ADABIYOT YO`NALISHI 1-KURS MAGISTIRI GULCHEHRA TASHPULATOVNANING
Mumtoz adabiyot poetika fanidan Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Mineralogiya” asarlaridagi rivoyat, afsona va hikoyatlar tahlili”
MAVZUSIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Mavzu: Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Mineralogiya” asarlaridagi rivoyat, afsona va hikoyatlar tahlili”
Abu Rayhon Beruniy 973-yilning 4-sentyabrida Xorazmda, Amudaryoning o`ng sohilidagi Kot shahrida tug`ilgan. X asr oxirida Janubiy Xorazm viloyatining poytaxti hisoblangan Kot shahri hozirgi Qoraqalpog`istonning Beruniy tumani o`rnida joylashgan edi. Olimning nomi ba’zi manbalarda Pokistonning Sind shtatidagi Berun shahri nomi bilan bog`liq deyilsa, boshqasida u Hind viloyatining Berun shahridandir deyilgan. Mutaxassislarning fikricha, Abu Rayhon uning asl ismi emas, bu uning homiysi xorazmlik Rayhona xonimning ismidan olingandir. Bundan tashqari, uning gullar va o`simliklarni sevib o`rgangani, chakkasiga doim rayxon taqib yo`rganligi uchun «Rayxon» nomini olgan, degan taxminlar ham bor.
Abu Rayhon dastlabki ta’limni o`z shahrida va Xorazmning boshqa shaharlaridagi mahalliy maktablarda mashhur ustozlardan olgan. Bolaligidanoq juda idrokli, ancha talabchan va bilim olishga ishtiyoqi zo`r edi. 18 yoshida Beruniy Xorazm observatoriyasida mustaqil ko`zatish ishlari bilan shug`ullana boshlagan. 22 yoshida Bushkotir degan joyda kuzatishlar o`tkazib, dastlabki kichik asarlarini xuddi shu yerda yozgan. Sayyoralarning holatiga qarab kishilarning umrini bashorat qilish mumkin emasligi aytilgan risola «Aldamchilik san’ati», ya’ni «Yo`lduzlar hukmidan ogohlantirish kitobi» shular jumlasidandir. Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” hisoblanadi. Asarning arabcha nomi “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” bo‘lib, Yevropada “Xronologiya”, o‘zbek sharqshunosligi-da “Osor al-boqiya” nomi bilan mashhurdir. Beruniy bu kitobni Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda yozib tamomlagan. Bu vaqtda olim endigina 27 yoshga kirgan edi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy fanning hamma sohalariga qiziquvchi buyuk olim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi va unga bu asari juda katta shuhrat keltirdi. Hatto bugungi kunga kelib ham, ushbu kitob O‘rta Osiy xalqlari, ularning madaniyati va tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyatga egadir.