Taqdimoti mavzu: Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Mineralogiya” asarlaridagi rivoyat, afsona va hikoyatlar tahlili”



Download 0,61 Mb.
bet2/4
Sana10.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#767743
1   2   3   4
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy taqdimot Gulchehra Tashpulatovna

“Aytishlaricha,” – yozadi olim,- “shu kuni Xudo quyi olamni yaratib, unga yaratilgan ilk odam – Qayumarsni podshoh qilgan” Ba’zi afsonalarga qaraganda esa Navro'z Xudo maxluqotni yaratgan 6 kunning birinchisidir. Hashviyaliklar afsonalariga ko‘ra Sulaymon ibn Dovud uzugini yo‘qotib shoxligi qo‘lidan ketdi. 40 kundan o‘tgandan keyingina uzugi o‘z qo‘liga qaytib keladi. Bu bilan birga unga ravnaqi, sehri ham qaytadi. Butun odamzod yig‘ilib, uni qutlab “Navro'z muborak” – “Yangi kun keldi”, - deganlar. Va shundan boshlab bu kun Navro'z deb ataldi. Sulaymon shamolga buyurdi, shamol uni ko‘tarib osmonga uchdi. Qarshisidan qaldirg‘och chiqib uyamni bosib o‘tma, ichida tuxumlarim bor bor,dedi. Sulaymon Qaldirg‘ochga rahmi kelib uni uyasini aylanib o‘tdi. Shamol uni yerga qo‘ygach, qaldirg‘och minnatdorchilik sifatida tumshug‘ida suv keltirib unga suv sepdi hamda chigirtkaning bir oyog‘ini hadya qildi. Olim fikricha eronliklar Navro'zda arg‘imchoqlar uchishgani, havoga varraklar uchirishgani, bir birlariga shakar hadya qilishlarining sababi mana shu afsona bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.“Afsungarlar”-davom etadi Beruniy - “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin 3 qoshiq asal yalab, uch bo‘lak (xushbo‘y) mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi”.

Olimning yozishicha qadim tarixda Navro'z kuni ya’ni yil boshi yozning jazirama (taxminan iyul yoki avgust) kunlariga to‘g‘ri kelgan. Shu munosabat bilan Xuroson podshohlari otliq askarlarga bahor va yoz kiyimlarini kiydirish marosimlarini Navro'z bilan bir vaqtda o‘tkazganlar. Beruniyning “bizning zamonamizga kelib”, degan iborasini inobatga olgan holda taxminan X asrlar atroflarida Navro'zning nishonlanishi kabisa sabab bahor oylariga to‘g‘ri kelib qolgan, deb fikr ham yuritishimiz mumkin. Eronliklarda Navro'z kuni bir-birlariga shakar hadya qilish rasm bo‘lgan. Bog‘dodliklarning hikoya qilishicha, buning sababi Navro'z kuni Jamshid mamlakatida shakarqamish paydo bo‘lgan. Bu shu vaqtgacha bilinmagan edi.Jamshid sersuv bir qamishdan shira tomchilayotganini ko‘rgan. Uni totib qaragan, unda lazzatli shirinlik borligini bilgach, suvni chiqarib, shirasidan shakar ishlashni buyurgan. Shakar beshinchi kuni ko‘tarib olingan va tabriklash uchun uni bir birlariga hadya qilganlar. Kitobda Mehrjon bayramida ham bu marosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Ushbu oyning oltinchi kuni “ro‘zi xudod” ya’ni katta Navro'z bo‘lib, eronliklarda sha’ni ulug‘ hayit hisoblanadi. Asarda ushbu bayram bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha afsonalar keltirib o‘tiladi:Yozilishicha, “bu kunda xudo maxluqotni yaratishdan forig‘ bo‘lgan, chunki bu kun aytib o‘tilgan olti kunning oxirgisidir”. Manbalarga ko‘ra podshoh Jamshid hamma zarur narsalar miqdorini shu kuni aniqlagan, ya’ni davlat ishlarini yurgizishda kerakli jihozlar, zarur qog‘oz va atrofga yuboriladigan maktublar bitilgan terilarni shu kunga tayyorlab qo‘ygan. Oxirgi muhr bosish kerak bo‘lgan hujjatlarga shu kuni o‘z muhrini bosgan, bu forschada “isfido navisht”, ya’ni “oqqa ko‘chirish” deb atalgan.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish