güzel kız büyük insan mavi gezegen
yeşil yaprak iyi çocuk üçöğrenci
bir adam temiz kent küçük ev
Yasama sifatlar
Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qo‘shilishi yordamida hosil bo‘lgan so‘zlarga yasama sifatlar deyiladi:
akıllı çocuk
güçlü insan
uykucu Ayşe
yalancı tanık
fiziksel olaylar
yazlık elbise
çocuksu davranışlar
suçsuz adam
Turk tilida sifatlar quyidagi qo’shimchalar yordamida yasaladi:
–cıl (-cil, -cul, -cül, -çıl, -çil, -çul, -çül).Bu qo‘shimcha ham juda kam ishlatiladi va o‘xshatish, mubolag‘ani ifodalaydi: ev-cil, ben-cil, balık-çıl, tavşan-cıl, ölüm-cül, kır-çıl, ak-çıl, insan-cıl, av-cıl, adam-cıl kabi.
–k (ka), -k (ke). Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, harakatdan yuzaga kelgan yoki harakat belgisini ifodalovchi sifatlar yasaydi: aç-ı-k, yat-ı-k, saç-ı-k, yan-ı-k, buruş-u-k, düş-ü-k, sön-ü-k, yuvarla-k, çek-i-k, çürü-k, çök-ü-k, yürü-k, bükü-k, dönü-k kabi.
Shuningdek, turk tilida ushbu qo‘shimcha bilan yasalgan otlarni ham uchratish mumkin: del-i-k, tükür-ü-k, yan-ı-k, çatla-k, bulaş-ı-k, üfür-ü-k, ele-k, dile-k, döşe-k kabi.
–gın (-gin, -gun, -gün, -kın, - kin, -kun, -kün). Tilda faol qo‘llanilayotgan bu qo‘shimcha ham, asosan, bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shilib sifatlar yasaydi. Bunday sifatlar kuchaytirish, orttirish, mubolag‘a ma’nolarini ifodalaydi: dal-gın, sal-gın, ol-gun, düz-gün, az-gın, bay-gın, dur-gun, bas-kın, dar-gın, gir-gin, üz-gün, kır-gın, aş-kın, yetiş-kin, geç-kin, kes-kin, coş-kun, küs-kün, düş-kün, piş-kin, alış-kın, eriş-kinkabi. Shuningdek, turk tilida ushbu qo‘shimcha vositasida qator otlashgan sifatlar ham yasalgan: bas-kın, çap-kın, bil-gin, sür-gün, tut-kun kabi.
–gan (-gen, -kan, -ken).Bu qo‘shimcha bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shilmaydi: alın-gan, sokul-gan, yapış-kan, sıkıl-gan, çekin-gen, sırıt-kan, konuş-kan, giriş-ken, unut-kan, dövüş-ken, somurt-kan, doğur-gan kabi.
–li. Bu qo‘shimchaning samaradorlik darajasi shakl yasovchi qo‘shimchalarga yaqin bo‘lib, vokal qoidasiga ko‘ra 4 ko’rinishga ega: -li, –lı, -lu, -lü. Qo‘shimchaning vazifasi, asosan, sifat o’rnida keluvchi otlar yasashdir. Shuning uchun uni sifat qo‘shimchasi deb yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu yo‘l bilan yasalgan ba’zi so‘zlar ot xususiyatiga ega bo‘ladi va egalik yoki tegishlilik ma’nolarini ifodalaydi.
Egalikni ifodalaganda: baş-lı, kilit-li, toz-lu, kan-lı, düşünce-li, köpük-lü, boya-lı, su-lu, üzüntü-lü, güneş-li, korku-lu, ölüm-lü kabi.
Tegishlilik, qarashlilik (bog‘liqlik)ni ifodalaganda: ankara-lı, lise-li, köy-lü, amerika-lı, Karahan-lı, doğu-lu, Osman-lı, istanbul-lu, şehir-li, Selçuk-lu, yunan-lı kabi.
Ilgari bu qo‘shimchaning faqat yumaloq shakllari bo‘lgan. Shuning uchun ba’zi misollarda o‘sha davrning izlarini ko‘rish mumkin: devlet-lü, haşmet-lü, izzet-lü kabi.
–sı (-si, -su, -sü).Bu qo‘shimcha turk tilida faqat bir nechta so‘zgagina qo‘shilib, o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydi: kadın-sı,sıfat-sı,zamir-si, çocuk-su kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |