Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “psixologiya”


Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlar tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar( Lens, Gruber). Empirizm



Download 10,98 Mb.
bet23/62
Sana29.05.2022
Hajmi10,98 Mb.
#617085
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
Психология УМК

Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlar tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar( Lens, Gruber).
Empirizm tarafdorlarining fikricha, shaxs “top-toza taxta”, unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va shaxs ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majburdir. Bu yo‘nalishning asoschisi Dj.Lokkning fikricha shaxs tug‘ma fikr va g‘oyalar bilan tug‘ilmaydi, ular xoxish-istak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanish natijalaridir deb asoslaydi.G.Leybnits Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o‘zi bo‘lmaydi, hattoki eng sillik\qlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshik, do‘ngliklar bo‘lishi mumkinki, ularni inson sezish organlari vositasida anglashi mumkin.
Freydizm yo‘nalishi – bu yo‘nalishning asoschisi Z. Freyd bo‘lib, u shaxsni tug‘ilgan to umrining oxirigacha shaxvoniy hislarning qondirilishi bilan belgilaydi.
Bixeviorizm yo‘nalishi – bu yo‘nalishning asoschisi Dj. Uotson bo‘lib, shaxsni shaxs bo‘lishi uning “xulq -atvori” bilan belgilanadi. Bixeviorizm xulq-atvor psixologiyasi sifatida talqin etiladi. Xulq-atvorni tahlil qilish ob’ektiv xarakterga ega bo‘li shaxsning tashqi reaksiyalarini o‘rganish cheklangandir. Ular shaxsning ichki dunyosini o‘rganish umuman mumkin emas, u inson “qora quti” sifatida saqlanadi. Bixeviorizm “stimul-reaksiya” (S-R) formulasi orqali shaxsni tadqiq qiladi.
3. SHaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.
Ijtimoiy muhit – bu insonning maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. “Aqlli zot” tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof qilishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va ijtimoiy me’yorlari doirasida o‘rganishni taqazo etadi.
SHaxs – ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo‘lmish individdir. SHaxsga taaluqli eng muhim tasnif ham unig jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt ,ham sub’ekt bo‘lishlikdir.
SHaxsga taaluqli fazilatlardan eng muhimi sho‘qi, tashqi –ijtimoiy ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib, so‘ngra shu ta’sirlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
SHaxsning ijtimoiy hulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir ko‘rsatadi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, ahloqiy va boshqalar. SHaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va o‘z xatti-harakatlarini ijtimoiy me’yorlar asosida amalga oshiradi.
Ijtimoiy me’yor – shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari hulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakat talablaridir. Masalan: o‘zbeklarning dasturxon atrofida yuzlariga fotiha tortishlari – bu me’yor; talabaning darsga shartli kiyinib kelishi – me’yor. Bu me’yorlarni ayrim alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kunda yoki bir vaziyatga nisbatan ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‘lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy me’yorlar ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi. Ijtimoiy sanksiyalar – me’yorlarning shaxs hulqida namoyon bo‘lishini nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘lib, ularning borligi tufayli biz alohida vaziyatlarda ijtimoiy hulq me’yorlarini bo‘zmaslikka, jamoatchilikning salbiy ob’ektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz.
Alohida bir shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar va sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarish orqali o‘z hulqida namoyon qiladi. Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi(Talaba roli misoli).

Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish