Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.
Uta monogatari janrining vujudga kelishi va rivojlanishi
Arivara no Narihiraning ijodiyoti
Ise monogatari asarida sevgi mavzusining oziga hos yaratilishi.
“TAKETORI MONOGATARI” VA “OCHIKUBO MONOGATARI QISSALARINING TAHLILI
Reja:
“Taketori-monogatari” qissasining tahlili
“Ochikubo monogatari” qissasining tahlili
Tayanch iboralar:
Tsukuri monogatari
Ochikubo monogatari
Taketori monogatari
Kaguya- hime
Monogatari janridagi eng birinchi asar bu “Taketori monogatari” (Bambuk kesuvchi chol haqidagi qissa) asari hisoblanadi. Uning eng dastlabki monogatari ekanligidan xabar beruvchi manbalar mavjud. Ulardan Donald Kin bu haqida “yaratilgan yili har ikkisiniki ham noma’lum. “Tosa nikki”dan ham avvalroq yaratilgan ikkita asar mavjud. Ulardan biri “Taketori monogatari” asari bo’lib, Yaponiyada eng qadimgi monogatari hisoblanadi”, - deb yozib qoldirgan.
Yana bir boshqa manbalarda berilishicha, “Taketori monogatari” “Kokinshyu” (古今集)tugatilgandan so’ng, ya’ni 910-yilda yozib tugatilgan deb ma’lumot beriladi. Lekin yana boshqa bir manbalarda “Taketori monogatari” Xeyan davri boshlarida yaratilgan asar deb beriladi.
Yozilgan yili noma’lum asar bo’lmish “Taketori monogatari” asarining muallifi ham ma’lum emas. Uning kelib chiqishini Tibet hamda Xitoy xalq og‘zaki ijodida mavjud bo’lgan qissalar bilan bog‘lashadi. 1954-yilda xitoylik tadqiqodchi olimning izlanishlariga ko’ra, “Taketori monogatari” asariga juda ham yaqin bo’lgan asar bu Tibet xalq og‘zaki ijodidagi asarligini aniqladi. Xitoy xalq og‘zaki ijodida bu asar syujetiga o’xshash birorta ham asar yo’q, lekin ming yil avval yaratilgan Tibet xalq og‘zaki ijodidagi asar ko’proq o’xshash degan xulosalarga kelgan tadqiqodchilar bir qanchani tashkil etadi. Ko’pchilik yapon tadqiqodchilari ham bu asarni Tibetdagi asar ta’sirida yaratilgan yoki shundayligicha Tibetdan kirib kelgan deb hisoblashadi.
Asardagi besh nafar shahzodalarni mushkul sinovdan o’tkazish syujeti butun dunyo adabiyotida mavjud. Ko’pincha uchlik o’rtasida sinovlar olib boriladi. Bunday asarlarga misol qilib Donald Kin “Venetsiyalik savdogar” (ベニスの商人) hamda “Malika Turandot”(王女のトウランドット)asarlarini keltiradi. O’zbek adabiyotida ham xuddi shu syujetni uchratishimiz mumkin. Masalan, xalq og‘zaki ijodidagi “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi yoki “Alpomish” dostonidagi Barchin tomonidan qo’yilgan sinovni olaylikmi bu hammasi malikalar bilan turmush qurish uchun kurashilgan sinovlar sifatida tasvirlangan.
Yuqoridagi asarlardan “Taketori monogatari” asarining bir farqi hech bir shahzoda bilan turmush qurish niyati yo’qligi uchun odamzot bajara olmaydigan mushkul sinovlarni qo’yishidadir. Bu asarning o’ziga xos xususiyatini ochib beradi.
“Taketori monogatari” asari qaysidir mamlakat adabiyotidan kirib kelganligidan qat’iy nazar, bu asar yapon adabiyotining nodir durdonalaridan hisoblanadi. Bu asarga hattoki Murasaki Shikibu ham yuqori baho bergan va o’zining mashhur asari “Genji monogatari” (“Genji shahzodasi haqida qissa”) asarida “Taketori monogatari” asari haqida shunday deydi:
「遠い昔から生えている竹ほどに慣れ親しんできた話」
Ya’ni, “uzoq o’tmishdan buyon o’sib kelgan bambukdek qadrdon bo’lib qolgan hikoya” deb ta’rif bergan. Bir qarashda uning bu so’zlari ma’nosini ilg‘ash qiyin. Chunki bambuk bilan nodir asarni qiyoslash ostida yotgan ma’noni tushunish uchun Yaponiya tabiati, bambukzor hamda asarda tasvirlangan tabiatni tasavvur qilish kerak. Bambuk daraxti faqatgina Uzoq Sharq ya’ni Yaponiya, Xitoy, Tailand kabi mamlakatlar tabiati bilan bog‘liq. Xuddi shu tabiat ne’mati asarda voqealar rivojiga asos bo’lgan. Kaguya hime inson sifatida dunyoga kelgan joy ham bambuk bilan bog‘liq.
今となっては昔のこと、竹取りの翁という者がいた。野山に入って竹を取っては、さまざまなことに使っていた。名前はさぬきの造といった。彼がとっている竹の中で、根元が光る竹が一本あった。不思議に思って近寄ってみると、竹の筒の中から光っている。その筒のなかを見ると、三寸くらいのひとがたいそうかわいらしい様子で坐っている。
“Ancha qadim o’tgan zamonda bambuk kesib, tirikchilik qiladigan chol bo’lgan ekan. Tog‘ changalzorlarida bambuk kesib yurgan paytida turli g‘aroyib voqealar sodir bo’lar edi. Cholning ismi Sanuki Miyatsuko edi. Bir kuni chol kesib yurgan bambuk poylaridan birining ichi yaltirab turardi. Ajablangan chol yaqinlashib qarasa bambuk g‘ovagining ichi yop-yorug‘ edi. G‘ovak ichida esa barmoqning uch bo’gimicha keladigan qizaloq judayam chiroyli ko’rinishda o’tirardi.”
Shu tariqa asar voqealari rivoji boshlanadi.
“Taketori monogatari” asari bundan XII asrcha avval yozilgan bo’lsa-da, juda katta qiziqish bilan o’qib kelinmoqda. Asar o’rta asrlarda yozilganligi uchun asar tili ham bir muncha murakkab. Shu sababli asar tili soddalashtirib, zamonaviy yapon tilida yozilgan variantlari mavjud. Ushbu variantlarda asar butunlay o’zgarishlarga uchramagan bo’lsa-da, asardagi ramziy obrazlarni tavsiflashda turlicha ta’riflar berilgan joylari ham mavjud. Masalan, asar yakunida Kaguya-hime qoldirgan abadiy hayot dorisini imperator mamlakatdagi eng baland tog‘ga chiqib yoqib yuborishni buyuradi va uning lashkarboshisi bir talay qo’shin bilan birga dorini eng baland tog‘da yoqib yuborish uchun ketadi. Ayrim osonlashtirilgan variantlarda bu tog‘ni hozirgi “Fudziyama” (富士山) tog‘i deb talqin qilishadi. Unga ko’ra, 富 – fu – mo’l, ko’l, boy, ko’p; 士 – esa “qo’shin, askar” degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni ayrim variantlarga qaraganda, Fudziyama so’zi – “qo’shinga to’la tog‘” degan ma’noni bildiradi. Bu qarash Fudziyama so’zining iyeroglifi asosida izohlangan. Lekin vaqt o’tishi bilan iyerogliflar ham o’zgarishlarga uchragan bo’lishi mumkin-ku. Bu fikrni quyidagi tahmin bilan izohlash mumkin.
Yana bir ma’lumotlarda esa “Fudziyama” tog‘ini abadiylik ramzi deb berishadi. Chunki Kaguya-hime tashlab ketgan abadiylik dorisi – furofushi (不老不死)Fudziyama tog‘ida yoqib yuboriladi va undan chiqayotgan lavani dori yongan cho’g‘ga taqqoslashadi. Shu tariqa yaponlar nazarida Fudziyama tog‘i abadiylik ramzi bo’lib qolgan. Buni iyeroglifga bog‘laydigan bo’lsak, hozirgi Fudzi-san so’zining iyeroglifi 「富士山」emas, 「不死山」bo’lgan degan qarashlar ham mavjud.
“Taketori monogatari” hozirgi kunda “Kaguya-hime”(かぐや姫), “Bambuk kesuvchi chol qissasi”(竹を取る翁の話) nomlari bilan juda mashhur. Lekin ayrim tadqiqodchi olimlarning fikriga qaraganda, ikkinchi nomlanish, ya’ni “Bambuk kesuvchi chol qissasi” deb nomlanish noto’g‘ri. Bu asar bambuk kesuvchi chol haqida emas, balki Kaguya-hime haqidagi asar deb izohlashadi. Yana bir ma’lumotga qaraganda, bambuk kesuvchi chol obrazi faqatgina asar boshida hamda yakunida keladi degan fikr beriladi. Ammo asarning to’liq asl variantiga nazar tashlaganimizda, bambuk kesuvchi chol obrazi nafaqat asar boshlanishi yoki yakunida balki asar voqealari rivojining qoq o’rtalarida ham ishtirok etgani ko’zga tashlanadi. Masalan, sovchi bo’lib kelgan beshala shahzodalar bilan bo’lgan suhbatda, beshinchi shahzoda Kuramochi berilgan sinovni “qoyilmaqom” qilib bajarib kelganda, yoki imperator Kaguya-himening qo’lini so’ragandagi syujetlarda chol obrazining talqinini ko’rishimiz mumkin.
Masalan, beshinchi shahzoda Kuramochi
翁は皇子の苦労話を聞いて、ふとため息をついて歌を詠んだ。
「くれ竹の代々(よよ)の昔より、竹を取ってきた私ですが、野山でもそんなに幸い目ばかり見たでしょうか。」
これを皇子が聞いて、「多くの日数思い苦しんできました心は、今日という日はすっかり落ち着きました」といって、歌を返し、
「海の潮や涙にぬれた私の袂(たもと)が今日はすっかり乾き、数々の幸さも自然に忘れていくに違いありません。」と言う。
Chol shahzodaning ayanchli qissasini tinglab, bir nafasda quyidagicha she’r o’qibdi: “Ancha yillardan beri bambuk kesib kun kechirganimda ham sendek ko’zidan baxt porlab turgan insonni ko’rmagan bo’lsam kerak”.
Buni eshitgan shahzoda: “Bir necha kun qinalib kelgan qalbim, bugun ancha xotirjam” deb she’r bilan javob qaytaribdi: “Dengizlarda oqqan ko’z yoshimda ho’l bo’lgan yengim bugun butunlay quridi, chekkan azob-uqubatlarim o’z-o’zidan unut bo’ldi”, - deb javob qaytaribdi.
Yuqoridagi syujetda bambuk kesuvchi chol obrazining faol ishtirokini guvohi bo’lamiz. Bu obraz ishtirokini asar davomida bir necha bor uchratishimiz mumkin. Chunki chol obrazi Kaguya-hime hamda sovchi shahzodalar orasida vositachi sifatida asosiy rol o’ynaydi. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida chol obrazi faqat asar boshi hamda oxiridagina ishtirok etadi degan fikrning noto’g‘riligi yaqqol ayon bo’ladi. Chunki o’rta asrlar yapon madaniyatiga ko’ra ayol kishi begona erkak ko’zidan yiroqda saqlangan. Ular faqatgina ichki hovlidagina yurishgan. Agar sovchi bo’lib kelgan kuyovga taomilga ko’ra, hali rozilik berilmasdan kelinning yuzini ko’rishi mumkin bo’lmagan. Shuning uchun ham chol sovchi shahzodalar hamda Kaguya-hime o’rtasida vositachi rolni o’ynaydi. Quyida chol imperator hamda Kaguya-hime o’rtasida vositachilik qilgan syujetni keltirib o’tish joiz:
この内侍は御所に戻って、このことの次第を秦上した。帝はお聞きあそばされて、「多くの男を殺してきた心であるよ」とおっしゃり、その時は沙汰やみになったが、それでもやはりかぐや姫を思いになられ、この女の心積もりに負けてなるものかと、翁に御命じになった。「お前のかぐや姫を献上せよ。顔かたちがよいとお聞きあそばし、御勅使を遣わしたが、その甲斐もなく会わずに終わってしまった。このようなけしからぬままでよいものか」とおっしゃった。翁は恐れは入ってお返事を申し上げるには、「この幼い娘は、まったく宮仕えできそうもなく、持て余し悩んでおります。そうは申しましても、戻りまして帝の仰せを娘に申し聞かせましょう」と秦上した。これをお聞きあそばされ、帝がおっしゃるには、「どうして、翁の手で育てたのに、自分の自由にならないのか、わが子ならどうにでもなるだろうに。この女をもし献上するなら、翁に五位を授けるものを」
Imperator a’yoni saroyga qaytib, imperatorga bo’lgan voqeani oqizmay-tomizmay aytib beribdi. Imperator buni eshitib “shu paytgacha qanchadan-qancha yigitlarni boshidan judo qilganman”, - jahli chiqib debdi. Shunda ham hayolidan Kaguya-himening o’yi ketmasdi. Unga bo’lgan tuyg‘ulari sababli mag‘lub bo’lishni xohlamasdan, cholga buyuribdi: “Uning husn-u jamoli haqida eshitdim. Menga uni tuhfa qil. Maxsus a’yonlarimni shuncha yo’ldan yuborsam-u, u esa uchrashmasdan qaytarib yuborsa. Bunday munosabat to’g‘rimikin?” Chol bu gaplarni eshitb, qo’rquvdan tizzalari qaltirab “Bu yosh qaysar qizimning qaysarligidan men ham qiynalib ketdim. Sizning ham buyrug‘ingizga quloq solmaydi deb qo’rqaman. Shunday bo’lsa-da yana bir bor ko’ndirishga urinib ko’raman”. Bu gaplarni imperator eshitib “Nimaga bu chol o’zi o’stirib katta qilgan farzandiga so’zini o’tkaza olmaydi”, - deb hayolga toladi. “Agar qizingni ko’ndirolsang senga saroydagi eng yuqori lavozimlardan birini beraman”, - deb imperator va’da beradi.
“Taketori-monogatari” (“Bambuk kesuvchi chol qissasi”) asarida asosan ikki bosh obraz mavjud: Kaguya-hime va bambuk kesuvchi chol. Asar voqealari rivoji faqat shu ikki obraz bilan bog‘liq. Asar boshlanishi shu ikki qahramonlarning uchrashuvi, ya’ni chol bambuk ichidan Kaguya-himeni topib olinishi bilan bilan bog‘liq. Ular atrofidagi qolgan qahramonlar asarga bosh qahramonlarning biri Kaguya-hime uchun taqdir sinovlari sifatida kirib kelishadi. Uyga kelgan sovchilarni qaytaraverib charchamagan Kaguya-hime aslida inson emasligini qanday qilib tushuntirishni bilmay, sovchilarga inson zoti uddalay olmaydigan mushkul sinovlarni qo’yadi. Uning go’zalligini eshitgan har qanday yigit unga yetishish uchun har qanday sinovga tayyorlar. Quyidagi asardan parchada ushbu beshovlon shahzodalarning asarga kirib kelishi tasvirlangan:
「世間の男たちは、身分が貴い者も卑しい者も、どうにかしてこのかぐや姫を得たい、妻にしたいと、噂に聞いて恋い慕い、思い悩んだ。翁の家の垣根にも門にも、家の中にいてさえ溶易に見られないのに、誰も彼も夜も寝ず、闇夜に穴をえぐり、覗き込むほどに夢中になっていた。そのような時から、女に求婚することを「よばひ」といったか。
人が行きそうにない所をも彷徨っても何の効果もない。家の人たちに事づけようとして話しかけても、問題にもされない。辺りを離れようとしない貴公子たちは、夜を明かしながら過ごす者が多かった。志が大したことない人は、「必要もない出歩きは、無駄だった」と言って、来なくなった。
そんな中で、それでもなお言い寄ったのは、色好みと評判の五人、恋心が止まず夜昼となくやって来た。その人たちの名は、石作りの皇子・庫持の皇子・石大臣阿部のみむらじ・大納言大伴の御行・中納言石上のまろたり、といった。」
“Butun dunyodan odamlar kelib, aslzoda oqsuyaklar ham, oddiy odamlar ham qanday qilib bo’lsada malika Kaguyaga erishishni, unga uylanmoqchi bo’lishdi. Cho uyining devorlariy-u darvozalarigacha va hattoki uyi chigacha odamlarga liq to’lib malikani ko’rish qiyinlashib qolgan bo’lsada kechasi uyqu bilmay o’rakovlab mo’ralab o’tirishdi. Qizga qarab “menga turmushga chiq” deb aytishdi.
Odam borolmaydigan joyga borib jasurlik ko’rsatishga tayyor bo’lishsada hech qanday foydasi bo’lmadi. Uy ichidagi odamlarning birortasiga gapirishsa ham hech kim quloq solmadi. Qizaloqning atrofidan uzuqlashishni ham o’ylamayotgan shahzodalar-u, kechani uxlamasdan o’tqazganlar juda ko’p edi. Unga uylanishni maqsad qilmaganlar esa “kerak bo’lmagan ishning foydasi yo’q” deb kelishmadi.
Odamlar ichida malikaga oshiq bo’lib qolgan va unga uylanishni ahd qilib qalbi sevgidan to’lib toshgan 5 shahzoda kecha kunduz demasadan uning oldida bo’lishdi. Ularning ismlari shahzoda Ishizukuri, shahzoda Kuramochi, Yudaijinabeno Mimuraji, Dainagontaiono Ogyou, Chyunagon ishiueno Marotari edi.”
Asar voqealari shu beshovlonga berilgan mushkul topshiriq bilan bog‘liq. Kaguya-hime ularga mushkul shartlar qo’yadi. Bu besh shahzoda turli xil qing‘ir yo’llar bilan berilgan shartni “uddalash”moqchi bo’lishadi. Afsuski, ularning bu qing‘irliklari sababli hech birlari Kaguya-himega erisha olmaydilar. Asarning so’nggi tugallanishida imperator obrazi paydo bo’ladi. U ham Kaguya-himening dovrug‘ini eshitib bir necha bor sovchi yuboradi. Afsuski malika unga ham rad javobini beradi. Osonlikcha yengilishni xohlamagan imperator Kaguya-hime bilan uchrashish yo’lini qiladi:
“Men bilan bunday muomala qilishga qanday hadding sig‘di, men bilan ketishga majbursan” deb qizning oldiga yaqinlashganda, qiz ko’zdan g‘oyib bo’lib, oddiygina soyaga aylanib qoladi. Buni ko’rgan Imperator qiz haqiqatan ham oddiy inson emasligiga amin bo’lib, afsus bilan, qizga o’z holiga qaytaverishini, Imperator bilan ketmasligini aytadi. Qiz yana o’z holiga qaytadi. Shunday go’zal qiz bilan ucharashish imkonini bergan cholga chuqur minnatdorchilik bildirib, ko’nglidan o’rin olgan malikasiz yarimta ko’ngil bilan ortiga qaytib ketadi”.
Shu tariqa imperator ham taqdirga tan beradi va Kaguya-himega chuqur ehtirom bildirib uni o’z holiga qo’yadi.
Asarda kampir obrazi, ya’ni Kaguya-himening onasi obrazi ham mavjud bo’lib, bu obraz o’zining “ko’rinmasligi” bilan boshqa obrazlardan ajralib turadi, ya’ni uning nomi, yoki xatti-harakatlari asarning faqatgina boshlanish qismidagina keltirib o’tilgan. “Taketori-monogatari” asarining asl ko’rinishida hamda tabdillari(解釈) mavjud bo’lib, ularda asar boshlanishida: “qadim-qadim zamonlarda farzandsiz chol va kampir bo’lgan ekan” degan boshlanish beriladi. Shundan kelib chiqib asarda “kampir” obrazi ham bor deya ayta olish mumkin.
“Taketori-monogatari”(“Bambuk kesuvchi chol qissasi”) asaridagi obrazlar ham asar syujeti marjon kabi terilgan. Marjon o’z tizginidan chiqib ketsa to’kilib, sochilib ketadiganidek asardagi biror obrazing ishtirok etmay qolishi ham asardagi bir butunlikka putur yetkazadi. Bu asarni Kaguya-himesiz, Chol obrazisiz, besh shahzodalarsiz, imperator obrazisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
“Taketori monogatari” asarini “oy” obrazisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki Kaguya-himening dunyoga kelishi hamda qaytib ketishi, ya’ni asar syujetining boshlanish nuqtasi va tugallanish nuqtasini ushbu obrazsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu o’rinda bir savol tug‘iladi: nimaga aynan “oy”? Nimaga quyosh yoki boshqa sayyora emas, aynan “oy”?
“Taketori monogatari” asarida “oy” ramziy obraziga tavsif berishdan oldin, o’rta asrlarda, aynan Xeyan davrida insonlar ongida “oy” tushunchasini qanday tasavvur qilishganligi haqida tasavvurga ega bo’lish kerak. Chunki asardagi har bir obrazni tom ma’noda tushunish uchun, albatta, 8.2-rasmdastlab asar yozilgan davrni tushunib olish darkor. Xo’sh, Xeyan davri odamlari uchun “oy” timsoli nimani anglatgan ekan? Bu savolga javoban tadqiqodchi olim Okazaki Shyouko o’z ilmiy ishida quyidagicha tavsiflaydi:
「月」信仰に関しては、唐土舶来の漢籍による影響が大きい。中でも「月」についての記述がある漢籍としては、「白氏文集」が有名である。『白氏文集』における「月」の捉え方としては、二点挙げることができた。一点は、「月」は美しいものとして「めでる」捉え方、もう一点は、「月」を「忌む」捉え方である。
Ya’ni, oyga bo’lgan e’tiqodga Qadimgi Xitoydan kirib kelgan qadimgi xitoy qo’lyozmalarining ta’siri katta. “Oy” obrazi tasvirlangan shunday qo’lyozmalardan biri bu “Hakusimonjyu” (白氏文集) asari mashhur. “Hakusimonjyu” asarida tasvirlangan oy obrazi ikki xil ramziy ma’no kasb etadi. Birinchisi, “oy” go’zal va maftunkor bo’lganligi uchun unga “oshiqlik, maftunlik”, uni “sevish” ma’nosi bo’lsa, ikkinchi ma’no esa unga teskari holat “nafratlanish, jirkanish” hissining mavjudligi bilan izohlanadi.
Nima uchun bir-biriga teskari, qarama-qarshi tasavvur mavjud bo’lgan ekan? Buning sababini ham Okazaki Shyouko o’z tadqiqod ishida keltirib o’tgan:
現在にも残る「月見」の風習に代表される思想である。しかしながら、「月」を美しいとし、それを「めでる」思想には逆に人を狂気に導くという考え方も含んでいる。つまり、「月」は単に美しいというだけでなく、人々が惹起つけられる神秘的な魅力があるといえるのである。
“Oy” timsoli go’zal, maftunkor bo’lishi bilan birga, shu go’zalligi oqibatida insonni aqldan ozdiradi degan qarashni ham o’zida aks ettiradi. Ya’ni, oy faqatgina go’zallik timsoli sifatida emas, balki insonga baxtsizlik, muammo olib keladigan sirli sehr ramzi sifatida tasavvur qilishgan deya olamiz.
“Taketori monogatari” asarida “oy” obrazi yuqoridagi ikki xil tasavvurni o’zida jamlagan. “Oy” – bu Kaguya-himening tug‘ilgan vatani. U yerda farishtalar yashashadi. Oydan tushgan qizaloq sharofati bilan befarzand chol va kampir uchun yorug‘ kunlar boshlanadi. Afsuski ularning bu yorug‘ kunlari uzoqqa bormaydi. Kaguya-hime oyga qaytib ketishini bilganlaridan so’ng ular uchun haqiqiy musibat boshlanganligini his etishadi. Bu musibatning sababchisi ham “oy” edi.
Asarda “oy” obrazini yer yuzidagi hayot bilan qarama-qarshi qo’yilgan. Oyda farishtalar abadiy yashashadi, ular uchun tug‘ilish va o’lim degan tushuncha butunlay yot hisoblanadi. Lekin “oy” obrazining asardagi ramziy ma’nosi “hayot” va “o’lim” degan xulosaga kelish mumkin. Chunki Kaguya-himening oydan tushganligini “hayot” bilan bog‘lasak, uning oyga qaytib ketishini “o’lim”, “judolik” tushunchalari bilan bog‘lasak bo’ladi. “Oy” ning kambag‘al bambuk kesuvchi cholga “hayot” bag‘ishlaganini quyidagi asardan olingan parchadan yaqqol tasavvur qilsa bo’ladi:
じいさんがいうには、「私が毎朝毎晩見る竹の中にいらっしゃるので分かった。きっと私の子になりなさるはずの人のようだ」と思い、手のひらに入れて家へ持ち帰った。
“Men kecha-yu kunduz ko’radigan bambuklar orasida borligingni bilardim. Sen albatta, meni farzandim bo’lasan”, - deb kaftiga solib uyiga olib qaytibdi.
Cholning ushbu so’zlaridan quvonch, xursandchilik tuyg‘usini anglab olish unchalik ham qiyin emas. Lekin afsuski, bu quvonch-u shodliklar uzoqqa cho’zilmaydi.
八月十五日近くの月に縁側に出て、かぐや姫はたいそうひどく泣いておられる。今では人目も気にかけずお泣きになる。これを見て、親たちも「何ごとか」と大騒ぎして尋ねる。かぐや姫が泣く泣く言うには、「以前にも申し上げようと思いましたのですが、お話すればきっと心をお惑わしになると思い、今まで黙って過ごしてきたのでございます。けれどもそうしてばかりもいられないので、打ち明けます。私はこの国の人ではないのです。月の都の人です。前世からの約束によって、この世界に参りました。もう帰らなければならないときになり、この月の十五日に、あのもとの国から迎えがやってくるでしょう。避けることもできず、お二人がこのことを聞けば思い嘆きになることが悲しく、そのことをこの春先から思っては嘆いていたのでございます」と言って、ひどく泣くので、翁、「これは何ということをおっしゃる。竹の中から見つけて、菜種ほどの大きさでいらしたのを、私の背丈に立ち並ぶまでに養い申し上げた子を、いったい何者がお迎えするというのか。そんなことをどうして許せようか」と言い、「まずこの私が死のう」と泣き騒ぎ、ひどく堪え難いようすとなった。
“Yozning so’nggi kunlari yaqinlashganda, kaguya hime oyga qarab, o’zini tutib tura olmaydi va juda ham qattiq yig‘lab yuboradi. Uning sababsiz yig‘isini ko’rgan chol va kampir ham havotirlanishadi. Va qizdan nima bo’lganini xavotir bilan so’rashadi. Shunda qiz quyidagicha javob beradi: Avval ham aytganimdek, buning sababini aytadigan bo’lsam, yuragim g‘ashlanib, ko’nglimni hafalik pardasi tutib oladi. Lekin shunday bo’lsa ham sababini aytganim bo’lsin. Men aslida, bu zamin odami emasman. Mening tavallud topgan joyim Oy. Va’dam tufayli Yerga kelgan edim, endi esa o’z uyimga – Oyga qaytmasam bo’lmaydi. Bularni aytib sizlarni xafa qilib qo’yishimni o’ylab, bahordan beri yuragim siqilib keladi, deb qattiq yig‘lab yuboradi. Shunda chol: “Nimalar deyapsan, biz seni no’xotday kichkinaligingda tog‘dan topib olganmiz, senga mehr berib o’stirdik, endi sendan qanday ayrilamiz, bunga qanday ko’nikamiz, undan ko’ra meni o’ldirib qo’ya qol” deb yig‘lab yuboradi.
Shu tariqa asarda “oy” obrazi “baxtsizlik” ramzi sifatida kirib keladi.
Bambuk daraxti – ko’proq Uzoq sharq tabiatiga mos daraxt bo’lib, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati ham juda qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu daraxt nafaqat o’simlik, tabiat ne’mati, balki insonlar og‘irini yengil qiladigan moddiy xomashyo sifatida ham ulug‘langan. Bambuk daraxti kuniga bir yuz yigirma santimetrgacha o’sadi. Tezda o’sib kerakli buyum yasashga yaroqli bo’lganidan so’ng uni kesib foydalanishadi. Qadimgi yaponlar nazdida bambuk daraxtining bu qadar tez o’sib tezda nobud bo’lishini uni la’natlangan deb hisoblashgan. Aynan la’natlangan daraxtning hayoti qisqaligini ular diniy nuqtai nazardan shunday izohlashgan. Bu tomondan bambuk daraxti obrazi Kaguya-hime obraziga yaqin turadi. Ya’ni Kaguya-hime ham dunyoga kelganida inson barmog‘ining atigi uch bo’g‘imicha keladigan mittigina qizaloq edi va atigi uch oy ichida oddiy inson gavdasi darajasida o’sadi. Yana bir ikkinchi tomon ba’zi bir olimlar Kaguya-himening Yerga yuborilishini “la’natlanish” bilan ham bog‘lashadi.
“Taketori-monogatari” (“Bambuk kesuvchi chol qissasi”) asaridagi bambuk obrazini “oy” ga qarshi qo’yib “baxt” ramzi ham deya olamiz. Chunki “bambuk” sharofati bilan chol Kaguya-himeni topadi, kambag‘al bo’lgan chol aynan “bambuk” ichidan chiqqan oltinlar bilan boyib ketadi.
彼がとっている竹の中で、根元が光る竹が一本あった。不思議に思って近寄ってみると、竹の筒の中から光っている。その筒のなかを見ると、三寸くらいのひとがたいそうかわいらしい様子で坐っている。じいさんがいうには、「私が毎朝毎晩見る竹の中にいらっしゃるので分かった。きっと私の子になりなさるはずの人のようだ」と思い、手のひらに入れて家へ持ち帰った。
“Men kecha-yu kunduz ko’radigan bambuklar orasida borligingni bilardim. Sen albatta, meni farzandim bo’lasan”, - deb kaftiga solib uyiga olib qaytibdi.
Cholning ushbu so’zlaridan quvonch, xursandchilik tuyg‘usini anglab olish unchalik ham qiyin emas. Lekin afsuski, bu quvonch-u shodliklar uzoqqa cho’zilmaydi.Bir kuni chol kesib yurgan bambuk poylaridan birining ichi yaltirab turardi. Ajablangan chol yaqinlashib qarasa bambuk g‘ovagining ichi yop-yorug‘ edi. G‘ovak ichida esa barmoqning uch bo’gimicha keladigan qizaloq judayam chiroyli ko’rinishda o’tirardi.”
竹取の翁が竹を取るときに、この子を見つけてからは節を隔てて節の間ごとに黄金の入っている竹をみつけることが重なった。そうして、翁はだんだんと裕福になっていた。
Chol bambuk kesib yurgan paytida qizaloqni topib olgach bambuk bo’g‘imlarini bo’lib har bir bo’g‘im orasidan tilla topib oldi. Shunday qilib chol sekin-asta boyib ketdi.
Yuqoridagi ikki syujetdan kelib chiqadigan bo’lsak, “bambuk” daraxti asarda “baxt”, “omad” timsoli sifatida aks etgan.
Kaguya-hime – asarning eng asosiy qahramoni hisoblanadi va asar voqelari rivoji hamda uning yechimi ham u bilan bog‘liq. Ammo biz Kaguya-hime obrazini ramziy jihatdan tasniflaydigan bo’lsak, u bir vaqtning o’zida ham “baxt”, ham “kulfat, baxtsizlik” ramzi sifatida gavdalanadi. Uning dunyoga kelishi baxt sifatida gavdalansa, uning ishqida sarson-u sargardon bo’lgan shahzodalar boshiga tushgan kulfat, o’zi baxt ato etgan chol va kampirni tashlab Oyga qaytib ketishi “baxtsizlik” sifatida ifodalanadi.
その後、翁も嫗も、血の涙を流して悲しみにくれても、何の甲斐もなかった。あのかぐや姫が書き残した手紙を読んで聞かせても「どうして命が惜しかろうか。一体誰のためにというのか。何も無用だ」と言って、薬も飲まず、そのまま起き上がりもせず、病に伏せっている。
Shundan so’ng chol bilan kampir qon yig‘lab qolishibdi. Kaguya-hime xatida yozib qoldirgan abadiy hayot dorisi haqidagi so’zlarni xizmatkoridan eshitib turib, ular: “Endi hayotning nima qizig‘i bor? Kim uchun yashashimiz kerak? Bundan umuman ma’no yo’qku”, - deb dorini ichmasdan, to’shakka mixlanib qolishibdi.
Bundan ko’rinib turibdiki, chol va kampirda abadiy yashash imkoniyati mavjud edi, ammo ular o’z hayotlarida yashashdan maqsad qolmaganligi, kim uchun yashashliklarini ham bilmay g‘amga botganliklari, eng yomoni farzandidan judo bo’lish, ota-ona uchun o’z hayot mazmunlarini yo’qotishdek gap ekanligi aks etgan. Shuning uchun Kaguya-hime “baxtsizlik” ramzi sifatida gavdalanadi.
Kaguya-himening asardagi yana bir o’ziga xos xususiyati bu – Yerdagi hayot tug‘ilish bilan boshlanib, o’lim bilan tugashini, unda abadiy yashash imkoni yo’qligini yaqqol ko’rsatib bera olgan mukammal obraz deb atash mumkin.
Asardagi yana bir muhim obrazlardan biri bu – “abadiy hayot dorisi”. U chol va kampir uchun “imkoniyat” ramzi bo’lib, u hozirgacha yaponlar dunyoqarashida o’ziga xos o’rin egallaydi. Abadiy hayot dorisini ichgan odam bir umr yosh, qarish nimaligini bilmay o’tadi. Unga o’lim ham yaqinlasha olmaydi. Afsuski, bu imkoniyatdan hech kim foydalanishni xohlamadi. Hattoki imperator ham.
Bu obrazni ramziylashtirish asar yaratilgan davrdan boshlangan. Bulardan barchaga ma’lum va eng mashhuri – Fudziyama tog‘ining nomi bilan bog‘liq. Hattoki bu bilan bog‘liq rivoyatlar berilgan. Asar so’ngida Fudziyama to’gining nomi kelib chiqishi asoslab beriladi:
帝は手紙をご覧になって、大変深くお悲しみになり、食事も取りならず、詩歌管弦のお遊びなどもなかった。大臣や上達部をお呼びになり「どこの山が天に近いか」とお尋ねになると、お仕えの者が秦上し、「駿河の国にあるという山が、この都にも近く、天にも近うございます」と申し上げた。これをお聞きになり、<もう会うこともないので、こぼれ落ちる涙に浮かんでいるようなわが身のとって、不死の薬が何の役に立とう。> かぐや姫が献上した不死の薬に、また壺を添えて、御使いの者にお渡しになった。勅使に対し、つきの岩笠という人を召して、駿河の国にあるという山の頂上に持っていくようお命じになった。そして、山の頂でなすべきことを教えあそばした。すなわち、お手紙と不死の薬の壺を並べ、火をつけて燃やすようにとお命じになった。その旨をお聞きし、兵士らを大勢連れて山に登ったことから、実はその山を「富士の山」(士に富む山)と名づけたという。そのお手紙と壺を焼いた煙が今も雲の中へ立ち上っていると言う伝えている。
Xatni o’qib imperator chuqur g‘amga botibdi. U hech nima tanovul qilmas, hattoki, o’zining sevimli mashg‘uloti mushoirlik ham qilmay qo’yibdi. Bir kuni u vazirini chaqirib, undan qaysi tog‘ osmonga yaqinligini so’rabdi. Suruga(hozirgi Shizuoka) degan mamlakatdagi tog‘ eng yaqin deb javob beribdi vazir. Buni eshitgan imperator “Boshqa uni ko’ra olmaymiz. Ko’z yoshimizni to’xtatolmayapmiz-u, abadiy hayot dorisi nimayam yordam qilardi?!” deb u dorini yana bir boshqa idishga soldirib, Ivakasa ismli lashkarboshisini chaqirib, xat hamda dorini o’sha toqqa chiqib yoqib yuborishini ta’yinlabdi. Shunda Ivakasa bir talay qo’shini bilan xat hamda dorini olib o’sha toqqa jo’nabdi. Shu voqealarga asoslanib, bu tog‘ Fujiyama, ya’ni “ji(shi)” askar, qo’shin, “fu” boy, mo’l-ko’l, yoki ko’p, ya’ni qo’shinga to’la tog‘, askarlar ko’p tog‘ deb nom berishibdi. O’sha yoqib yuborilgan xat hamda dorining tutuni hozirgacha Fujiyama lavasining tutuni o’sha dori va xatning tutuni deb rivoyat qilishadi.
Asarning bir necha hozirgi zamonaviy yapon tiliga o’girilgan tabdillari mavjud va shu tabdillarda Fudziyama so’zining kelib chiqishini turli qarashlar bilan izohlab beriladi. Shunday qarashlardan biri 不死 – fushi – o’lmaslik, abadiy yashash ma’nosidan kelib chiqqan, Fudziyama so’zining asl iyeroglifi 不死山 bo’lgan, Fudziyama tog‘i abadiylik ramzi sifatida talqin qilingan qarashlar ham mavjud.
“Ochikubo monogatari” asarining muallifi aniqlanmagan. Lekin bu haqida turli tahminlar mavjud. Tahmin qilinishicha, asar 990-998 yillar oralig‘ida yozuvchi Minamoto-no Shitago tomonidan yozilgan. Lekin bu adabiyotshunos 983 yili vafot etgani sababli, asarni tugatishga ulgurmaydi. Shu sababli asarni boshqa yozuvchi ayol Sey Shonagon ohirigacha yetkazgan degan tahminlar bor.
Asar haqida yapon olimlaridan biri Matsumoto Yuiko shunday deydi:
この物語は、現代風に要約すると、継母にコキ使われてボロを着ていたお嬢さんが、白馬の王子のような貫公子に救いだされ、豪邸にうつりすんで妻となり、きらびやかな着物をまとい、召使いにかしずかれるというシンデレラストーリーだ。
“Bu monogatari hozirgi kunga tarjima qilganda, o’gay ona tomonidan churuk kiyimlar kiygaztirib qo’yilgan qizcha, tez kunda oq otdagi shaxzodasi kelib, uni qutqarishini, u ham malikalardek bo’lib, chiroyli bezatilgan malikalar kiyimini kiyib, bahtli hayotga erishishi haqidagi Sindrella haqidagi hikoyadir”.
Asar muallifi o’z oldiga badiiy masalalarni qo’ymagan, lekin uni qiziqarli ravishda yaratgan. Asar omma e’tiborida qadrlanib kelganligi uchun ham shu kungacha yetib kelgan. Ertak 3 raqamini sevadi. Chunki Ochikuboni bir nechta opa-singillari bor. Lekin asarda faqatgina 2 ta opa talqin qilingan. O’gay opa singillar bir-birlariga befarq bo’lganliklari sababli jazolanadi. Asarda unchalik darajada qiziqarli holatlar deyarli yo’q. Lekin qahramonimiz “feya” qobiliyatlar bilan taqdirlangan. Ya’ni u sitrada yaxshi o’ynaydi, raqsga tushadi, she’rlar yozadi qolaversa qo’li gul chevar. Eng katta ahamiyati shuki, u juda mehnatkash, mehribon Xeyan davrining go’zalidir. Uni ertak mehnatga bo’lgan muhabbati, mehribonligi uchun ham mukofatlagan.
Ochikuboning singillari qora rangda tasvirlanmagan bo’lsada, juda qo’pol, ishyoqmas, dangasa, mehrsizdir. Ochikuboning sevgilisi – Michiyori ertakning qonunlariga bo’ysungan holda, u uchun qasos oladi. Shuning uchun ertak qahramoni shaxzoda Michiyori o’quvchilar qalblarini yaralab o’tgan. Bu ertak oilaviy hikoyaga aylangan. Shuning uchun ertakning yakunlanishi cho’zilib qahramon apofeolizini keltirib chiqargan. U o’zining xayrli ishlari bilan, mehribon, qalbi keng ekanligini isbotlash kerek edi. Ochikubo asarda “havo rang yo’lda” talqin etilgani bilan u juda ehtiyotkor va hammaga ishonuvchan emas. U Michiyorini sevgisiga ishonmaydi va otasi bilan uchrashishini talab qiladi. Shundagina u shaxzodasiga ishonadi. O’gay ona obrazi juda yaxshi yaratilgan. U hayotning quyuq joyidan olingan va o’zining harakteriga ega va hech qachon o’z harakteriga qarshi borolmaydi, bormaydi ham. Xizmatkorlar eng mehribon qahramonlardir. Muallif ularni yumor bilan yaratgan va asarning ohirida ularni ham mukofatlaydi.
Ochikuboning yaqin dugonasi, o’sha uydagi hizmatkorlardan biri Akogi fransuz ayolini eslatsada, hikoyaning bosh qahramoni soyasida turadi. Biz asarda hizmatkorlarga oson bo’lmaganligini yorqin ravishda ko’rishimiz mumkin garchi ular zodagon olilaradan bo’lsalar ham. Shuning uchun ham Akogini munosabati Kitanokata (o’gay ona) ga ijobiy emas.
Xeyan davrida boy va zodagon bilimli kishilar orasida ko’p xotinlilik bo’lgan. Qonuniy zavjasi Kitanokata “shimol oroli aslzodasi” mavqeini olgan. Uning bunday nom olishi sababi – imperatorning yuqori qismida katta zavjalarning xonalari joylashgan bo’lib, bu bino ko’p xonalardan iborat bo’lgan. Boshqa xotinlar asosan bo’lak yashab, er ularni vaqti-vaqti bilan muloqat qilgan. Boshqa xonada yashagan xotinlar, kundosh bolalarini sevmay yoqtirmasdan chiqishtirmaganlar. Bolalar o’z onalari qaramog‘ida bo’lganlar. Asarda onalar vafot etsa bolaning onasi tomonidan buvi va buvasi qaramog‘iga olgan. Ochikubo onasi tomonidan avlodidagi barcha qarindosh-urug‘lar vafot etganligi sababli, o’gay ona qo’lida himoyasiz edi. Xeyan davrida xotin er uyida yashagan. “Ochikubo monogatari” shuni ko’rish mumkinki, yosh er-xotingina birga yashashgan. To’y marosimi ham o’zgacha bo’lgan. Kuyov kelin oldiga kechqurun yoki tong otmasdan, saharda kelgan. O’z uyiga qaytgach, kelinga she’rlar bilan xat yozib yuborgan. Uchinchi kuni kechqurun oilaviy yig‘in tashkil qilishgan. Shundan keyingina kuyov o’z xotini yonidan kunduzi ochiq holda ketgan. Boshqa avlodlarda ham kuyovlar bo’lajak xotinlari oldiga shu tariqa kelganlar.
Asar hamma ertaklarda mashxur bo’lgan syyujetga ega. Yani o’gay ona va o’gay qizcha haqida. Bu syujet yapon folklorlari orasida mashxurlaridan bo’lib, ularni ko’p uchratishimiz mumkin. “Ochikubo” so’zi ertakcha so’z bo’lib u ko’pincha salbiy ma’nolarni anglatadi. “Ochikubo” – yaponcha so’z bolib, “yerto’la” degan ma’nosini anglatadi. Bu ism ortida biz albatta biz hayotda qiynalgan, o’gay ona tomonidan ho’rlanib hor bo’lgan qizni tasavvurimizga keltiramiz. Ochikubo monogatari sehrli ertaklar sarasiga kirib ertakning boshlanishidan asarning bosh qahramoni bo’lgan o’gay qiz ocjikubo turli qiyinchiliklarga duch keladi o’gay ona, o’gay opa-singillar qiynoqlari-yu, ho’rlashlarga chidab hayot kechiradi. Lekin qachondir shu qiyinchiliklarni yengishiga, uni himoya qiladidigan shu qiynoqlardan qutqaradigan “shaxzodas”ini kelishiga ishonib yashaydi. Va albatta u ertakning yakunida orzusiga erishadi.
Bunday syujetli ertaklar bizga rus ertaklaridan “Zolushka”, ingliz ertaklaridan “Sindrella”, o’zbek xalq ertaklaridan “Kuloyim”, “Zumrad va Qimmat” larda ko’rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan ertaklar ham sehrli ertaklar turiga kiradi. Bu ertaklarda ham o’gay ona obrazi bosh qahramonlardan biri bo’lib u har doim o’gay qizga zulm o’tkazib keladi. Faqatgina voqealar rivojida turli farqlarni ko’rishimiz mumkin.
Ertaklardagi yana bir o’xshash tomonlarini tahlil qilsak, ularning yozilish uslubidir.Har bir ertak bir hil tarzda boshlanadi. Masalan, o’zbek ertaklari “qadim-qadim zamonda”, yapon ertaklarida “mukashi-mukashi”, rus ertaklarida esa “жили-были” va hokazolar. Masalan “Ochikubo monogatari” asarida shunday boshlanadi:
“Qadim-qadim zamonda Minamoto-no Tadeyori ismli tyunagon93 bo’lgan ekan. Uning ko’p chiroyli qizlari bor ekan. Ulardan 2 tasi boy oilalarga turmushga chiqib, yana 2 tasini bo’yi yetib qolgan ekan. Tyunagonning yana bir qizi bor ekan. U bu dunyoni tark etgan tyunagonning birinchi xotinidan qolgan yodgorlik ekan.”94
Biz bunday boshlanishni deyarli barcha ertaklarda ko’rishimiz mumkin.
Shunday satrlar bilan boshlanib va albatta ertak yakunida “hamma murod- maqsadiga erishibdi” degan satrlar bilan tugaydi. Bundan o’xshashliklarni biz boshqa xalq ertaklarida ham ko’rishimiz mumkin.
Ochikubo yoshligi onasidan erta judo bo’lgan. Keyinchalik otasi boshqa bir ayolga uylanadi. U ayolning 4 ta qizi va 2 ta o’g‘li bo’ladi. 2 ta qizini turmushga bergan bo’ladi. Asarda faqat o’gay onaning 2 qizi va 2 ta o’gli epizod tarzida qatnashadi. Asarda o’sha davrning zodagon oilalari tasvirlab berilgan. Ochikuboning otasi ham o’sha davrning o’ziga to’q kishilaridan biri bo’ladi. Lekin qiz o’zizning uyida hizmatkor sifatida yashaydi. O’gay ona uni “ochikubo” degan yerto’lada yashashga majbur qiladi va hamma hizmatkorlaru uy egalari uni ana shu ism bilan atay boshlaydilar. Ochikubo judayam go’zal, mehnatsevar, qolaversa juda qobiliyatli qiz bo’ladi. U o’gay onaning hamma topshiriqlarini ortig‘icha bajaradi. Lekin har doim ruhan ezilib hudoga har doim nola qiladi. Kechalari bilan yig‘lab, bu qiynoqlarni tugashini so’raydi. Ochikubo tikishga judayam usta bo’ladi. U tikkan shoyi ko’ylaklarni ko’rgan o’gay ona unga hamma ko’ylaklarini tiktira boshlaydi. U tunlari uhlamasdan o’gay opalariga, o’gay onasiga ko’ylaklar tikib beradi. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan qizchani o’gay opa singillari ko’rolmasdan har tomonlama turtkilab, yanada ho’rlay boshlaydilar. U ukasiga gitara chalishni o’rgatadi. Uni hattoki boshqa hizmatkorlar ham mensimasdan ustidan kuladilar. Ochikuboning ust boshida judayam eski, kiyim bo’lmas darajada churib ketgan kiyim kiyadi. Ertada kechga qadar tinmasdan uy yumushlarini qiladi. Ogay onani qiynoqlariga chidaydi. U judayam kuchli va irodali qiz bo’ladi. Bunday voqealarni biz “Zumrad va Qimmatdagi” Zumrad obraziga taqqoslashimiz mumkin.
Ochikubo monogatari da o’sha davrning barcha urf odatlarini, bayramlarini ko’rishimiz mumkin. Hattoki o’sha davrda turli “ball”larni guvohi bo’lishimiz mumkin. Bunday syujetlar rus ertagi “Zolushka” da ko’rishimiz mumkin.
Asarda biz mo’jizaviy sevgini guvohi bo’lishimiz mumkin. Asarning bosh qahramonlarida reallik bo’lmasada, asarning ikkinchi darajali qahramonlari real qahramonlar sarasiga kiradi. Asar muallifi Xeyan davrining muhitini yorqin tarzda yoritib berishga muvaffaq bo’lgan. O’sha davrdagi marosimlar, kechki yig‘ilishlar, imperator saroyidagi muhit, imperator saroyida bo’lib o’tadigan tantanalar va hokazolar.
Asarda biz juda mahorat bilan aytilgan sherlarni turli dialoglarni o’qishimiz mumkin. Asarning yana bir ko’zga ko’zga ko’rinadigan tomonlaridan biri odamlarning bir biri bilan xat orqali gaplashishlari, turli so’z o’yinlaridir.
Asar ohirida bahtli oila ko’rsatilgan. Yozuvchi o’zining asaridagi qahramaonlarni unvonlar bilan mukofatlaydi. Bu marosim xizmatkorlar uchun berilgan sovg‘alarni barchasini mukammal tarzda sanab o’tgan. Ko’rinib turibdiki, u ham boy bo’lmagan yuqori mansabdagi kishi bo’lgan.
“Ochikubo monogatari” haqidagi qissa oddiy, u juda ko’p kulgu, nozik qarashlarga boy asar. O’quvchi oldida yo’qolib ketgan davrdagi bo’lgan go’zal va qayta kelmas voqealar haqida barcha ma’lumotlarni beradi. Uning yana bir ijobiy tomonlaridan biri asarda “vaka” lardan foydalanilgan. Vaka- she’riy qo’shiq ma’nosini anglatadi. Va yana tankalar ishlatilgan.Tanka- lirik poema bo’lib, unda 5 dona qisqacha she’rlardan tashkil topgan har bir she’rdagi so’zlar sanaladi.
Asar hamma ertaklarda mashxur bo’lgan syujetga ega, yani o’gay ona va qizcha haqidagi syujetga. Yozuvchi o’z oldiga qo’ygan maqasadini yorqin tarzda mahoratlilik bilan ifodalab bergan. Xuddi rassom mo’yqalam orqali rasm chizayotgandek yorqin va tushunarli tarzda. Yozuvchi ertak syujetiga yangi texnika orqali kirishgan ya’ni, asarda xatlar, dialoglar, she’rlardan foydalangan. Turli so’z o’yinlari asarni yanada boyitgan. Asarning asosiy ayol qahramonlari o’gay ona va o’gay qizcha haqida bo’lgani uchun ham asar syujetini tashkil etadi.
Ochikubo obrazi asarda havorang yo’l bilan berilgan. Shunga qaramasdan uning obrazi unchalik hayotga yaqin tarzda ifodalanmagan. U hech kimga ishonmaydi, lekin juda ehtiyotkor.
O’gay ona obrazi esa asarning ohirigacha harakteri o’zgarmasdan qoladi, har doimgidek jahldor, talabchan, mehrsiz. Asar syujetidagi voqealar rivoji ham uning harakteiga ta’sir ko’rsata olmaydi.
Asarning syujeti haqida yapon olimi Matsumoto Yuiko shunday deydi:
落窪物語は継子いじめの話とされているが、それだけでなく、姫さま階級にとっては幸福実現ストーリーである。そして働く女(あこぎ)にとってはキャリアアップ物語である。タイプの違う女たち(継母、姫、あこぎ)の生き方が対照的に描かれていて、面白い。
“Ochikubomonogatario’gayqizhayotihaqidabo’lsaham, malikaningbahtlihayotihaqidagihikoyabilanyakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |