Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Vositachilik shartnomasi bo‘yicha taraflarning



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2. Vositachilik shartnomasi bo‘yicha taraflarning 
huquq va burchlari
Vositachilik shartnomasi ikki taraflama shartnoma bo'lganligi tufayli 
taraflarning har qaysilarida, y a ’ni komitentda ham, vositachida ham 
muayyan huquqlar va burchlar bo'ladi.
Vositachining huquq va majburiyatlari:
Vositachi uchinchi shaxs bilan o'zi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan 
ham m a m ajb uriyatlarn i baja rish i va ham m a h u q u q la m i am alga 
oshirishi shart.
V osita ch i u ch in ch i sh a x s bila n o 'z i tu zg a n b itim d a n k e lib
chiqadigan ham m a m ajburiyatlarni bajarishi va ham m a h u q u q la m i


am alga oshirishi shart. 
/
Vositachi o'z zimmasiga olgan topshiriqni komitentning ko'rsatmalariga 
muvofiq, vositachilik shartnomasida bunday ko'rsatmalar bo'lmaganda 
esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo'yiladigan boshqa talablarga 
m uvofiq komitent uchun eng foydali shartlar asosida bajarishi lozim. 
A gar vositachi bitimni komitent ko'rsatganidan ham foydaliroq shartlar 
asosida tuzgan boisa, qo'shimcha foyda, basharti shartnomada boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflar o'rtasida baravar taqsimlanadi.
V ositach i bitim n in g ijrosi u ch u n k om iten tga kafolat b e rg a n
(del’kredere) hollarda u vositachilik shartnomasida kelishilgan miqdorda 
qo'shimcha haq olish huquqiga ega boiadi.
Komitent hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim uchinchi 
shaxs tomonidan bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar 
boim aydi, vositachi ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan 
yoki bitimning bajarilishiga kafolat bergan (del’kredere) hollar bundan 
mustasno.
Vositachi uch in ch i shaxs bilan tuzgan bitim ni uchinchi shaxs 
bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi, 
zarur dalil-isbotlarni to'plashi va ta’minlashi, shuningdek, komitentning 
talabiga ko'ra bunday bitim yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa 
shaxsga o'tkazish to'g'risidagi qoidalarga rioya qilgan holda (Fuqarolik 
kodeksining 313-317, 319, 320-moddalari) unga topshirishi shart.
Fuqarolik kodeksi 834-moddasining beshinchi qismi asosida bitim 
bo'yicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs 
bilan huquqlarni bu n day berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan 
kelishuvidan q a t’ iy nazar, y o'l qo'yiladi. Bu hoi vositachi huquqni 
topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib, huquqni 
topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan 
ozod qilmaydi (FKning 834-moddasi).
A gar vositachilik shartnomasi komitentga bog'liq sabablar bilan 
bajarilmagan boisa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek, qilingan 
xarajatlarning qoplanishiga b oiga n huquqini saqlab qoladi (FKning 833- 
moddasi).
Qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilgan bo'lm asa, 
v osita ch i ish m a n fa a tla rin i, sh u n in gd ek , k om iten t m an faatlarin i 
ko'zlamasdan, kom itent tom onidan berilgan ko'rsatmalardan chetga 
chiqishi - taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomani buzish deb ko'rsatiladi. 
B inobarin, bu n in g natijasida k o'rilga n zarar vositachi tom on idan
komitentga toianishi lozim. Chunonchi, vositachi komitent tomonidan


tayinlanib, o'zaro kelishib belgilangan ashyoning sotish baxosini o'zicha 
komitent bilan kelishmasdan o'zgartira olmaydi, aks holda, ashyoning 
belgilangan narxi bilan sotilish bahosi o'rtasidagi farqni komitentga 
to'lashga majbur bo'ladi.
Fuqarolik kodeksining 835-moddasida qo'shimcha vositachilik nazarda 
tutilgan. Unga ko'ra, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida boshqa 
shaxs bilan qo'shim cha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli bo'lib, 
qo'shimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar 
bo'lib qolaveradi.
Qo'shimcha vositachilik shartnomasi bo'yicha vositachi qo'shimcha 
vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega bo'ladi.
Qonun biron-bir bitimni faqat maxsus vakil qilingan shaxslar bilan 
tuzishga y o i qo'yadigan hollarda qo'shim cha vositachilik shartnomasi 
faqat ana shunday shaxs bilangina tuzilishi mumkin.
Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lmasa, vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent 
v o s ita c h in in g r o z ilig is iz q o 's h im c h a v o s it a c h i b ila n b e v o s it a
munosabatlarga kirishishga haqli emas.
Fuqarolik kodeksining 837-moddasida komitentning ko'rsatmalaridan 
chetga chiqish to'g'risidagi qoidalar nazarda tutilgan. Unda ko'rsatilishicha, 
vositachi komitentning ko'rsatmalaridan Fuqarolik kodeksining 819- 
moddasida nazarda tutilgan hollarda chetga chiqishga haqli.
Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narxdan arzon sotgan vositachi 
mol-mulkni kelishilgan nar-xda sotish imkoniga ega bo'lmaganligini va 
arzon narxda sotish natijasida yana ham ko'proq zararning oldi olinganligini 
isbot qilib bermasa, oradagi farqni komitentga to'lashi shart. Vositachi 
komitentdan ruxsat so'rashi shart bo'lgan hollarda u kom itentning 
ko'rsatmalaridan chetga chiqishga komitentning roziligini oldindan olish 
imkoniyatiga ega bo'lmaganligini ham isbot qilishi shart.
Agar vositachi mol-mulkni komitent bilan kelishilgandan yuqoriroq 
narxda sotib olgan bo'lsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan 
komitent vositachidan uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqida 
bildirish olganidan keyin oqilona m uddatda bu haqda vositachiga 
m a’lum qilishi shart. Aks holda, xarid komitent tomonidan qabul qilingan 
deb hisoblanadi.
Agar vositachi narxdagi farqni o'zi to'lashini m a’lum qilsa, komitent 
o'zi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.
Vositachi Fuqarolik kodeksning 290-moddasiga m uvofiq o'z qo'lida


/
bo'lgan, komitentga yoki komitent ko'rsatgan shaxsga topshirilishi kerak 
bo'lgan ashyolarni vositachilik shartnomasi bo'yich a o'z talablarini 
ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.
Komitent nochor (bonkrot) deb e ’lon qilingan taqdirda vositachining 
mazkur huquqi bekor qilinadi, uning o'zi ushlab turgan ashyolar qiymati 
doirasida komitentga qo'yadigan talablari Fuqarolik kodeksining 291- 
m odd asiga m u v o fiq g a r o v bilan t a ’ m in lan gan talablar q a to rid a
qanoatlantiriladi (FKning 838-moddasi).
Vositachi Fuqarolik kodeksining 343-moddasiga muvofiq vositachilik 
shartnomasi bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan summalami komitent hisobidan 
o'ziga tushgan ham m a sum m alardan ushlab qolishga haqli. Biroq, 
komitentning o'z talablarini qondirish navbati bo'yicha garov saqlovchilar 
oldida imtiyozdan foydalanadigan kreditorlari bu talablarni vositachi 
ushlab qolgan su m m alardan qanoatlantirish huquqidan m ah ru m
etilmaydilar.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish