Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet101/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Hafta tushunchasi. Ko‘k turklarda hafta tushunchasi yo‘q. Bu xususda Mahmud Koshg‘ariy yozadi: “Turklarda haftadagi yetti kunning ismi yo‘q, chunki hafta islomdan so‘ng shuhratlandi” (MK.I.332).

Qadim tasavvurlarda kun (kecha-kunduz). Qadimgi turklarda kecha-kunduz quyoshning harakati, kun bilan tunning almashinuviga qarab o‘lchanadi. Kečä-kündüz deganimizning o‘zida bir kunning to‘liq yigirma to‘rt soati, Yerning o‘z o‘qi tevaragida to‘liq aylanib chiqish vaqti tushuniladi. Kecha-kunduz boshlab ikkiga bo‘linadi: kün – tün.

Kün ning ikki xil ma’nosi bor: “Kun, Quyosh” hamda “kecha-kunduzning kunduzgi bo‘lagi”. Uning ikkinchi ma’nosi asli “Quyosh” ma’nosidan urchigan. Kecha-kunduzning kunduzgi bo‘lagini kün deyishimizning boisi, Kunning yorug‘liq sochib turishi, kunning yorishishiga nisbatan olingan. Demak, qadimgi turk astronomik o‘lchoviga ko‘ra kun hozirgiday yarim tundan (soat 24 dan o‘tib) boshlanmaydi. Yangi kun quyoshning ko‘tarilishidan, kunning yorishishidan boshlanadi.

Kunni qadimgi turkiy tilda kündüz / küntüz ham deyiladi. Bu ham kün (kun, yorig‘liq) so‘zidan yasalgan. Solishtiring: yulduz – “yorig‘liq sochuvchi” degani. Tün so‘zining sinonimi kečä bo‘ladi.

Ma’lumki, kecha bilan kunduz bir-biriga teng kelavermaydi. Qishda tun uzun bo‘lsa, ko‘klamdan boshlab kunlar uzaya boradi. Shunga qarab vaqt ham surilib turadi. Masalan, yozda tong ertaroq otsa, kun kechroq qorayadi yo aksincha.

Kun bilan tun ko‘klamda, mart oyining 21 kuniga, navruzning birinchi kuni, kuzda esa sentyabr oyining 21 kuni tenglashadi. Kunning eng uzuni iyun oyining 21 kuni, tunning eng uzun vaqti dekabr oyining 21 kuniga to‘g‘ri keladi.

Kun kecha va kunduzning uzun yo qisqaligi bilan emas, Yerning o‘z o‘qi tevaragida to‘liq aylanib chiqishi bilan o‘lchanadi. Kecha-kunduz aylanasida, tik yo‘nalishda oladigan bo‘lsak, faqat tush bilan qoq tun o‘zaro qarama-qarshi nuqtada turadi, ular o‘zgarmas. Kecha-kunduzning qolgan bo‘laklari (kun va tun, tong va oqshom) bir-biriga qarama-qarshi vaqt nuqtasida turishi oz kutiladi. Chunki ular surilib turadi. Shu hodisa qadimgi turklarning ko‘zqarashida, falsafiy tushunchasida yaxshi aks etgan.

Kün / kündüz bilan tün / kečä ning ikkalasining ham teng yarmidan ikkiga ajratuvchi vaqt birliklari bor: tüš – kunning qoq o‘rtasi, choshgoh; qaq tün – tunning o‘rtasi. Qolgan vaqt birliklari ana shu aylanada harakat qiladi: taŋ – tunning oxiri, kunning boshlanishi, aqšam – kunning oxiri, tunning boshlanishi.

Kunning vaqt birligi sifatida ertä, keč so‘zlari ham qo‘llaniladi. Bular aslida, kunduzning vaqtini emas, zamonni bildirgan. Kunning vaqti sifatidagi ma’nosi ana shuning asosida yuzaga kelgan. Ertä so‘zining ilk lug‘aviy ma’nosi “bo‘lib o‘tgan, burungi” degani, ertäk so‘zi ham shundan. Yoki ertäki deydi, bu “o‘tgan zamonga oid, burungi, ilk” degani. Ertä so‘zi kunning vaqt birligi sifatida “tong”ni bildiradi. Muhimi shundaki, so‘zning har ikkala ma’nosi tilimizda yonma-yon qo‘llaniladi: ertä taŋ deganda “tongning boshlanishi” yoki ertä keldi deganda “vaqtning boshlanish paytida, hatto undan ham ilgariroq keldi” deb tushuniladi.

Hozirgi o‘zbek tilidagi ertäläb so‘zi ham shundan yasalgan (): “erta bilan” degan ma’noni bildiradi.

Keč so‘zining ham ilk ma’nosi “kechgan, bo‘lib o‘tgan” degani. Kečki söz deydi, bu “burungi so‘z, qadimgi masal, hikmat” degani. Bu so‘z kunning vaqt birligi sifatida “kechib o‘tilgan, tugagan” ma’nosini bildiradi. Hozirgi o‘zbek tilida u “kunning kechki pallasi”, “zamonning oxiri” ma’nosida ham yonma-yon qo‘llanilaveradi: keč keldi deganda “muddati tugash chog‘ida, hatto muddatidan keyin keldi” deb tushuniladi.

Kečqurun so‘zi ham shundan yasalgan: keč-qur-un. Qur so‘zida “qorong‘i” ma’nosi bor, -un – tarixan vosita kelishigi.

Hozirgi turk tilida kecha-kunduz bilan bog‘liq vaqtlar shunday ataladi: imsaq – sahar, bomdod vaqti, güneš – kun chiqishi, öğletush payti, ikindi – kunning ikkinchi yarmi, tush bilan kechki payt oralig‘idagi vaqt, nomozga nisbatan kunning ikkinchi yarmida o‘qiladigan asr nomozi vaqti, aqšam – oqshom, shom, yatsïyotar payt, gecä – kecha, gecä yarïsï – yarim tun.



Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish