Mil avv. 323 yilda Aleksandr Bobilda to‘satdan vafot etdi



Download 215,28 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2023
Hajmi215,28 Kb.
#917372
  1   2
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек давлатчилиги тарихи


Mil.avv. 323 yilda Aleksandr Bobilda to‘satdan vafot etdi. Uning vafot etishi bilanoq davlatdagi markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashuvi natijasida Aleksandr to‘zgan davlat parchalanib uning o‘rniga nisbatan barqarorroq bo‘lgan davlat uyushmalari paydo bo‘ladi.
Aleksandrning Makedonskiyning yaqin sarkardalari – diadoxlar o‘rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo‘lib o‘tdi. Diadoxlar o‘rtasida 40 yildan ziyodroq davom etgan jangu-jadallar natijasida Aleksandr mulklari bo‘lib olinadi.
mil.avv. 306 yilda nisbatan kuchli bo‘lgan diadoxlar – Antigon Birko‘zli (Odnoglazыy), Demetriy Poliorket, Ptolomey Lag, Lazimax, Salavka, Kassandrlar o‘zlarini podsho deb e’lon qildilar hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida o‘z davlatlarini barpo etishni ma’lum qildilar.
SHu tariqa tarix sahnasida G‘arb va SHarq an’analarini uyg‘unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo‘ldi. Ana shunday yirik davlatlardan biri-Salavkiylar davlati edi.
O‘zining eng gullab – yashnagan davrida bu davlat ilgari Aleksandr saltanatiga kirgan katta hududlarni egallab, g‘arbda Egey dengizidan SHarqda Hind subkontinentigacha cho‘zilgan hamda Kichik Osiyoning janubiy qismini, Suriya, SHimoliy Mesopotamiya, Bobil, Eron, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari va Afg‘onistonning katta qismini o‘z ichiga olgan edi. Bu ulkan davlatning asoschisi – dastavval Aleksandrning tansoqchisi, keyinroq yirik sarkardasi bo‘lgan Salavka edi.
YUnon tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, «Salavka ba’zi bir o‘lkalarni mo‘zokaralar yo‘li bilan egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, Sug‘d erlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og‘ir janglar olib borishiga to‘g‘ri keldi». Bu ma’lumotni qadimgi tarixchi Arrian ham tasdiqlaydi.
YA’ni u shunday xabar beradi: «Salavka I baqtriyaliklar, Sug‘diylar, parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib borgach, ular erlariga hukmronlik qila boshladi». Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyo erlarining Salavka tomonidan bosib olinishi mil.avv. 306-301 yillarga to‘g‘ri keladi.
Mil.avv. 293 yilda Salavka o‘g‘li Antiox I ni SHarqiy satraplarga ya’ni, O‘rta Osiyo viloyatlariga o‘zining noibi etib tayinlaydi. Salavka I va Antiox I (mil.avv. 281-261 yillar mustaqil) hukmronligi davrida Salavkiylar davlati siyosatining asosiy yo‘nalishlari shakllanadi.
Salavkiylar uchta mintaqada – Janubiy Suriya, Kichik Osiyo va SHarqda faol tashqi siyosat olib borishga majbur bo‘lgan edilar. Janubiy Suriya va Kichik Osiyo uchun Ptolemeylar (Ptolomey Lag asos solgan O‘rta er dengizining sharqidagi davlat sulolasi) bilan tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. CHunki bu hududlarda muhim savdo yo‘llari tugab, gullab-yashnagan port-shaharlar mavjud edi. Kichik Osiyoning yunon shaharlari ham muhim ahamiyatga ega edi.
SHarqiy viloyatlarda xususan, O‘rta Osiyodagi ahvol birmuncha murakkabroq vaziyatda edi. Birinchidan, bu hudud boshqaruv markazlaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib, bu viloyatlar bilan aloqa qilishda qiyinchiliklar mavjud edi. Ikkinchidan, Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan ko‘chmanchilarning doimiy xavfi mavjud edi. Mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning ko‘chishlari boshlanishi natijasida chegaralardagi bu xavf yanada kuchayadi.
Salavkiylar davlatida ichki siyosiy boshqaruv masalalari ham ancha murakkab edi. Katta hududlarni qamrab olgan bu davlatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jamiyat siyosiy tashkiloti turlicha bo‘lgan ko‘plab viloyatlar mavjud bo‘lib, bu holat ushbu kuchlarni yagona davlatga birlashtirib turishni ancha qiyinlashtirar edi. Bu davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri u faqat harbiy yurishlar natijasida, kuch ishlatish yo‘li bilan paydo bo‘lgan edi.
Salavkiylar sulolasida davlat boshlig‘i podsho bo‘lib, uning hokimiyati mutlaq edi. Podsho bir vaqtning o‘zida fuqarolar ma’muriyati oliy boshlig‘i, qo‘shinlarning bosh qo‘mondoni, oliy sudya va hatto, bosh qonun chiqaruvchi vazifalarini bajargan.
Manbalarning ma’lumot berishicha, sulola asoschisi Salavka I, «Podsho tomonidan buyurilgan barcha narsalar doimo adolatlidir», degan tamoyilga qat’iy amal qilgan. Salavkiylar sulolasi podsholari qo‘yidagi ikkita huquqiy asosga ega edilar: 1. Bosib olish huquqi. 2. Hokimiyatni otadan bolaga meros qoldirish huquqi.
Ko‘p hollarda salavkiylar podsholari ilohiylashtirilgan. Masalan, tangashunoslik ma’lumotlari Soter-Qutqaruvchi, Dikayos-Adolatparvar, Everget-Ezgulik kabi podsholar bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Manbalarning guvohlik berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida qabilalar, yunon polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilganlar.
Aleksandr an’analariga sodiq qolganligini ko‘rsatish maqsadida satrapiyalarni yirik viloyat uyushmalari sifatida saqlab qoldi. Tangashunoslik ma’lumotlariga qaraganda, Salavka I davlati Ahamoniylar va Aleksandr davlatiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, hokimiyat 27-28 ta satrapiyaga bo‘lingan.

Download 215,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish