19 aprel 2021, 18:40 Jamiyat Кириллчада
Jizzaxda prezidentni internet orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi
Jizzaxda O‘zbekiston prezidentini internetda haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi. Baxmallik fuqaro V.K. YouTube va Facebook tarmoqlarida prezidentni haqoratlab, davlat rahbarining obro‘siga putur yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatganlikda ayblanmoqda.

Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»
Jizzax viloyati Baxmal tumanida O‘zbekiston prezidentini internetda haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 1969 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K internetning YouTube va Facebook tarmoqlarida profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilgan.
«O‘z chiqishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarini obro‘siga putr yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan», — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston prezidentini internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, prezidentni internetda haqoratlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan edi.
«Газета.uz» 3 817
Surxondaryolik fuqaro Shavkat Mirziyoyev haqida noxolis, haqoratli tuhmat va obro‘sizlantirishga qaratilgan videomateriallar tarqatib kelgani ma’lum bo‘ldi
Kirmang / Bilasizmi? / YurtimizdaA A A

Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi SH.Suyunovning ayrim mansabdor shaxslarning harakatlaridan norozi bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan video murojaati yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Aniqlanishicha, SH.Suyunov Internet jahon ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida asoslanmagan, noxolis, biryoqlama, haqoratli tuhmat, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga qaratilgan videomateriallar tarqatib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, 2018 yil 18 iyun kuni Qumqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan sel-toshqini oqibatida talofat ko‘rgan xonadonlar va yordamchi ho‘jalik binolari egalariga kompensasiya to‘lovlarini to‘lab berilishida jiddiy qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani holati bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishining tergov doirasida bir nafar shaxsga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, Jinoyat prosessual kodeksining 388-moddasi talabi asosida jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudlovga yuborilgan.
JIB Termiz shahar sudining 07.01.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal ho‘jalik masalalari bo‘yicha (sobiq) o‘rinbosari F.A. JKning 207-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan JKning 59,61-moddalari tartibida 1 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ushbu sud hukmi Surxondaryo viloyati apellyasiya instansiyasining 06.02.2019 yildagi ajrimi bilan o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyatlari qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
DXX Surxondaryoda akidaparastlik g`oyalarini internet tarmog`ida targ`ib qilib kelgan shaxsni qo`lga oldi
Jamiyat 13.02.2022, 15:20

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari fuqaro A.A.ga nisbatan to`plangan tergovga qadar tekshiruv materiallar bilan tanishish asnosida uning qonunga zid harakatlarini aniqladi.
Ma`lum bo`lishicha, boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A.ning “Redmi 6A” rusumli telefon apparati ko`zdan kechirildi. “Instagram” ijtimoiy tarmog`idagi uning “arslanbey9888” profili mavjud bo`lib, unda fuqaro Rafiq Kamolovning “benomozlik, namoz mo`min kishining hujjati, namoz o`qimagan odamning hujjati yo`qligi...” mavzusidagi videoma`ruzasi va juda ko`plab diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib tarqatgani aniqlandi.
Tarqatilgan materiallar tekshirib ko`rish uchun DVD+R diskka ko`chirib olinib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaga yuborilgan.
Qo`mitaning ekspertlik xulosasida A.A.ning “Instagram” ijtimoiy tarmog`ida tarqatgan videomateriallar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan bo`lib, ularni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanishi ma`lum qilindi.
A.A.ning harakatida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari mavjudligini inobatga olib hamda Jinoyat-prosessual kodeksining tegishli moddalari talablarini qo`llab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-kismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Sirdaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik materiallar tarqatayotgan shaxslar ushlandi
Jamiyat 18.02.2022, 12:39

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha Boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarning radikal g`oyalarini targ`ib qilib kelgan Sirdaryo tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro «A.X.» qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, «A.X.» “Telegram” messenjerida virtual guruh ochib, aqidaparastlikni targ`ib qiluvchi audio va video materiallarni joylashtirish orqali uni internet foydalanuvchilari orasida ommalashtirgan.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida «A.X.» ning yaqin tanishi, 1991 yilda tug`ilgan «G`.D.» ham aniqlanib, tergovga jalb etildi.
Mazkur shaxslarning uyali aloqa vositalari va yashash manzillaridan olingan daliliy ashyolar prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi hamda Sirdaryo viloyat IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «G» bandi (ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog`idan foydalanib sodir etilgan bo`lsa) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi va «A.X.» ga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalliy 19:59, 15.10.2020 20052
Navoiyda “Odnoklassniki” orqali diniy-ekstremistik materiallar tarqatgan 26 yoshli yigit 3 yilga ozodlikdan cheklandi
Navoiyda “Odnoklassniki” orqali diniy-ekstremistik materiallarni virtual do‘stlariga tarqatib kelgan 1994-yilda tug‘ilgan L.S. (ism-familiyasi o‘zgartirilgan)ga nisbatan 12-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat Uchquduq tuman sudi binosida jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Darakchi” xabar bermoqda.
Sudlanuvchi yigit 2013-yilda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida o‘z ismi-sharifi bilan profil ochgan va mazkur profil orqali virtual do‘stlari bilan suhbatlashib, O‘zbekistonda an’anaviy bo‘lgan hanafiylik mazhabi va motrudiylik aqidasiga zid bo‘lgan va aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan diniy-ekstremistik materiallar — turli xildagi video va audiolarga “klass” belgisini bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatib kelgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, videofaylda xalqaro terroristik tashkilotning yetakchilaridan birining jihod haqidagi fikrlari o‘rin olgan ma’ruza bo‘lgan.
Shuningdek, bir nechta videofayllarda inson bir vaqtning o‘zida ham musulmon, ham demokrat bo‘la olmasligi, inson yoki demokrat, yoki musulmon bo‘lishi, demokrat hurriyatni da’vo qilsa-da, islom ahliga o‘z haytlarini shariat asosiga qurilishiga yo‘l qo‘ymasligi, musulmonga hayotini o‘z yurtida shariat asosida qurishga yo‘l berilmasa, hijrat qilish kerakligi haqida yozilgan turli ma’ruzalar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lgan. Ushbu materiallarni O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan.
Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismining “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo)ni qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Mahalliy 07:22, 08.09.2020 24647
Toshkent viloyatida odamlarni Telegram orqali Suriyaga jihodga chorlab kelgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida DXX va viloyat IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Suriyaga jihodga chorlovchi video va audio materiallarni tarqatib, targ‘ib qilib kelayotgan fuqaro A.O aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.O Telegram’da alohida guruh tashkil qilib, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan hijrat va jihod qilish to‘g‘risidagi audio va video ma’ruzalarini tarqatib kelgan.
Toshkent tumanida yashovchi 5 nafar tanishini Suriya davlatiga borib xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilish hamda jangovar amaliyotlarda ishtirok etishga targ‘ib qilib kelayotgani aniqlangan.
Shundan so‘ng, ushbu besh nafar shaxsning yashash manzillarida o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari davomida jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Fuqaro A.O.dan daliliy ashyo sifatida olingan video va audio materiallar bo‘yicha o‘tkazilgan sud adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasida, ushbu ma’lumotlar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, saqlash va tarqatish ta’qiqlanganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bir guruh “Jihodchilar” qo‘lga olingani, ular orasida Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etganlar ham borligi xabar berilgan edi.
Sirdaryoda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining yashirin guruhi a’zolari qo‘lga olindi
21-yanvar kuni Sirdaryo viloyati bo‘yicha DXX boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jihodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur guruhning 2 nafar yetakchisi Rossiyada mavsumiy ishlashi davomida radikal guruhlar ta’siriga tushib, yashash joyiga qaytib kelganidan so‘ng aholi orasida o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib qilish va ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlarining g‘oyaviy rahnomalarining ma’ruzalarini tarqatish bilan shug‘ullangan. Jumladan, O‘zbekiston Oliy sudining qarori asosida taqiqlangan ekstremistik va terrorchilik guruhlariga aloqador shaxslarning maqola va ma’ruzalarini internet tarmog‘idan yuklab olib, ularni saqlash va atrofdagilarga tarqatish, shuningdek, Suriyada davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etuvchi terrorchilik guruhlarini moliyalashtirgan.
Ushbu jinoiy guruh rahbarlari 2020-yilda Sardoba suv ombori bilan bog‘liq suv toshqini oqibatida talafot ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, Telegram’da xayriya guruhini ochib, bank plastik kartasiga ehson qilingan mablag‘larni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullangan.
Ta’kidlanishicha, qo‘lga olinganlardan ba’zilari karantin cheklovlari bekor qilingach, Suriyaga chiqib ketishni rejalashtirish maqsadida ushbu mamlakat hududidagi maslakdoshlari bilan aloqada bo‘lib kelgan.
Tezkor tadbirlar natijasida ekstremistlarning barcha a’zolari qo‘lga olinib, yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv-tergov harakatlari davomida ularning jinoiy faoliyatini fosh etuvchi daliliy ashyolar olingan.
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlar davom ettirilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, Andijon shahrida “Jihodchilar” guruhi a’zolari qo‘lga olingani, Farg‘onada esa “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |