Yevfopad* oc*' Ло™-} va yangi



Download 32,53 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi32,53 Kb.
#677699
Bog'liq
6-mavzu (1)


Yevfopad* oc*' Ло™-} va yangi
0 ‘rta asming asosiy xususiyati shundan iborat ediki, bu davrda
G‘arbiy Yevropada xristian dini asta-sekin hukmron mafkuraga,
dunyoqarashga aylanib bordi, Din bilimning barcha sohalarini, shu
jumladan, falsafani ham o‘ziga bo‘ysundiradi. Pyotr Domiani
iborasi bilan aytganda, falsafa „ilohiyat xizmatchisi“ga aylanib qoldi.
Bu falsafa — „sxolastik (sxolastika — lqtincha so‘z bo‘lib, ,,maktab“
degan ma’noni anglatadi) falsafa“, degan nomni oldi. -
XIV va XVI asrlar G‘arbiy Yevropa tarixida Uyg^onish davri
hisoblanadi. Bu davrda, dastlab Italiyada, so‘ngra Yevropadagi
boshqa mamlakatlarda feodalizm bag‘rida kapitalistik ishlab
ehiqaravchi kuchlar rivoji tabiatshunoslik ilmi va falsafaning
taraqqiyotiga olib keldi. Bu davrda astronomiya, matematika,
mexanika, fizika, jug‘rofiya, fiziologiya sohasida olib borilgan ilmiy
izlanishlar yanada kuchaydi. Tabiat bilimlaming yagona manbayi
va taraqqiyotining asosi bo‘lib qoldi. Bulaming hammasi inson
aqlini o‘rta asr sxolastikasidan ozod qihshni, uning e’tiborini tabiiy-
ilmiy bilishning muammolariga qaratishrii talab qilardi. Ana shunday
sharoitda o‘rta asr sxolastikasini inkor etuvchi^ insonning aql-
zakovatini ulug-loychi falsafiy qarashlar vujudga kela boshladi.
Bunday qarashlaming dastlabki ifpdachisi sifatida Nikolay
Kuzanskiyning (1401—1461 -yillar) ta’limotini ko'rsatish o'rinlidir.
U bir qator ilg'or falsafiy g'oyalari bilan ko'zga ko'rindi.
Awalambor, uning borliq “haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir.
Sxolastik falsafa namoyandalari„borliq“ deganda Xudoni
tushungan bo'lsa, N.Kuzanskiy borliqdagi barcha narsani
tushunadi. ,$orliq — hamma narsadir“, deydi u. N. Kuzanskiyning
bu fikri o'z mohiyati bilan panteistik tabiatga ega bo'lib, diniy-
sxolastik ta’limotga zid edi.
N.Kuzinskiy ilgari surgan g'oyalar Nikolay Kopernik va
Galileo Galileyning qarashlariga ta’sir ko'rsatdi. Xususan,
N. Kuzanskiyning ,})epoyonlik ,/oheksizlik “ haqidagi g'oyalari
Kopernik tomonidan geliotsentrik g'oyani asoslashda katta ahamiyatga
ega bo'ldi. Uning hamma narsaning birligi haqidagi panteistik g'oyasi
Jordano Brunoning panteistik falsafasini keltirib chiqardi.
Shunday qilib, Uyg'onish davrining asosiy xususiyatlari:
tabiiyot fanlarining yanada rivojlanishi, falsafaning sxolastikadan
voz kechib, tabiatga yaqinlashishi, adabiyot va san’atda inson-
parvarlik g'oyalarining kuchayishi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, XVII asr oxiri va XVIII asrda bir talay G'arbiy
Yevropa mamlakatlari, xususan, Gollandiya, Angliya, Fransiya
kapitalistik taraqqiyot yo'liga o'tdi. Kapitalistik taraqqiyot tajribaviy
bilimlaiga ehtiyojni yanada oshirib yubordi. Bu esa, moddiy olamdagi
narsa va hodisalarni chuqur o'rganish, tabiat qonunlarini bilish
zaruriyatini tug'dirdi. Shunday sharoitda falsafa insonning amaliy
hayoti va faoliyati uchun zarur bo'lgan obyektiv haqiqatni ochib
beruvchi fan deb qarala boshlandi.
Ana shu olijanob ishga bel bog'lagan faylasuflardan biri Frensis
Bekon (1561 —1626-yillar) bo'ldi. U falsafaning asosiy masalasi
bilishning yangi ilmiy uslubini yajatishdir, deb chiqdi.
Shu munosabat bilan Bekon fanning predmeti va vazifasini qayta
ко'rib chiqib, ilmiy bilishning maqsadi — insoniyatga foyda
keltirishdir. Shundagina, u o'z vazifasini oqlaydi. Barcha fanlaming
vazifasi — insonning tabiat ustidan hukmronligini mumkin qadar
ko'proq ta’minlashdir, deydi mutafakkir. „Bilim — bu kuchdir“,
shiori ham F.Bekonga mansubdir.
Agar Bekon ilmiy bilishning tajribaga asoslangan induktiv
uslubini ishlab chiqib, fanga katta hissa qo'shgan bo'lsa, uning
zamondoshi fransuz mutafakkiri Rene Dekart (1596—1650-yillar)
esa, aksincha, ilmiy bilishning deduktiv uslubiga o'z e’tiborini
qaratdi. Dekart dunyoni bilishda birinchi o'ringa aqlni qo'yadi. Buni
uning, ,/nen fikrlar ekanman, men mavjudman ", degan mashhur
so‘zlari tasdiqlaydi. Dekart fikrieha, falsafaning birinchi masalasi
— ishonchli bilimga olib boradigan uslub masalasidir. Uni ishlab
chiqishni Dekart o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Dekart ishlab chiqqan
ilmiy bilishning deduktiv uslubi analitik yoki ratsionalistik deb
ham ataladi.
Dekartning deduktiv uslubi quyidagilarni talab etadi: 1) haqi­
qat deb faqat aql nuqtayi nazaridan aniq-ravshan va shubhasiz
bo'lgan xulosalarni qabul qilish; 2) har bir murakkab muammo­
larni tarkibiy qismlarga bo'lib o'rganish; 3) bilish jarayonida ma’lum
va isbot qilingan bilimdan noma’lum va isbot qilinmaganiga borish;
4) tadqiqotda mantiqiy halqalaridan birortasini ham tushirib
qoldirmaslikdir.
Dekart bilishning bu uslubini qo'llash kishilarga katta imko-
niyatlar yaratib berishiga hech shubha qilmadi. Biroq, Dekartning
aql kuchiga tayangan deduktiv bilish uslubi, uning Jug‘та
g ‘oyalar“m tan olishga olib keldi. Bu tajriba orqali olingan g'oyalar
emas, balki odam tug'ilishi bilan uning miyasida oldindan bo'lgan
g'oyalardir. Unga Xudo g'oyasi, sonlar va shakllar g'oyasi, shu-
ningdek, ayrim umumiy tushunchalar kiradi. Dekart ularni
umumiy va zaruriy bilimning sharti sifatida qaragan. Bu esa, uning
ilmiy-deduktiv bilish uslubiga raxna solib turgan.
Gollandiyalik faylasuf Barrux Spinoza (1632—1977-yillar)
Dekart dualizmiga materialistik monizmni qarshi qo'yadi, ya’ni
ruhiylik va moddiylikni yagona bir substansiya sifatida talqin etadi.
U, ongimizdan tashqarida, obyektiv ravishda mavjud bo'lgan,
sababi — o'ziga o'zi sababchi bo'lgan yagona moddiy substansiyani
e’tirof etadi. Biroq, Spinozaning substansiya haqidagi bu fikri
panteistik tabiatga ega. Chunki, u Xudoni moddiy dunyoga qorishtirib
yuboradi va tabiatni ,p ‘zini o ‘zi yaratuvchi “ Xudo, deb ataydi.
Shu davrning yirik mutafakkirlaridan biri Gotfrid Vilgelm
Leybnis (1646—1716-yillar)dir. U substansiyalaming ko'p xilligi
haqidagi ta’limotini o'rtaga qo'yadi. Leybnisning fikrieha, substan-
siyalar juda xilma-xildir. Ularni Leybnis monadalar, deb ataydi.
Leybnis ta’limoticha, monadalar oddiy bo'lib, ular qismlarga
bo'linmaydi. Bu bilan Leybnis monadalar moddiylik xususiyatiga
ega emasligini, shuning uchun unga ko'lamlik yot ekanligini
ta’kidlaydi. Faqat moddiy narsalargina ko'lamlikka ega bo'lib,
bo'laklarga bo'linadi. Shuning uchun ko'lamlik emas, balki faoliyat
monadalarning xususiyatidir. Faoliyat nima, degan savolga
Leybnis, ko'lamlik bilan izohlab bo‘lmaydigan tasawur, idrok,
intilishga o'xshash ruhiy narsadir, deydi. Uni Leybnis substansiya-
larning asosiy xususiyati deb ataydi.
Yangi davr falsafasida XVHI asr fransuz mutafakkirlarining
qarashlari alohida diqqatga sazovordir. XVIII asr fransuz falsafa­
sining asosiy vakillari P.Golbax (1723—1789-yillar), D.Didro
(1713—1784-yillar), K.Gelvetsiy (1715—1771-yillar), J.Lametri
(1709—1751-yillar) hisoblanadi. Ularning ta’limoticha, hamma
narsalar — materiyadir. Materiya mayda molekula va atom zar-
rachalaridan tashkil topgan. Atomlar esa, materiyaning bir xildagi
bo'linmas, mayda zarrachalaridan iboratdir.
XVHI asr fransuz faylasuflarining yutuqlaridan biri shuki,
ular harakatni materiyaning ajralmas xususiyati, deb ta’kidladilar.
Biroq, harakatni tushunishda mexanistik darajadan yuqori ko'ta-
rila olmadilar. Harakat, ularning fikricha, predmet yoki hodisalar­
ning fazoda oddiy o'rin almashuvidan iboratdir.
Fransuz faylasuflari dunyoni bilish mumkinmi, savoliga ham
ijobiy javob berdilar. Ular o'zlarining bilish nazariyalarida
J.Lokkning sensualistik1 g'oyalariga suyandilar. Ular bilish
sezishdan iboratdir, sezishning manbayi esa, obyektiv reallikdir,
deb uqtirdilar.
Fransuz faylasuflari ijtimoiy hodisalarni tushunishda ham bir
qator yangi g‘oyalarni yoqlab chiqdilar. Jumladan, ularning
fikricha, kishi ijtimoiy muhitning mahsuli, ijtimoiy muhit qanday
bo'lsa, kishi ham shunday bo‘ladi. Ular insonning manfaati, baxti,
erki masalalariga ham katta e’tibor qaratdilar. Fransuz faylasuf­
larining fikricha, baxtga intilish kishi xulq-atvorining tabiiy asosidir.
Bo‘lajak jamiyatning asosiy vazifasi — hamma kishilarni adolatli
ravishda baxt huquqi bilan ta’minlashdir.
Fransuz faylasuflari o‘z davrlari uchun ilg‘or bo'Igan ,ijtimoiy
shartnoma “ nazariyalarini ilgari surdilar. Bu nazariya davlat va
jamiyatning kelib chiqish sababini tabiiy zaruriyat asosida
tushuntiradi.
Falsafiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo ‘ shgan, turli oqimlarga
mansub bo'Igan nemis klassik falsafasining vakillari I.Kant, G.Hegel
va L.Feyyerbax hisoblanadi.
Download 32,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish