l qo'yilmaydi
Sug'urtalangan shaxs - bu jismoniy shaxs bo'lib, shaxsiy sug'urta 
shartnomasiga muvofiq hayoti yoki sog'lig'i sug'urtalangan shaxsdir. Bunda 
sug'urtalangan shaxsda doimo sug'urta manfaatdorligi bo'lib, ham sug'urta 
qildiruvchi va naf oluvchi bo'lishi mumkin.
Agar sug'urtalangan shaxs sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi bilan 
mos kelmasa, shaxsiy sug'urta shartnomasi sug'urtalangan shaxsning yozma 
roziligi bilangina tuzilgan hisoblanishi mumkin (FKning 921-modda, 4 qismi).


Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug'urta qilish 
shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi 
sug'urtalangan xollarda, shartnomada boshqacha hoi nazarda tutilmagan 
bo'lsa, sug'urta qildiruvchi bu shaxsni sug'urta hodisasi yuz berguncha 
istalgan vaqtda, sug'urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, boshqa 
shaxsga almashtirishga haqli.
Shaxsiy sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan sug'urtalangan shaxs 
sug'urta qildiruvchi tomonidan shu sug'urtalangan shaxs va sug'urtalovchi- 
ning roziligi bilangina boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin (FKning 
944-modda).
Sug'urtalovchi - tegishli faoliyat turi uchun ruxsatnomaga ega bo'lgan 
yuridik shaxs hisoblanadi. Sug'urta tashkilotlariga qo'yiladigan talablar, 
litsenziya olish tartibi va ularning faoliyati ustidan nazorat olib borish 
tartibi tegishli qonun hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Bu borada yuqorida 
gapirib o'tildi.
Shvetsiya qonunlarida ham sug'urta kompaniyalari ixtisoslashgan 
holda faoliyat yuritishi belgilangan boiib, 25 ta sug'urta kompaniyasi 
hayot sug'urtasi bilan shug'ullansa, 57 tasi mulkiy (umumiy) sug'urtalash 
ishlarini olib boradi. Bir vaqtning o'zida bu ikki turni sug'urtalash ishlarini 
olib borish mumkin emas1.
Agar bitta shartnomada bir necha sug'urtalovchi ishtirok etsa, u 
holda birgalikda sug'urta deb yuritiladi. Agar boshqacha hoi belgilab 
qo'yilmagan boisa, sug'urtalovchilar sug'urta qildiruvchi oldida solidar 
javobgar boiadilar. Yirik va alohida yirik xavflarni o'rtada sug'urta qilish 
uchun birgalikda sug'urtalovchilar birgalikdagi faoliyat to'g'risida oddiy 
shirkat tuzishlari mumkin (sug'urta sherikchiligi). Birgalikda sug'urtalovchilar 
o'rtasida tegishli kelishuv boigan taqdirda, ulardan biri sug'urta qildiruvchi 
(naf oluvchi) ning oldida faqat o'z ulushi uchun javobgar boiib qolgani 
holda, u bilan o'zaro munosabatlarda barcha birgalikdagi sug'urtalovchilar 
nomidan vakil boiishi mumkin (FKning 941-moddasi).
Qayta sug'urta birgalikdagi sug'urtaning aksi b o iib , unda 
sug'urtalovchi shartnoma bo'yicha o'z zimmasiga olgan sug'urta xavfini 
boshqa sug'urta tashkilotida sug'urtalaydi. Qayta sug'urta qilish 
shartnomasini tuzgan sug'urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo'yicha 
sug'urtalovchi keyingi shartnomalarda sug'urta qildiruvchi hisoblanadi. 
Qayta sug'urta qilishda sug'urta pulini yoki tovonini to'lash uchun asosiy

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish