Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 1,16 Mb.
bet23/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

1.“Genji monogatari” asarining “Yomg’irli tundagi suhbat” bo’limida obrazlar

2. Ideal ayol obrazi talqini qanday

3. Genji monogatari asaridagi obrazlar tizimi qanday?



SETSUVA JANRI SHAKLLANISHI
Reja:

  1. Setsuva janri kelib chiqishi va ravnaqi

  2. Setsuva janri xususiyatlari

  3. “Konjyakumonogatari ” asarining badiiy xususiyati

Tayanch iboralar:

  • Setsuva

  • “Nihon ryoiki

  • “Konjyaku monogatari shyu”

  • “Udzishyui monogatari”


IX asrga kelib Yaponiya jamiyatida yangi adabiy janri setsuva paydo bo‘ldi. Setsuva nasri o‘rta asr yapon adabiyotida juda katta o‘rin egallaydi. Bu o‘rin esa setsuva madaniy yodgorligining nafaqat badiiy va g‘oyaviy mazmundorligi, balki bu janrga tegishli yirik asarlarining butun nasriy adabiyotga ta’siri bilan belgilanadi.

“Setsuva” atamasi “didaktik hikoya” degan ma’noni anglatadi. Dastlabki setsuva nasriy asarlari xitoy adabiyoti an’analari ta’sirida bo‘lgan didaktik (Svidirovning asari) asarlar to‘plamidan iborat bo‘lgan.

Setsuva nasri o‘rta asr yapon adabiyotida juda katta o‘rin egallaydi. Bu o‘rin esa setsuva madaniy yodgorligining nafaqat badiiy va g‘oyaviy mazmundorligi, balki bu janrga tegishli yirik asarlarining butun nasriy adabiyotga ta’siri bilan belgilanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, “Setsuva” atamasi “didaktik hikoya” degan ma’noni anglatib,dastlabki setsuva nasriy asarlari Xitoy adabiyoti an’analari ta’sirida bo‘lgan didaktik asarlar to‘plamidan iborat bo‘lgan.

Istalgan adabiy tur yoki janrning tarixi bu– uning alohida olingan asarlari tarixidir. Yuqorida aytilganidek bizning davrgacha setsuva nasrining yuzga yaqin namunalari yetib kelgan va ularning har biri ham adabiyotshunosda, ham tarixchi, madaniyatshunos va etnografda beqiyos qiziqish paydo qiladi. Ushbu bo‘limda Setsuva janri asarlari kompazision qurilishi hamda badiiy-g‘oyaviy mazmuniga e’tibor qaratiladi.

Setsuva nasri chegaralari qat’iy belgilanmaganligi bois ularga ba’zi bir manbalarining (ibodatxonalar solnomalari, novellalarning nazmiy-janrik majmualari) deya kiritilishi ilmiy bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Xeyan davrining adabiyot eng cho‘qqiga chiqqan davrlarda “Nihon ryoiki” (“Ajoyib va qiziq voqealar haqida yapon yozuvi” VIIIa.), “Konjyaku monogatari shyu” (“Bo‘lib o‘tgan voqealar haqida qissalar to‘plami”, XII a.) va “Udzishyui monogatari” (“Udzida to‘plangan qissalar”, XIII a.). kabi yodgorliklar setsuva janrini yapon mumtoz adabiyoti shakli sifatida yorqin namoyon etgan asarlar yaratildi.156

Xeyanliklarning qarashlari, hayoti va faoliyatining, madaniyat pog‘onalarining tamoyili- estetizm bo‘lgan. Turli ko‘rinishlardagi go‘zallikka talpinish, go‘zallikka hizmat qilish – Xeyanliklar o‘z harakatlari va fikrlashlarida ana shularga tayangan. Bu tamoyilni yaratish borasidagi ishda asrning barcha madaniy omillari: o‘zining nafis adabiyoti ko‘rinishidagi kitaizm, tantanali sig‘inishlar, o‘z ta’limotlarining ayrim tomonlari bilan buddaviylik dini birlashgan.

Mumtoz yapon adabiyoti janrlaridan biri setsuvaning kelib chiqishi hind adabiyotining “jatakam” hamda xitoy adabiyotining “syaosho” nomli qisqa hikoyalar janrlariga borib taqaladi. Janr Setsuva o‘zining ichiga afsona, masal, novella hamda latifa kabi katta janrlarni olib boshqa janrlardan shu jihati ila farqlanib turadi. Setsuva haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo‘lish uchun ushbu janrlarni tahlil etib ko‘rsak, “Jatakam” sanskrit tilidan “avval tug‘ilgan (Budda) haqida qissa” bo‘lib qadimiy hind adabiyotining nasriy janri hisoblanadi. U mohiyatiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi:



  1. Masal va ijtimoiy elementlar hamda antibraxman satiralariga asoslangan hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar.

  2. Maishiy va avantyur hikoyalar.

“syaosho” bir necha to‘plamlarni o‘z ichiga olgan nasriy janr hisoblanib, Y.A. Torchinov ta’rifiga ko‘ra bu to‘plamlar sirli va ajoyib, juda qiziq va kulguli qisqa afsona, ertak, rivoyat va latifalarga mansub hikoya toplami deb hisoblaydi.

“Syaosho” o‘zining shakllanish davri davomida bir qancha o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. III-IV asrlarda kulgili voqealarni ochib beruvchi hikoyalar endilikda didaktik ohanga yo‘naltirildi. Keyinchalik IV- V asrlarga kelib bu janr buddaviylik diniga oid bo‘lib nasihatomuz harkterga ega bo‘lib qoladi.

Ushbu janr Yaponiyada qay ko‘rinishda va qanday maqsadda paydo bo‘lganiga nazar tashlasak, avvalo setsuva so‘zining kelib chiqishi va ma’no jihatdan tahlil etib ko‘rish lozimdir.

setsu /toku 1- fikr, qarash, talqin; 2- nazariya; 3- mish-mishlar;

1-tushuntirmoq; 2-ko‘ndirmoq; 3-voizlik qilmoq



va/hanasu 1- gap 2- hikoya ; 1-gaplashmoq; 2- hikoya qilmoq.

Ierogliflarning so‘nggi ma’nolarini olib ko‘rsak quyidagilar kelib chiqadi



  1. Voizlik hikoyasi;

  2. Mish-mishli hikoyalar/ g‘iybatlar

“voizlik hikoyasi” ma’nosini o‘rniga “nasihatomuz, didaktik hikoya” ma’nosini qo‘yishimiz mumkindir. Shu ma’noda setsuva o‘zida ikkita tushuncha ham mish-mish, ham nasihatomuz hikoya manolarini anglatadi. Yapon tilida ieroglif o‘qilishi ikki xil usul onyomi(xitoycha oqilishi) va kunyomi (yaponcha o‘qilishi) bo‘lganligi tufayli bir so‘zning o‘zida setuva janrining ikki yo‘nalish nomi kelib chiqmoqda. Setsuvaning birinchi ma’nolaridan kelib chiqqan holda bu janr qanday ma’noni anglatishini tushunib olishimiz mumkin.

Zamonaviy yaponshunoslikda setsuva janri avvalgi va so‘nggi, buddaviylikka oid va buddaviylikka mansub bo‘lmagan setsuva ma’nolarida ham qo‘llanilgan.

Setsuva so‘zini yodga olganimizda avvalo uning birinchi ma’nosiga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Ya’ni uni buddizmni targ‘ib etuvchi hikoya janri sifatida tan olishadi. Ammo shuning natijasida setsuva janridagi asarlar bilan tanishish jarayonida setuvaning boshqa ma’no jihatlari yuzaga chiqib tushunmovchiliklar vujudga keladi. Ushbu janrni to‘laqonli tushunib olishimiz uchun setuva janriga asoslangan bir necha yozma yodgorliklarni ko‘rib chiqamiz. Ular Xeyan va Kamakura davrlarida157 yozilgan bo‘lib, oltiyuzdan ziyod edi. Odatda ko‘pgina hikoya va syujetlari bir asardan ikkinchi asarga ko‘chib yurgan.

Setsuva janriga yuzdan ziyod adabiy yodgorliklar mansub bo‘lib, uning ilk ko‘rinishini ilk sestuva toplami “Nihon ryoiki”(“Ajoyib va qiziq voqealar haqida yapon yozuvi” VIIIa.) nomli yodgorlik bilan bog‘lashadi. Biroq setsuva janri batamom mukammal shaklga yetgunga qadar bir necha asrlar o‘tdi. Setsuva janrini ravnaq topishida ikkita katta yozma yodgorlikning o‘rni beqiyosdir. Bular “Konjyaku monogatari shyu” (“Bo‘lib o‘tgan voqealar haqida qissalar to‘plami”, XII a.) va “Udzishyui monogatari” (“Udzida to‘plangan qissalar”, XIII a.). Bu ikki yozma yodgorliklar setuva janrsini yapon mumtoz adabiyoti shakli sifatida yorqin namoyon etgan asarlar hisoblanadi.

“Nihon ryoiki” ya’ni, “Ajoyib va qiziq voqealar haqida yapon yozuvi” VIII- IX asrlarda rohib Kyokay tomonidan yaratilgan. Bu ilk budda diniga oid setsuva edi. Yozma yodgorlik hentai kambun yo‘nalishida xitoy tilida yozilgan bo‘lib, uchta kitob va bir necha qismdan iboratdir. U:


  • ibodat qilish;

  • muqarar jazo;

  • mo‘jizaviy haykal;

  • sutra deya nomlanadi.

Bu yodgorlikda muallif rohiblar va oddiy odamlar hayoti misolida budda dinining asosiy g‘oyasi bo‘lmish karma va jazo haqida so‘z yuritadi. Qo‘lyozma shakl sifatidan ertak va afsonalarni eslatadi.158

Nasriy setsuva butun rivojlanish yo‘li davomida sintoizm va buddizm g‘oyalari, xitoy va yaponiya adabiy yo‘nalishlari, folklor va adabiy an’analar kabi bir-biriga yot qatlamlarni o‘zaro “yarashtiruvchi” va boyituvchi o‘ziga xos sintezator vazifasini bajardi. Xitoy va yapon adabiyoti sintezi muammosi hatto bizga ma'lum bo‘lgan birinchi setsuva asari - "Nihon ryoiki", yoki shunchaki "Ryoiki”da ham dolzarblik kasb etadi. Uchta qism, 116 ta hikoyadan iborat. Uning aniq yaratilish vaqti uchunchi qismi avvalida 797 yil deb ko‘rsatilgan. Ammo yodgorlik matni 822 yilda bir oz to‘ldirilgan degan faraz ham mavjud.

Muallif e’tirof etishicha kitobning yozilishidan maqsad— odamlarni ezgu ishlarga chorlash va jannatda qayta tug‘ilishdir.

Manbaadagi hikoyalar xronologik tartibda joylashgan bo‘lib imperator Yuraku (456—479) va imperator Saga (809—823) hukmronlik qilgan davr oralig‘ini qamrab oladi. Asosiy voqealar rivoji esa imperator Nara (646—794) hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi.

Yapon adabiyotshunosligida “Ryoiki” hikoyalarini buddizmga tegishli va buddizmga tegishli bo‘lmagan qismlarga ajratishadi. Birinchi turga yomon karma olib keluvchi yomon qilmishlar, va yaxshi karma olib keluvchi yaxshilik amallari haqidagi hikoyalar kiradi. Yomon karma ta’siri xilma-xildir. Masalan, rohiblarni va din peshvolarini sig‘dirmaydigan odamlar bevaqt o‘limga mahkum deb hisoblangan. Rohiblarni g‘iybat qilguvchilarning og‘zi qiyshiq bo‘ladi deb ishonilgan. Ibodatxona xazinasidan qarz olib qaytarib bermagan odam, buqa bo‘lib qayta tug‘iladi yoki jahannamga ravona bo‘ladi. Kim hayvonlarni qiynasa yoki o‘lgunicha ishlatsa u kulfatga duchor bo‘lgay yohud halok bo‘lgay. Kimda-kim farzandlik burchini ado etmasa halok bo‘ladi.

Shuninkdek yaxshilik karmasining ijobiy ta’sirlari ham batafsil tavsiflangan. Budda Shakyamun yoki bodxisattva Kannonga iltijo qiladigan odam yo sutra duosini tilovat qiluvchi kishi dengizda halokatga uchramaydi va yoki jardan omon chiqadi. Budda Yakusiga ishonadiganlar yo sutra duosini tilovat qiluvchi kishi barcha kasallikdan forig‘ bo‘ladi: kar eshita oladi, so‘qir esa ko‘ra boshlaydi. Biror jonzotni o‘limdan qutqargan yo ozodlikka qo‘yib yoborgan inson yong‘indan omon chiqadi yo do‘zax azobidan qutulib qayta tug‘iladi. Miroku, Kannon yo Kissyo-tennyo haykalchasiga sig‘inuvchilar boylik yoki baxtga sazovor bo‘ladi. Buddizmga ta’luqli hikoyarlar orasida malika Syotoku-taysi, voiz Gyogi va boshqa budda zohidlari (Konjyaku monogatari asaridan illyustratsiyalar)

haqida ajabtovur rivoyatlar joy olgan. 159

Buddizmga ta’luqli bo‘lmagan hikoyalar “Nixon ryoiki”da uncha ko‘p emas. Ularga faqatgina kitob ibtidosida keltirilgan sintoizm afsonalari misol bo‘ladi: chaqmoqni tutib olgan Tnisakobe-no Sugaro haqida; burgut olib ketgan qizcha haqida; birinchi nikoh kechasi iblis-er tomonida yeyilgan kelinchak haqida. Mo‘jizaviy-pahlavonlar hikoyasi shartli ravishda buddizm bilan bog‘liq hisoblanadi.

Navbatdagi setsuvalarga nazar tashlasak, “Sambo ekotoba” “Uch hazinalarga tasvirlangan so‘z” zodagon Minamoto-no Tamenori tomonidan 984- yili tuzilgan. U ham budda diniga bag‘ishlangan asar bo‘lib xitoy tilida yozilgan.“Sambo ekotoba” uchta kitobdan iborat bo‘lib, ulardan biri faqat yapon ruhoniylarigagina bag‘ishlangan.

Setsuva janrining eng ko‘zga tashlangan asarlaridan biri “Konjyaku monogatari” (Qadimgi hikoya) asari tahminan 1120- yillarda tuzilgan. U ham uch qismga bo‘linib, hind, xitoy va yapon qismlaridan iborat. Yapon qismi o‘z o‘rinda ikki qismga bo‘linadi:


  • Buddaviylik;

  • Dunyoviy qismlardir.

Hikoyalarni tarixiy sana, syujet hamda qahramonlar uzviy bog‘lab turadi.

“Konjyaku monogatari” ushbu janr tarixida eng mashxur setuva deb hisoblaniladi. Chunki aynan undagina ertak elamentlari asosida dunyoviy mavzular yoritilib, diniy nasihatgo‘y g‘oyalaridan uzoqlashiladi. Boshqacha qilib aytganda “Konjyaku” didaktik ohangi pasayib, dunyoviy masalalarga e’tibor qaratish orqali yangi g‘oyalar ila yangi davrni boshlaydi.

Nasriy setsuva ikki genetik ildizga ega. Ulardan biri–yapon xalq foklor an'analari (ertak, buddizm afsonalari, sintoizm rivoyatlari, saroy keyinchalik esa shahar latifalari) hisoblanadi. Shu bilan birga setsuva nasriga, ayniqsa uning rivojlanishi erta bosqichlarida, Xitoy badiiy an'anasiga taqlid elementlari kuchli namoyon bo‘ladi. Bu ta'sir katta ahamiyatga ega bo‘lib, ham tilida, ham she'riy usullar tabiatda namoyondir.

Shuni aytish o‘rinliki nasriy setsuvada dastlab kambun ishlatilgan. Yapon tilida yakuniy, shu bilan birga innovatsion burilishni "Kondzyaku" paydo qiladi. Biroq, "Kondzyaku" yangiligi faqat shundangina iborat bo‘libgina qolmay, bu vaqtga kelib, tsukuru monogatari (so‘zma-so‘z, "hikoya qilish") kabi nasriy hikoyalar yirik shakllari mavjud bo‘lib ularda Xitoy madaniy ta'siri ostida katta bahslarga olib keldi. Ana shunday bahslar oqibatida ieroglif yozuvlari Yaponiya bo‘g‘inli alifbosi bilan almashtirilgan edi. "Kondzyaku" yangiligi esa bu–Xitoy va yapon til tuzilmalarini uyg‘unlashtirganidadir.

“Udzishyui monogatari” (Udzida to‘plangan hikoyalar) noma’lum zodagon tomonidan yozilgan bo‘lib, keyinchalik u ruhoniy yo‘lni tanlaydi. Asar mumtoz yapon tilida yozilgan. Hikoyalar 15 ta bo‘limlarga bo‘linib 197 ta voqealardan iborat. Asarda voqealar tushunarsiz tarzda bayon etilib bir qarashda ularni tarixiy sana ham qahramonlari ham bog‘lab turmaydi. Undagi ko‘p voqealar “Konjyaku” (74) “Kodzidan”(21) “Kohonsetuvashyu”(21) mashxur setuva asarlaridan olingan.

Yuqorida yuritilganlardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, janr faqat bir yo‘nalishda bo‘libgina qolmay undagi farqlarni asarlari orqali ko‘rishimiz mumkin ekan. Adabiyotda setsuvani bitta termin orqali tushunish ham no o‘ringa oxshaydi. Chunki uning ko‘p ma’nolarda kelishini biz asarlar orqaligina ko‘rib chiqishimiz mumkin. Faqat ilk setsuva qo‘lyozmalari budda diniga mansub deb ham ayta olmaymiz, chunki keyingi davrlarda ham biz ushbu g‘oya asosida yozilgan asarlarni uchratishimiz mumkin. Faqtgina bu davrlarda nasihatgo‘y g‘oyalardan avvalgi davrga nisbatan uzoqlashilgan edi.

“Kondzyaku monogatari” “Qadim o‘tmish qissalari”, tahminan, 1120 yilda tuzilgan. U o‘ttiz bir o‘ramdan iborat bo‘lib, uch qismga bo‘lingan: xind, xitoy va yapon qismlari. Yapon qismi o‘z navbatida buddizm va dunyoviy bo‘limlarga ajratilgan. Hikoyalar bir‑biri bilan xronologiya, syujet va qahramonlar orqali bog‘langan. “Kondzyaku monogatari” xaqli ravishda ushbu janr tarixidagi eng mashxur setsuvalardan sanaladi. Aynan unda afsonaviy unsurlar bilan birga dunyoviy mavzular ham yoritilgan. Yozma yodgorlikning asosiy g‘oyasi bo‘rttirilgan diniy nasixatgo‘ylikdan (didaktizmdan) sekin‑astalik bilan xolos bo‘lish, hamda kishilarning kundalik hayotiga yaqinlashishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, “Kondzyaku” asari sifat jihatdan o‘zgacha setsuvalar davrini boshlab berdi. Buddizm didaktizmining tobora yo‘qolib borishiga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin? Dastlab, Yaponiyada budda dinining shiddat bilan yoyilishi yangi janrning paydo bo‘lishi va targ‘ib qilinishiga sabab bo‘ldi. VIII asr mahalliy sintoizm e’tiqodining siqib chiqarilishi va notanish yangi budda dinining o‘rnatilishi davri bo‘ldi. O‘sha davrda xokimiyat tepasida bo‘lgan Fudzivara sulolasi bundan manfaatdor edi.

Setsuva nasrining eng yirik asari bu “Kondzyaku monogatari syu” 31 ta (8,18,21- o‘ramalar bizgacha yetib kelmagan) o‘ramadan iborat. Asar yirik uch bo‘limga bo‘linadi : hind (“Tendziku”, 1—5- o‘ramalar), xitoy (“Sintan” 6—10- o‘ramalar) va yapon (“Xontyo” 11—31- o‘ramalar). O‘z navbatida yapon bo‘limi buddaviylik qismi (“Buppo”, 11—20- o‘ramalar) va “dunyoviy” (“Sedzoku” 21—31 o‘ramalar) qismlarga bo‘linadi. Asar paydo bo‘lishi haqidagi taxminlardan biri Kavaguti Xisaoga tegishli bo‘lib, quyidagi farazga asoslangan: “Kondzyaku bu—yirik ibodatxona rohiblar jamoasidagi voizlar uchun yo‘qolgan “Udzidaygon monogatari” asari va “Faxua gulin” nomli xitoy yodgorligi materiallaridan foydalangan holda yaratilgan antologiyadir. Kavaguti fikricha asar uzoq vaqt davomida bitilmagan holatda bo‘lgan va faqat 1120 yildagina to‘ldirilgan hamda tuzatilib hozirgi ko‘rinishga olib kelingan.

Konno Tooru fikricha, “Kondzyaku” muallifi obro‘li zodagonlar qatlamiga tegishli emas edi. Muallif yirik bir ibodatxonaning noma’lum xattot rohib bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Uning yaratgan asari (Konno fikricha “Kondzyaku” XII asrda yaratilgan) deyarli keng tarqalmagan. Kunisaki Fumimaroning taxmin qilishicha “Kondzyaku” asari yaratish tashabbuskori imperator Sirakava bo‘lgan, ammo unga yaqin rohiblar va saroy a’yonlari asar ustida qizg‘in ish olib borayotgan bir vaqtda imperator Sirikava tasodifat vafot topgan va shu bilan asar bitmay qolgan. Kunisaki fikricha “Kondzyaku” “ikkita hikoya—bir xil tur” (syujeti bir xil bo‘lgan hikoyalar yonma-yon joylashgan) degan kompazitsion g‘oya ishlatilgan.

Nagan Yosinori ilgari surgan g‘oyaga ko‘ra “Kondzyaku” haqiqatdan ham Minamoto-no Takakuni qalamiga mansub. Biroq u yolg‘iz ishlamagan. Uning atrofida Tenday maktabi, aniqrog‘i, Ondzyodzi ibodatxonasi atrofida shakllangan shu maktab tarmoqlaridan biri “Dzimon-xa”( Ibodatxona Darvozalari maktabi) rohiblaridan iborat mualliflar jamoasi bo‘lgan. Asar yakunlanishiga oz muddat qolganda Takakuni vafot etadi va uning ishini izdoshlari yakunlaydi. Bu barcha taxminlar o‘z asoslariga ega lekin ularning hech biri afzal emas. “Kondzyaku” setsuvasi umuman olganda quyidagi tuzilishga ega. Dastlab bosh qahramon ismi keltiriladi, so‘ng uning harakteri va qobiliyati haqida qisqa so‘z boradi, nihoyat o‘quvchiga voqea mazmuni bayon etiladi. Yakunda esa bo‘lib o‘tgan voqea haqida hayotiy gaplar, muallif ta’surotlari va pand nasihatlari keltiriladi. Mufassal keltirilgan pand nasihatlar ko‘pgina setsuva majmualaridan hosil bo‘ladigan badiiy ta’surotni susaytiradi. “Kondzyaku”da esa ular aniq, lo‘nda va barcha diqqat e’tibor voqea bayoniga qaratilgan. Muallif sharhida odatdagidek buddizmning uch xazinasiga ishonish va ularga izzat-ikrom ko‘rsatish zarurati, hamda xavf-xatarni chetlab o‘tsih haqidagi ogohlantirishlar keltirilgan.

Birinchi nomi tilga olingan syujetlar buddaviylik setsuvalarini yig‘ib yuradigan muallif uchun xosdir. O‘zini kulfatlardan asrash haqida ogohlantirishlar esa zamona notinchligi bilan izohlanadi. Hozirgi ko‘rinishda “Kondzyaku” da 1040 ta setsuva jamlangan. Agarda barcha o‘ramalar saqlanganda (yodgorlik qachonlardir yakuniy shaklga kelgan degan shart bilan) setsuvalar soni 1200 ga yaqinlashgan bo‘lar edi.

“Kondziyaku”ning g‘oyaviy mazmuni hali ham to‘liq hal etilmagan qiyin muammo. Hind, xitoy hamda yapon qimining buddaviylikka tegishli qismida material harakteri aniq va ular Tenday maktabining160 ta’limoti akslansada, yapon “dunyoviy” qismi haqida bunday aniqlik bilan gapirib bo‘lmaydi. Og‘zaki an’analarning ta’siri buddaviylik g‘oyalaridan chetlashishda emas, balki ularni “xalq” buddizmi, umuman xalq e’tiqodi ruhiyatidan kelib chiqib talqin qilishda namoyon bo‘ladi. Ilk oramalardanoq xalq e’tiqodiga katta qiziqish ko‘zga tashlanadi va ayniqsa Kannon va Dzidzoga bag‘ishlangan o‘ramalarda bu yaqqol namoyon bo‘ladi.

Sestuvanasriy asarlari budda dini g‘oyalariga mos ravishdayaratilgan bo‘lib, ular boshqa turdagi asarlardan aniq tashkiliy qismlarga bo‘linganligi va ularda muallifning mavjud borliq haqidagi tasavvurlari aks etganligi bilan ajralib turadi. “Kondjyaku”da real jamiyat mukammal budda dini sifatida anglanadi. Durdona asarning aksariyat qismi ochiq-oydin budda diniga xos bo‘lib, kitobning ikkinchi, yapon qismi dunyoviy masalalarga bag‘ishlangan. Shu o‘rinda aytish joizki, “Kondzyaku”ning buddizm bo‘limi ma’lum darajada mandal tuzilishiga mos keladi. Jumladan, unda buddizm peshvolari, ta’limot arkonlari haqidagi qissalar xronologik tartibda kelgan. Bu yerda mukammallik va an’anaviylik ko‘p hollarda real va xayotiy voqeylikdan ustun turadi. Kitobning yapon dunyoviy bo‘limida butkul teskari holat kuzatiladi. Urf-odatlar va obrazlarning mohirona tasvirlari “Kondzyaku”ning ushbu bo‘limiga xos xususiyatlari hisoblanadi va kitobning deyarli eng asosiy badiiy yangiligi deya e’tirof etilishi mumkin. Obrazlarning yangiligi yangidan‑yangi tasviriy vositalardan foydlanishni talab etgan. Ulardan asosiysi adabiyotga to‘laqonli tatbiq etilgan jonli og‘zaki nutq bo‘ldi. “Kondzyaku”dagi keng miqiyosli ijtimoiy bo‘linish yapon adabiyotshunoslari e’tiborini o‘ziga jalb etdi.

Nagano Dziyoti “Kondzyaku”da aslzodalar, harbiylar tabaqalari, ruhoniylar, oddiy xalq va tahqirlanganlar vakillari mavjudligini ta’kidlab o‘tgan. Nagano viloyatlar xokimlarini ham alohida guruhga ajratgan. 161

“Kondzyaku”dagi ijtimoiy bo‘linish qanchalik katta va keng qamrovli bo‘lmasin, mazkur tarixiy yodgorlik falsafiy-ijtimoiy asar emas, balki badiiy adabiyot sanaladi. Yuksak darajadagi holislik bilan tasvirlangan ijtimoiy holatlar manzarasida mualliflik yo‘nalishi sezilib turadi. Bizning fikrimizcha, ushbu holat asarning 28-qismida162 tagma’noda va 29-qismning mazmunida yanada yorqinroq namoyon bo‘lgan. 28-qismdada vaziyatlarning ko‘pligi so‘nggi xeyan jamiyatidagi ijtimoiy noittifoqlik haqida tasavvur xosil qiladi va o‘quvchini “yaramas ishlar” haqida so‘z boruvchi 29-o‘ramni anglashga tayyorlaydi. 29- qismning obrazli asosini turli hil ko‘rinishdagi qaroqchilar, o‘g‘rilar obrazlari tashkil etadi.

“Kondzyaku”dagi “oddiy xalqqa” (yapon adabiyotshunosligida qabul qilingan atama) bag‘ishlangan qissalarning qariyb beshdan bir qismida qaroqchi va o‘g‘rilar haqida so‘z boradi. Ularning ba’zilarida yakka qaroqchi ishtirok etsa, boshqalarida butun bir guruh haqida so‘z boradi. Kitob qaxramonlari orasida ashaddiy jinoyatchilar ham, qulay fursat kelganida o‘zining jinoyatga moyilligini ko‘rsatish ilinjida bo‘lgan qahramonlar mavjud. O‘ramning boshida kelgan hikoyaning mazmuni noaniq va shu kungacha yapon adabiyotshunoslari tomonidan yechilmagan jumboqligicha qolmoqda.

Sirli qaroqchi omborni o‘marishga urinib ko‘radi, ammo tergov maxkamasi guruhi tomonidan qo‘yilgan tuzoqqa ilinadi. Xikoya kutilmagan tarzda yakun topadi. Guruh zobiti jinoyatchi bilan mahfiy suxbat quradi, so‘ngra shoshilinch tarzda imperator xuzuriga otlanadi va o‘quvchiga noma’lum ushbu suhbat mazmunini imperatorga yetkazadi.( Imperator bilan kechgan suxbat mazmuni ham asarda keltirilmaydi, biroq zobit voqea joyiga qaytib kelganidan so‘ng, imperator o‘g‘riga tegmaslikni buyurgani haqida xabar qiladi.) Zobit barchaning ketishini so‘raydi. Kech kirib qosh qoraygan paytda zobit omborga kelib o‘g‘riga imperatorning so‘zlarini yetkazadi. O‘g‘ri xo‘ngrab yig‘lab yuboradi. Zobit imperator saroyiga qaytib boradi, o‘g‘ri esa ombordan chiqib ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi”.163

Uning kim ekanligi xali xamon sirligicha qolmoqda. Xodisaning sirliligi imperator va jinoyatchini qalin rishtalar, jumladan, qarindoshlik rishtalari bog‘lab turgan degan tahminga borishga majbur etadi. Imperatorning so‘zlari jinoyatchi tomonidan kuchli xayajon bilan qabul qilinishi (aytgancha, jinoyatchi ko‘rsatilgan rahm-shafqatdan aslo quvongani yo‘q, aksincha, unga yetkazilgan habardan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi) va hikoyadagi boshqa voqealar shundan dalolat berib turibdi.

Nima uchun aynan ushbu hikoya jinoyatchilar haqidagi qissalar bo‘limini ochib bergan? Chamasi, buning sababi faqatgina sirlilik muhitini yaratish orqali novellaning qiziqarli tus olishi maqsad qilinmagan. Bizning tahminimizga ko‘ra, gap jinoyatchi va imperator o‘rtasidagi kutilmagan va ajablanarli bog‘liqlik ustida bormoqda. Ushbu bog‘liqlikni turlicha izohlash mumkin. Birinchidan, o‘g‘ri qismatiga insonning ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy shart-sharoitlardan qat’iy nazar har bir inson yo‘liqishi mumkin – barchasini buddizmning ahloqiy sababiyat qonuni xal qiladi (buni sirli qahramonning yuqori tabaqadan kelib chiqqanligiga ishora ham tasdiqlaydi). Aftidan sirli notanish kimsaning ayanchli taqdiri uning o‘tmish amallariga bog‘liq. Shu bilan birga imperatorning jinoyatdagi “ishtiroki” ma’lum darajada hikoyaning va umuman mavzuning ijtimoiy ko‘lamini kengaytiradi. Imperator va jinoyatchi o‘rtasidagi sirli bog‘liqlik haqidagi qissadan so‘ng jumboqliligi borasida avvalgisidan sira qolishmaydigan, birgalikda “ishlaydigan” ikki o‘g‘ri haqidagi kichik bir hikoya keladi. Ulardan biri Tyobukumaro xech qachon qo‘lga tushmagan, ikkinchisi Tasuymaroni esa doimo qo‘lga tushirishadi va xibsga olishadi. Hikoyada Tyobukumaroning omadliligi uning o‘quvchiga nomalum bo‘lgan ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog‘liq degan g‘oyaga ishora bor. Bu yerda avvalgi qissa (29, 1) bilan bog‘liqlik mavjudligi kuzatiladi. Unda ham qahramonning kelib chiqishining noma’lumligi o‘quvchi qiziqishini jumbushga keltiradi.

“Kondzyaku” qissalarining biri shunisi bilan kishi e’tiborini o‘ziga jalb qiladiki, unda qaroqchi tabiatidagi kutilmagan oliyjanoblik, uning yaxshilikni yodda tutish va yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish qobiliyati keltiriladi.

Budxona rohibi Kanken Sharqiy viloyatlardan Kiotoga qaytib kelayotganida, tog‘da kutilmaganda qaroqchilar to‘dasi xujumiga uchraydi. Kankenning hamroxlari qochib ketishadi va u o‘zi yolg‘iz qoladi. Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, qaroqchilar uni o‘ldirishmaydi, xatto qo‘llarini ham bog‘lashmaydi. Kankenni uzoq bir qishloqqa olib borishadi.. To‘da rahbari Kanken bilan juda xushmuomala, xatto o‘ta samimiy munosabatda bo‘lib, unga issiq kiyim-bosh beradi, mazali taomlar bilan mehmon qiladi. Ertasi kuni rahbarlarining buyrug‘iga binoan qaroqchilar Kankenni so‘qmoq yo‘llar bilan Kiotoga olib borishadi, uyigacha kuzatib qo‘yishadi va unga ikkita katta sandiq va qandaydir xat berib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishadi. Jumboqli qissa xat orqali o‘z yechimini topadi.”164

Ma’lum bo‘lishicha, to‘da boshlig‘i qachonlardir Kankenning shafqati tufayli omon qolgan bo‘lib, ko‘pdan beri unga muruvvat ko‘rsatgan ushbu insonga yaxshilik qilish yo‘llarini izlar ekan (26,18). “Kondzyaku”dagi o‘g‘rilar haqidagi qissalarning ba’zilarida voqealar zanjiri juda qiziqarli tarzda keltirilgan.



Kunlarning birida Norisuke ismli bir kimsa uyiga qaytayotib otxonasidan kimdir chiqib kelayotganini ko‘rib qoladi. Norisuke notanish odamni poygachi otni o‘g‘irlashga uringanligini tan olishiga majbur qiladi. Uy egasining rahm-shafqatini uyg‘otish maqsadida, ot o‘g‘risi otxonadan chiqayotganida qandaydir bir ayol, chamasi Norisukening xotini, uyga begona erkakni yashirayotganini ko‘rib qolganini aytadi. Norisuke xaqiqattan ham uyida noma’lum erkakka duch keladi. Ma’lum bo‘lishicha, Norisukening xotini uni o‘ldirish uchun qotil yollagan ekan165(29,13).

Ashaddiy jinoyatchi namunali uy bekasidan ahloqliroq ekanligi ma’lum bo‘ladi. Mojaro nimadan boshlanganligi bizga noma’lum bo‘lganligi sababli, ayolni bunday xatti-harakatga nima majbur qilganini bila olmaymiz. Biroq, nima bo‘lganda ham, bu ayol psihologiyasi – jinoyatchining psihologiyasidir.

“Kondzyaku”dagi ko‘pchilik jinoyatchilar o‘z ismini yashiruvchi yoki shunchaki benom qahramonlardir. Unda Xakamadare kabi afsonaviy qaroqchilar ham uchraydi.

Bir qissada endigina qamoqdan ozod bo‘lgan Xakamadare o‘ta makkorona xiyla rejalashtiradi. U tog‘dagi bir katta yo‘lning o‘rtasida ko‘ndalang yalang‘och holatda o‘lgan odamga o‘xshab yotib oladi. Uning maqsadi biror bir yo‘lovchining e’tiborini o‘ziga jalb qilish va kutilmaganda unga xamla qilishdan iborat edi. Birinchi bo‘lib uning oldidan bir extiyotkor harbiy, Xakamadarega xech qanday xavotirsiz juda yaqin keladi. Shu payt jinoyatchi sakrab o‘rnidan turadi va chavandozni otidan yiqitadi. U otidan yerga yiqiladi va Xakamadare uni o‘z qilichi bilan chopib tashlaydi. 166(29.19)

Ko‘rib turganimizdek, “Kondzyaku”da qaroqchilar olamining keng tasviri berilgan.

Biz ushbu bobni jinoyatchilar obrazlarini ko‘rib chiqishdan boshlaganimiz tasodifiy emas. Bizning fikrimizcha, aynan o‘shalar orqali muallif dastlab sestuva nasriy asarida alohida guruhlarga, qatlamlarga, sinflarga bo‘lingan jamiyatni qayta birlashtirishga imkon qadar uringan. Jinoyat olami shunchaki miniatyuradagi jamiyat emas, balki u jamiyatning barcha qatlamlari bilan bog‘langan va bu bog‘liqlik jamiyatning o‘zi kabi real va ko‘pyoqlama hisoblanadi. Aslini olganda, “Kondzyaku” muallifi ushbu xaqiqatni ko‘rsatib bera olgan. Biroq, qaroqchilar olamini ko‘rsatish bilan bir qatorda, muallif yana bir o‘ta muhim g‘oyaviy maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan. Karma, yohud qilingan yaxshi‑yu yomon amallar ajri jamiyatning tubanlikka yuz tutgan qatlamida – qaroqchilar orasida ham namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu g‘oyaning yana bir kuchli tomoni shundan iboratki, qaroqchilar olamida nafaqat yomon amallar, balki yaxshi va xatto oliyjanob amallar ham kuzatiladi.

Rohib va unga minnatdorchilik bildirish ilinjida yurgan to‘da rahbari o‘rtasida bo‘lgan tasodifiy uchrashuvini eslaylik. Tavakkalchilik, jasorat, qo‘rquv muhitida yuzaga keluvchi xissiyotlar, vaziyatlar keskinlashuvi – bularning barchasi buddizmda har bir eng kichik yovuzlikni yoki eng kichik yaxshilikni yuzaga keltiruvchi amalga beriladigan evazning muqarrarligi va kuchliligini to‘laqonli ko‘rsatib berishga imkon beradi. Jinoyat olamining xilma-xilligi, rang-barangligi va qudrati “Kondzyaku” muallifini pessimistik xulosalar qilishga undamaydi.

Shu o‘rinda 25,7 qissaning mazmuni muhim bo‘lib, unda oliyjanob, dovyurak aslzoda tushkunlik girdobida qolgan jinoyatchi ustidan g‘alaba qozonadi.

Setsuva nasriy asarlarida saroy aristokratiyasi, ularning xayoti, xulq-atvorlari jonli tasvirlangan. Xikoya qilish uslubi, odatda, urf-odatlar va saroy xayoti haqida chuqur bilimga egalikdan guvohlik beradi. Hikoya qilish uslubida ma’lumotlarga xazil‑mutoyiba bilan, istehzoli yondoshish, betakror shaxsiyat bo‘lgan konkret bir shaxsga bo‘lgan qiziqish sezilib turadi.

“Kondzyaku”ning yapon “dunyoviy” qismida faqatgina bitta o‘ram (22) to‘laligicha aslzodalar xayotiga bag‘ishlangan. Unda xronologik tartibda Fudzivara sulolasi tarixi bayon etiladi. O‘ram Nakatomino Kamako (614—669) haqidagi qissa bilan boshlanadi. U imperator Tendziga (661-671) qo‘zg‘olonchi Sogano Irukani yakson qilish va mamlakatda mustaxkam xokimiyatni o‘rnatishda yordam beradi. O‘ramdagi keyingi sestuvalar Nakatomino Kamako avlodlari haqidagi hikoyalar bilan davom ettiriladi va ular hech bir sezilarli adabiy afzalliklari bilan ajralib turmaydi. 22-o‘ram to‘laligicha saqlanib qolmagan (u oxirigacha yozib tugallanmagan degan tahminlar ham mavjud) va undagi eng qiziqarli hikoya (22,7)

Fudzivara Takafudzining yomg‘irli kunda ovga chiqib uchratib qolgan qizga uylanishi haqidagi rivoyat keltirilgan. Ushbu uchrashuv natijasida dunyoga kelgan qizaloq keyinchalik imperator Udaning ayoli va imperator Daygoning onasi bo‘ladi.167

O‘ramning so‘ngi qissasida (22,8) Fudzyva-ra-no Tokixira (871—909)o‘zining amakisi Kunisunening yosh va go‘zal xotiniga aldov yo‘li bilan erishganligi hikoya qilinadi.

“Kondzyaku”da ham, “Udzisyui”da ham imperatorlar va imperatorlar avlodlari haqida qissalar nisbatan kam uchraydi. Darhaqiqat, “Kondzyaku”ning bizning kunimizgacha yetib kelmagan 21-o‘rami imperatorlarga bag‘ishlangan degan tahminlar mavjud. Bu xaqiqatga juda yaqin, chunki bizga ma’lumki, navbatdagi 22-o‘ram imperatorlar avlodlaridan keyingi o‘rinda turuvchi o‘ta qudratli Fudzivara urug‘iga bag‘ishlangan.

“Kondzyaku” va “Kodzidana” variantlarini solishtirganda shunga guvoh bo‘lish mumkinki, setsuva nasriy asarlarida inson obrazi borgan sari murakkablashib borgan va unga faqatgina ideal tasavvurga, jumladan, buddizmdagi tasavvurlarga mos kelish kelmasligi nuqtai nazaridan yondoshilmagan.

“Kondzyaku”dagi Daygo va Kanrena obrazlarining inson sifatida betakrorligi alohida e’tiborga sazovor. Imperator Daygo sestuva nasriy asarlarining eng mashhur qaxramonlaridan biri bo‘lgan. Uning g‘aroyib tarzda dunyoga kelishi, yuqorida aytib o‘tilganidek, “Kondzyaku”da bayon etilgan. Sestuva nasriy asarlarida Daygo insoniy jozibadan bebaxra bo‘lmagan, kamdan-kam uchraydigan ziyraklik va sezgirlik sohibi sifatida tasvirlangan.

U kunlarning birida erining azasida dod solib yig‘layotgan ayolning ovozida sohtalikni sezib qoladi. Daygo tergov o‘tkazilishiga buyruq beradi va natijada beva ayol erining o‘limida aybdor ekanligini tan oladi. Ma’lum bo‘lishicha, qotillik ayol va uning jazmani tomonidan sodir etilgan. ( 29,14).168

Ochig‘ini aytganda, ushbu mavzu original emas va u tan davridagi xitoy yodgorligi “Yu-yan sza szu” (“Yu-yan to‘plami”)dan o‘zlashtirilgan. Imperator Daygo xukumronlik qilgan davr, ayniqsa uning Engi (901-923) shiori bilan mashhur qismi Yaponiya tarixida yuksak madaniyat va umumiy rohat-farog‘at davri bo‘lgan.

O‘ylashimizcha, imperator Daygoning real obrazi uning ijobiy tomonlarini namoyish etuvchi qissalar bilan boyitilishi mumkin. Daygo va jinoyatchi beva ayol haqidagi hikoyaning yaratilishidan ko‘zlangan maqsad ham shu bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Setsuva nasriy asarida yuzaga kelgan Kyogoku-miyasu-dokoro obrazi ham o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Uning xaqiqiy ismi - Fudzivara Xosiko. Sohibjamol, vazir Fudzivara Tokixiraning qizi, iste’dodli shoira Kyogoku-miyasu-dokoro ko‘plab erkaklarni o‘ziga maftun qilgan.

Setsuva nasriy asarida harbiylar obrazlari alohida o‘rinni egallaydi. Jumladan, “Kondzyaku”da ushbu obrazlarning xilma-xilligi kishini e’tiborini o‘ziga jalb etsa, “Udzisyui”da obrazlarni tanlanishi va yo‘nalishiga e’tibor qaratiladi. Yapon o‘rta asr nasriy adabiyotida “harbiylar haqida qissalar” (gunki yoki senki)169 nomli o‘ziga xos janr mavjud. Unda harbiy boshliqlarning qahramonona obrazlari aks ettirilgan. Biroq, gunki eng yirik setsuva yodgorliklari bilan bir vaqtda yaratilganligi sababli, chamasi ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkaza olmagan. Bundan tashqari, “Xeyke monogatari” (“Tayra uyi haqida rivoyat”) va “Tayxeyki” (“Buyuk dunyo haqida qissa”) asarlaridagi keng qamrovli she’riy rivoyat qilish tarzi miniatyura uslubiga yaqin bo‘lgan setsuva nasriy asarlaridan farq qiladi. Tafsilotlarni ziyraklik bilan kuzatish natijasida setsuva mualliflari nafaqat harbiylarning oliyjanobligi, ularning jasorati, qurollardan mohirona foydalana olishlari va boshqa jangovor xislatlarini ko‘ra olganlar, balki, shu bilan bir qatorda, ularning shafqatsizligi, imkoniyatlarining chegaralanganligi va mag‘rurliklarini ham e’tibordan chetda qoldirmaganlar. Setsuvada barcha jihatlar yuqori sovuqqonlik va “holislik” bilan baholangan. Eslatib o‘tish joizki, “Kondzyaku”ning yuzaga kelishi bilan ikkita “harbiy” qissa – “Masakadoki” (“Masakado haqida qissa”) va “Musuvaki” (“Musuvaki haqida qissa”) dunyoga keldi.170 Ularda o‘rta asrlarda Yaponiyada xokimiyat uchun kurashlardagi qahramonliklar “o‘ta sokinlik bilan” hikoya qilinadi.

“Kondzyaku”dagi “harbiy” setsuvalar ma’lum darajada “harbiy-feodal doston” janrida yaratilgan mazkur dastlabki asarlarga nisbatan o‘ziga xos reaksiya vazifasini o‘tadi. Ushbu reaksiya murakkab va qarama-qarshiliklarga boy, mazkur adabiyot an’analariga qaysidir jixatlari bilan hamoxang, ba’zi jihatlari bilan esa tabiatan nomuvofiq bo‘ldi. “Kondzyaku” muallifi “qahramonona epik asar”dan xabardor edi. “Masakadoki” va “Musuvaki” epizodlari asosida yaratilgan ikki setsuva (25,1 va 25,13) bunga aniq dalil bo‘la oladi. Ammo, o‘zida xayajonli “qaxramonlik” belgilarini mujassam etgan “Kondzyaku”ning ijodiy mohiyati, o‘zining keng dunyoqarashga asoslanganligi sababli, asarda asosiy “qahramon” sifatida ishtirok etayotgan tarixiy-ijtimoiy obrazning o‘zi, bir vaqtning o‘zida, ishonchsizlik va istehzo belgilarini ham o‘zida mujassam etishi mumkin.

Kavaguti Xisaoning ta’kidlashicha171, “Kondzyaku”dagi “harbiy” setsuvalar mazmunini buddizm mafkurasiga “moslashtirish” mumkin emas. Kavaguti “Kondzyaku”ning obrazli tuzilishi ayniqsa samuraylar qissalarida ko‘zga yaqqol tashlanadi” deganida u xaq edi. Nima bo‘lganida ham, bu yerda so‘z syujetlarni tubdan o‘zgacha talqin qilish ustida emas, balki adabiyotning sekulyarizatsiyasi, ya’ni uni din ta’siridan xalos etish, adabiy shakllarni rivojlantirish va uning natijasida buddizmga xos ongni o‘zgartirish, odatiy sodda didaktikadan voz kechish va ko‘proq an’anaviylikka intilish, o‘z diniy qarashlarini “sir tutish” haqida bormoqda. Xaqiqatan, “Kondzyaku” setsuvasida voqealarni din, jumladan budda diniga bog‘lash kam uchraydi. 25,1-qissada Masakado o‘limi haqida shunday deyladi:

Shubhasiz, u Osmonning qaxriga uchradi”.

Bu ta’rif “Masakadoki”da keltirilgan Masakadoning o‘limi ta’rifining kuchsiz bir ko‘rinishi holos. “Masakadoki”da qahramon sirli kamon o‘qi bilan o‘ldiriladi (imperator buyrug‘i bilan qo‘zg‘olonchi Masakadoga sehr-jodu qo‘llaniladi va bu o‘z natijasini beradi).

“Kondzyaku” muallifi ushbu ma’lumotdan shubhasiz habardor bo‘lgan, ammo undan foydalanmagan. Natijada, o‘quvchining diqqat-e’tibori to‘laligicha qahramonning shaxsiyatiga qaratiladi. “Kondzyaku” syujetlarini g‘oyaviy talqin qilish borasida keng imkoniyatlar mavjud. O‘quvchi mustaqil ravishda kerakli joylarga urg‘u qo‘yishi va shu orqali voqealarni to‘g‘ri asoslab berishi ko‘zda tutilgan.

25,6-setsuvada Minamoto Yerimisu kamon bilan tulkini o‘ldiradi va bu haqda shunday deydi:

Yoyni men, Yerimisu, yolg‘iz yo‘llaganim yo‘q. Ajdodlarimni sharmanda qilmasligim uchun, menga xudoning o‘zi yordam berdi”.

“Xeyke monogatari”da g‘ayritabiiy maxluqni ovlash haqidagi epizod o‘zgacha tarzda bayon etilgan: Minamoto Yorimasa (1104—1180) kamondan o‘q uzish oldidan “jang ma’budasi Xatimanuga murojaat qilib, qalbida astoidil qayta-qayta duo o‘qiy boshladi”.

Setsuva nasriy asarida jangchi yoki ovchining muvaffaqiyati uning jasurligi, epchilligi, topqirligiga bog‘liq. Oliy kuchlar yordami – xomiy-ma’budlar, buddalar, bodxisatvalar asosiy harakatga keltiruvchi kuch emas, balki muvaffaqiyatning bir qismi holos. Ba’zida inson jasorati va osmon belgilagan taqdir o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ixtilof yuzaga keladi.

“Kondzyaku”da xujjatlarga asoslanganlik hamda voqealarning xronologik ketma-ketligiga juda jiddiy ahamiyat berilgan. Shu sababli unda turli davrlarga tegishli bir qator qahramonlar obrazlarini yaratish imkoni bo‘lmagan. Bu ishni keyingi setsuvalardan biri “Udzisyui”da davriy va jug‘rofiy tasavvurlarni bo‘lish orqali amalga oshirish imkoni bo‘ldi. Natijada, bu yerda obrazli tizim teranlik, tugallanganlik va asosiysi istiqbol kasb etdi. O‘quvchiga tanish bo‘lgan turli obrazlarni taqqoslash, ularni go‘yo boshqa rakursga burish, qadriyatlarning odatiy shkalasini qayta tafakkur qilib ko‘rishga olib keldi. Usulning mafkuraviy ahamiyati shubhasiz, chunki u xodisalarni konfusiy ta’limoti ruxiga mos ravishda anglab yetish imkonini beradi. Harbiy ijtimoiy obrazini buddizm ruxida anglash “Kondzyaku”ga kuchli, “Udzisyui”da esa bu holat sustlashadi. Bu o‘z navbatida setsuva nasriy asarlarida “harbiylar” haqidagi syujetlarni din ta’siridan uzoqlashtirishga imkon beradi. Buddizmda samuray mavzusi talqini “Tayxeyki” kabi yetuk harbiy-feodal dostonlarda qaytadan jonlangan.

Setsuva janrsining sekulyarizatsiyasi, ayniqsa, “Kondzyaku”ning “dunyoviy” qismidagi budda rohibi obrazi misolida yaqqol kuzatiladi. “Kondzyaku”ning buddizm qismidagi buddoyilar obrazlari bir tahlitdagi obrazlar bo‘lib, ular odatda yorqin ijobiy yoki haddan tashqari salbiy ruxda bo‘ladi. Shu va shunga o‘xshash obrazlarni bir qolipga solish, - bu badiiy tiplarga ajratishning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Bunda, butkul saxovatli yoki yaramas inson obrazini o‘zida mujassam etgan ahloqiy formulalarning ko‘p bora qaytarilishi ta’kidlanayotgan xaqiqatning ne chog‘lik adolatli ekanligidan dalolat beradi. Bir-biriga o‘xshash, bir xil obrazlar allalovchi, bir maromli tasvir xosil qiladi va uning bir xil ohangi buddizm ta’limotida mavzular o‘zgarmasligiga ishora bo‘ladi.

“Kondzyaku”ning “dunyoviy” qismida buddizm dini vakillari o‘zga qiyofada namoyon bo‘lishadi va ularga u yerda o‘ttizta qissa bag‘ishlangan. Ushbu qissalarning mavzulari rang-barang, hamda muallif vaziyatning xurmat-ehtiromga to‘laligi va qahramonlarning taqvodorligini namoyish qilish orqali dillarga diniy xissiyotlarni singdirish maqsadini o‘z oldiga qo‘ymagan. Qahramonlarning betakror jihatlari, o‘ziga xos xislatlari, jumladan budda rohibi obrazi misolida ahloqiy normalardan chetlashish, gunoh ishlarga qo‘l urish, uyatli va kulgili ishlar bilan shug‘ullanish o‘quvchi e’tiborini yanada ko‘proq o‘ziga jalb qiladi. “Kondzyaku”ning “dunyoviy” bo‘limidagi qissalarda budda rohiblari buddizmga oid quyidagi beshta ahkomlarining barchasini buzishadi: odam o‘ldirmaslik, zinoga qo‘l urmaslik, o‘g‘rilik qilmaslik, yolg‘on so‘zlamaslik, mast qiluvchi ichimliklar ichmaslik. Umuman olganda, “Kondzyaku” – buddizm g‘oyalari bilan yovrulgan asar bo‘lib, muallif nima sababdan yozma yodgorlikka bu qadar isnod keltiruvchi g‘oyalarni kiritganligi shu kungacha ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yodgorlikning faqatgina buddizm qismi diniy g‘oyalarni qamrab olgan, “dunyoviy” qismi esa bundan mustasno degan tushuntirishlar bizni qoniqtirmadi. Beparvo dindorlarning obro‘sini to‘kish butun ta’limotni obro‘sizlantirish bilan bir vaqtda sodir bo‘lavermaydi. Qonun Yakuni (Mappo) davrida ahloqsiz rohiblarning mavjud bo‘lishi nazariy jihatdan to‘g‘ri va ma’lum darajada zarur. Ahloq-odob nuqtai nazaridan jinoyatchining jazoga tortilishi muqarrarligi juda muhim sanaladi.

Dunyo kezuvchi din targ‘ibotchisi: (29,9)



Tog‘da bir odamni uchratadi va ular safarni birgalikda davom ettirishadi Ovqatlanish vaqtida rohib ko‘nglida yovuz bir rejani tuzadi. Shundan so‘ng, u hamroxini o‘ldiradi va unga tegishli kiyim‑bosh hamda boshqa narsalarni oladi. O‘sha tunda o‘zi o‘ldirgan odamning uyida to‘xtaydi. Rohibning egnidagi jubbaning ostidan kiyib olgan kiyimlarni ko‘rib, marhumning ayoli tanib qoladi. So‘ng yordamga qo‘shnilarini chaqiradi va oxir oqibat rohib qotillikda aybdor ekanligini tan oladi.172

Kobayasi Xirokoning ta’kidlashicha, bu yerda muallifni qiziqtirayotgan narsa qahramonning xis‑tu­­yg‘ulari emas, balki sodir bo‘layotgan voqealarning ketma‑ketligidir. Biroq, Kobayasining, ushbu qissaning to‘g‘ridan‑to‘g‘ri buddizmga aloqasi yo‘q, degan xulosasi bahs‑munozaralardan butkul holi emas. Bizning fikrimizcha, muallifning voqealar zanjirini tasvirlashga urinishi va gunohkorning jazoga tortilishi muqarrarligi, qissaning asosiy mazmuni amallarning ajri ekanligidan dalolat beradi. Ahkomlarni buzgan rohib mavzusi sodda yo‘l bilan talqin qilinadi va aslini olganda, psihologik jihatdan ko‘rib chiqilmaydi. Rohibning o‘zini tutishining psihologik asoslari mavjud bo‘lmaganligi sababli, uning xatti‑harakatlariga kundalik turmush nuqtai nazaridan baho berish yanada qiyinlashadi. Demak, bunga sabab rohibning avvalgi xayotida qilgan gunohlari bo‘lishi mumkin. Yodgorlikda boshqa bir ahkomning buzilishi biroz o‘zgacha talqin qilinadi: zino qilmaslik. Ta’kidlashimiz joizki, “Nixon ryoiki” asaridayoq (2,13) bir novella bo‘lib, unda rohibning Go‘zal Ayol – Kissyotenne xaykaliga nisbatan uyg‘ongan xirsiy nafsi kutilmaganda uyqusidagi ishqiy tushda qondiriladi va buning jazosi faqatgina rohibni qiynovchi vijdon azobi bo‘ladi. Yetuk setsuva nasriy asarida zino odatda katta gunoh sanalmaydi va bu mavzu asosan kulgili yoki qaltis mavzu sifatida talqin qilinadi.

“Kondzyaku”dagi qissalarning birida (28,11) Kaysyu ismli Gion butxonasi bosh rohibining zinokorligi fosh etiladi.

Kunlarning birida xokim kutilmaganda uyiga qaytib keladi va Kaysyu juftakni rostlashga ulgurmaydi. Sinchkov xokim xotini va uydagilarning nimadandir xavotirlanayotganliklarini sezib qoladi. U ichkari xonadagi sandiq har doimgidan farqli ravishda qulf ekanligi ko‘radi. Uning xayoliga ajoyib bir reja keldi. U sandiqni Gion ibodatxonasiga exson sifatida berib yuborishga qaror qiladi. Rohiblar sandiqni olishganida undagi bezaklarni ko‘rib xayratlanishadi va ichida biror qimmatli narsa bor deya taxmin qilib, bosh rohib kelishini kutishga qaror qilishadi. Nima qilishlarini bilolmay qolgan katta rohiblar sandiqni ehtiyotkorlik bilan ochishadi va uning ichida boshliqlarini ko‘rishadi. Sharmandalikdan bosh ko‘tarolmay, butxona bosh rohibi boshi oqqan tomonga ketadi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.173

Shundoq bo‘lsada, “Kondzyaku” muallifi bosh rohibni qoralayotgani yo‘q. Avvalambor, u topqirligi va mojaroli fosh qilish manzarasini chetlab o‘ta olganligi uchun xokimni ko‘klarga ko‘taradi. Kaysyuning aqliga ham tasanno aytish o‘rinli. U sandiqni faqat katta rohiblar ochishlarini buyuradi va bu bilan voqeaning butkul tarqalib ketishini oldini oladi. Shunday qilib, Kaysyu bizning ko‘z o‘ngimizda o‘ta og‘ir gunohkor sifatida gavdalanmaydi. “Sandiq ichidagi din peshvosi” kulminasion sahnasining istehzoli, kulgili ko‘rinishi qaxramonni mutlaq qoralashga yo‘l qo‘ymaydi va xatto unga nisbatan biroz bo‘lsada hamdardlik xissini uyg‘otadi. Voqeadagi qaltislik sodir etilgan amalning ahloqiy jihatiga soya soladi. Kundalik maishiy ikir‑chikirlar va psihologik vajlarning mo‘l‑ko‘lligi sodir bo‘layotgan xodisaga kundalik voqeylik ruxini baxsh etadi. Biroq, “Kondzyaku”ning muallifi ko‘proq narsani istaydi. U zinokor rohib obrazini tipiklashtirishga va bu orqali keyingi hikoyada (28,12) shunga o‘xshash vaziyatni xosil qilishga urinadi.

Avvalgi hikoyada bo‘lganidek, bu yerda ham, asosiysi mohirona fitna. Zinokorni fosh etish usuli betakror va voqealar ketma‑ketligi ahloqiy normalar mohiyatini unutishga olib keladi.

Oliy martabali rohib yashirincha saroy amaldorining xotini bilan uchrashib yuradi. Ko‘p vaqt davomida eri bu holatni sezmaydi. Bir kuni amaldor do‘stlari bilan saroyning o‘zidan ovga chiqib ketmoqchi bo‘ladi va ovchilik kiyim‑boshlarini olib kelish uchun uyiga odam yuboradi. Xotini unga rohibning kulrang jubbasini berib yuboradi. Nima bo‘lganini tushunib yetgan er jo‘natmani va unga qo‘shib badiha usulida bir she’riy nomani qaytib jo‘natadi.174

Ikkala hikoyada ham aldangan erlar rohib‑raqiblariga nisbatan ancha farosatli, aqlli va o‘ziga jalb qiluvchi ekanliklari namoyon bo‘ladi.

Albatta, “Kondzyaku” muallifi o‘zining ayblovlari bilan buddizm negizlarini qo‘porib tashlash niyatidan yiroq. Bu turdagi hikoyalar setsuva nasriy asarlari mazmunida muhim xayotiy masalalar yashiringanligidan guvohlik beradi. Ularda tubanlikka yuz tutgan poytaxt ruhoniylaridan norozilik xissi sezilib turadi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish