Muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad



Download 31,34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.04.2022
Hajmi31,34 Kb.
#592141
Bog'liq
720-1-сон 01.04.2021. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRINING
BUYRUG‘I
MEHNAT SHARTNOMASI ALOHIDA ASOSLARGA KO‘RA BEKOR QILINIB, OGOHLANTIRISH
MUDDATI PULLIK KOMPENSATSIYAGA ALMASHTIRILGANDA XODIMLARGA MODDIY MADAD
BERISH TARTIBI HAQIDAGI TUSHUNTIRISHGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 720-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo
dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qaroriga
muvofiq
buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 15-aprelda 684/04-1-son bilan
tasdiqlangan Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati
pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi
tushuntirishning (ro‘yxat raqami 720, 1999-yil 10-may) 
yettinchi
va 
sakkizinchi xatboshilari
quyidagi
tahrirda bayon etilsin:
“Misol. Mehnat shartnomasi 1-martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv xati bilan xodim 1-
yanvarda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin, xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu
ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1-
yanvardan bekor qilindi. Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda (yanvar, fevral
oylari uchun) pullik kompensatsiya va bir oylik (yanvar uchun) ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘landi.
Agarda xodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat
daftarchasining ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlasa (elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma
nusxasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish my.mehnat.uz elektron manzili bo‘yicha
elektron mehnat daftarchasining noyob raqamini kiritish yoki mobil telefon yordamida QR-kodni
skaner qilish orqali amalga oshiriladi), Mehnat kodeksining 67-moddasi birinchi qismida nazarda
tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun o‘rtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu xodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng o‘ttiz kalendar kun ichida, ya’ni
2-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs
sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va aprel oyida bu to‘g‘risida mehnat organining ma’lumotnomasini
taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi
to‘lanadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-mart,
11-2021-B-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/720-1/0267-son)

Download 31,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish