Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Oddiy shirkat shartnomasini tuzish



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3. Oddiy shirkat shartnomasini tuzish 
va shartnoma shakli
Oddiy shirkat shartnomasi taraflari o'rtasida shartnomaning barcha 
muhim shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan 
bo'lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. FKning 364-moddasi talablaridan 
kelib chiqqan holda oddiy shirkat shartnomasiga kirishuvchi taraflardan 
biri qolgan bir necha shaxslarga birgalikda yuridik shaxs tuzmagan holda 
faoliyat olib borish uchun shartnoma munosabatlariga kirishish to'g'risidagi 
taklif (oferta) ni yoilaydi. Qolgan shaxslar oferentning taklifda bayon 
etilgan shartlarda shartnoma tuzishga roziligini bildirsa (akseptlasa) oddiy 
shirkat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma tuzish taklifi (oferta) javob qaytarish (aksept) uchun
1 Социално-экономическо положение Республики Узбекистан за январ-март
2005 года. ООП Гос комитета Р.Уз. по статистике. -Т.: 2005. 12 6.


kechiktirib jo'natilgan taqdirda, basharti, taklif (oferta) kiritgan shaxs 
ushbu muddat ichida taklifni (ofertani) qabul qilish to'g'risida boshqa 
tarafdan javob (aksept) olgan bo'lsa, shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi 
(FKning 371-moddasi). Lekin oddiy shirkat shartnomasi bundan farqli 
ravishda faoliyat birgalikda amalga oshirilishini nazarda tutib ayrim 
istisnolami keltirib chiqarishi mumkin.
Oddiy shirkat shartnomasini tuzish to'g'risida barcha taraflar roziligi 
shartnomaning tuzilganligini bildiradi. FKning 962-moddasiga asosan 
shartnoma faqat yozma shaklda tuziladi. Belgilangan shaklga rioya 
etmaslik shartnomani haqiqiy emasligiga olib keladi.
Fuqarolik kodeksining 965-m oddasiga ko'ra, od d iy shirkat 
shartnomasi ishtirokchilarning umumiy ishlarini yuritish shartnomasida 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy ishlarni yuritishda har bir sherik, agar oddiy shirkat 
shartnomasida ishlarni yuritish shartnomaning ayrim ishtirokchilari 
tomonidan amalga oshirilishi belgilanmagan bo'lsa, barcha sheriklar 
nomidan ish ko'rishga haqli.
Ishlar birgalikda yuritilganda har bir bitimni tuzish uchun barcha 
sheriklarning roziligi talab qilinadi.
U chinchi shaxslar bilan m unosabatlarda sherikning barcha 
ishtirokchilar nomidan bitim tuzish vakolati unga qolgan sheriklar 
tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi yoki oddiy shirkat 
shartnomasidan kelib chiqadi.
Uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklar bitim tuzgan 
sherikning umumiy ishlarni yuritish bo'yicha huquqlari cheklanganligini 
dalil qilib ko'rsata olmaydilar, ular bunday cheklashlar borligini bitim 
tuzilayotgan paytda uchinchi shaxs bilganligini yoki oldindan bilishi lozim 
bo'lganligini isbotlovchi hollar bundan mustasno.
Barcha sheriklarga nisbatan ishlarni yuritish huquqi cheklab qo'yilgan 
bo'lib, ular nomidan bitimlar tuzgan yoxud barcha sheriklarning 
manfaatlarini ko'zlab o'z nomidan bitimlar tuzgan sherik, agar bu bitim 
barcha sheriklarning manfaatlari uchun zarur bo'lgan edi deb hisoblashga 
yetarli asoslar bo'lsa, u o'z mablag'laridan qilgan xarajatlari qoplanishini 
talab qilish huquqiga ega. Agar bunday bitimlar tufayli boshqa sheriklarga 
zarar yetkazilgan bo'lsa, ular bu zararning qoplanishini talab qilishga 
haqlidirlar.
Umumiy ishlarga taalluqli qarorlar, agar oddiy shirkat shartnomasida 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sheriklar tomonidan umumiy 
kelishuvga ko'ra qabul qilinadi.


Umumiy ishlarni yuritishga vakolatli shartnoma ishtirokchilari, agar 
oddiy shirkat shartnomasida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa, 
alohida haq olish huquqiga egadirlar.
Oddiy shirkat yuridik shaxs bo'lmaganligi tufayli uning umumiy 
ishini olib boradigan “ organi” bo'lmaydi. Shu sababli, oddiy shirkat 
faoliyatida ishtirokchilarning umumiy ishlarni yuritish sheriklar tomonidan 
o'zaro kelishib tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Oddiy shirkatda 
umumiy ishlarni olib borish ularning umumiy roziliklari bo'yicha amalga 
oshiriladi. Shirkat shartnomasidagi faoliyatga rahbarlik qilishda shartnoma 
ishtirokchilarining barchasi, qo'shgan badallari miqdoridan qat’iy nazar, 
teng huquqqa ega bo'ladilar. Shirkat faoliyatiga rahbarlik qilish huquqi 
shartnoma ishtirokchilarining biriga umumiy ishni yurgizish uchun 
ishonchnoma berib topshirilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 966-moddasiga binoan, har bir sherik u 
sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga vakolat olgan-olmaganidan 
qat’iy nazar, ishlarni yuritishga doir barcha hujjatlar bilan tanishishga 
haqli. Bu huquqni rad etish yoki uni cheklash, shu jumladan, sheriklarning 
kelishuvi bilan rad etish yoki cheklash o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga b og 'liq xarajatlar va 
zararlarni qoplash tartibi ularning kelishuvi bilan aniqlanadi. Bunday 
kelishuv bo'lmaganda, har bir sherik o'zining umumiy ishga qo'shgan 
hissasi qiym atiga m utanosib ravishda xarajatlar va zararlarni 
zimmasiga oladi.
Sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni berishdan yoki 
zararlarni to'lashdan ozod etish to'g'risida ishtirokchilar o'rtasida kelishuv 
bo'lsa, bu kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish