Кontakt-tranzistorli rele-rostlagichlarni sinash va rostlash. Ta’mirlanadigan kontakt-tranzistorli rele-rostlagichlar generatorlar bilan birgalikda maxsus stendda sinaladi va rostlanadi. Sinov boshlanishidan avval kuchlanish rostlagich va himoya relesining kontaktlari kopron mato toza spirtda ho‘llab surtib tozalanadi. Bunda paxta-qog‘oz va boshqa shunga o‘xshash gazlamalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Undan so‘ng shchuplar to‘plami yordamida yakor va o‘zak, hamda rostlagich va himoya relesining yakori halqasining kontaktlari orasidagi tirqish tekshiriladi.
Zarur bo‘lsa, yakor va o‘zak orasidagi tirqish, yakor harakati cheklagichi egib rostlanadi. Кontaktlar orasidagi tirqishni rostlash, turgichlarini egib amalga oshiriladi.
Stendda tranzistorning sozligi va ular rostlanadigan kuchlanishi tekshiriladi.
Ishlamayotgan generatorda rele-rostlagichga kuchlanish massani uzgich R1 orqali to‘liq zaryadlangan 12 voltli akkumulyatorlar batareyasidan beriladi. Bunda ampermetr A1 2,5 dan 2,7 A gacha bo‘lgan tokni ko‘rsatishi lozim. Unda tok generatorning uyg‘otish chulg‘ami orqali o‘tadi. Кuchlanishni rost-lagich kontaktlari qo‘lda ulanadi, undan esa tok yakorga o‘tadi. Ampermetr ko‘rsatayotgan tok keskin pasayadi, yakor qo‘yib yuboril-gandan so‘ng, tok kuchi dastlabki holatiga qaytishi lozim. Agar tok o‘zgarmasa, tranzistor nosoz hisoblanadi.
Soz tranzistorda rostlanadigan kuchlanish stendni yurgizib, ma’lum aylanishlar chastotasida va yuklama tokida aniqlanadi.
Masalan, G-285 generatorida va RR-385 rele-rostlagichida rotorning aylanishlar chastotasi 4100 ayl/min gacha etkaziladi va yuklama reostati bilan 40 A tok yuklamasi o‘rnatiladi. Bunda rostlagichning kuchlanishini 13,4-14,4 V chegarasida bo‘lishi kerak. Agar kuchlanish texnik shartlarda ko‘rsatilgan chegaraviy qiymatlarga to‘g‘ri kelmasa, kuchlanishni rostlash prujinasining tarangligini o‘zgartirish lozim. Prujinaning bosish kuchlanishini oshirish uchun, u taranglashtiriladi, kamaytirish uchun esa, bo‘shatiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, rostlagich korpusi massaga nisbatan kuchlanishda bo‘ladi, shuning uchun ham ular orasidagi qisqa tutashuv rele-rostlagichning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Himoya relesi quyidagicha tekshiriladi va rostlanadi. Rubilnik ulanib, reostat bilan uyg‘otish chulg‘ami zanjiridagi tok tekis oshiriladi. Кontaktlar ulanayotgan paytda ovoz chiqadi.
Himoya relesining ishlab ketish toki 20°S da 4-4,5 A oraligida bo‘lishi lozim. Agar ishlab ketish toki keltirilgan chegaradan farq qilsa, rele, kuchlanishni rostlagich kabi, rostlash prujinasining tarangligini o‘zgartirib rostlanadi.
Rele-rostlagichni sinash paytida rele bloklaridan va rele-rostlagich yarim o‘tkazgich elementlaridan qopqoqni olish mumkin emas, chunki bunda issiqlik o‘tkazgich unga qotirilgan tranzistorni massaga qisqa tutashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |