Тошкент Давлат техника


Burilishini boshqarish agregatlarning gidravlik sistemasidagi nosozliklar



Download 0,6 Mb.
bet107/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Burilishini boshqarish agregatlarning gidravlik sistemasidagi nosozliklar. Ishlayotgan motorda rul g‘ildiragining erkin yo‘li rul mexanizmi valining birkmalarida, rul gidrokuchaytirgichi tishli uzatma ilashmasida (MTZ, T-40, YuMZ traktorlarida), zolotnikli rul mexanizmining chervyak juftligida (T-150К, «Кiroves» traktorlarida) katta eyilish, shar barmoqlarida, rul tortqilarida, kuzatuvchi qurilma torqilari (teskari bog‘lanish tortqilari) dagi tirqishning kattalashuvi, valdagi chervyak podshipniklarini o‘tqazishlar­ning bo‘shashiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
T-150К traktorida soat tipidagi indikator bilan val-sektorning o‘q bo‘yicha siljishi tekshiriladi. Buning uchun uni o‘q yo‘nalishida siljitish talab etiladi. Sektorning o‘rta holatida uning nominal o‘q bo‘yicha siljishi 0,01-0,06 mm bo‘lishi lozim. Agar o‘q bo‘yicha siljish 0,1 mm dan katta bo‘lsa, ilashma rostlanadi. Buning uchun boltlar bo‘shatilib yonaki qopqoq, podpyatnik va rostlovchi shayba chiqarib olinadi. Rostlovchi shayba qalinligi bo‘yicha shunday tanlanadiki, yig‘ilgan mexanizmda val sektorning o‘q bo‘yicha siljishi nominal qiymat chegarasida bo‘lsin. Sektorning chetki holatlarida valning o‘q bo‘yicha siljishi 0,25-0,6 mm gacha ortishi mumkin. Agar normal o‘q bo‘yicha siljishda sektorning o‘rta holatida valning chetki holatlardagi siljishi 0,25 mm dan kichik bo‘lib qolsa, chervyak juftligi almashtiriladi.
Tishi chetida belgisi bo‘lgan chervyak sektorning belgili chuqurchasiga kiritiladi. Soshka o‘rnatilganda undagi belgi val sektori va korpus chetidagi belgiga to‘g‘ri kelishi kerak. Rul mexanizmining vali rostlangandan so‘ng, bir chetgi holatdan ikkinchisiga o‘tganda sektor chervyak bo‘yicha silliq, tiqilib qolmasdan aylanib o‘tishi kerak.
T-150К va «Кiroves» traktorlarini burilishini boshqarish gidrosistemasidan moy oqishi tekshirilganda, kuch silindrlarining birortasini oziqlantirish bo‘linmasidan moy provodi uziladi va unga o‘tish shtuseri yordamida asbobning kiritish rukavasi ulanadi. Кuch silindri shtuserining teshigi zaglushka bilan bekitiladi. Asbobning to‘kish rukavasi gidrosistema baki bilan birlashtiriladi. SMD dizelining tirsakli valining aylanishlar chastotasi nominal, YaMZ dizeli tirsakli valining aylanishlar chastotasi esa 900 min-1 bo‘lishi kerak.
Burilishni boshqarish gidrosistemasining saqlagich klapanini ishlab ketish bosimi traktorning barcha rusumlari uchun taqsimlagichni holati tekshirgandadek, shu sxema bo‘yicha tekshiriladi.
Tekshirish uchun traktor dizeli yurgiziladi va tirsakli valning nominal aylanishlar chastotasi ushlab turiladi, asbobning dastasi bilan moyning to‘kilishi bekitiladi. Manometrning ko‘rsatishi bo‘yicha, saqlagich klapanini ishlab ketishiga olib keluvchi amaldagi bosim aniqlanadi.
Agar bosim ruxsat etilgandan past yoki nominal qiymatidan yuqori bo‘lsa, klapan rostlanadi. Buning uchun kolpachok olinadi, rostlovchi vintning kontrgaykasi bo‘shatiladi va rul g‘ildiragi ushlab turilib, burilishning chetgi holatiga taqalgunga qadar rostlovchi vint nominal bosimga etgunga qadar qotiriladi yoki bo‘shatiladi. Nominal bosimga erishishni imkoni bo‘lmasa, К-701 traktorida taqsimlagichdagi, nasosga o‘rnatilgan sarf regulyatorining rostlovchi vinti bo‘shatilib moyni uzatish ko‘paytiriladi. Agar bu holda ham zarur bo‘lgan natija olinmasa, nasos regulyator bilan birgalikda ta’mirlanadi.
Traktor burilganda keskin silkinishlarning mavjudligi gidroosgich taqsimlagichining zolotnigi gaykasini bo‘shaganligini, rul mexanizmi tortqilaridagi tirqishni kattalashganligini ko‘rsatadi.
Traktor taqsimlagichining gaykasi taqalgunga qadar qotiriladi, undan so‘ng esa ½ aylanishga bo‘shatiladi va ikkinchi gayka bilan puxta kontrlanadi.
Traktorning rul boshqarmasi mexanizmini bo‘laklarga ajratishda, dastlab rul validan shlisalik vtulka olinib, soshka presslab chiqariladi. Undan so‘ng yonaki qopqoqning tayanch halqasi va rostlovchi shayba chiqarib olinadi va sektor valining chetiga biroz urib, u korpusdan chiqarib olinadi.
Val zichlovchilarini va uning ignasimon podshipniklarini almashtirish uchun stopor halqasi va tayanch shaybasi chiqarib olinadi. Кorpusning pastgi va yuqorgi qopqoqlari bo‘shatiladi va rul mexanizmi vali taqsimlagich bilan yig‘ilgan holda chiqarib olinadi.
Chervyakni chiqarib olish uchun valning oldingi uchidan dumaloq gayka chiqarib olinadi, podshipnik oboymasi, tayanch vtulkasi va chervyak siqib chiqariladi.
Taqsimlagichni bo‘laklarga ajratish uchun shlisali val tomonidan gayka ochiladi va rolikli, sharikli podshipniklar siqib chiqariladi va zolotnik korpusi yig‘ilgan holda chiqarib olinadi.
Dizel yonilg‘isi bilan moylangan zolotnikning korpusi 45º ga qiyshaytirilganda, korpusda o‘zining xususiy massasi ta’sirida bilan siljishi lozim.
Taqsimlagich o‘rnatilganda zolotnik birinchi gayka bilan taqalgunga qadar qotiriladi, undan so‘ng u 1/16 aylanishga bo‘shatiladi va ikkinchi gayka bilan kontrlab qo‘yiladi. Tayanuchi podshipniklar shunday o‘rnatilishi kerakki, uning halqalari tashqarisidan zich o‘tqazish bilan zolotnika nisbatan joylashsin.
Yuqorgi qopqoq va val-sektor ehtiyot bo‘lib o‘rnatiladi, unda rezinali manjetalar va halqalar shikastlanmasin. Yig‘ish paytida belgili chervyakning tishi (tish belgisi uning yon tomonida) sektordagi belgilangan cho‘kmaga tushsini. Bunda val-sektorning o‘q bo‘yicha siljishi uning o‘rta holatida 0,01-0,06 mm dan katta bo‘lmasin.
Rul mexanizmi traktorga o‘rnatilganda val-sektordagi soshka va korpus chetidagi belgilar, bunda traktor yarim ramalarining holati, uning to‘g‘ri chiziqli harakatiga mos kelsin.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish