Тошкент Давлат техника


Bo‘yaladigan yuzalarga tashqi qatlamlarni berish



Download 0,6 Mb.
bet118/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Bo‘yaladigan yuzalarga tashqi qatlamlarni berish. Bo‘yaladigan yuzalarining tashqi ko‘rinishiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra tashqi qatlamlar dekorativ (engil avtomobillarni yuqori sifatli bo‘yash), oddiy (traktor va yuk avtomobillarini bo‘yash) bo‘lishi va himoya qilish (agregat va qishloq xo‘jalik mashinalarini bo‘yash) maqsadida berilishi mumkin. Bo‘yashning bu xillari bir-birlaridan, asosan, bajariladigan texnologik operasiyalarning soni va sifati bilan farq qiladn. Masalan, himoya maqsadida bo‘yashda, odatda, shpatlyovka qilinmaydi, dekorativ chiroy berishda esa ko‘p qavatli bo‘yash qo‘llaniladi va, ayniqsa, chiroy berish operasiyalariga (jilolashga) ahamiyat beriladi.
Ta’mirlashda tashqi qoplama berish uchun ko‘proq nitroemallar qo‘llaniladi, chunki bunda yuqori temperaturada quritish talab qilinmaydi. Ammo nitroemallarning korroziyaga qarshiligi kamroq, jilvirlash-jilolash operasiyalariga esa mehnat sarfi kattaroq bo‘ladi.
Sintetik emallar nitroemallardan yaltiroqligi, barqarorligi va metallni zanglashdan yaxshi himoya qilishi bilan ajralib turadi. Bunday qoplamalarning xizmat muddati 4 yildan ortiqrokdir. Traktor va qishlok xo‘jalik mashinalari ko‘proq gliftalli, nitrogliftalli va sintetik emallar bilan bo‘yaladi.
Lok-buyoq qoplamalarining sifati ko‘p jihatdan bo‘yoq tarkiblarini to‘g‘ri tayyorlashga bog‘liq. Nitro asosdagi bo‘yoklarni moyli asosdagi bo‘yoklar bilan aralashtirib bo‘lmaydi, chunki bu buyoqlarning qumoqlashib qolishiga olib kelishi mumkin.
Yuzalarni lok-buyoq materiallari bilan qoplashning bir necha usullari mavjud.

  1. Qo‘lda bo‘yash. Bu usul, asosan, shpatlyovka qilishda va yuzaning muayyan qismini cho‘tka bilan bo‘yashda qo‘llaniladi.

  2. Botirish yordamida bo‘yash. Bunda buyum buyoqli vannaga tushiriladi. Hosil bo‘lgan qoplamaning sifati tayyorlangan lok-bo‘yoq materialining qovushoqligiga, uning qurish tezligiga va buyumni bo‘yoqqa botirish usuliga bog‘liq. Buyumni bo‘yokqa botirish va uni vannadan chiqarib olish ishlari bir maromda asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda bo‘yoq qatlami ostida havo pufakchalari hosil bo‘lishining oldi olingan bo‘ladi.

3. Purkash yordamida bo‘yash, havoli va havosiz usullarda bajariladi.
Lok-bo‘yoq materiallarini havo yordamida purkash mehnat unumi yuqori bo‘lgan holda sifatli qoplama olish imkonini beradi. Ammo bunda bo‘yoq tumani hosil bo‘lishi hisobiga lok-bo‘yoq materiallari isrofi ortadi hamda o‘t olish havfi ham yuzaga keladi. Havosiz sepish usuli lok-bo‘yoq materiallarini nasos hosil qiladigan bosim ostida purkashga asoslangai. Bo‘yoq nasos yordamida (4—6 MPa bosimda) elektr isitkich orqali bo‘yoq purkagichga uzatiladi. Bunda nitroemallar 70°S gacha, sintetik bo‘yoqlar esa 80... 90°S gacha isitiladi. Bo‘yoqni isitish uning qovushoqligini pasaytiradi hamda erituvchilardagi oson bug‘lanuvchan qismlar-ning qisman bug‘lanishi uchun sharoit tug‘diradi, bu esa purkalayotgan bo‘yoq zarrachalarining yanada maydalanishiga va tezroq qurishiga yordam beradi. Havosiz purkashda bo‘yoq sarfi havoli purkashdagiga nisbatan taxminan 20—25% kamayadi va mehnatning sanitariya-gigiena sharoiti nisbatan yaxshilanadi.
4. Elektr maydonida bo‘yash. Ushbu usul elektr toki bilan zaryadlangan bo‘yoq zarrachalarining elektr maydonida harakatlanishiga asoslangan. Bunda bo‘yash kamerasiga ramka shaklidagi elektrod o‘rnatiladi. O’zgarmas tok manbaidan bu elektrodlarga yuqori kuchlanish (120... 130 kV manfiy potensial) beriladi. Tok manbaining musbat zaryadlangan uchi erga ulanadi. Elektrod to‘rlari orasida bo‘ladigan buyum to‘xtovsiz harakatlantirib turiladi. Buyumlarni harakatlantiruvchi konveer ham erga ulangan bo‘ladi. Tok manbai ulanishi bilan buyum va elektrodlar orasida yuqori kuchlanishli elektr maydoni hosil bo‘ladi. Elektrod to‘rining yuzalari buyum yuzasidan bir necha marta kichik bo‘lganligi uchun notekis elektr maydoni hosil bo‘ladi, buning natijasida elektr zaryadi vujudga keladi. Havo zarrachalari ionlashib, musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalar hosil bo‘ladi. Musbat ionlar manfiy zaryadlangan sim tomon, manfiy ionlar esa bo‘yaladigan detallar tomon (ular elektr maydonida musbat zaryadli bo‘lib qoladi) yo‘naladi. Manfiy ionlar o‘z yo‘llarida maydalangan bo‘yoq zarrachalarini yutib, ularga manfiy zaryad beradi. Bo‘yoqning zaryadlangan zarrachalari elektr maydo­ni ta’sirida bo‘yaladigan detal tomon yo‘naladi va uning sirtini tekis qoplaydi. Bunday usul bilan bo‘yash purkash usulida bo‘yashga nisbatan bo‘yoq sarfini 30—50% kamaytiradi. Ammo ichki yuzalarni yoki o‘yiq joylarni bunday usul bilan bo‘yab bo‘lmaydi. Buning sababi elektr maydonining murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan sirtlarda tarqalishi bir xil emasligi bilan bog‘liq.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish