Na uyg‘oqman, na bedor
Tun shundayin o‘tmoqda
Tong tezroq yorishsaydi…
Hozir baxor va men
olislarga mungli qarayman
Buni ikki xil tushunish mumkin:
yoki “Xozir baxor va men olisga mungli qarayman”
yoki “Axir endi baxor-ku –anchadan beri yomg‘ir quyadi”
“Ise monogatari”dan olingan birinchi she’r she’rning ikkinchi parallel ma’nosini yaratuvchi, mohirona usulning murakkabroq misolini tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Bitta she’rda bunday effektni o‘zbek tiliga tarjima qilish mushkul vazifa, chunki tarjima qilishning asosiy sharti bitta she’rga ikkita obrazni – “mungli boqaman” va “uzoq yog‘ayotgan yomg‘ir” obrazlarini kiritishda emas, balki ,,nagame’’ so‘zining ikki xil ma’nosini berishdan iborat.
Bo‘yalgan matolari bilan mashxur bo‘lgan joyning nomini anglatuvchi Sinobu so‘zi bilan ifodalanadigan, uni birinchi xilda tushunish uchun izox talab qilinadi: “...qadimiy Yaponiyada matolar sodda usul bilan bo‘yalganligini bilish kerak: toshning silliq yuzasiga turli o‘t va gullar qo‘yilgan, ular ustiga matolar yoyilgan va uning ustdan yassi og‘ir predmet yurgizilgan; yozilgan o‘simliklardan suv chiqib matoni bo‘yagan. Sodda ayqash-uyqash rasm paydo bo‘lgan”90.
She’rni ikinchi xilda tushunish sinobu “sevish” omonimik so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, u tufayli “she’r istiorali ma’noga ega bo‘ladi; binafshalar qizlar bo‘lib, qahramon ularni kutilmaganda shu qishloqda uchratib qoladi; naqshning chalkashib ketishi yurakning xayajonlanishi metaforasiga aylanadi” .Misol tariqasida, quyidagi she’r keltiriladi:
かすがのゝわか
むらさきの
すり衣しのぶの
みだれかぎりしられず
Kasugadagi yosh
Binafshalardan
Kiyimimning naqshlari,
Sinobudagi o‘tlar kabi
Cheksiz va chalkash,
deb tushunish mumkin, yoki;
Kassugada yashaydigan
Qizlarga mening
Hissiyotlarim to‘lib-toshgan,
Hayajonimning cheki yo‘q, 91
deb tushunsa xam bo‘ladi.
“Ise monogotari”dan olingan boshqa parchada (27)
むかし、いろごのみなりける女、いでゝいにければ、
などてかく
あふごかたみに
なりにけむ
水もらさじと
むすびしものを
Qadim zamonlarda bir go‘zal xonim (bo‘lgan ekan va u) noma’lum yerlarga ketib qolgan ekan; shundan g‘amga cho‘kkan (uning) oshig‘i shunday qo‘shiq bitibdi:
Aytgil ne sabab
Nigoximga tushmaysan?
Axir sen bilan bir tomchi suvni
Tomizmaymiz deya
Qasam ichgan edik-ku 92.
Murakkab so‘z (あふごかたみ) ai-gatami – “uchrashish qiyin” ning ikkinchi qismi ishlatiladi, bu yerda katami (unlilar orasidagi birinchi undoshni oddiy qo‘shganda) “elak” ma’nosini bildiradi. Bu oxirgi ma’no engo bilan tutib turiladi: (水もらさじと) “midzu marasedzi” – “suvning bir tomchisini xam to‘kmaslik” (“vaqtni boy bermaslik”) ma’nosini bildiradi.
“Ise monogotari”dagi 8 parchadan olingan she’rni she’rning ikkinchi ma’nosini mohirona qo‘llashga misol tariqasida tahlil qilib, uning birinchi ma’nosi qahramoni poytaxtdan yiroqda kiyimlari daraxt shoxlariga osilganligini ko‘rayotganligini ifodalash mumkin:
から衣
きつゝなれにし
つましあれば
はるばるきぬる
たびをしぞ思
Men kiyishga o‘rgangan
Bu yerdagi liboslar
Shamolda mayin xilpirar
Qanchalar uzoqlashganimizdan
Meni g‘am chulgar…
“She’rning birinchi ma’nosi shunday. Ikkinchisi, bu yerda qator omonimlar va istioralar keltirilganligi: (つま) tsuma – “kiyim yetagi” va “xotin”, ” turmush o‘rtoq”; (なれに) nareru – “ustida ko‘tarib yurishga o‘rganmoq” (kiyim xaqida) va “insonga o‘rganmoq” so‘zlari oddiy ishqiy aloqa ma’nosida keltirilgan, shu bilan birga (はるばる) xarubaru –“shamolda xilpiramoq” va “olis-olislarda” so‘zining ikki xil ma’nosi saqlanib qoladi; (思) omou – “o‘ylamoq” so‘zida qayg‘u alomati yanada kuchliroq ko‘rinadi va nixoyat, (から衣) karagoromo- “kiyim”, asosan shaxarliklar kiyimi, ya’ni qimmatbaxo kiyim go‘yo ta’kidalanayotgandek” .
Shu tarzda parallel ikkinchi mazmun hosil bo‘ladi:
Meni o‘ziga o‘rgatgan
Aziz ayolim
Olis poytaxtda….
Qanchalik uzoqlashganimizdan
Meni g‘am chulg‘ar
Mazkur mavzularning barcha variantlariga misollar keltirishda davom etadigan bo‘lsak, butun Ise monogatarini ko‘chirib chiqishimizga to‘g‘ri keladi; shuning uchun tekshirib ko‘rishni istagan o‘quvchiga Iseni o‘qib chiqishni maslaxat beramiz. Faqat bir narsa shubxasiz: – “muhabbat kitobi” degan fikr ko‘proq xaqiqatga yaqinroqdir.
Ise-monogatari — ko‘p jihatlari bilan yangiliklarga boy asar bo‘lib, undagi yutuq va yangiliklar, shubhasiz, uzoq yillar davomida «Uta monogatari»janrini qaror toptirish va Xeyan davri nasriy adabiyotiningyanada o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |