Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti



Download 1,16 Mb.
bet15/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Har yangi tong, yangi qiynoqlar,

Yangi hafachiliklar meni kutar

Bu dunyo mendan ne hohlaydi?

Men undan yana nelarni kutay?

U shunday she’r aytib derazadan yog‘ayotgan yomg‘irga murojaat qiladi. Uning ko’z yoshlari oldida yomg‘ir ip ham yecholmaydi.

Ochikuboga hatto atrofidagi o’rab turgan muhit ham qattiq ta’sir qiladi. Unga bo’lgan tashqi muhitning salbiy tomonlari, boshqa xizmatkorlarning munosabatlari hatto unga ob-havo, kuzning mayin shamoli-yu, tundagi yog‘ayotgan yomg‘irlar ham salbiy ta’sir qiladi. Hatto uni ustidan kulayotgandek, huddi unga ob-havo ham yomonlik tilayotgandek ko’rinadi.

Asarda asosan voqealar Ochikubo haqida yoritiladi. Yani bir o’gay qizning turmush tarzi, hayoti taqdirini ko’rishimiz mumkin. U turli qiyinchiliklarni yengib, asarning so’ngida o’z shaxzodasini topadi. U juda ochiq ko’ngil, Xeyan davrining go’zal qizlaridan, mehnatsevar, birovga yomonlikni ravo ko’rmaydigan, o’gay onasining qiynoqlariga chidaydigan sabrli qiz. U yaqin dugonasi Akogi orqali bir zodagonlar oilasidan bo’lgan Mitiyori ismli bir yigit bilan tanishib qoladi. U yigitni ko’rganida o’zinig ahvolidan uyaladi. Eski kiyimlar kiyib olgan qizni ko’rgan yigit unga rahmi keladi lekin shunday kiyimlarda ham qizning go’zalligini anglagan Mitiyori Ochikuboni sevib qoladi. Va o’rtada sevgi paydo bo’ladi. Bunday voqealar rivoji ikki yoshning bir biri bilan xat orqali gaplashishi bilan boshlanadi. Ochikubo har doim yigitga qiynalganini onasining zulmlaridan noliydi bunday voqealarni guvohi bolgan Mitiyori bu uydan tezroq Ochikuboni olib ketishga axd qiladi va maqsadiga erishadi unga uylanadi va Ochikubo onasinig qiynoqlaridan qutiladi. Keyinchalik esa yaqin dugonasi bo’lgan Akogini ham o’z uyiga olib ketadi. Asarda Ochikubo ideal qiz ayol sifatida tasvirlangan. Bunday syujetlarni biz deyarli barcha ertaklarda ko’rishimiz mumkin. Ya’ni asar ohirida Ochikubo o’gay onasining qilgan yomonliklarini unutib, unga qo’lidan kelganicha yaxshiliklar qiladi. Otasiga, singillariga ham yordam beradi.

Asar orginalida u shunday ifodalangan:

Akogi- bu ijobiy obrazlardan biri bo’lib Kitanokatani uyidagi xizmatkorlardan biri. Uni Kitanokataning uchinchi qizi- Sannokimi Ushiromi deb ataydi. Keyinchalik uni Kitanokata Akogi deb nom beradi. Akogi juda go’zal, har doim haqiqat tarafida bo’lgan yaqin dugonasi Ochikuboni har doim yaxshi-yomon kunlarida hamdard bo’lgan obrazlardan biri.

Asar orginalida u shunday ta’riflangan:

後見という女派、髪が長く美しい女ので、三の君の方にむやみに呼び出して使う。後見はそれが<ひどく不本意で悲しい>と思って、<わが姫

君に仕え申しあげよう>と思うかれあこそ、親しい人がほかのやしき仕えなさいと迎えに来てもお暇申しあげなかったのです。

Ushiromi ismli qiz sochlari uzun, go’zal qiz. Uni Sannokimi shunday atab chaqiradi. Ushiromi bu ismini yoqtirmaydi, yomon ma’noli ism deb doim hafa bo’ladi. Lekin bekasi shunday atagani uchun ko’nib, yaqin insonlariga boshqa nom bilan atanglar desa ham, hamma uni shu nom bilan ataydi.99

Akogi ham uy bekasini, uning yomon qiliqlarini biladi. Ochikuboga ozor yetayotganligidan unga qanday qilib bo’lsa ham yordam berish kerakligini anglaydi.Shuning uchun ham har doim dugonasiga dalda bo’lib keladi. Ochikubo hamma sirlarini u bilan o’rtoqlashadi. U qo’lidan kelganicha Ochikuboga yordam beradi uy yumushlarida ham unga ko’maklashadi. Akogi Ochikuboni bu qiyinchiliklardan qutqarishi uchun unga yaxshi shaxzoda kerakligini anglab yetadi va bu fikrini turmush o’rtog‘iga aytadi. Shunda turmush o’rtog‘i o’zining xo’jayini bo’lmish o’sha davrning zodagon oilasidagi yosh yigit Mitiyorini taklif etadi. Keyin ular reja tuzib ikki yoshni ko’rishtirishadi.

Shu yerdagi voqelar rivojida epizod tarzida yaratilgan ayol obrazlaridan Akogini xolasi katta yordam beradi. Akogi hammasini risoladagidek bo’lishi uchun o’sha davrdagi to’y marosimini barcha urf-odatlarini o’tkazishga harakat qiladi. U xolasi Idzumiga xat yozadi:

Meni bir iltimosimni rad qilmasligingizni so’rayman. Mening bekam Ochikuboni to’y oldi marosimini o’tkazish uchun parda va tungi ko’ylak yuborishingizni so’rayman. Menda bunday yaxshi kiyimlar yo’qligi sababdan sizga murojjat qilyapman. Iltimosimni rad qilmaysiz degan umiddaman.”100

Xatni olgan Idzumi jiyani Akogini yerda qoldirmasdan darxol so’raganlarini yuboradi. Ikki hil rangda jilovlangan ustki qismi rangli yashil va pastki qismi ko’kimtir rangdagi tungi kiyim Ochikuboni chiroyiga yanada chiroy qo’shadi. Tunda uni oldiga shaxzodasi Mitiyori uni chiroyidan lol qoladi. Akogi hamma marosimlarni o’tkazish uchun xolasiga ko’p marotaba muroojat qiladi.

Biz asarda o’sha davrning barcha udumlarini ko’rishga muvaffaq bo’lamiz. Bunga misol tariqasida to’y oldidadan kelin va kuyov mahsus shirinliklar tanavvul qilishlaridir. Akogi bunday shirinlikni sotib olishlariga ko’zi yetmaganidan yana xolasi Idzumiga muroojat qilib xat yozadi:

Menga so’ragan barcha narsalarni rad qilmasdan yuborganingizdan bag‘oyatda minnnatdorman. Va yana bir iltimosimni rad qilmasligingizni so’rayman. Kelin-kuyovlar uchun guruchli pechenye- motii yuborsangiz iloji bo’lsa yana boshqa shirinliklar bersangiz minnatdor bo’lardim. Aytgancha yana yuvinish uchun tog‘ora ham bersangiz. Xolajon sizdan buncha ko’p narsalar so’rayotganimdan hijolatdaman va yana iltimos qilamanki, men so’ragan narsalar 5 kunlik udumlar tugagunicha menda tura tursin. Oldindan rahmat”101

Biz Akogini Ochikuboni taqdiri uchun shunchalik qayg‘urishidan unga bo’lgan sadoqatini, mehrini, unga haqiqatan yordam bermoqchi bo’lganini ko’rishimiz mumkin. U o’zining harakatlari bilan bir insonning bahtli bo’lishiga erishadi.

Shunday qilib o’zining opasidek bo’lib qolgan Ochikuboga katta yordam beradi.

Ochikuboga dunyodagi eng katta yaxshilikni qiladi. Ochikubo yaqin dugonasi orqali o’z bahtini topadi. O’gay onaning zulmlaridan, xo’rlashlaridan qutiladi.

Biz bunday syujetni biz Zolushka ertagida ko’rishimiz mumkin. Faqatgina unda inson obrazi emas, hayvonlar turli sehrli jihozlar, qushlar yordam beradi. Sindrellada ham huddi shunday voqealar yuz beradi. Ko’rinib turibdiki, folklorlarda ham o’xshash jihatlar bor. Ularning qaysi millatga qarashli ekanligi ahamiyatli emas. Hamma folklorning syujetlari bir birlariga yaqin tarzda qurilgan. Hatto ularning qahramonlari, voqealari ham bir birlariga o’xshaydi.

Kitanokata- o’gay ona obrazi. U uyda hammadan ustun, o’zini aytganini qildiradigan, jahldor, qattiq qo’l, qaxrli beka. Asar orginalida u shunday tasvirlangan:



今は昔のこと、中納言である人で、姫君を大勢持っていらっしゃた方がおられた。長女や次女の君には婿を迎えて、それぞれ西のたい、東のたいに派手に住まわせ申しあげなさって、「三女、四女の君にはもぎの式をして

差しあげよう」と、大事にお世話なさる。また中納言が時々通ておられた皇族出の女に生まれた方といって、母もない姫君がいっらしゃる。中納言の北の方は、まあどう思っていっらしゃたのであろうか、お仕え申しあげる女房たちと同じにもお思いにならず、寝殿のはらちいで、その先にある一室の床の落ちくぼんだ、たった二間の所に住まわせなさっている。「姫君」とも呼ばせず、「御方」とはまして言わせなさるはずもない。<呼び名を付けよう>とすると、何と言っても、<中納言の思惑もあるだろう>と違うなさって、<落窪の君と言え>とおしゃるので、女房たちもそう呼んでいる。

Qadim-qadim zamonda, shyunagonlar102 oilasida, ko’p hizmatkorlari bor ayol bor ekan. Katta qizi va o’rtancha qizini kuyovlar bilan uchrashtirb, shimolga, janubga uzatgan, “3va 4 qizlarimmi ham turmushga beraman”, bu meni qiladigan eng muhim ishim debdi. Lekin bu uyda onasi yo’q o’gay qizi ham bor ekan. O’gay ona u qizni o’z qizlari qatorida ko’rmasdan uni yerto’lada yashashga majbur qilibdi. Unga yangi ism qo’yaman deb, hamma xizmatkorlarga uni “Ochikubo”deb chaqiringlar db buyuribdi.103

Kitanokata- o’ziga oro beradigan, boylikka berilgan o’gay ona obrazi. Uyda u hukmron. O’z qizlarini boy erkaklarga berishga harakat qiladi. Ochikubo unga erining o’lgan xotinidan qolgan. Uni o’z qizi sifatida ko’rmaydi. Har doim kamsitadi uni yoqtirmaydi. Iloji boricha uni yo’q qilishga harakat qiladi.

Har doim unga zulm o’tkazishga harakat qiladi. Turli bahonalar bilan uni qiynashga azob berishga, xo’rlashga harakat qiladi. Ochikubo o’z bahtiga erishganda ham uni ko’rolmasdan, unga turli sabablar bilan turli narsalarni talab qila boshlaydi. Ochikubo esa sahovat bilan ogay onasining qilgan zulmlarini unutib, ungi qo’lidan kelganicha yordam beradi.

O’gay ona obrazi barcha ertaklarda bir xil tarzda namoyon bo’ladi. Masalan uning tashqi ko’rinishi, harakteri harakatlari, qaxri qattiqligi. Lekin bu asarda o’gay ona obrazi juda shavqatsiz tarzda yoritilgan o’gay ona Ochikuboni zodagonlar oilasidan bo’lgan shaxzoda sevib qolganini bilib qoladi va Ochikubodan qutilish yo’lini izlaydi. Uni 70 yoshlardagi bir xizmatkorga bermoqchi bo’ladi qarshilik ko’rsatgan qizning nolishlariga qaramasdan uni bir xonaga qamab qo’yadi. Lekin o’gay onaning g‘arazli niyatlari amalgam oshmaydi. Uni Akogi qutqarib oladi. Ochikubo monogatari asarida ham yozuvchi o’gay ona portretini juda mahorat bilan tasvirlagan. Biz asarda o’sha davrdagi oliy tabaqa vakillarini kiyinish uslublari bilan ham yaqindan tanishamiz. Ona juda o’ziga oro beradigan o’zini manfaatlarini ustun qo’yadigan kiyinishga katta e’tibor beradigan tarzda ifodalangan.U o’sha davrning eng qimmatbaho shoyisidan tikilgan kimanoda sochlari zamon talabiga mos tarzda turmaklangan. O’zining 4 dan ortiq shaxsiy hizmatkorlari bor.

O’gay ona obrazi o’zbek xalq ertaklaridan biri Zumrad va Qimmat da ham yaqqol tasvirlangan va Ochikubo monogatari asaridagi ona obrazi bilan o’xshash taraflari bor. Zumrad va Qimmatda o’gay ona har doim Zumradni ishlaridan ayb topib keladi uni otasiga yomonlab o’rmonga olib borib tashlashga majbur qiladi. O’gay onadan qo’rqqan ota majburlikdan o’z qizini o’rmonga olib borib tashlaydi. Masalan, Ochikuboda Kitanokata yani o’gay ona obrazi o’zining qizi Sannokimini har doim erkalab Ochikuboni turtkilab unga ozor beradi bundan albatta Ochikubo hafa bo’ladi u har doim o’z onasi bo’lishini orzu qiladi uni ham o’z onasi suyib erkalashini hohlaydi shunday narsalarni o’ylab u tunlari yig‘lab uhlay olmaydi ertangi kun qanday o’tishini o’ylab qo’rquvga tushadi. Ba’zida bunday o’gay ona qiynoqlaridan ko’ra o’ziga o’limni afzal ko’radi. Shunday tushkunlikka tushgan paytlarda unga yaqin dugonasi, sirdoshi Akogi unga yaxshi kunlar hali oldindaligini yaqin orada uni katta baht kutib turganini aytib, uni har doim ruhan qo’llab quvvatlaydi. Va albatta Ochikuboni bahtiga erishishda unga katta yordam beradi. Ochikubo shunchalar qiynalsa ham, qalbining bir chetida qachondir yaxshi kunlar kelishiga ishonib yashaydi qachondir ozod qushdek yashashini biladi va asarning so’nggida u o’z bahtiga erishadi. O’gay onasidan topmagan mehrni sevmli yoridan, qaynonasidan ko’radi. Zodagonlar oilasida yashasa ham Kitanokata kabi ish yuritmaydi. Boylik va mansabni har doim ikkinchi o’ringa qo’yadi uning uchun mehr oqibat insoniylik har doim birinchi o’rinda bo’ladi.

O’gay onasiga qo’lidan kelganicha yordam berishga harakat qiladi ularni hamma narsa bilan ta’minlaydi unga qilgan zulmlarini unutadi. O’limi oldidan Kitanokata Ochikuboni oldiga chaqirtirib qilgan qilmishlariga kechirim so’raydi, uni qiynaganlariga pushaymon bo’ladi. Mehribon Ochikubo esa hammasini unutganini hamma qiynoqlarni esidan chiqarganini aytadi va uni kechiradi. Va aza marosimlarini ham o’z bo’yniga olib hammasini risoladagidek o’tkazadi.

Sannokimi Kitanokatani qizi. Ko’rinishidan qo’polroq harakteri jihatidan irodasiz qiz. Uni bunday kamchiligini onasining chizgan chizig‘idan chiqmasdan unga nisbatan o’z fikrlarini ayta olmaydi. Xatto o’z taqdirini ham onasi qo’liga topshiradi keyinchalik bu qilgan ishidan qattiq afsuslanadi. U onasining hohishi bilan boy oilaning o’gliga turmushga chiqadi. Lekin u turmush o’rtog‘ini kimligini ham bilmaydi uni to’y kuni ham ko’rmaydi. Keyinchalik uni ko’rib hayratga tushadi. Turmush o’rtog‘i chidab bo’lmas darajada xunuk va badbashara burni ham nuqsonli bir yoshi katta yigit bo’ladi. Onasi uni pul uchun turmushga berganini bilgan Sannokimi qattiq eziladi onasidan nafratlanadi. Qolaversa turmush o’rtog‘i uni yoqtimaydigan uni boshqa oilasi borligini bilgan Sannokimi nima qilishini bilmay qoladi. Shunday kunlarda ham unga Ochikubo yordam beradi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish