Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Ам инж онова М . Бозор иктисодиёти шароитида сугурта хизмати курсатишнинг



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)


Ам инж онова М . Бозор иктисодиёти шароитида сугурта хизмати курсатишнинг
фукаролик хукукий муаммслари. Дисс. ю.ф.н. - Т.: 2004.


kechiktirilganligi uchun, sug'urta shartnomalarida tegishli jarimalar to'lash 
belgilanadi. Bunday jarimalarning miqdorini belgilash, ixtiyoriy sug'urta 
shartnomalari bo'yicha, tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida, majburiy 
sug'urta shartnomalari bo'yicha esa, ushbu shartnomaga oid qonun 
hujjatlarida ko'rsatilgan miqdorda amalga oshiriladi.
Shaxsiy sug'urta shartnomasi, ya’ni fuqaroni baxtsiz hodisalardan 
sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha agar sug'urta hodisasi ro'y bersa, 
sug'urta qiluvchi sug'urta to'lovini 72 soat ichida toiashi lozim. Basharti, 
toiov belgilangan muddat ichida amalga oshirilmasa, har bir kechiktirilgan 
kun uchun, shartnomada belgilangan miqdorda jarima toianadi.
Zarar, aybdor shaxs tomonidan toiiq qoplansa, sug'urta qildiruvchi, 
sug'urta tovonini olish huquqidan mahrum boiadi. Agar zarar, qisman 
qoplangan yoki toianishi lozim boigan sug'urta tovonidan kam miqdorda 
toiangan boisa, u holda, sug'urta tovoni, yetkazilgan zarar uchun 
javobgar shaxsdan olingan pulni hisobga olgan holda toianadi.
Sug'urta hodisasi ro'y berganidan so'ng sug'urta hodisasining kelib 
chiqish sabablarini o'rganish jarayonida, ushbu hodisaning kelib chiqishida, 
sug'urta qildiruvchining qasddan sodir etgan harakatlari mavjudligi 
aniqlansa, sug'urta idoralari sug'urta qoplamasini to'lashni rad etishga 
haqli boiadi.
Sug'urta shartnomasining shartlarini belgilashda sug'urta badali, 
sug'urta qildiruvchi tomonidan toianishi lozim b oig a n pul to'lov 
majburiyati vazifasini o'taydi. Zero, sug'urta badali shartnoma tuzayotgan 
sug'urtalanuvchi tomonidan sug'urta idorasiga toianishi lozim boigan 
pul miqdoridir. Sug'urta badali, shartnomalarda ba’zan sug'urta mukofoti 
deb ham yuritiladi.
Mukofot rag'batlantiruvchi tarzdagi pul miqdori bo'lib, sug'urta 
qildiruvchi tomonidan sug'urtalovchiga toianadigan pul m ukofot 
mazmunini bildirmaydi.
Sug'urta shartnomasida badallarining miqdori shartnomaning turiga 
qarab belgilanadi. Agar ixtiyoriy sug'urta shartnomalari tuzilayotgan bo'lsa, 
bunday shartnomalarning badallari miqdori shartnoma subyektlari 
o'rtasida sug'urta puli miqdoriga qarab, o'zaro kelishuv asosida belgilanadi 
Sug'urta pulining eng kam miqdori sug'urta qoidalarida belgilab qo'yilgan 
boiishi mumkin.
Majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta badallarini 
belgilash Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qat’iy belgilangan boiadi 
va uni o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi. Lekin, ba’zi hollarda sug'urta


badallarining miqdori shartnomaning muddatiga nisbatan belgilangan 
bo'lishi mumkin. Bir yildan kam muddatga tuzilgan shartnomalar bo'yicha 
shartnoma muddatiga bog'liq ravishda sug'urta foiz stavkalarining 
miqdori kamaytiriladi.
Shartnomaning mazmuni bo'lib taraflarning huquq va majburiyatlari 
hisoblanadi. Ularning huquq va majburiyatlari shartnomada belgilangan 
majburiyatlarini yoritishda aniqlab olish mumkin bo'ladi. A w alam bor, 
sug'urtalovchining zimmasida tavakkalchilik bo'lib, sug'urta hodisasi ro'y 
berishi bilan sug'urta pulini to'laydi. Ushbu majburiyat eng asosiy 
m ajburiyat hisoblanib, sug'urta xafvi uning zimmasida bo'lishi 
sug'urtalovchiga hech qanday harakatlarni sodir etish yuklatilmaydi, 
aksincha agar sug'urta xavfi ro'y bergudek bo'lsa, sug'urta pulini to'lash 
harakatini amalga oshirishi kerak bo'ladi. Sug'urta tovoni odatda sug'urta 
pulidan oshmasligi kerak. Aksariyat holatlarda sug'urta puli pul birliklarida 
amalga oshiriladi, ayrim vaqtlarda natura holida ham berilishi mumkin. 
Misol uchun tibbiy sug'urtada pulning evaziga sug'urta qildiruvchiga 
tibbiy muolaja ko'rsatiladi. Sug'urta tovonining miqdori va tartibi sug'urta 
qildiruvchining arizasiga muvofiq, shuningdek, shartnoma shartlariga 
asosan amalga oshiriladi. FKning 951-moddasiga muvofiq, sug'urta hodisasi 
ro'y berishi bilanoq sug'urta qildiruvchining arizasi sug'urtalovchini 
ogohlantirish usullaridan biri hisoblanadi. Biroq ayrim vaziyatlarda naf 
oluvchi tomonidan ham ogohlantirilishi mumkin. Agar shartnomada xabar 
qilish muddati va usuli nazarda tutilgan bo'lsa, ushbu shartlashilgan 
muddatda va usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchi o'zining foydasiga 
tuzilgan shartnoma bo'yicha sug'urta tovoniga bo'lgan huquqdan 
foydalanish niyatida bo'lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchining 
zimmasida bo'ladi. Y uqoridagi m ajburiyatlarning bajarilm asligi 
sug'urtalovchiga, agar sug'urtalovchi sug'urta hodisasi yuz berganini 
o'z vaqtida bilganligi, yoki bu haqda sug'urtalovchida ma’lumotlar yo'qligi 
uning sug'urta tovonini to'lashni rad etish huquqini beradi. Ushbu qoidalar 
shaxsiy sug'urta shartnomasiga ham taalluqli bo'lib, sug'urtalovchini 
xabardor etish 20 kundan kam bo'lmasligi kerak. Sug'urtalovchi sug'urta 
hodisasining kelib chiqish asoslari va vaziyatlarini o'rganishga asosli bo'lib, 
sug'urta tovonini belgilashda muhim o'rin tutadi. Mazkur holatni 
o'rganishda sug'urtalovchining sug'urta xavfini baholash huquqi (FKning
932-moddasi), sug'urta shartnomasining amal qilish davrida sug'urta 
xavfining ortishi oqibatlari (FKning 949-moddasi) bilan aniqlash imkonini 
beradi.
Agar sug'urta tovonini to'lashni rad etuvchi ma’lumotlar bo'lmasa,


sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga (naf oluvchi) to'lashi shart.
Quyidagi hollarda sug'urtalovchi to'lashdan bosh tortishi mumkin:
S u g'u rta hodisasi su g'u rta q ild iru v ch i, naf o lu v ch i yok i 
sug'urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo'lsa (FKning 
953-moddasi, 1 qismi).
Qonunda sug'urta hodisasi sug'urta qiluvchining yoki naf oluvchining 
qo'pol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sug'urtalovchini mulkiy 
sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta tovonini to'lashdan ozod etish 
yoki tovon miqdorini kamaytirish mumkin. Sug'urtalovchi sug'urtalangan 
shaxsning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy 
javobgarlikni sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta tovonini 
to'lashdan, agar zarar sug'urtalanuvchi uchun javobgar shaxsning aybi 
bilan yetkazilgan bo'lsa, ozod qilinmaydi.
Sug'urtalovchi shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan 
shaxs vafot etgan taqdirda, to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta pulini 
to'lashdan, agar uning vafoti o'z joniga qasd qilish oqibatida ro'y bergan 
bo'lsa va bu vaqtgacha sug'urta shartnomasi kamida 2 yil amal qilgan 
bo'lsa, ozod qilinmaydi (FKning 953-moddasi, 2-4 qismlari). Qolgan 
holatlarda sug'urta qildiruvchining, naf oluvchining yoki sug'urtalangan 
shaxsning ehtiyotsizligi va qo'pol ehtiyotsizligi sug'urta tovonini rad etishga 
asos bo'la olmaydi.
Sug'urta hodisasi quyidagi holatlarda yuz bergan bo'lsa:
- yadro portlashi, radiatsiya yoki zaharlanish ta’sirida:
- harbiy harakatlar, manyovrlar va boshqa harbiy tadbirlar.
Sug'urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib
qo'yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo'q 
qilib tashlanishi oqibatida ko'rilgan zarar uchun sug'urtalovchi sug'urta 
tovonini to'lashdan ozod etiladi. Buning sababi sug'urta hodisasining amalga 
oshish xavfi yuqori bo'lganligi bilan belgilanadi.
Odatda sug'urta tovonini to'lashni rad etish qarori sug'urta qildiruvchi 
(naf oluvchi) so'rab murojaat etgandan so'ng, 15 kundan kechiktirmasdan 
yozma, hamda sabablari ko'rsatilgan holatda bildiriladi (FKning 955- 
moddasi).
Sug'urta pulini to'lashdan bosh tortish yoki bo'yin tovlash, hamda 
o'z vaqtida to'lamaganlik uchun neustoyka belgilanmagan, biroq sug'urta 
shartnomasida neustoyka belgilanishi mumkin.
Keyingi sug'urtalovchining majburiyati bu — sug'urta siridir. 
Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchi, sug'urtalangan shaxs va naf oluvchi, 
uning sog'lig'i holati to'g'risidagi o'z kasb faoliyati natijasida o'zi olgan


ma’lumotlami oshkor qilishga haqli emas. Sug'urta sirini buzganlik uchun 
sug'urtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatlariga qarab 
FKning 985, 1021, 1022-moddalariga muvofiq javobgar boiadi (FKning
933-moddasi). Mazkur qoida “Sug'urta faoliyati to'g'risida” gi qonunning 
26-moddasida ham mustahkamlab qo'yilgan Shuningdek, sug'urtalovchining 
qo'shimcha majburiyatlari shartnomada belgilab qo'yilishi mumkin
Sug'urta qildiruvchi shartnomada belgilab qo'yilgan summaning bir 
qismini to'lagan boisa, qolgan sug'urta badallarini toiashi shart Sug'urta 
qildiruvchida sug'urta mukofotini (birinchi sug'urta badali) to'lash 
majburiyati yotadi.
Agar sug'urta shartnomasida sug'urta mukofotini bo'lib-bo'lib to'lash 
nazarda tutilgan boisa, shartnomada navbatdagi sug'urta badallarini 
belgilangan muddatlarda to'lamaslik oqibatlari ko'rsatib qo'yilishi mumkin. 
Agar sug'urta hodisasi to'lash muddati o'tkazib yuborilgan navbatdagi 
sug'urta badali to'lanishidan oldin yuz bergan boisa, sug'urtalovchi 
mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha toianishi lozim boigan sug'urta 
tovoni yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta puli miqdorini 
sug'urta mukofotining o'ziga toiangan qismiga mutanosib summada 
cheklashga va muddati o'tkazib yuborilgan sug'urta badali summasini 
hisobga olishga haqli (FKning 942-moddasi).
Navbatdagi majburiyati sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta 
qildiruvchi o'ziga m aium boiib, sug'urta hodisasi yuz berishi ehtimolini 
va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sug'urta xavfi) ni 
aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boigan holatlarni, maiumotlarni 
sug'urtalovchiga xabar berishi shart.
Sug'urta shartnomasining standart shaklida, sug'urta qildiruvchiga 
berilgan sug'urta qoidalarida yoki yozma so'rovda sug'urtalovchi 
tomonidan oldindan aniq aytib qo'yilgan holatlar muhim hisoblanadi. 
Agar sug'urta shartnomasi sug'urtalovchining qandaydir savollariga 
sug'urta qildiruvchining javoblari bo'lmagan holda tuzilgan boisa, 
sug'urtalovchi tegishli holatlar sug'urta qildiruvchi tomonidan m aium
qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud 
uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi (Fkning 931-modaning
2 va 3- qismlari).
FKning 932-moddasiga muvofiq mol-mulkni sug'urtalash shartnomasi 
tuzilayotganda sug'urtalovchi sug'urta qilinayotgan mol-mulkni ko'zdan 
kechirishga, ekspertiza tayinlashga haqli. Shaxsiy sug'urta shartnomasi 
tuzilayotganda sug'urtalovchi sug'urta qilinayotgan shaxsning haqiqiy


holatini aniqlash uchun uni tekshirishga haqlidir. Bu bo'yicha yuqorida 
gapirib o'tildi.
Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga bila turib yolg'on ma’lumot 
berganligi aniqlansa, sug'urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishi 
mumkin (FKning 931-modda, 4- qism). Agar sug'urta shartnomasi 
sug'urtalovchining qandaydir savollariga sug'urta qildiruvchining javoblari 
bo'lmagan holda tuzilgan bo'lsa, sug'urtalovchi tegishli holatlar sug'urta 
qildiruvchi tomonidan ma’lum qilinmaganligiga asoslanib, shartnomani 
bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi (FKning 
931-modda, 3- qism).
Mulkiy sug'urta shartnomasining amal qilish davrida sug'urta 
qildiruvchi shartnoma tuzilayotganda sug'urtalovchiga ma’lum qilingan 
holatlarda yuz bergan, o'ziga ma’lum bo'lgan muhim o'zgarishlar 
to'g'risida, agar bu o'zgarishlar sug'urta xavfi ortishiga .jiddiy ta’sir 
ko'rsatishi mumkin bo'lsa, sug'urtalovchiga darhol xabar berish shart. 
Sug'urta shartnomasida va sug'urta qildiruvchiga berilgan sug'urta 
qoidalarida aytib qo'yilgan o'zgarishlar muhim deb hisoblanadi (FKning 
949-modda).
Mazkur moddaga muvofiq sug'urta xavfi ortishiga sabab bo'ladigan 
holatlar to 'g 'risid a xabardor qilingan s u g 'u rta lo v ch i s u g 'u rta
shartnomasining shartlarini o'zgartinshni yoki xavf ortishiga mutanosib 
ravishda qo'shimcha sug'urta mukofoti to'lashni talab qilishga haqli
Sug'urta to'lovlarini, sug'urta badallarini o'z vaqtida to'lash, sug'urta 
polisini berishni kechiktirmaslik, sug'urta obyektini asrash, sug'urta 
hodisasi ro'y berganida vaqtida xabar berish va hokazo shartlar shartnoma 
taraflarining majburiyatlari bo'lib hisoblanadi. Sug'urta shartnomasidan 
kelib chiqadigan ushbu shartlarga rioya qilmaslik huquqiy javobgarlikka 
tortish uchun to'la asos bo'lib hisoblanadi.
Sug'urta shartnomalarini buzganlik uchun qo'llaniladigan eng asosiy 
javobgarlik turlaridan biri fuqarolik-huquqiy javobgarlik bo'lib, u 
shartnoma ishtirokchilariga mulkiy zarar yetishi natijasida kelib chiqadi.
Sug'urta shartnomalarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik, jazo choralari sifatida, zararni to'lash va neustoyka 
qo'llanilishi bilan ifodalanadi.
Fuqarolik qonunchiligi bo'yicha javobgarlik to 'g 'rid a n -to 'g 'ri 
yetkazilgan zarar uchun ham, shuningdek, zarar oqibatida olinishi 
mumkin bo'lgan, lekin olinmay qolgan daromad uchun ham kelib chiqadi.
Sug'urta shartnomasida belgilangan muddatda sug'urta tovonini


to‘lamaslik sug'urta tashkilotlarining javobgarligiga sabab bo'ladi. Bunda, 
sug'urta idorasi shartnomani lozim darajada bajarmaganligi, uning bu 
harakatlari sug'urta qonunchiligiga zidligi va sug'urta tovonini 
to'lamaganligi sug'urta idorasining aybi ekanligidan kelib chiqib, 
sug'urtalanuvchilarga sug'urta to'lash bilan birga, shu sug'urta tovonini 
berishni kechiktirgan har bir kun uchun belgilangan miqdorda qo'shib 
to'lanadi. Sug'urta shartnomasi tomonlar o'rtasida o'zaro shartnoma orqali 
tartibga solinadi. Sug'urta shartnomasi munosabatiarida sug'urta qiluvchi 
(sug'urta tashkiloti) ning vakili, sug'urta qildiruvchi jismoniy shaxs yoki 
yuridik shaxsning vakili va shartnomada sug'urta toiovin i olishi 
belgilangan naf oluvchi qatnashadi.
O'zaro til biriktirib sug'urta pulini noqonuniy ravishda o'zlashtirish, 
har ikki tomon uchun ham keltirilgan zarar miqdoriga qarab, fuqaroviy 
va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.1
Sug'urta shartnomalarini haqiqiy emas deb topish shartlari, sug'urta 
shartnomalarini haqiqiy emas deb topish asoslari bo'yicha, agar sug'urta 
qildiruvchi shaxs, sug'urta agenti tomonidan, jinoiy yo'l bilan qo'lga 
kiritgan, ro'yxatga olingan, xatlangan mulkka nisbatan sug'urta 
shartnomasi tuzish mumkin emasligi haqida ogohlantirilgan bo'lishiga 
qaramay, shu mulk jinoiy y o i bilan qo'lga kiritganligini yashirib, sug'urta 
shartnomasini tuzgan bo'lsa, shartnoma albatta sug'urta qildiruvchi 
tomonidan sug'urta idoralariga to'langan sug'urta badallari qaytarib 
berilmagani holda bekor qilinadi.
Sug'urta shartnomalarini haqiqiy emas deb topish asoslari bo'yicha 
FKning 943-moddasida ham shartnomalarni haqiqiy emas deb topish 
asoslari berilgan bo'lib, bu moddaning 1- qismida, agar shartnoma tuzish 
paytida sug'urta obyekti mavjud bo'lmasa, shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy 
emas deb topilishi ko'rsatilgan.
Sug'urtalovchi sug'urta shartnomasini tuzish vaqtida, sug'urta 
obyektining haqiqatda m avjudligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Sug'urtalanayotgan obyekt sug'urta shartnomasi davrida mavjudmi yoki 
yo'qm i, sug'urtalanyotgan manfaatlar g'ayriqonuniy emasmi kabi 
masalalar hal qilingandagina shartnoma tuzishga kirishish lozim.
4. Sug'urta shartnomasining shakllari.
Sug'urta shartnomasi shakllari bo'yicha esa ixtiyoriy, majburiy va 
majburiy davlat sug'urtasiga bo'linadi. Bu shakllar sug'urta shartnomasining 
mustaqil tarmoqlari bo'lib, ular o'zining iqtisodiy va yuridik negizi

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish