Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “psixologiya”


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 10,98 Mb.
bet27/62
Sana29.05.2022
Hajmi10,98 Mb.
#617085
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Bog'liq
Психология УМК

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



  1. Individ va shaxs tushunchasi.

  2. SHaxs va unga yondoshuvlar.

  3. SHaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.

  4. SHaxsning o‘zini anglab etishi.

  5. SHaxs faoliyati haqida tushuncha.

  6. Faoliyatning psixologik tuzilishi

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Charles Stangor. Introduktion to Psychology. 2011.

Mavzu : Bilish jarayonlari.
Reja:



  1. Bilish jarayonlariga ta’rif.

  2. SHaxs va uning tashqi olamni bilish imkoniyatlari.

  3. Bilish jarayonlari klassifikatsiyasi.

  4. Ong va til. Ongni aniqlash va o‘lchash.

  5. Robert Sternbergning uch qismli nazariyasi.

  6. Fikr va fikrlash operatsiyalari.



Tayanch so‘zlar: bilish, ong, sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, nutq, til.

Professional faoliyat shaxsdan juda ko‘p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab etgan shaxs (motivlar muammosi), endi o‘z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o‘z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo‘nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo‘lgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil bo‘lish yo‘llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir.


SHaxsiyatni sezish tendensiyasi inson tabiatning asosiy qismi va eng adaptiv turlaridan biri xisoblanadi. Biz boshqa odatda odamlar xaqida nimani aniq umumlashma chizish mumkin bo‘lsa, biz ular kelajakda qanday muomala qilishlarini oldindan ko‘rishimiz mumkin, va bu bizga ular turli vaziyatlarda javob bo‘lgan xar qanday aniqlash yordam berishi mumkin. SHaxsiyatni idrok etish xam bizga yaxshiroq psixologik buzilish va ular ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan salbiy xulq-natijalarini tushunishga yordam berishi mumkin. Bu xatti-xarakat shaxsiyat masalasi, qisqasi, chunki u xulqni boshqaradi55.
Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko‘p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko‘rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko‘zi bilan ko‘rgan har qanday ob’ektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. YAna birlari eshitgan narsalari xususida aniqrok fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o‘z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar - har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo‘shishga moyil bo‘ladilar.

Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taassurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo‘larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o‘z diqqatini har qanday mayda o‘zgarishlarga ham qaratishga o‘rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob - kitoblarga usta bo‘lib boradi. Iqtisodchi - moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o‘rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va vokealarni badiiy bo‘yoqlarda, o‘ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o‘sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog‘liq tarzda kechadi. SHuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo‘lmish bilish jarayonlari - idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o‘sishidagi roliga to‘xtab o‘tamiz.


Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. CHunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o‘ziga xos hissiy - kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, emishga bo‘lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo‘qligini birovlardan so‘ramaysiz-ku? YOki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o‘zi o‘qiyotganligini boshqalardan so‘ramaydi. Bunday ishlar o‘z-o‘zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o‘rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko‘proq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim kerak» degan xulosaga kelasiz.
Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo‘lib, agar siz o‘z imkoniyatlaringizni kenggaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo‘lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.



Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish