Neyron hujayra tanachasi, dendritdan va aksondan tashkil topishi20
Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Hozirgi zamon fanining ko‘rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining tug‘ma yani hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarmm sharlarning qobig‘i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan boshqariladigan xulk-atvor shakllarining organi sanaladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining peshona qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarim sharlar o‘rtasida taqsimlanishi chuqur o‘rganilgan. Ma’lumki, psixikaning mazmuni tirik mavjudod o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. SHuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir. Psixik hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruxning xususiyatiga emas, balki vujudga kelish usuliga, binoan refleksga o‘xshash xislatga ega bo‘lgan jarayondir.
|
Ivan Mixaylovich Sechenov21
(1829-1905)
Rus fiziologi. Fiziologik maktab asoschisi. Materialist.
|
Psixikaning reflektor xususiyati to‘g‘risida mulohaza yuritilganda rus olimi I.M.Sechenovning «Bosh miya reflekslari» nomli asarida fikr bildirishicha, «ong va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir». Psixik hodisa insonning shaxsiy g‘oyalarini, hissiy kechinmalarini, sezgi va idrok jarayonlarini o‘zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina iborat emas. Balki u refleks singari tashqi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini va unga javoban bildiriladigan harakat reaksiyasini ham o‘zida mujassamlashtiradi.22
Psixologiyada tan olib kelinayotgan isixik jarayonlar ongning ichida tug‘iladi va uning ichida yakunlanadi, degan g‘oya I. M. Sechenov tomonidan inkor qilinadi.
I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa yaxlit reflektor harakat tufayli yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo‘lishi bilan birga vujudga kelmagan, lekin ta’sir o‘tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil funksiyasini bajaradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv funksiyasini ijro etib, o‘zgaruvchan shart-sharoitlarga harakatni moslashtiradi. Psixik jarayon miyaning bo‘lmalari yani tarkibiy qismlari funksiyasi tariqasida tashqi olam to‘g‘risidagi axborot faoliyatini idora qiluvchi hisoblanadi.
Barcha xayvonlarning miyalari umumiy shaklida juda o‘xshash. Xar bir xayvonning miyasi qatlamli bo‘lib, miyaning asosiy tuzilmalari (3.5-rasmga qarang) o‘xshaydi. Miyaning eng chuqur tuzilmalari – orqa miyaga yaqin miya-qismlari miyaning eng qadimiy qismini tashkil qiladi va bu soxalarda ular bizning olis ajdodlarimiz qilgan bir xil vazifalarni bajaradi. "Eski miya", xarakatlanuvchi dam olish va oziqlantirish, nafas olish kabi asosiy omon qolish vazifalarini tartibga soladi va bizning xis-tuyg‘uga oid tajribamizni yaratadi.
Miya sopi miyaning eng qadimgi va ichki mintaqa xisoblanadi. Bu nafas, e’tibor va xarakat javob shu jumladan, xayotning eng asosiy vazifalarini, nazorat qilish mo‘ljallangan. Orqa miyaga bosh suyagi kiradi va miyani, yurak tezligini va nafas nazorat miya sopi maydonini xosil qiladi, va bu erdan miya sopi boshlanadi. Ko‘p xollarda yolg‘iz orqa miyaning o‘zi xayotni saqlab qolish uchun etarli bo‘ladi – xayvonlar orqa miyadan yuqorida turgan miyalarining qoldig‘i tufayli xaligacha, eb nafas, va xatto ko‘chib o‘tishga qodir. Orqa miyaning doirasimon shakli – pon deyiladi, bu miya sopidagi tuzilma bo‘lib – tana xarakatlarini nazorat qilishga yordam berib, katta rolni muvozanat va yurishga beradi.23 3-rasm.
SHunday qilib, psixik hodisalar deganda miyaning tashqi va ichki ta’sirlarga javobini tushunmoq kerak.
SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, I. M Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jixatdan boshqarilishi ta’limotini xaspo‘shlab berdi. Bu ilg‘or g‘oya muhim ta’limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov ham odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya bilan boshqarilishi qonuniyatini ochib, mazkur qonuniyatlarga taalluqli birinchi va ikkinchi signallar tizimi to‘g‘risidagi ta’limotni ilgari surdi.
YUqoridagi mulohazalardan kelib chikqan holda psixika ob’ektiv borliqning sub’ektiv obrazining voqelik tarzida miyada aks etishi deb baholash mumkin. Psixika borliqning sezgi organning orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. kiiqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigai muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik pmisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi nafaqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |