-cik qo‘shimchasi sifatlarga qo‘shilganda o‘ta kichraytirish ma’nosini ifodalaydi va urg‘usi tushadi: kısa-cık, ince-cik. Xuddi shu yo‘nalishda boshqa so‘zlarga ham qo‘shilib, kichraytiruv ma’nosida qo‘llanadi: ufa-cık, küçü-cük, dar-a-cık, az-a-cık, mini-cik kabi;
–msı (-msi, -msu, -msü).Bu qo‘shimcha ham o‘xshashlik, rang va mazani ifoda etib, ko‘p ishlatiladi: ağac-ı-msı, tatlı- msı, mor-u-msu, tepe- msi, acı- msı, kırmızı- msı, ekşi- msi, yeşil- i-msi, duvar- ı-msı kabi;
–mtırak. Bu qo‘shimcha ham o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydi, lekin uning qo‘llanish sohasi oldingisidan torroq. Undosh bilan tugagan o’zaklarga qo’shilgan ushbu qo’shimchadan oldin ayiruvchi i (ı,u,ü) unlisi orttiriladi. Ushbu qo’shimcha yordamida maza-ta’m va rangni ifodalovchi sifatlar yasaladi: acı- mtırak, beyaz- ı-mtırak, kırmızı –mtırak, ekşi- mtırak, sarı- mtırak, yeşil- i- mtırak kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |