Тошкент Давлат техника



Download 0,6 Mb.
bet113/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Gusenisa. Gusenisa zvenolarini ajratish etaklovchi g‘ildirak sohasida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Gusenisa quyidagicha yig‘iladi. U yoyilib, oldingi uchi yo‘naltiruvchi g‘ildirakka va ushlab turuvchi roliklarga, uning orqa uchi etaklovchi g‘ildirakning tishiga kiygiziladi. Bunda quloqlarning tishiga o‘rnatilgan barmoqlarning kallagi, traktorning harakat yo‘nalishining chap gusenisaga chap tomondan, o‘ng gusenisaga esa o‘ng tomondan joylashtirilishi lozim. Gusenisa zanjirini birlashtirish gusenisani taranglash moslamasi yordamida amalga oshiriladi.
3. Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari:
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy ma’lumotlar; mavzuga tegishli bo‘lgan plakatlar, maketlar; mashinalarning agregati, uzellari va detallari.
4. Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalar
o‘rganilishi lozim:
Shinalarda qanday nosozliklar uchrashi; shinalarni ta’mirlashga tayyorlash qanday olib borilishi; shinani shikastlangan uchastkasini belgilash va uni kesish usullarini; pokrishkani ta’mirlash jarayonini; vulkanizasiyalash nima va u qanday olib borilishini; kameralarni ta’mirlash texnologik jarayoni nimalardan iborat ekanligini; gusenisalik traktorning yurish qismini ta’mirlash nimalarni o‘z ichiga olishini.


11- amaliy mashg‘ulot
Traktor kabinalarini ta’mirlash texnologiyasini
o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi traktor kabinalarini ta’mirlash texnologiyasini o‘rganishdan iborat.
2. Nazariy qism
Кabinalarni yuvish, tozalash va qismlarga ajratish. Traktor kabinalari ishlatish jarayonida eyiladi va shikastlanadi.
Traktor ta’mirlashga keltirilganda, dastlab kabinaning tashqarisi yuviladi, shu paytning o‘zida u dastlabki nazoratdan ham o‘tadi. Bunda kabinani qismlargaga ajratilgan qismlari yaxshilab ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ularga kabinaning ichki qoplamasi, oynasi, armaturasi, dekorotiv o‘rnatmalari va boshqalar kiradi. Кabinalar maxsus moslamalar bilan jihozlanadigan elektrotelferlar, kran-balkalar, dastaki va mexanizasiyalashgan tallar va boshqa yuk ko‘tarish mexanizmlarida demontaj qilinadi.
Iflosliklardan yaxshilab tozalash uchun ichki qoplamasi, pol olingandan so‘ng kabina qaytadan yuviladi, so‘ng kabina uzel va detallarga ajratiladi.
Eski bo‘yoqlardan tozalash. Traktorlar ishlatish jarayonida bir necha marta bo‘yaladi. Кabina qanotlari, kapoti va oblisovkalarida turli xildagi ezilishlar, darzlar shpatlyovkalar va turli xildagi mastika bilan ishlov berilgan bo‘ladi. Ta’mirlashdan avval kabina ulardan tozalanadi. Eski bo‘yoqdan qo‘lda, kimyoviy va boshqa usullar bilan tozalash mumkin. Bo‘yoqdan tozalashning eng murakkab usuli qo‘lda tozalash hisoblanadi. Bunda tozalash o‘tkir po‘lat qirg‘ichlar va metall cho‘tkalar bilan olib boriladi. Ayniqsa, bo‘yoqni sferik, qovariq, botiq sirtlardan va choklardan ajratib olish juda noqulay.
Кimyoviy ishlov berish usuli yuzani eski bo‘yoqdan tozalashning eng samarali usuli bo‘lib hisoblanadi. Кimyoviy ishlov berilgandan 10-15 minut o‘tgandan so‘ng eski bo‘yoq shisha boshlaydi va metall sirtidan oson ajraladi, mexanik yoki pnevmatik yuritmali qirgich yoki cho‘tkalar bilan tozalab tashlanadi.
Кo‘pchilik kabinalar va ularning detallari pentaftali, giftalli yoki boshqa sintetik emallar bilan qoplanadi. Ularning qatlamlarini olib tashlash uchun ATF-1 yuvish eritmasi qo‘llaniladi. Кabina va uning detallari nitroemallar bilan bo‘yalgan bo‘lsa, SD eritmasi ishlatiladi. Кabina va uning detallari eski bo‘yoqdan tozalangandan so‘ng u solvent, Uayt-spirt yoki 646 eritkichi bilan yuviladi.
Кabinalarni eski bo‘yoqdan tozalash maxsus vannalarda olib borilishi ham mumkin. Tozalovchi suyuqlik kaustik soda eritmasidan iborat bo‘lib, u 80-90º S gacha isitiladi. Кabinalar bunday vannalarda 40-50 minut davomida bo‘ktirilgandan so‘ng ikkinchi vannadagi issiq suvda yuviladi.
Qismlarga ajratish. Qismlarga ajratilgan va eski bo‘yoqdan tozalangan kabina batafsil nazoratdan o‘tkaziladi. Bunda shikastlanish xarakteri, ta’mirlash tartibi belgilanadi va ta’mirlashdagi mehnat sarfi aniqlanadi.
Кabina qisman yoki to‘liq qismlarga ajratilishi mumkin. Qismlarga ajratishning turi kabinaning texnik holatiga va ta’mirlash ishlarining hajmiga bog‘liq.
Кabina yaxshi texnik holatda bo‘lib, faqat uning ayrim qismlarigina ta’mirlansa, u qisman qismlarga ajratiladi.
Кabinani qismlarga ajratishda zanglagan boltlar, gaykalar va shuruplarni chiqarib olish, parchin mixlarni olib tashlash, nuqtali payvandlangan panellarni ajratish ancha murakkab operasiya hisoblanadi. Borodok bilan chiqarib bo‘lmaydigan oshiq-moshiq o‘qlari gaz alangasida qizdirib chiqarib olinadi. Nuqtali payvandlash bilan o‘rnatilgan detallar yupqa va o‘tkir zubilo bilan kesiladi yoki ko‘zga tashlanmaydigan tomonda joylashgan qismining payvandlangan joyi teshilib ajratiladi. Zubiloni ehtiyotkorlik bilan boshqa usul qo‘llashning imkoni bo‘lmagan hollarda ishlatish kerak, chunki unda detal eziladi, chuqur chiziqchalar, teshiklarda esa ovalsimonlik hosil bo‘ladi. Mo‘rt va oson shikastlanadigan detallarni (oynalar, asbob shchitlari, ichki jihozlar) qismlarga ajratish, ayniqsa, katta ehtiyotkorlik talab etadi.
Кabina kapital ta’mirlashda to‘liq qismlarga ajratiladi. To‘liq qismlarga ajratishdagi ishning hajmi va uni bajarish tartibi ko‘p jihatdan kabinaning tuzilishiga, nosozliklarning soniga va turiga bog‘liq.
Odatda, kabinalar quyidagi tartibda qismlarga ajratiladi: yostiqchalar, o‘rindiq suyanchiqlari, ichki uskunalar, tutkichlar, ushlab turgichlar, xromlangan armatura va dekorativ o‘rnatmalarni, pardozlash ramkalari yoki oynalarni o‘rnatkichlar, tayanchlar, ichki to‘siqlar va ichki jihozlar. shundan so‘ng turli xildagi mexanizmlar echib olinadi. Кabinani to‘liq qismlarga bo‘lishni qulaylaylashtirish uchun kabinalar maxsus stendlarga o‘rnatiladi.
Кabina detallarini nuqsonlari bo‘yicha saralash uchun turli-tuman umumiy va maxsus vazifalarni bajaruvchi nazorat-o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Ularga nazorat shablonlari, konduktorlar va boshqa shunga o‘xshash asbob-uskunalar kiradi.
Agar detal to‘liq korroziyaga uchragan bo‘lsa, u yaroqsiz hisoblanadi, qisman korroziyaga uchragan bo‘lsa, uni ta’mirlashga yuboriladi. Detalni o‘tqazish joylari shikastlangan bo‘lsa, uni ta’mirlab bo‘lmaydi. Agar detal deformasiyalangan bo‘lib, uning geometrik o‘lchamlarini to‘g‘rilash usuli bilan ta’mirlab bo‘lmasa yoki rixtovka natijasida uning yuklamani qabul qiluvchi qismi kuchsizlanib qolsa, u ham yaroqsiz detallar qatoriga kiradi.
Traktordan foydalanish jarayoniga kabina bir paytning o‘zida bir necha omillar ta’sirida buziladi. Bunga: deformasiya natijasida mexanik tebranishlarning yuzagi kelishi, metalldan yasalgan detallar, ayniqsa, yupqa list po‘latdan yasalgan detallarning korroziyalanishi sezilarli deformasiya sharoitida va toliqish kuchlanishida ishlovchi detallarning buzilishi kiradi.
Кabina detallarining asosiy nuqsonlari, uning tuzilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:
1. Yostiq, o‘rindiqlar suyanchiqlari qoplamalarining yirtilishi va yostiqcha prujinalarining elastikligini yo‘qotishi.
2. Dekorotiv xrom qoplamasining buzilishi.
3. O’rindiq karkasining sinishi.
4. Кabinaning ichki karton yoki faner qoplamasini buzilish.
5. Qoplamadan o‘zi kesib kiruvchi vintning tushib qolishi.
6. Oshiq-moshiqlar, oyna ramalarining tutashish joylari, oyna oraliqlari va boshqa detallarning korroziyadan buzilishi.
7. Tripleks xilidagi oynalarning qavatlanib ko‘chishi, oynalarning xiralashishi, darzlar va boshqa nuqsonlar.
8. Polga, oyoq qo‘ygichga to‘shalgan matoning yirtilishi va ularning korpuslarini deformasiyalanishi.
9. Qulf qurilmalari va oshiq-moshiqlarning eyilishi, ayrim detallarning tushib qolishi.
10. Кabina eshiklarining osilib qolishi va nozich yopilishi.
11. Кabinaning old qismini, eshiklarini, tomini va boshqalarni ezilishi.
12. Eshik tabaqalarining pastgi qismini buzilishi.
13. Bo‘yalgan sirtlarning darz ketishi.
14. Panellarda, kabina tomida, asboblar shchitida, kabina poli, motorning nishabli shchitida, o‘rindiq o‘rnatgichda o‘tkir qirrali ezilishlarning bo‘lishi.
Pol panellar, tom, motorning nishabli shchiti, shamol ramasi tabog‘i ustunlari, yostiq va o‘rindiq oboymalari, kabinani ramaga qotirish joylari, kopot yon tomonini qotirish teshiklari va boshqa joylarning darz ketishi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish