Rang-tasvir Vikipediya, ochiq ensiklopediya Rang-tasvir



Download 176,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.12.2019
Hajmi176,41 Kb.
#28082
Bog'liq
Rang-tasvir


Rang-tasvir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Rang-tasvir — tasviriy san

ʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. R.

voqelikni  badiiy  tasvirlash  va  talqin  qilish;  tomoshabin  fikri  va  tuyg

ʻulariga  taʼsir  etishning  muhim  vositasi;  muhim  ijtimoiy

mazmun va rang-barang g

ʻoyaviy vazifalarga ega. R. asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi,

syujetni  rassom  R.ning  ifoda  vositalari  (kompozitsiya,  racm,  rang  ,  ritm  va  h.k.)  orqali  ro

ʻyobga  chiqaradi.  P.  acaplari  asos

(maxsus ishlov berilgan mato, yog

ʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel,

rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat bo

ʻladi. R.ning

muhim  tasviriy  va  ta

ʼsir  vositasi  —  rang  (kolorit).  Rang  orqali  rassom  borliq  yoki  xayoliy  dunyoni  koʻrinarli  shakllarda

tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini ko

ʻrsatishi, harakat,

inson ruhiyatidagi o

ʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin. R.ning tasviriy ifoda vositasi va

ishlash uslubi ishlatiladigan rang , qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bog

ʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir

berilishiga qarab asar ko

ʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya

qoralamasi tarzida kalam yoki ko

ʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos

tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga ko

ʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang

berishda  esa  asta  suyultirilgan  rang  bilan  boshlab  ko

ʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla

prima)  bajarish  mumkin.  R.  asarlari  ishlanishini  shartli  ikki  —  yassi  va  hajmli  —  fazoviy  uslubga  ajratish  mumkin:  birinchi

uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan

bog

ʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning



qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni ko

ʻrish mumkin. R. asarlarida bu

ikki  uslub  orasida  qatiy  chegara  yo

ʻq,  biri  ikkinchisini  toʻddiradi.  R.  asarlari  oʻzining  ishlanish  oʻrni,  mazmuni,  bajaradigan

vazifasi, ishlanish uslubi va ko

ʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati,

bezash san

ʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va boshqalarga boʻlinadi. Tasvir mavzui va

mazmun  yo

ʻnalishiga  qarab  bir  qator  janrlarga  ajraladi:  animalistika,  tarixiy  janr,  maishiy  janr,  batalʼ  janri,  portret,  manzara,

natyurmort va boshqa

R. qadimda so

ʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40— 8ming yilliklar)da paydo boʻlgan. Jan. Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shim.

Ispaniya (Altamira), O

ʻrta Osiyo va boshqalarda R. asarlari saqlanib qolgan; soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan

ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat (siluet), ba

ʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi seziladi, mezolit va neolit

davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt tushunchalar paydo bo

ʻla boshlagan. Quddorlik davrida

rivojlangan texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq mamlakatlari (Misr, Hindiston, O

ʻrta Osiyo), jan.sharqiy

Yevropa  (Yunoniston,  Italiya),  shuningdek,  Amerika  qit

ʼasi  (Markaziy  Amerika)da  monumental  R.  rivojlandi.  Maqbara

ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va yo

ʻnalishda asarlar ishlandi.

Antik  davrda  me

ʼmorlik  va  haykaltaroshlik  bilan  uygʻunlashgan  R.  diniy  mazmun  bilan  bir  qatorda  oliy  tavaqa  maqsadlarita

tavmat  qildi,  nursoya,  chiziq  va  havo  perspektivasi  yuzaga  keldi,  maishiy  va  tarixiy  lavhalar,  manzara,  portret,  natyurmortlar

yaratildi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mum rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari

tasavvur beradi. O

ʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental R. sanʼati oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi.

Hindiston  (Ajanta),  O

ʻrta  Osiyo  (Tuproqqalʼa,  Varaxsha,  Afrosiyob,  Bolaliktepa)  va  boshqalarda  nozik  boʻyoqlar,  nafis  bezak

ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos bo

ʻlgan miniatyura sanʼati rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga

tush, akvarel va guash bo

ʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga erishidsi. Uygʻonish davrida R.ning yangi qirralari

yuzaga keldi, ilmiy asosga tayangan realistik san

ʼat kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni egalladi: ifoda tizimi


hamda uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika, plastik anatomiya borasida yutuqlarga erishildi, monumental R. yuksak

cho


ʻqqisiga  koʻtarildi,  gʻoyaviy  boyidi,  dastgoh  R.  ijtimoiy  hayotga  keng  koʻlamda  kirib  bordi.  Texnikada  suv  boʻyoq  oʻrnini

moybo


ʻyoq egallay boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish ortdi, lok—moyboʻyoq texnikasi murakkablashdi, koʻp qatlamli

R. rivojlandi. Faktura masalalarida ham izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq rangli qoplama asosga quyuq

rang  surtmalari  (pastoz  uslubi)  bilan  ishlashga  e

ʼtibor  ortdi.  17—18-asrlarda  Yevropa  (Fransiya,  Italiya,  Ispaniya,  Flandriya,

Gollandiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar)da milliy R. maktablari shakllandi, hayotni haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda

aks  ettirish,  inson  ruhiy  olamidagi  nozik  o

ʻzgarishlarni,  inson  va  jamiyat  muammolarini  ishonarli  talqin  etish  muhim  oʻrinni

egalladi.  R.  janrlari  kengaydi,  monumental  R.  bilan  dastgoh  san

ʼati  keng  rivoj  topdi,  uslubiy  yoʻnalishlari  koʻpaydi,  tonal  R.

yanada  mukammallashdi.  Pastel,  akvarelga  qiziqish  ortdi.  Yevropa  san

ʼati  (ayniqsa,  dastgoh  R.)ning  jahon  xalqlari,  jumladan,

Sharq mamlakatlari san

ʼatiga taʼsiri sezilarli boʻldi. 19-asrda R. dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga harakat

qilib  ijtimoiy  hayotda  muhim  urinni  egalladi,  ijtimoiy  hayotdagi  mavjud  illatlar  o

ʻtkir  tanqid  ostiga  olindi,  19-asr  mobaynida

akademizmga asoslangan xayotdan uzok,, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targ

ʻib qiluvchi asarlar maqtaldi, naturalizm

an

ʼanalari  shakllandi.  Quruq,  hayotdan  uzoq  soʻnggi  klassitsizm  va  salon  akademizmiga  qarshi  kurashda  davrning  murakkab,



fojiali  voqealariga  bagishlangan  shijoatli,  ta

ʼsirchan,  nursoya  nisbatlari  keskin  olingan,  toʻyingan,  rangdor  koloritli  romantizm

uslubi  paydo  bo

ʻlib  rivojlandi  (Fransiyada  —  P.Jeriko,  E.Delakrua;  Germaniyada  —  F.O.Runge,  K.D.Fridrix,  Rossiyada

O.A.Kiprenskiy, K.P.Bryullov va boshqalar), hayotni o

ʻziga oʻxshatib ishlash uslubiga asoslangan realistik R. bu davrda yanada

chuqurlashdi.  Endilikda  tasvirni  na  faqat  haqqoniy  bo

ʻlishiga,  balki  hayotni  kuzatish  asosida  paydo  boʻlgan  kechinma  va

taassurotlarni, xayol va o

ʻylarni ham ifodalashga harakat kuchaydi. Borliqning oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar

tuslanishi  va  birbirining  rangiga  ta

ʼsir  etish  xususiyatlarini  ham  ishonarli  ranglarda  tasvirlashga  intilish  kengayib  bordi

(Angliyada — J.Konstebl, Fransiyada — K.Koro, O. Domye, Rossiyada — A.G.Venetsianov va boshqalar). Yevropada inqilob va

milliy ozodlik harakati kuchaygan davrda demokratik realizm rivojlandi, xalqhayoti, ularning kurashlari ko

ʻrsatildi, milliy tarix

va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar, jamiyatning jasur va ilg

ʻor kishilarining siymolari yaratildi.

Rus inqilobiy demokratik estetikasi bilan bog

ʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi. Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar

(V. Perov, I.Kramskoy, I. Repin, V.Surikov va boshqalar) shu jarayonda faol o

ʻrinni egalladilar. 19-asr 70-yillaridan rassomlar

palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi; rassomlar ochiq havoda racm ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist

rassomlar (K.Mone, K.Pissaro, A.Sisley va boshqalar) alohida o

ʻrinni egalladilar. Ular R. yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl

tutib  an

ʼanaviy  silliq  fakturadan  va  shakllarning  tugal  chizikli  yechimidan  voz  kechish,  ishlash  uslubini  yangilanishiga,  toza

spektr  ranglarning  erkin  surtmalaridan  foydalanib  asar  yaratishga  erishdilar.  Bu  harakat  keyinroq  haykaltaroshlik,  grafika,

me

ʼmorlik,  musiqa,  adabiyot  va  boshqa  sanʼat  turlariga  nisbatan  ham  qoʻllanila  boshlandi  (qarang  Impressionizm).  19-asrda



moybo

ʻyoq R.i yetakchi oʻrinni egalladi, bunga uning texnikasi, shu davrda sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi boʻyoqlarning

keng  ko

ʻlamda  hayotga  kirib  kelishibnbogʻliqedi.  19-asr  R.ningelim  va  moyboʻyoq  bilan  asar  yaratish  usuli  inqirozga  tusha

boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shu san

ʼatni qayta tiklash harakati boshlandi, uning yangi qirralari ochila boshlandi,

san

ʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi; meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish ishtiyoqi



shu davrda paydo bo

ʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda avangard yoʻnalishi realistik R.ga kuchli raqobatda boʻldi.

Sharq va G

ʻarb toʻqnashuvi natijasida 20-asr R.i shakllandi, realistik sanʼatga raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu

yo

ʻnalish tarafdorlari ijodkor subʼyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida tasvirlashdan koʻra oʻzlarining



xayollaridagi shakl va ko

ʻrinishlar, harakatlari natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.

Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman voz kechilib tasvir vositalari ham o

ʻzgara boshladi

(abstrakt  san

ʼat).  20-asr  60-yillar  oʻrtalaridan  esa  ayrim  Yevropa  va  Amerika  R.ida  avangard  sanʼati  —  popartnpng  unsuriga

aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib avangard tarafdorlari ortib bormokda.

O

ʻzbekistonda R. sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang Ibtidoiy



san

ʼat, Zarautsoy rasmlari).  Miloddan  avvalgi  1ming  yillikning  oxiri  va  milodiy  1ming  yillik  boshlarida  R.  oʻzining  gullagan

davrini  boshidan  kechirgan  (Afrosiyob,  Varaxsha,  Bolaliktepa,  Tuproqqal

ʼa  va  boshqalardagi  devoriy  rasmlar).  Bu  davrlar  R.i

yassi  bezak  yo

ʻnalishida  mahalliy  (lokal)  ranglarda  bajarilgan.  Amir  Temur  va  Temuriylar  davrida  monumental  R.  (devoriy

rassomlik,  mozaika)  bilan  birga  miniatyura  san

ʼati  rivojlangan.  Kamoliddin  Behzod,  Mahmud  Muzahqib,  Muhammad  Murod



Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga keldi. 19-asr o

ʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi

va 20-asrda o

ʻzbek milliy R. maktabi yaratildi. R.ning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta

tiklandi. Bugungi kunda o

ʻzbek R. sanʼati jahrn hamjamiyati bilan bir qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida

rassomlar izlanmoqda, mehnat qilmoqda.

Taktash R.X., Izobrazitelnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1972; Iskusstvo Sovetskogo Uzbekistana, M., 1976.

Nemat Abdullayev.

[1]


1. O

ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Bu maqolada boshqa til bo

ʻlimlariga ishorat yoʻq. 



Siz ularni topib va ushbu maqolaga qo

ʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

 

 

Ushbu maqolada O



ʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi (2000-2005) ma

ʼlumotlaridan



foydalanilgan.

 

 



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ran

g-tasvir&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani aniqrog

ʻiga almashtirish kerak.

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rang-tasvir&oldid=2001977" dan olindi 



Bu sahifa oxirgi marta 2-Avgust 2018, 17:33 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo

ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda

qo

ʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).



Adabiyot

Manbalar

Download 176,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish