411-guruh talabasi Ubaydullayeva Sevara Xolid Husayniy. - Xolid Husayniy 1965-yil 4-martda Afg`onistonning Kobul shahrida tug`ilgan. Uning otasi elchi bo`lib ishlagan. U 11 yoshga to`lganda ular Fransiyaga ko`chib ketishadi. 4 yildan so`ng esa AQSHga borib joylashishadi. U yerda kollejni tamomlagandan so`ng Kaliforniyada doctor sifatida ish olib boradi. So`ng uning yozgan birinchi romani unga misli ko`rilmagan shuhrat olib keladi bu “Kite Runner” Varrak uchiruvchi edi. So`ng u doktorlikdan yozuvchilikka o`tadi. Ikkinchi “Ming quyosh shu`lasi” romani ham unga shuhrat keltiradi. U jami 3 ta roman yozgan.
- Quyida “Ming quyosh shu`lasi” haqida hikoya qilinadi.
- Asar nomi: Ming quyosh shu`lasi
- Asar janri: Roman
- Asarning tematik tasnifi: Biografik
- Asar mavzusi: Nikohsiz tug`ilgan Mariyamning achinarli hayoti.
- Asarning asosiy g‘oyasi: Asarda otaning qiziga va qizning otaga bo`lgan muhabbati, bir insonga sadoqat, insonni inson sifatida rivojlanishi, yaxshilik va yomonlik, insoniylik, jamiyatdagi urushlarning insonlar taqdiriga ta`siri kabi g`oyalar aks etadi.
Asarning nomi haqida: - O`ylashimcha asarning nega aynan “Ming quyosh shu`lasi” deya nomlanganiga sabab bu majoziy ma`noda Mariyamdek mehridaryo insonning mehriga qiyoslanadi. Hayotida juda ko`p qiyinchiliklarga qaramay, yashashda davom etaveradi, har qanday yomon hsaroitga ko`nika oladi va atrofdagi insonlarga mehr ulashishdan charchamaydi. Asar davomida Leylaning orzusi
Asarning lingvistik tarixi. - Asarda bir qancha frazeologik iboralar ham qo`llaniladi.
- - og`zi qulog`ida edi,
- - qo`l ko`tarardi,
- - albatta yeng ichida qilardi bu ishlarni,
- - hech qachon og`ziga olmas edi,
- - o`ziga kelgandan so`ng, so`radi,
- - fe`li aynidi.
Shu jumladan asarda bir qancha kasb-hunarga oid so`zlardan ham foydalanilgan. - - tarix,
- - doya
- - musavvir
- - tadbirkor
- - uy xizmatchisi
- - xaydovchi
- - kosib
Asarda ishlatilgan toponimlar. - - Afg`oniston
- - Pokiston
- - AQSH
- - Kobul
- - Hirot
Asardagi milliy kalorit - Asarda ko`pgina milliy urf odatlar aks etgan.
- Qizlarni turmushga chiqishidan oldin sep yig`ilishi.
- Qo`ni-qo`shnilar bir-brining holidan xabar olishi.
- Ayollar erlarining ko`zlariga tik qaramasliklar.
- Ayollarning doimo hijobda yurishlari.
Asardagi tugun. - Asardagi asosiy tugun Leylaning Rashidga turmushga chiqishi va Mariyamning juda qiyin ahvolda qolishidir.
- Asar davomida bu tugun o`z yechimini topadi. Leyla farzandini dunyoga keltirgandan so`ng Azizaga Mariyamning ham mehri tushib qoladi.
- Asarda asosan insonning insonga va insonning jamiyatga bo`lgan konflikti tasvirlanadi.
- Nana homilador bo`lib qolgandan so`ng jamiyatdagi insonlarning unga muomalasi,
- Mariyamning nikohsiz tug`ilgan den taxqirlanishi insonning jamiyatga bo`lgan konfliktidir.
- Rasheedga nisbatan Mariyam Tariq va Leylalarning konflikti esa insonning insonga konfliktini ifodalaydi.
Asar kulminatsiyasi. - Mening fikrimcha asarning kulminatsion nuqtasi bu Mariyam eri Rashidni o`ldirib qo`ygan payti. So`ngra u hamma ma`sulyatni o`z zimmasiga olgan holda Leyla Tariq va bolalarning qochishiga imkon beradi. Bir tarafdan u Zalmayning otasining qotili sifatida uning ko`ziga boshqa qaray olmaslikdan ham qo`rqadi.
Asardagi yechim: - Asarda yechim sifatida Mariyamning Rashidni o`ldirishi va Leyla hamda Tariqlarning xotrjam yashashiga imkon yaratib bergani bo`lsa, mening fikrimcha bu Mariyamga va Zalmayga nisbatan xaqqoniylik bo`lmagandek tuyildi. Chunki, Zalmayning otasi Rashid favot etadi ammo bu to`g`ri yechim bo`lmasdi. To`g`ri u qilgan yomonliklari uchun javob berishi kerak edi ammo bandasining jonini olish faqatgina Allohning ishidir.
Asarda mavjud folklor namunalari: - Asar davomida Nana doim Mariyamga nisbatan yomon muomalada bo`lsa ham unga ba`zan ertaklar aytib berar edi. Mariyamning eng sevimli ertagi unga Nana o`qib bergan Pinokio edi. Keyinchalik Mariyam Azizaga ham o`z farzandiday ko`rib ertaklar o`qib bera boshlaydi.
- “Turmushga chiqish kutib turadi, ta`lim olish esa yo`q”
- “Inson hech qachon shiftidan mo`ralab turgan oy nurlarini va devorlari ortiga yashiringan ming quyosh shu`lasini sanay olmaydi”
- “Inson yengib o`tishiga to`g`ri keladigan qiyinchilikarning hech qaysisi jimgina kutishdan azobliroq emas”
- “Agar ayollari ta`lim olmasa, hech qaysi jamiyat muvafaqqiyatga eriosha olmaydi”
- “Alloh bizga yuboradigan har qanday g`am qayg`u va hatto kichkina hasrat ortida bir sabab bo`ladi”
- “Dunyoning so`ngigacha senga ergashaman”
- “u mening ko`zlarimning gavhari va qalbimning sultoni”
- “Ko`p narsalarni senga o`rgatishim mumkin, ko`p narsalarni kitobdan o`qib o`rgansang ham bo`ladi. Ammo shunday narsalar borki, ularni faqat ko`rib va his qilib o`rganishing mumkin”
- “Balki, endi qo`lidan hech narsa kelmasligini tushunish, qalbsizlarga berilgan jazodir.”
- “…Va o`tmishdan olgan birgina sabog`i: muhabbat - azobli xato, uning sherigi umid esa bema`ni xomhayol edi. Va qachonki manashu zaxarli gullar uning qurshagan qalbida barq ursa Mariyam ularni tomiri bilan qo`porib tashlar edi.”
Asardan olgan taassurotim. - Asar juda ajoyib yozilgan. Turli voqealar asarni juda mazmundor qilgan. Asar tili ham juda oddiy. O`quvchiga tushunarli yozilgan.
- Yoqmagan tarafi Mariyamning taqdiri juda achinarli tasvirlangan. Asarning so`ngida u ham qutulib qolib baxtli hayot kechirishga haqli edi nazarimda.
Umumiy jihatlar
Xarakterdagi farqlarga qaramasda ikkala qaxramon ham adolat va yaxshilik uchun kurash olib borishadi.
Leyla
Tabiatan shaddot, juda ziyrak va zakovatli, serg`ayrat, aytganidan qaytmaydigan kuchli qiz.
Mariyam
Mariyam tabiatan og`ir bosiq, soddadil, mehribon har qanday holatga sharoitga moslashuvchan qiz. U doim taqdir izmiga bo`ysunadi va o`z boshiga kelgan qiyinchiliklarni o`zining nikohsiz tug`ilganligi tufayli shunday bo`lishi kerak deb hisoblaydi.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |