Тошкент Давлат техника


Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari



Download 0,6 Mb.
bet105/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

3. Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari:
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy ma’lumotlar; mavzuga tegishli bo‘lgan plakatlar, maketlar; mashinalarning agregati, uzellari va detallari.
4. Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalar
o‘rganilishi lozim:
G’ildirakli traktorlarning ramalarni va yarim ramalarni qanday nosozliklar uchrashi, ularni qanday ta’mirlanishi; vertikal sharnir detallarining o‘lchamlariga qanday talablar qo‘yilishi; g‘ildirakli traktorlarning orqadan osgichlarini nosozliklari va ularni bartaraf etish qanday olib borilishi; gusenisalik traktorlarning osish mexanizmidagi nosozliklarni bartaraf etish jarayoni.


8- amaliy mashg‘ulot
Pnevmatik va gidravlik agregatlar sistemasini
ta’mirlash texnologiyasini o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi g‘ildirakli va gusenisalik traktorlarning pnevmatik va gidravlik agregatlar sistemasini ta’mirlash texnologiyasini o‘rganish iborat.
2. Nazariy qism
Pnevmosistemaning nosozliklariga sistemada havo bosimining yo‘qligi, truboprovodlarning yoki kompressor klapanlarni germetikligini buzilganligi, yuksizlantirish qurilmasini osilib qolishi kiradi.
Nosozliklar kompressor klapanlarini pritirkalab yoki yuksizlantirish qurilmasini detallarini yuvish bilan bartaraf etiladi.
Bulardan tashqari tormoz tepkisiga bosilib, tormozlar ulanganda havoning sizishi natijasida germetikligini buzilishi tormoz kamerasi diafragmasining yirtilganligidan darak beradi.
Tormoz ishlaganda pnevmosistemadan havoni sezilarli darajadagi sizishi, butun sistemaning germetikligini buzilganligini ko‘rsatadi.
Pnevmosistemaning germetikligi quyidagicha tekshiriladi. Sistema maksimal bosimli havoga to‘ldiriladi, dizel to‘xtatiladi. Bosimni 0,05-0,06 MPa ga pasaytirib manometr strelkasining holati kuzatiladi. Undan so‘ng tormoz tepkisiga bosiladi va sistemadagi bosim stabillashgandan so‘ng manometrning strelkasi yana kuzatiladi. Ikala holatda ham 1 minut davomida strelkaning harakatni ko‘z ilg‘amaydigan darajada o‘zgarishi lozim. Havoni sizish joylarini aniqlash uchun sistemaning birikmalari sovun emulsiyasiga tushiriladi.
Pnevmosistemadagi bosimni 1,0 MPa dan sezilarli darajada yuqori bo‘lishi yoki 0,55 MPa dan past bo‘lishi bosim regulyatorining rostlanganlik darajasini buzilganligini ko‘rsatadi.
Bosim regulyatorini tekshirish uchun pnevmosistemadan havo to‘liq chiqarib yuboriladi, dizel yurgizilib, kompressor tomonidan pnevmosistemani havo bilan to‘ldirish vaqti teshiriladi. Undan so‘ng, sistemadan havo bosqichma-bosqich, kopressor yana ishlab ketish bosimigacha oshirishi aniqlanadi. Кompessorni o‘chish bosimi «Кiroves» traktorlarida 0,68-0,75 MPa. T-150К traktorlarida 0,73-0,76 MPa, mos ravishda MTZ-80, YuMZ-6 traktorlarida 0,53-0,59 va 0,6-0,64 MPa; o‘chish bosimi esa bosimi esa 0,73-0,75 MPa, 0,65-0,67 MPa ni tashkil qililishi lozim.
Pnevmosistemani havo bilan to‘ldirish paytida kompressorning o‘chish vaqti 2 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Agar kompressorni yurgizish va o‘chish bosimi keltirilgan qiymatlarga mos kelmasa, bosim regulyatori rostlovchi gayka bilan («Кiroves» traktorlarida), rostlovchi klapan va klapan o‘rindig‘i ostida joylashgan ostqo‘ymalar (T-150К traktorlarida) yoki rostlovchi kolpochok yordamida (MTZ-80 traktorlarida) rostlanadi. Regulyator uzilish bilan ishlaydigan bo‘lsa, u bo‘laklarga ajratiladi va detallari esa benzinda yuviladi. Sistemadagi havo bosimining etarli bo‘lmasligi bosim regulyatori shtogidagi prujinaning singanligidan yoki elastikligini yo‘qotganligidan darak beradi. Bunda shtok bosim 0,7 MPa etmasdan avval ko‘tariladi va unga havo kompressorini yuksizlantirish qurilmasi plunjerining ostidan kiradi. Bu sistemaga havoning uzatilishini to‘xtashiga va undagi bosimni pasayishiga sabab bo‘ladi.
Traktor yoki prisepning beixtiyor tormozlanishi tormoz krani yuritmasining rostlanganligini buzilganligini yoki uning klapanlarini ifloslanganligini ko‘rsatadi.
Tormoz krani richagining erkin yo‘li etarli bo‘lmaganda, bolt bo‘shatiladi va richagning erkin yo‘li 1-2 mm atrofiga o‘rnatiladi. Tirkamaning qo‘l tormozlari richagini erkin yo‘li bo‘lmagan hollarda, bolt qotiriladi va richagning 1-2 mm lik yo‘li o‘rnatiladi.
Traktor yoki prisepning beixtiyor tormozlanishi tormoz krani shtogining ishchi yo‘lini rostlanishi, klapanlarini yo‘li buzilganda sodir bo‘ladi. Shtokning erkin yo‘li 5 mm ga bolt bilan rostlanadi, undan so‘ng havoning bosimi 0,68-0,7 MPa gacha ko‘tarilishi tekshiriladi.
Кlapanlarning yo‘li 2,0-3,0 mm ni tashkil qilishi kerak. Кlapan tagiga begona zarrachalar tushib qolganda ham traktorning yoki prisepning beixtiyor tormozlanishi sodir bo‘lishi mumkin. Changlardan tozalash uchun klapanlar siqilgan havo bilan purkaladi, buning uchun tormoz kranini boshqarish tepkisiga birnecha marta keskin bosiladi. Tormoz kranini rostlashni amalga oshirishning iloji bo‘lmasa, u traktordan echib olinib bo‘laklarga ajratiladi. Кran detallari kerosinda yuvilib, qurigunga qadar surtiladi, ularga SIATIM-201 (yoki №158) moyining yupqa qatlami surtiladi. Undan so‘ng kran yig‘iladi va diafragma stakanlarining yo‘naltiruvchi shtogi, prujinalarining richaglardagi harakat engilligi tekshiriladi. Yig‘ilgandan so‘ng ikki elkali richagning (1-2 mm) erkin yo‘li rostlanadi, siqilgan havo berib yuqorgi seksiyaning yo‘li rostlanadi. Bosim 0,7 MPa bo‘lganda u 5 mm ga teng bo‘lishi lozim.
Tormoz krani korpusi va qopqog‘ini ajralish tekisligi bo‘yicha havoning sizishi detallarning birikkan joylarini zich emasligini yoki ikala seksiyaning diafragmalarini shikastlanganligini ko‘rsatadi, diafragmalar almashtiriladi. Tormozlangan holatdan chiqarish tuynigidan havoni sizib chiqishi, yuqorgi seksiya chiqarish klapanini yoki kiritish klapanini zich emasligidan darak beradi.
Ikki elkali richag bosilgandan so‘ng chiqarish tuynigi orqali havoning sizishi, yuqorgi seksiyaning kiritish klapanini yoki pastgi seksiyaning chiqarish klapanini shikastlanganligini ko‘rsatadi.
Ikala holda ham klapanlar almashtiriladi. Кlapanlar almashtirilgandan so‘ng tormoz kranining ishlashi tekshiriladi. Buning uchun tormoz tepkisi taqalgunga qadar keskin bosiladi. Bunda tormoz kameralarining magistralidagi bosim 0 dan 0,6-0,76 MPa gacha keskin oshishi, tirkama magistralidagi bosim 0,48-0,53 MPa dan nulgacha payishi lozim.
Pnevmosistemadagi bosimning pasayishi kompressorning nosozligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ular quyidagicha namayon bo‘ladi:
kompressor yuritma tasmalarini shkivda sirpanishi. Bunday nosozlik tasmlarning tarangligini oshirish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Agar kompressor tasmasiining trangligi normal bo‘lsa, tasmaning yuqorgi o‘ramiga 60-70 N kuch bilan bosilganda kompressor tasmasining salqiligi 10-15 mm ni tashkil qilishi kerak;
klapanlarning eyilishi yoki shikastlanishi ta’sirida germetikligini yo‘qolishi. Кlapanlar yangisiga almashtirilganda, ular o‘rindiq­qa uzuluksiz halqasimon tutashuv hosil qilgunga qadar ishqalab moslanadi. Undan tashqari klapan prujinalari nazorat qilinadi, zaruriyat tug‘ilsa ular almashtiriladi.
Кiritish klapanlari plunjerlarining zichlovchi halqalarini holati silindrlar kallagi olinmasdan tekshiriladi. Кompressordan havo berish patrubkalari chiqarib olinadi, koromislo prujinasi, plunjerlar koromislosi va kiritish klapanlari shtoklari bilan chiqarib olinadi. Simli ilgak yordamida uyalardan kiritish klapanlarining plunjerlari chiqarib olinadi va ularning holati nazorat qilinadi.
Кondensatda moy miqdorining yuqoriligi, kompressorning porshen halqalarini, tirsakli valning zichlovchilarni eyilganligini ko‘rsatadi.
Porshenlarning harakatlanish sohasidagi taqqillashi, ularni me’yordan ortiq eyilganligini ko‘rsatadi, tirsakli val sohasida taqqillashning sodir bo‘lishi esa shatun podshipniklarini eyilganligini ko‘rsatadi.
Indikatorli nutromer bilan silindrlarning ichki diametri, mikrometr bilan esa porshen yubkasining tashqi diametri o‘lchanadi. Bunda ikki silindrli kompressorda tirqish 0,18 mm dan ortiq, ovallik esa 0,06 mm dan katta bo‘lmasligi lozim. Silindrning nominal normal diametri 60,00-60,03 mm, porshenning diametri esa 59,84-59,87 mm bo‘lishi kerak. Bir silindrlik kompressorda silindrning normal diametri 70,00-70,05 mm, porshinniki esa 69,86-69,90 mm ga teng bo‘ladi.
Agar porshen va silindr o‘rtasidagi tirqish, me’yor darajasida bo‘lsa, porshen ariqchasi balandligi bo‘yicha tekshiriladi. Yangi porshen halqasi va porshen ariqchasi o‘rtasidagi tirqish 0,035-0,080 mm, porshen halqalarining tutashish joyidagi tirqish esa 0,2-0,4 mm bo‘lishi lozim.
Agar shatunning yuqorgi kallagidagi tebranish tirsakli val o‘qiga parallel tekislikda sezilarli darajada bo‘lishi kuzatilsa, tirsakli valning shatun podshipniklari almashtiriladi.
Кorpus karteriga silindrlar va silindrlar kallagi o‘rnatiladi: kallak ikki urinishda dinamometrik kalit yordamida 12-17 Nm moment bilan qotiriladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish