Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

ikkinchidan, xabardor qilish imkoniyati bo'lmaganida mulkiy yoki 
shaxsiy zararning oldini olish yuzasidan zarur bo'lgan barcha choralami 
ko'rishga;
uchinchidan, topshiriq olmasdan qilingan harakat natijasida olingan 
mulkni manfaatdor shaxsga topshirishga;
to'rtinchidan, o'zining qilgan xarajatlari to'g'risida m a’lumot berishga; 
beshinchidan, qasddan yoki qo'pol ehtiyotsizlik natijasida manfaat 
ko'zlangan shaxsga yetkazilgan zararlami to'lashga majbur bo'ladi (FKning 
831-moddasi).


48-bob. V O S IT A C H IU K S H A R T N O M A SI
1. Vositachilik shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari
Fuqarolik kodeksining 832-moddasida vositachilik shartnomasiga 
ta’rif berilgan. Unga ko'ra, vositachilik shartnomasi bo'yicha bir taraf 
(vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig'i bo'yicha o'z nomidan, 
biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish 
majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi 
shart
Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo'yicha, 
garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish 
bo'yicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan b oisa 
ham, vositachi huquqlarga ega boiadi va zimmasiga majburiyat oladi.
F u qarolik k od ek sid a b e rilg a n t a ’ rifg a m u v o fiq v o sita ch ilik
shartnomasiga quyidagi huquqiy belgilar xosdir:
Birinchidan, vositachilik shartnomasida ikki taraf ishtirok etadi va 
ularning har birida huquq va majburiyatlar m avjud boiadi. Bu jihat 
ushbu shartnomaning ikki tomonlama ekanligini bildiradi.
Ikkinchidan, vositachilik shartnomasi muayyan haq evaziga tuziladi.
Uchinchidan, vositachilik shartnomasi konsensual xarakterga ega.
Vositachilik shart tnomasining shakli. Vositachilik shartnomasi albatta 
yozm a tuzilishi shart. Qonunda belgilangan ushbu qoida im perativ 
xarakterga ega b o iib , taraflar o 'z xohishlari bilan ushbu shartni 
o'zgartirishga haqli emas. Agar taraflar shartnomaning shakli haqidagi 
qoidaga amal qilmaydigan bo'lsalar, shartnoma tuzilgan paytidan boshlab 
haqiqiy emas deb topiladi.
Qonun hujjatlarida ayrim turdagi vositachilik shartnomasining 
xususiyatlari nazarda tutilgan boiishi mumkin.
V o s ita c h ilik s h a rtn o m a s i b o 'y ic h a (v o s it a c h i) s a v d o -s o t iq
qlinayotganda komitentning shaxsan o'zi ishtirokisiz uchinchi shaxslar 
bilan bir necha haq evaziga shartnomalar tuzadi. Vositachi komitentning 
topshirig'iga binoan, uning nomidan harakat qiladi.
Sotuvchi (vositachi) mulk egasi bo'lmagan holda, uchinchi shaxslar 
bilan boiadigan munosabatlarda to'la huquqli taraf sifatida ishtirok 
etadi.
Vositachilik shartnomasi ko'p tomonlari bilan topshiriq shartnomasiga 
o 'x s h a y d i. M asalan, to p s h ir iq sh a rtn o m a sid a h am , v o s ita c h ilik
shartnomasida ham bajaruvchi topshiriq beruvchining foydasini ko'zlab 
harakat qiladi. Topshiriq shartnomasi bo'yicha qonunga zid bo'lmagan
441


harakatlar yuzasidan topshiriq beruvchining bergan topshirig'ini vakil 
amalga oshirsa, vositachilik shartnomasi bo'yicha vositachi faqatgina 
fuqarolik muomalasida bo'lishi mumkin bo'lgan buyumlar yuzasidan 
savdo-sotiq qilishda vositachilik qilishi mumkin.
Bu shartnomalar bir-biridan farq ham qiladi. Chunonchi: Topshiriq 
shartnomasi ham tekinga, ham haq baravariga tuzilishi mumkin bo'lsa, 
vositachilik shartnomasi faqat haq evaziga tuziladi. Bu shartnomalar 
predmeti bilan ham farq qiladi. FKning 832-moddasida vositachi tomonidan 
uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo'yicha, garchi bitimda komitentning 
nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo'yicha uchinchi shaxs bilan 
bevosita munosabatlarga kirishgan bo'lsa ham vositachi huquqlarga ega 
bo'ladi va zimmasiga majburiyat oladi, deb ko'rsatiladi.
Topshiriq shartnomasi b o'yich a bir taraf (vakil) ikkinchi taraf 
(topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik 
harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi (FKning 817-moddasi).
Vositachilik shar tnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati 
k o'rsatilm agan holda, qaysi h u du d da bajarilishi ko'rsatilgan yoki 
ko'rsatilm agan holda, komitent vositachiga topshirgan kom itentning 
manfaatlarini ko'zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi 
shaxslarga berm aslik haqida m ajburiyat olgan holda yoki bunday 
majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo'lgan tovarlarning 
assortimenti xususida shartlar qo'yilgan yoki qo'yilmagan holda tuzilishi 
mumkin (FKning 832-moddasi).
Vositachilik shartnomasining maqsadi tovarlarni savdo-sotiq qilishda 
taraflarga qulayliklar yaratish, o'ziga tegishli bo'lmagan buyumlar bilan 
ch eklanm agan m iq dorda sa v d o-sotiq qilishda vositachilikka keng 
imkoniyat yaratib berish hisoblanadi.
Bundan tashqari, vositachi bilan komitent o'rtasidagi vositachilik 
shartnomasida komitent vositachiga savdo-sotiqdan tashqari pudrat, yuk 
tashish shartnomalarini tuzishni ham topshirishi mumkin.
Vositachilik shartnomasida bir tomondan vositachi komitent foydasiga 
bir necha bitimlarni amalga oshirishi lozim bo'lsa, ikkinchi tomondan 
komitent vositachiga o'z foydasi uchun qilingan harakatlarni mukofotlash, 
haq to'lash va shartnomada ko'rsatilgan boshqa harakatlarni bajarish 
kabi majburiyatlami oladi.
Vositachilik shartnomasi bo'yicha taraflar o'rtasida tovarlarni qabul 
qilib olish vaqtida sodir etiladigan harakatlar kvitansiya yoki boshqa 
hujjat rasmiylashtirilishi orqali amalga oshiriladi, vositachiga beriladigan 
mukofotlar miqdori tovarga qo'yilgan narx foizidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi.


Vositachi qabul qilib olgan tovar turib qolgan taqdirda uni uch 
martagacha o'z narxidan arzonlashtirish mumkin. Bu holat komitent 
bilan kelishilgan yoki kelishilmasdan amalga oshirilishi mumkin (agarda 
bu haqda shartnomada qayd qilingan bo'lsa). Bundan tashqari, vositachi 
narxni uchinchi marta tushirayotganda, albatta, komitentni chaqirishi 
yoki uning roziligini olishi lozim. K om itent narxni uchinchi m arta 
tushirishga qarshi bo'lish huquqiga ega bo'lgan holda qo'yilgan buyum - 
ashyoni qaytarib olishga haqli, bunda vositachining saqlaganlik harakatlari 
va xarajatlarini qoplashi lozim.
Vositachi o'z faoliyatini savdo-sotiq haqida qabul qilingan qonun 
hujjatlari doirasida amalga oshiradi. Jumladan, har xil o'q-otar qurollar, 
antikvar buyumlar, qimmatbaho metall va toshlardan qilingan narsalarni 
sotishda vositachilik qilish uchun maxsus ruxsat olishi shart.
Vositachi sotadigan mol-mulkning bahosi. Vositachi sotadigan m ol- 
mulkning bahosi, agar qonun hujjatlarida yoki vositachilik shartnomasida 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, komitent bilan kelishgan 
holda belgilanadi (FKning 836-moddasi).
Vositachilik shartnomasida taraflar sifatida, vositachi va komitent 
ishtirok etishi mumkin.
Vositachi — komitent hisobidan, o'z nomidan bir yoki bir necha 
bitimni tuzuvchi fuqaro yoki tashkilot bo'lishi mumkin. Hozirda vositachilik 
bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqli bo'lgan hamda 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayd etilgan subyektlargina 
shug'ullanishga haqli.
K om itent — o'zi faoliyatida vositach i xizm atidan m an faatd or 
bo'lgan, vositachiga turli bitimlarni tuzishga topshiriq beruvchi fuqaro 
yoki yuridik shaxs.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish