Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti



Download 1,16 Mb.
bet10/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Qadim zamonlarda oshiq yigit sevgisini rad etgan ayolga “Sening rad etishlaring tufayli menga o‘limdan boshqa chora yo‘q” deb habar yubordi. Ayol esa;

She’riy qism;



Shabnam tomchilari,

yo‘qolishni istasalar mayli...

Agar ular yo‘qolmaganda ham,

ularni durdek terguvchi

biror kimsa yo‘q79

Juda uzun parchalarda dastlabki nasriy iboralardan so‘ng, nasr bilan almashinuvchi she’r keladi; ular bir nechta bo‘lishi mumkin, bunda nasriy qismi xar bir she’rdan avval keladi va uni yakunlaydi. Uch turdagi parchalar ana shunday. Ularning kompozision ma’nodagi mustaqilligiga turli usullar bilan erishilib, ulardan eng muximlari ikkita: xar bir parchaning boshida “昔”“mukashi” –o‘zbek tilida “qadim zamonlarda” degan so‘z turib, uning ketidan odatda “男” “otoko” – “oshiq yigit” so‘zi keladi.

Yaponiyalik “Ise monogatari” ning tadqiqotchi olimlarning ko‘pchiligi xar bir aloxida parchaning og‘rilik markazi uning she’riy qismida, deb hisoblashgan va hisoblaydilar80. Chunki she’rlar xar bir parchaning takibiga kiradi va go‘yo bir butunnning eng muxim unsuri bo‘lib hisoblanadi. Agar bu shunday bo‘lsa, deb davom ettiradi bu nazariya, u xolda “Ise monogatari”ni “qissa” deb emas, balki, she’rlar kitobi, o‘quvchiga u qanday vaziyatda, nima sababdan, qanday xolatda yaratilganligini tushuntirgan xolda, xar bir she’rning asl ma’nosiga kirib borishni osonlashtirishi lozim bo‘lgan, kirish eslatmalari, yo‘ldosh izohlari va tushuntirishlari bilan ta’minlangan, qator she’rlar to‘plami deb hisoblash kerak81. “Ise monogatari”ning bu ko‘rinishdagi butun nasriy qismi tushuntirish izoxlaridan o‘zga narsa emas. Bunday qarashda albatta asarning butun qimmatliligi pasayib ketadi, chunki she’rlarining ko‘pchiligi o‘sha asrning turli antologiyalarida joylashtirilgan bo‘lib, bunda ularning ko‘pchiligi tushuntiruvchi izohlariga ega emas. “Ise monogatari”ning shu joylardan bo‘lgan farqi shundaki, bu tushuntiruvchi izohlarning juda rivojlanganligi va nasriy yo‘nalishdagi ijodning ilk sodda ko‘rinishidan iborat.

«Ise monogatari» asari Xeyan davrini uning asl moxiyatini aks ettiradi: u bizga turmush, falsafa chizgilarini bermaydi, biroq o‘z davrining dunyoqarashi va qalbining ko‘zgusi hisoblanadi. Bizning fikrimizcha uning bebaxo qimmati va shubxasiz axamiyati mana shunda.

Bir yuz yigirma beshta parchaning xammasi, ikkita asosiy turga bo‘linadi; Birinchi tur faqat emotsional vazifalarga ega: uning kompozisiyasi negizida bitta muayyan xissiyot yotadi, u – yaxlitlikning manbai va uni quvvatlantiruvchi qatlami. Bu xissiyot oz-ozdan tashqariga sizib chiqib, avval uning asta-sekin kechishi, sekin ortishini belgilovchi, nasriy iboralar jaranglaydi. Parchaning nasriy qismi, bu “kirish”, “izoxlar” va x.k.lar rolini ijro yetadi: bu – xissiyotlarning boshlanishi va uning kengayish doirasi . Bu xissiyotlar tobora kuchaygani sari o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetganida nasriy iboralar g‘oyib bo‘ladi: ular qofiyali nutqqa aylanadi va so‘zlar va she’r o‘lchamlarida jaranglay boshlaydi.

She’r xar doim tanka shaklida, xissiyotlar kuchayganining tabiiy natijasidir. Buning ketidan ikkita natija bo‘lishi mumkin: yoki muallif o‘z xissiyotini yuqori darajaga keltirilgan xolda qoldiradi, ya’ni o‘quvchi uchun uning axamiyatini orttirish uchun uni uzib qo‘yadi, yoki o‘z usulini endi teskari tartibda olib boradi. She’rlarning o‘rnini nasr egallaydi, bir maromdagi nutq oddiyga aylanadi, xissiyotlar yana nasrda o‘z ifodasini topadi. Butun yaxlit parcha, bunda ikkita qism bo‘ladimi yoki undan ortiqmi, bu ma’noda xaqiqiy uzviy yaxlitlikni aks ettiradi.82

Parchalarning ikkinchi turi o‘zgacha xarakterda bo‘ladi. Xissiyotlilik unda xam butun tuzilmaning asosiy unsuri, biroq u o‘zgacha ta’sir qiladi. Bu yerda xam she’r ko‘proq xissiyot tashuvchisi bo‘ladi, nasr shu yerda xam she’rni tayorlaydi, unga olib keladi, ammo baribir kompozision birlik bu yerda o‘zgacha. Ammo bu bilan xam xar bir parchaning tarkibi cheklanmaydi. Parchaning ikkala qismining uzviy birligi va tugal yaxlitligiga oshkor yoki yashirin, barchani narsani o‘ziga jalb qiladigan xissiyotlilik orqali erishiladi. Agar «Ise monogatari» ning muallifi asarning o‘zida bo‘lmagan, lekin uning uchun mutlaqo zarur bo‘lgan yana bir narsaga tayanmaganida edi, «Ise monogatari» Xeyan davri asari bo‘lmagan va uning muallifini xech bo‘lmaganda keyingi davrlarga quvg‘in qilish kerak bo‘lardi. Bu narsa– o‘quvchining xissiyoti, uning o‘qigan narsasidan olgan ta’siridir.83

Xeyan davrining oshiq yigiti saroyda xonim bilan bir zumlik uchrashgan vaqtda qisqagina she’r tankani bahshida qilganidan so‘ng, agar xonimning javob she’rida, uning yigitga nisbatan xissiyotlari nazarda tutilmagan bo‘lsa asar umuman to‘liq bo‘lmagan, uning mazmuni umuman yetarlicha bo‘lmagan bo‘lar edi. Shu bois ko‘pgina Xeyan she’rlari va asosan xissiyotlar asosida tuzilgan, sevgi xaqidagi she’rlar, albatta “javoblarni”, ya’ni suxbatdoshning qo‘shimcha she’rlari bo‘lishini talab etgan84.

Bu qonuniyatni bizning tadqiqot qilayotgan asarimizda ham ham kuzatishimiz mumkin. Bunda oshiq yigitning she’ri deyarli xar doim xonimning “javobini” keltirib chiqarib, yigit bunga so‘zsiz umid qiladi.

Bu shunchaki “javob” emas, bu yagona she’riy organizmning teng xuquqli ikkinchi unsuri. Shuning uchun, «Ise monogatari»ning xar qanday she’ri kompozision ma’noda o‘zining “javobi” bilan chambarchas bog‘liq, deb ta’kidlash kerak. Parchaning butun kompozision yaxlitligi xam o‘zining “javobiga” ega, ammo izlanayotgan javob asar ichida emas, balki tashqarisida: oshiq yigitga javobni xonim beradi, oshiq yigit o‘z tankasini bahshida yetib aynan shunga umid qiladi. Muallifga javobni o‘quvchi berishi kerak, muallif xam shunga umid qiladi. Oshiq yigit o‘z tankasini uni to‘ldirish uchun joy qoldirmaydigan qilib tugatadi; uning xissiyotlari ichida qolib ketmay, kutib turuvchi xolatga o‘tadi; muallif xam ana shunday: u o‘z fikrini ifoda etib, o‘z ijodining yashirin tuynuklarini berkitmaydi, u o‘quvchining bu yerga kirishini intizorlik bilan kutadi. O‘quvchi buni qilolmagan xolda - «Ise monogatari» yakunlanmagan, uning parchalari tushunib bo‘lmas ma’nosizdek

Birinchi parcha kirish qismi hisoblanib qahramon endigina yetuklikka erishganib mustaqil xayot bo‘sag‘asida ekanligini ifodalaydigan nasr, so‘ngra qator voqealar ketma-ketligi kelib, ular orasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlik ko‘rinadi.

むかし、おとこ、うゐかうぶりして、ならの京、かすがのさとに、しるよしゝて、かりにいにけり。そのさとに、いとなまめいたるをむなはらからすみけり。このおとこかいまみてけり。おもほえずふるさとにいとはしたなくてありければ、心地まどひにけり。おとこのきたりけるかりぎぬのすそをきりて、うたをかきてやる。そのおとこ、しのぶずりのかりぎぬをなむきたりける。

かすがのゝ

わかむらさきの

すり衣

しのぶのみだれ

かぎりしられず

となむをいづきていひやりける。ついでおもしろきことゝもやおもひけむ。

Qadim zamonlarda bir yigit bor edi. Unga balog‘atga yetganlikni bildiruvchi bosh kiyimi kiydirilgandan so‘ng, Nara shahri yaqinidagi yer-mulkini tekshirish uchun Kasuga qishlog‘iga yo‘l oldi . U qishloqda juda guzal opa-singil yashar edi. Yigit qizlarni devor teshigidan ko‘rib hayron buldi. U harob qishloqda bunday guzallikni kurib hayratlanganidan, ustidagi libosidan bir parcha yirtib olib qizlarga she’r yo‘lladi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish