Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “psixologiya”



Download 10,98 Mb.
bet2/62
Sana29.05.2022
Hajmi10,98 Mb.
#617085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Психология УМК

«Psixologiya» so‘zi ikkita grek so‘zlaridan - «psyche» - jon, ruh va «logos» - ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi.2

XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o‘xshash murakkab texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday xolatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o‘ta aqlli inson o‘zi va o‘zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to‘g‘ri baholay olmasligi sababli, o‘zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.


Inson psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
Psixik jarayonlar va shaxsning psixik xususiyatlari ham odamning mavjud faoliyati jarayonida namoyon bo‘ladi.

SHuning uchun psixoloigya fani insonni barcha davrlarning turli faoliyatlarida o‘rganib boradi. Zero, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan iboratdir.


Psixologiyani o‘rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga insonning aqliy faoliyatini ham o‘stirishga yordam beradi, yangi bilimlar, ko‘nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to‘g‘ri hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘z fikrlarini nutqda to‘g‘ri ifodalay bilishida o‘z ifodasini topadi.
«Psixologiya» so‘zi ikkita grek so‘zlaridan - «psyche» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi.3 Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘ladi. CHunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o‘z-o‘zimizni ham tushunmay qolamiz. SHuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatishning usullarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.

SHunday qilib, psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‘rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro bir - birlari bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo‘ysunadi.
Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlaridir4, deb ta’riflash mumkin.
Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, xususiyatlar mavjud bo‘lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo‘ladi; shaxsning faoliyati jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to‘g‘ri aks ettirish imkoniyatini beradi.
Psixologiya fanining maqsadi ham insonni o‘z-o‘zini anglashi va atrof-muhit bilan o‘z mutanosib munosabatlarini o‘rnatish va uni kamol toptiruvchi omillarni aniqlashdan iborat. SHuningdek, Psixologiyaning bosh maqsadi bu – xulq atvorni oldindan ko‘ra bilish va uning sabablarini tushunishdir. Oldindan taxminlar qilish qisman qiyin, chunki odamlar xar xil va turli xolatlarni turlicha qabul qiladilar. Individual farqlar – odamlar orasidagi jismoniy yoki psixologik xajmlar bo‘yicha farqlardir.5 Individual farqlar sababli, biz doimo xam kim agressiv (tajovuzkor) va kim ishni yaxshi bajarishini oldindan taxmin qila olmaymiz. Aytish mumkinki, misol uchun, ong sinovi bo‘yicha yuqori ball olgan odamlar, o‘rtacha hisobda maktabda yaxshi o‘qiydi. Ammo, har bir inson aynan qanday xarakat qilishi xaqida aniq taxminlarga ega bo‘lmaymiz6.
Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari. Psixika - (yunon psychikos - ruhiy, jonga oid) miyaning aks ettirish faoliyati bo‘lib, u kishininng hayot sharoitlari bilan belgilanadi va ob’ektiv olamni alohida yo‘sinda (sezgi, idrok, tasavvur, fikr, hissiyot, irodaviy harakatlar kabi formalarda) aks ettirish qobiliyatiga ega bo‘lgan alohida xususiyatdir.





Psixika7 - bu yuqori darajada tashkil etilgan materianing (miyaning) xususiyati, voqelikni aks ettirishi va shakllantirilayotgan obraz asosida sub’ektning faoliyatini va hulqini maqsadli boshqarilishi hamdir.






Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish