Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. B E G O N A S H A X S N IN G M AN F A AT IN I K O Z L A B



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

47-bob. B E G O N A S H A X S N IN G M AN F A AT IN I K O Z L A B  
TOPSH IR IQ SIZ H A R A K A T QILISH
Begona shaxsning manfaatini ko'zlab topshiriqsiz harakat 
qilish sababli vujudga keladigan majburiyatlar
Manfaatdor shaxsga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilishining 
oldini olish, uning majburiyatlarini bajarish yoki uning qonunga zid 
bo'lm agan boshqa manfaatlarini ko'zlab, uning topshirig‘isiz, boshqa 
ko‘rsatmasisiz yoki oldindan va’da berilgan roziligisiz qilingan harakatlar 
(begona shaxsning manfaatini ko'zlab qilingan harakatlar) ochiq ko'rinib 
turgan manfaat yoki foydadan hamda manfaatdor shaxsning haqiqiy 
yoki ehtimol tutilgan niyatlaridan kelib chiqib hamda ishning holatlariga 
ko'ra zarur g'am xo'rlik va ehtiyotkorlik bilan qilinmog'i kerak (FKning 
826-moddasi).
Begona shaxs (shaxslar) manfaatini ko'zlab, topshiriqsiz harakat 
qilish sababli haq to'lash majburiyatini vujudga keltirish uchun quyidagicha 
shartlar m avjud bo'lishi kerak:
birinchidan, qilingan harakatlar boshqa bir shaxsning m ulkiy 
manfaatlariga yoki mulkiy xarakterda bo'lgan shaxsiy manfaatlariga 
zarar yetkazilishining oldini olishga qaratilgan bo'lishi kerak. Masalan, 
birovning adashgan molini egasiga topshirgunga qadar boqib turish va 
uning uchun zarur xarajatlarni qilish yoki qo'shnisining yo'qligida uning 
bolasi to'satdan kasal bo'lib qolishi tufayli uni davolashga qaratilgan 
ba’zi harakatlarni amalga oshirish va buning uchun muayyan xarajatlar 
qilish va hokazo;
ikkinchidan, begona shaxs manfaatini ko'zlab, topshiriqsiz harakat 
qilish aniq sharoitlarda zarur va maqsadga muvofiq bo'lishi kerak;
uchinchidan, topshiriqsiz harakat qilish, harakat qiluvchi shaxs o'z 
faoliyatini amalga oshirishga kirishishda manfaatdor shaxsni xabardor 
qilish va m azku r harakatlarni qilish uchun uning roziligini olish 
imkoniyatiga ega bo'lmasligi kerak.
Lekin boshqa shaxs manfaatlarini ko'zlab, uning topshirig'isiz harakat 
qiluvchi shaxs birinchi imkoniyat tug'ilishi bilanoq, bu haqda manfaatdor 
shaxsga xabar qilmasa, u qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishga 
haqli emas.
Boshqa shaxs manfaatini ko'zlab topshiriqsiz harakat qilayotgan 
shaxs tegishli faoliyatini amalga oshirishidan fuqaro vafot etgan yoki


yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgan taqdirda, manfaatdor shaxs faoliyati 
to'xtatilgan taqdirda ham m anfaatdor shaxs m erosxo'rlari (qonuniy 
vorislari) uning o'm ini olgunlaricha boshlangan faoliyatni davom ettirishi 
shart.
Yuqorida ko'rsatilgan shartlar m avjud bo'lganda boshqa shaxs 
(shaxslar)ning manfaatini ko'zlab, topshiriq olmasdan harakat kdlgan 
shaxs o'zining zarur xarajatlarining, jumladan, mulkning nobud bo'lishi 
yoki zararlanishidan saqlab qolish yoki shaxsiy zararning oldini olish 
u ch u n qilgan xarajatlarining to'lanishini talab qila oladi. Boshqa 
shaxslarning manfaatlarini ko'zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq 
ravishda qilgan barcha harakatlari natijasida mulkiy zararning oldini 
ololmaganida ham ko'rgan zararlarining to'lanishini talab qilishga haqli 
bo'ladi.
F uqarolik kodeksining 828-m oddasiga m u v o fiq , boshqa shaxs 
manfaatini ko'zlab tuzilgan bitim bo'yicha majburiyatlar bitam tuzilishidan 
manfaatdor bo'lgan shaxs mazkur bitimni m a’qullagan paytdan boshlab 
unga o'tadi, basharti boshqa taraf majburiyatlarning bunday o'tishiga 
e ’tiroz bildirmasa yoki bitimni tuzish paytida bitim boshqa shaxsning 
manfaatini ko'zlab tuzilganligini bilgan yoxud bilishi lozim bo'lgan bo'lsa, 
bunday bitim bo'yicha m ajburiyatlar bitim tuzilishidan m anfaatdor 
bo'lgan shaxsga o'tganida, ushbu bitim bo'yicha huquqlar ham shu shaxsga 
berilishi zarur. Bundan tashqari, bitim tuzgan shaxs boshqa shaxs 
manfaatlarini ko'zlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan xarajatlari 
qoplanguncha huquqlami topshirishni kechiktirib turishi mumkin.
F K n in g 8 2 9 -m od d a sid a top sh iriq siz q ilin g a n h a ra k a tla rda n
m a n fa a td or shaxsning m ajb uriyatlari ushbu qilingan harakatdan 
manfaatdor bo'lgan shaxs uning manfaatlarini ko'zlab ish olib borgan 
shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa shaxsning manfaatlari yo'lidagi 
harakatlar aniq bo'lib, biroq ko'zlangan natijaga erishilmagan hollarda 
ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa sh axs-ning m ol-m u lk iga zarar 
yetkazishning oldi olingan hollarda o'rnini qoplash haqining miqdori 
mol-mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak.
Bundan tashqari, shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxs 
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo'lmasa, shu jumladan, ularni 
amalga oshirgan shaxs o'z manfaatlarini ko'zlab harakat qilyapman deb, 
xato o'ylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga 
olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan 
qoidalar qo'llaniladi. Boshqa shaxsning manfaatlarini ko'zlab qilingan 
harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kiritilgan taqdirda bu


shaxs haqiqiy zararning o'rnini qoplash bilan bir qatorda, tegishli 
miqdorda haq to'lashni ham talab qilishga haqli. Topshiriq olmasdan 
boshqa shaxs manfaatlarini ko'zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq 
ravishda qilgan barcha harakatlari natijasida mulkiy zararning oldini 
ololmaganida ham ko'rgan zararlarini to'lashni talab qilishga haqli bo'ladi.
Topshiriq olmasdan begona shaxslarning manfaatlari uchun harakat 
qilgan shaxsning xarajatlari miqdori uning saqlab qolmoqchi bo'lgan mulk 
qiymatidan oshmasligi kerak. Topshiriq olmasdan begona shaxslarning 
manfaatlari uchun harakat qiluvchi shaxsga muayyan majburiyatlar ham 
yuklatiladi.
Jumladan: birinchidan, topshiriq olmasdan harakat qiluvchi shaxs 
imkoniyati bo'lgan zamon m anfaatdor shaxsni bu to'g'rida xabardor 
qilishga (FKning 830-moddasi);

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish