Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Юридик энциклопедия. -Т .: Шарк, 2001. - 4 1 3 6



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Юридик энциклопедия. -Т .: Шарк, 2001. - 4 1 3 6.
2 Узбекистан Республикасининг «Сурурта фаолияти туррисида»ги конуни. Халк сузи.
2002. 28.05.


sug'urta tovoni miqdorlari, sug'urtalovchi tomonidan aniqlanishi 
maqsadida yetkazilgan zarar to'g'risidagi masalalarni hal etish uchun 
zarur bo'lgan hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shaft”,2 - deb 
belgilangan. FKning 957-moddasida sug'urta qildiruvchining zarar 
qoplanishiga bo'lgan huquqlarining sug'urtalovchiga o'tishi, y a ’ni 
subrogasiya huquqi ta’minlangan. Bu moddada, sug'urta qildiruvchining 
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan huquqlari, agar mulkiy 
sug'urta shartnomasida boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, sug'urtalovchiga 
o'tishi qoidalari mustahkamlangan. Biroq, zarar qasddan yetkazilgan 
bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta pulini toiagan d an so'ng, sug'urta 
shartnomasida qanday ko'rsatilganidan qat’iy nazar, yuqoridagi huquqni 
qo'lga kiritadi.
FKning 935-moddasiga muvofiq: “Sug'urta shartnomasini tuzish 
paytida taraflarning kelishuviga ko'ra aniqlanadigan, sug'urta manfaati 
bilan bog'lanadigan mol-mulk qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha 
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta qiymati (sug'urta bahosi) deb 
hisoblanadi”. Mol-mulkni sug'urta qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad, 
sug'urta qilingan mol-mulkning nobud bo'lishi yoki shikastlanishi natijasida 
yetgan zararni qoplashdan iborat. Shu bois, sug'urta yuzasidan beriladigan 
pulning miqdori (sug'urta puli), sug'urta qilingan m ol-m ulkning 
qiymatidan oshmasligi talab etiladi. Shu ma’noda, ayni bir obyektning 
sug'urta pulini belgilash uchun, uning qiymatini aniqlash kerak bo'ladi.
FKning 935-moddasiga ko'ra, mulkiy sug'urta shartnomasi amal 
qilgan davrda, tomonlarga mol-mulkning shartnomada ko'rsatilgan 
qiymati yuzasidan nizolashish huquqi berilmagan, sug'urtalovchi o'zining 
sug'urta qildiruvchi tomonidan ataylab chalg'itilganligini isbotlab beruvchi 
holatlar bundan mustasno. Agar shartnomada sug'urta puli bilan sug'urta 
qiymatining nisbati buzilgan bo'lsa, mazkur shartnoma qisman haqiqiy 
emas deb topiladi va shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, 
mulkning shartnoma tuzilgan paytdagi qiymatidan kelib chiqqan holda 
sug'urta tovoni to'lanadi.
Mulkning sug'urta qiymati uning haqiqiy qiymati doirasida va uning 
tabiiy eskirishini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda mulkning haqiqiy 
qiymati uni ko'rikdan o'tkazish, baholash, ekspertiza tayinlash va uning 
xulosasi, bozordagi shunga o'xshash mulkning bahosini beligilash bilan 
aniqlanadi.
Obyektning (binolar, chorva mollari, biron qishloq xo'jalik ekinining 
hosili va boshqalarning) sug'urta qilish maqsadlari uchun belgilangan 
qiymati-sug'urta uchun baholash deb ataladi.


Sug'urta qilinuvchi obyektlami baholash juda muhim ahamiyatga 
egadir. Chunki, bu baho, sug'urta yo'li bilan ta’minlash summasini 
belgilash uchun asos qilib olinadi. Agar, sug'urta qilinayotgan obyektlarga 
uning haqiqiy qiymatidan kam baho qo'yilsa, u holda sug'urta yo'li 
bilan ta’minlash puli ham kamayadi.
Sug'urta puli sug'urta uchun qo'yilgan baho bilan to'g'ri kelishi 
mumkin. Bu holda mulk uning to'la qiymati miqdorida sug'urta qilingan 
hisoblanadi. Agar mol-mulk nobud boisa, yoki zarar yetkazilsa, unga 
yetgan zarar toiiq hajmda qoplanadi. Sug'urta puli sug'urta qiymatidan 
kam boiishi ham mumkin.
FKning 938-moddasida: “Sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan mol- 
mulk yoki tadbirkorlik xavfining sug'urta puli sug'urta qiymatidan ortiq 
boisa, shartnoma sug'urta pulining sug'urta qiymatidan ortiq boigan 
qismida o‘z-o‘zidan haqiqiy boimaydi va sug'urta mukofotining ortiqcha 
toiangan qismi qaytarib berilmaydi” .
Sug'urta qiymati - sug'urta obyektining asl, faktik qiymati boiib, 
uni belgilash turli mamalakatlardagi joriy qonunchilik va amaliyotda 
shakllangan o'ziga xos qoidalarga asoslanib amalga oshiriladi.
A m erika Q o'shm a Shtatlarida esa, sug'urta qiym ati tovar 
yuklanayotgan paytdagi bozor narxi qancha boisa, shundan kelib chiqib 
hisoblanadi va bu reys boshlanishi oldidan aniqlanadi. Fransuz 
qonunchiligida, sug'urta qiymatiga tovaming sotilish narxi va yuklash 
paytida sarflangan xarajatlar, uning belgilangan joyga yetkazilishi va 
kutilayotgan daromad miqdori ham qo'shib belgilanadi. Germaniyada esa 
sug'urta qiymati sifatida, sug'urta hodisasi yuzaga kelishi bilan tovaming 
asl sotilish qiymati qabul qilingan.
Sug'urta puli va sug'urta bahosi to'g'risida yuqorida ta’kidlab o'tilgan 
qoidalar, shaxsiy sug'urta shartnomasiga qoilanilmaydi. Chunki, kishining 
hayoti yoki mehnat qobiliyatini, sug'urta qilish maqsadlarida baholab 
boimaydi.
Xullas, sug'urta qiymatini aniqlash, sug'urta hodisasi natijasida 
to ia n a d ig a n su g'u rta tovoni, su g'u rta badali m iqdori sug'urta 
p u lin i b e lg ila s h d a m u h im a h a m iy a tg a ega b o 'lib , u q a t ’ iy 
belgilanishi lozim.
Sug'urta puli - sug'urta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u 
sug'urta qiymatidan kam yoki teng miqdorda belgilanishi mumkin.
FKning 934-moddasiga muvofiq: “Mulkiy sug'urta shartnomasi 
bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lash majburiyatini oladigan 
yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lash majburiyatini oladigan


summa (sug'urta puli) sug'urta qildiruvchining sug'urtalovchi bilan 
kelishuviga ko'ra, ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfini sug'urta qilishda, agar sug'urta 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta puli 
ularning haqiqiy qiymatidan (sug'urta qiymatidan) oshmasligi lozim, 
quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
— mol-mulk uchun uning sug'urta shartnomasini tuzish kuni turgan 
haqiqiy qiymati;
— tadbirkorlik xavfi - sug'urta hodisasi yuz berganida sug'urta 
qildiruvchi tadbirkorlik faoliyatidan ko'rishi mumkin bo'lgan zarar.
Shaxsiy sug'urta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni 
sug'urtalash shartnomalarida. sug'urta pulini taraflar o'z ixtiyorlariga 
ko'ra aniqlaydilar.
Qonun yoki sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan sug'urta hodisasi 
yuz berganida, sug'urtalovchi, shartnomada qayd etilgan shaxsga sug'urta 
shartnomasida belgilangan muddatda, sug'urta pulini (sug'urta tovonini) 
to'lashi shart.
Sug'urta pulining miqdori, sug'urta hodisasining kelib chiqish holatiga 
qarab kamayishi yoki umuman to'lanmasligi mumkin. Chunki, sug'urta 
hodisasining kelib chiqishida, sug'urta qildiruvchining aybi bo'lsa yoki 
sug'urta hodisasi natijasida ko'rilgan zarar, sug'urta pulidan kam miqdorda 
bo'lgan taqdirda, sug'urta pulining miqdori kamayishi mumkin. Sug'urta 
puli bilan sug'urta tovoni bir mazmundagi iboralar emas. Chunonchi, 
sug'urta puli shartnomada sug'urta hodisasi ro'y berganida to'lanishi 
lozim bo'lgan pul bo'lsa, sug'urta tovoni sug'urta hodisasi ro'y bergach, 
sug'urta qildiruvchi ko'rgan zarar yoki sug'urta tashkiloti tomonidan 
to'lanishi lozim bo'lgan pul mablag'i hisoblanadi.
Yetkazilgan zarar miqdorini, sug'urta tashkiloti, o'zi tuzgan 
dalolatnoma asosida, zarur hollarda esa, mulkning nobud bo'lgan, 
zararlangan yoki yo'qolgan joyi, vaqti, sababi va boshqa sharoitlar haqida 
vakolatli tashkilotlar (avariya xizmati, militsiya, tergov tashkilotlari, 
sud va boshqalar) tomonidan berilgan hujjatlarni hisobga olib aniqlaydi.
Sug'urta hodisasi natijasida mol-mulkka yetkazilgan zarar bo'lib, 
mulk nobud bo'lganida yoki o'g'irlanganida mulkni sug'urta qilishda 
asoslanadigan, sug'urta shartnomasida belgilangan narxi, uy-joyning 
hammasi tamoman nobud bo'lganda esa, maxsus va umumiy sug'urta 
shartnomalarida ko'rsatilgan sug'urta puli, 
mulk zararlanganda — 
mulkning oldingi qiymati bilan sug'urta hodisasi tufayli qimmatini 
(sifati va qiymatini) yo'qotgandan keyingi narxi orasidagi farq,


shuningdek 
zararlangan narsani tuzatish y o ii bilan awalgi holatiga 
keltirish mumkin bo'lsa, u holda ana shu narsani tuzatish narxi ko'rilgan 
zarar hisoblanadi.
Tuzatish narxi, tuzatish maqsadida fuqarolardan haq undirib olish 
uchun tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan amaldagi baholar 
(tariflar) asosida hisoblab chiqiladi.
Tuzatish narxi, sug'urta pulidan oshmaydigan miqdor doirasidagina 
zarar deb tan olinadi. Agar, ekspertiza o'tkazish zarur deb topilgan bo'lsa, 
bu ishni bajarish narxi ham zarar qiymatiga qo'shiladi.
Ko'rsatilgan ishlami bajarish xarajatlarining miqdori amaldagi baholar 
asosida, ana shu ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.1
Sug'urta hodisasi yuz berganida, mulkni saqlab qolish va uni tartibga 
keltirish uchun qilingan xarajatlar narxi ham (agar bu xarajatlar zarur 
deb tan olingan bo'lsa) zarar miqdoriga kiritiladi.
Ushbu xarajatlar miqdori tegishli ishlar (xizmatlar) ga fuqarolar haq 
to'lashi uchun belgilangan amaldagi baholar (ta’riflar) asosida aniqlanadi.
Agar nobud bo'lgan, zararlangan yoki o'g'irlangan biron-bir mulk 
uchun belgilangan narxlar bo'lmasa, u holda, zarar miqdori sug'urta 
shartnomasi tuzilgan paytda amal qilayotgan narxlardan kelib chiqib 
aniqlanadi.
Sug'urta tovoni, ko'rilgan zarar miqdorida, sug'urta shartnomasi 
tuzilgan paytdagi baholar asosida, ammo shartnomada kelishilgan sug'urta 
pulidan ko'p bo'lmagan miqdorda to'lanadi.
Sug'urta tovonini to'lash haqidagi qarorni davlat sug'urta muassasasi 
mustaqil ravishda qabul qiladi.
Sug'urta tovonini esa, shartnoma tuzgan sug'urta muassasasi barcha 
zarur hujjatlarni olganidan so'ng, shartnomada belgilangan muddat ichida 
to'laydi. Sug'urta qildiruvchiga yoki uning oila a’zolariga nisbatan jinoiy 
ish qo'zg'atilgan taqdirda, bu tartib joriy qilinmaydi.
Sug'urta tovoni sug'urta qildiruvchining o'ziga to'lanadi. Uning 
xohishiga binoan, tovon naf oluvchining nomiga yozilgan chek berish, 
omonat kassaga o'tkazish, naqd pul bilan hisob-kitob qilish yoki belgilangan 
tartibda pochta orqali yuborish yo'li bilan to'lanishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchi vafot etgan bo'lsa, sug'urta tovoni qonunda 
belgilangan tartibda, uning vorislariga to'lanadi.
Sug'urta muassasasi xodimlarining aybi bilan, sug'urta tovonini to'lash

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish