O‘z-o‘zini past baholash - shaxsga nisbatan talablarning o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmasligi, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi kesatiq va muvaffakiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘ladi. Bu shaxs tushkin holatiga tushib qolishi,atrofdagilardan chetroqda yurishga , o‘zining kuchi va imkoniyatlariga ishonchsizlik, yomon kayfiyatning turg‘un bo‘lishiga olib keladi. O‘zini o‘zi past baholash o‘z joniga qasd qilish, real borlig‘idan “qochishga” intilish psixologiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
O‘z-o‘zini haqqoniy baholash - mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni shaxsning o‘zi va ota-onasi, do‘stlari va pedagoglar tomonidan o‘rinli va asosli baholanishidir.
O‘z-o‘ziga yuqori baho berish shaxs hulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki u shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi.Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat “noadekvatlilik effekti”deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi. YA’ni nimaiki bo‘lmasin hamma narsada boshqalarni aybdor deb hisoblaydi.Bunday odamlar “manmansiragan” va “dimog‘dor” bo‘lishadi.
SHunday qilib, o‘z-o‘zini baholash sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat me’yorlariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanilgan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan halq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini tarbiyalamoqda.Bu esa o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.
O‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash quyidagi omil va mexanizmlarni o‘zida aks ettiradi:
o‘z-o‘zi bilan muloqot(o‘zini aniq tarbiya ob’ekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotda bo‘lish);
o‘z-o‘zini ishontirish(o‘z imkoniyatlari, kuch va irodasiga ishonish orqali ijobiy hulq me’yorlariga bo‘ysunish);
o‘z-o‘ziga buyruq berish(tig‘iz vaziyatlarda o‘zini qo‘lga olish va irodali bo‘lish);
o‘z-o‘ziga ta’sir etish(ijtimoiy me’yorlardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);
ichki intizom – o‘z-o‘zini boshqarishning muhim mezoni,har doim o‘zining xatti-harakatlarini to‘zatish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan sifatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |