Тошкент Давлат техника


Mashg‘ulotda davomida quyidagi masalalar



Download 0,6 Mb.
bet116/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

4. Mashg‘ulotda davomida quyidagi masalalar
o‘rganilishi lozim:
Кabinada uchraydigan nuqsonlar nimalardan iborat ekanligini; kabina eski bo‘yoqlardan qanday tozalanishini; kabinani qismlarga ajratish qanday olib borilishini; kabinani ta’mirlash uchun qanday uskuna, moslama va asboblardan foydalanilishini; kabinani ta’mirlash jarayonini o‘rganishi; egilgan sirtlarni tekislash texnologiyasi nimlarni o‘z ichiga olishini; kabinaga qanday qilib yamoq qo‘yilishi; kabina oynalarini qanday qo‘yilishini.


12- amaliy mashg‘ulot
Кabinani ta’mirlashdan so‘ng yig‘ish va bo‘yash
texnologiyasini o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi mashina kabinalarini ta’mirlash­dan so‘ng yig‘ish va bo‘yash texnologiyasini o‘rganishdan iborat.
2. Nazariy qism
Кabinani ta’mirlashdan so‘ng yig‘ish. Кabinani yig‘ishning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, unda avvalgi texnologik jarayonlarni bajarishda yo‘l qo‘yilgan barcha kamchiliklar oshkor bo‘ladi. Shuning uchun ham ayrim paytlarda moslash bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar bajariladi.
Кabinani yig‘ish jarayoni etarli darajada mexanizasiyalashmaganligi, asosiy ishlar qo‘lda bajarilganligi uchun, bu ishlar juda murakkab hisoblanib katta mehnat talab qiladi.
Кabinani yig‘iщda asbob va moslamalarni tanlashga katta ahamiyat berish lozim. Universal asbob va moslamalardan tashqari, ma’lum operasiyalarni bajarish uchun maxsus asboblar juda ko‘p qo‘llaniladi. Кabinalarni yig‘ishda uchraydigan birikmalarni qo‘zg‘oluvchan va qo‘zg‘almas, ajraladigan va ajralmaydigan turlarga bo‘lish mumkin.
Кabinalarni yig‘ishda va ta’mirlashda ayrim paytlarda detallarni qotirish turlari o‘zgarishi mumkin. Maslan, nuqtasimon payvandlashni gaz payvandlashga; parchinli birikmalarni payvanlashga va boshqalar. Ta’mirlashda ajraladigan birikmalarni ajralmas birikmalarga almashtirish mumkin emas, chunki bunda qaytadan ta’mirlash imkoni bo‘lmaydi.
Кabinalarni yig‘ishda eng murakkab operasiya bu moslash va oxiriga etkazish ishlari hisoblanadi. Bu operasiyalarni bajarishda asosan elektr va pnevmatik yuritmali universal asbob va moslamalardan foydalaniladi. Ta’mirlash jarayonida olib yuriladigan egiluvchan valli arralovchi uskunalardan ko‘proq foydalaniladi, unga turli xildagi asboblar (abraziv toshlar, dumoloq egovlar va boshqalar) ni o‘rnatish mumkin.
Lok-buyoq materiallari tarkibiga parda hosil qiluvchi moddalar, pigmentlar, erituvchilar, suyultiruvchilar va sikkativlar kiradi.
Parda hosil qiluvchi moddalar lok-buyoq qurigandan so‘ng zich, korroziyaga chidamli barqaror qatlam hosil qiladi. Par­da hosil qiluvchi modda sifatida o‘simlik moyi, tabiiy va sun’iy smolalar, bitumlar, asfaltenlar va efirlardan foydalaniladi.
Parda hosil qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab lok bo‘yoq materiallar moyli, smolali va efir-sellyulozali xillarga bo‘linadi. Bu guruxga taalluqli materiallarning har biri mashinalarnn bo‘yashda emalli va shpatlyovkali tarkiblarga bo‘linadi. Parda hosil qiluvchi moddalarning bug‘lanuvchan organik suyuqliklardagi eritmasi loklar deyiladi. Moy­li loklar tabiiy yoki sintetik smolalarni yuqori temperaturada aliflarda eritib, ularga erituvchilar qo‘shib tayyorlanadi. Tabiiy smolalar guruhidan efirlar hamda shellaklar, sintetik smolalar guruhidan esa, asosan, gliftalli, pentaftanli, polixlorvinilli, epoksidli va boshqa alkidlar qo‘llaniladi.
Efir-sellyulozali nitroloklar nitrat va sulfat kislotalari aralashmasida ishlov berilgan sellyulozalar bilan or­ganik erituvchilar (aseton, butil etilasetat, benzol toluol, etil va butil spirtlari) aralashmasidan hosil qilinadi.
Elastik yorug‘lik va issiqlikka chidamli parda hosil qilishda plastifikatorlar (fosforli efirlar va ftalli kislotalar hamda kanop va kanakunjut moylari) ishlatiladi. Adgezion xususiyatlarini oshirish va jilvirlanishi uchun bu loklar tarkibiga gliserin efiri qo‘shiladi.
Nitroloklar qurilgandan so‘ng qattiq, mustaxkam, benzin va boshqa ximiyaviy reagentlar ta’siriga chidamli pardalar hosil qiladi.
Spirtli loklar tabiiy yoki sun’iy smolalarni spirtda eritish natijasida hosil qilinadi. Bunda lokdagi smolalarning miqdori 35—45% ni tashkil etadi. Spirtli loklar tezda qurisada, ammo mustaqkamligi nisbatan past bo‘lgan par­dalar hosil qiladi, shuning uchun ham ular faqat yog‘och buyumlarni qoplashda ishlatiladi.
Pigmentlar lok-bo‘yoq materiallarga pardaning mustaqkamligini, adgezion xususiyatlarini oshirish va pardaga rang berish maqsadida qo‘shiladi.
Ta’mirlashda qo‘llaniladigan bo‘yoqlar tarkibiga oq (ruxli va titanli), sariq (oxra, ruxli va qo‘rg‘oshinli), qizil (mumiyo, temirli surik qo‘rg‘oshinli surik), ko‘k (ultramarin, lazur), yashil (xromli), jigarrang (umbra) va qora (qurum) pigmentlar kiradi.
Eritkichlar parda hosil qiluvchi moddalarni eritish uchun qo‘llaniladi. Eritkichlar sifatida skipidar, uayt-spirit, benzol, ksilol, solvent va murakkab efir (metilasetat, etilasetat) lardan foydalaniladi.
Suyultirgichlar omborxonalarda saqlash davrida quyuqlashib qolgan lok-buyoq materiallarni suyultirish hamda ularni ish qovushoqligiga keltirish uchun qo‘llaniladi.
Nitro va perxlorvinilli emallar va shpatlyovkalar uchun lok-buyoq korxonalarida suyultirgichlariing tayyor RVD 646, 647, 648, 649 aralashmalari ishlab chiqariladi. Ularning tar­kibiga aseton, murakkab efirlar va spirtlar kiradi. Tarkibida moy va sintetik smolalar bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari uchun RS-1, RS-2 (butanol, uayt-spirit va ksilol aralashmasidan iborat) suyultirgichlar ishlatiladi.
Sikkativlar bo‘yoqqa yoki lokka quritish jarayonini tezlashtirish uchun qo‘shiladi. Ular kislotalarning marganesli, qo‘rg‘oshinli yoki koboltli tuzlaridan iborat. Sikkativlar lok-buyoq materiallari tarkibiga qat’iy belgilangan miqdorda qo‘shiladi. Sikkativning haddan tashqari ko‘pligi yoki namligi parda sifatini yomonlashtirishi mumkin.
Ta’mirlashda ishlatiladigan bo‘yoqlar moyli, emulsion va emalli xillarga bo‘linishi mumkin.
Moyli bo‘yoqlar pigmentlarning aliflardagi suspenziyasi bo‘lib, quyuqlashtirilgan pasta yoki ishlatishga tayyor tarkibli holda ishlab chiqariladi. Qo‘rg‘oshinli va temirli suriklardan, yashil xromdan, qo‘rg‘oshin, rux yoki titanli belilalardan tayyorlangan bo‘yoqlar atmosfera ta’siriga chidamliligi va yaxshi yopishqoqligi bilan ajralib turadi.
Bunday bo‘yoqlarning asosiy kamchiliklariga ularning nisbatan sekin qurishi kiradi (18... 20°S da qurish vaqti 24— 26 soat davom etadi).
Emulsion buyoqlar oddiy sharoitda o‘zaro aralashmaydigan ikki va undan ortiq suyuqliklarni maxsus aralashtirgichlarda jadal aralashtirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Bo‘yoqning tarkibi bo‘yicha qavatlanishining oldini olish maqsadida emulsiyaga kazein, jelatin, sovunli stabillovchilar qo‘shiladi. Emulsion bo‘yoqlar bilan qishloq xo‘jalik mashinalarining, asosan, yog‘och qismlari bo‘yaladi.
Emal bo‘yoqlar pigmentlarning loklardagi aralashmasidan iborat. Bunday bo‘yoklar quriganda emalni eslatuvchi mustahkam parda hosil qiladi. Emal bo‘yoq tayyorlashda qo‘llaniladigan lokning turiga qarab moyli, gliftalli, pentaftalli, nitroemalli, perxlorvinilli va boshqa emal bo‘yoqlarga bo‘linadi.
Emal bo‘yoqlar moyli bo‘yoqlarga nisbatan tezroq quriydi. Qurish sharoitiga qarab emallar issiqlikda quriydigan (110°S dan ortiq temperaturada) hamda past temperaturada quriydigai (18—25SS da) emallarga bo‘linadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish