Boshqaruv muassisining huquq va majburiyatlari:
A gar mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida haq to'lash
nazarda tutilgan bo'lsa, boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchiga
mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan haqni
o'z vaqtida va belgilangan sum m ada to'lashi, shuningdek, ishonchli
boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarish ch og'ida qilgan zarur
xarajatlarni boshqarishga topshirilgan mol-mulk hisobidan yoki ushbu
mol-mulkdan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplab berishi
shart (FKning 860-moddasi).
Boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchini shartnoma tuzilgunga
qa d a r b o sh q a rish u ch u n top sh irila y o tg a n m o l-m u lk k a u ch in ch i
shaxslaming huquqlari borligi haqida xabardor qilib qo'yishi kerak (FKning
856-moddasi).
M ol-m ulkni ishonchli boshqarish muassisi shartnom ada ko'zda
tutilganidek, ishonchli boshqaruvchining faoliyati yuzasidan nazoratni
amalga oshirishga haqli, lekin u boshqaruvchining tezkor, ichki xo'jalik
yurituv faoliyatiga aralashmasligi lozim.
B oshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchidan o'ziga va foyda
oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bilan belgilangan
muddatlarda va tartibda o'z faoliyati to'g'risida hisobot taqdim etib
turishini talab qilishga haqli (FKning 857-moddasi).
Agar shartnomada boshqa holat nazarda tutilmagan bo'lsa muassis
ishonchli boshqaruvchidan, mol-mulkni boshqarish jarayonida olingan
foyda va boshqa tushumlami foyda oluvchiga shartnomada belgilangan
muddatlarda topshirishni talab qilishga haqli.
3. M ol-m u lk n i ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
M ol-m ulkni ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki
boshqaruv muassisining manfaatlari to'g'risida yetarli g'amxo'rlik qilmagan
ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish
vaqtida b oy berilgan foydani, boshqaruv muassisiga esa mol-mulkni
yo'qotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek,
boy berilgan foydani to'laydi.
A gar ishonchli boshqaruvchi ushbu zararlar yengib bo'lmaydigan
kuch tufayli yoki foyda oluvchining yoxud boshqaruv muassisining
harakatlari tufayli kelib chiqqanligini isbot qilib bera olmasa, yetkazilgan
zarar uchun javobgar bo'ladi.
Ishonchli boshqaruvchi o'ziga berilgan vakolatlardan chetga chiqqan
yoki o'zi uchun belgilab qo'yilgan cheklashlami buzgan holda tuzgan bitim
bo'yicha majburiyatlarni ishonchli boshqaruvchi shaxsan o'zi bajaradi. Agar
bitimda qatnashuvchi uchinchi shaxslar vakolatlardan chetga chiqilganligini
yoki belgilab qo'yilgan cheklashlarni bilmagan boisalar yoki bilishlari
kerak bo'lmagan bo'lsa, vujudga kelgan majburiyatlar bo'yicha qarzlar
ishonchli boshqaruvga topshirilgan mol-mulk hisobidan toianadi.
U shbu m ol-m ulk yetarli bo'lm agan taqdirda undiruv ishonchli
b o s h q a r u v c h in in g m o l-m u lk ig a , u n in g m o l-m u lk i h a m y e ta rli
b o'lm a ga n id a esa, b osh q a ru v muassisining ishonchli boshqarishga
topshirilmagan m ol-m ulkiga qaratilishi mumkin. Bu holda boshqaruv
muassisi ishonchli boshqaruvchidan u keltirgan zararning o'm ini qoplashni
talab qilishi, ya’ni regress da’vo qilishi mumkin.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi uni tegishli suratda
bajarmaslik tufayli boshqaruv muassisiga yoki foyda oluvchiga yetkazilishi
mumkin bo‘lgan zararning o'rnini qoplashni ta’minlash uchun ishonchli
boshqaruvchining garov berishini nazarda tutishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 861-moddasiga ko‘ra mol-mulkni ishonchli
boshqarish shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo'ladi:
-
taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan
shartnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasiga muvofiq;
- agar shartnomada boshqa hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, foyda
oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi
munosabati bilan;
-
ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga
layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb
hisoblanganida, shuningdek, yakka tadbirkor n och or (bankrot) deb
topilganida;
-
ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u nochor
(bankrot) deb topilganida;
-
foyda oluvchi, agar shartnom ada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo'lmasa, shartnoma bo'yicha foydani olishdan bosh tortganida;
-
ishonchli b osh qa ru vch i yoki b osh q a ru v m uassisi ishonchli
boshqaruvchi uchun mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga
oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan
bosh tortganida;
-
boshqaruv muassisi ishonchli b osh qa ru vch iga shartnom ada
kelishilgan haqni to'lagan holda Fuqarolik kodeksining 861-moddasi 4-
bandida ko‘rsatilganidan boshqa sabablarga ko'ra shartnomani bajarishdan
bosh tortganida;
-
ishonchli boshqaruvchi o'zining majburiyatlarini tegishli darajada
bajarm agan taqdirda shartnom a sudning q aroriga m u v ofiq bekor
qilinganida;
-
qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga
ko'ra.
M ol-m ulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilinganida
ishonchli boshqarishda bo'lgan mol-mulk, agar shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, boshqaruv muassisiga topshiriladi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflardan birining
tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf, agar shartnomada
boshqacha muddat belgilangan bo'lmasa, kamida uch oy oldin bundan
xabardor qilib qo'yilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |