Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


O‘ZBEK TILIDAGI QARINDOSH-URUG‘ OTLARI VA ULARNING ILDIZLARI



Download 3,07 Mb.
bet102/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

O‘ZBEK TILIDAGI QARINDOSH-URUG‘ OTLARI VA ULARNING ILDIZLARI
Hozirgi o‘zbek tilida tug‘ishganlar, bir uruqqa tegishli kishilar qarïndaš, uruğ deyiladi. Qarïndaš – “bir qorindan tug‘ilgan”, uruğ – “bir urug‘dan taragan, urug‘dosh” degani.

Qarindosh-urug‘chilik oila munosabatlarining, turmush qurish va er-xotinlikning yuzaga kelishi bilan boshlanadi.

Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida qarindosh-urug‘chilikka kiruvchi atamalar tizimi o‘ta takomillashganligi bilan ajralib turadi. E’tiborlisi shundaki, ushbu tizimni tashkil etuvchi atamalarning asosiy qismi sof turkcha.

Yangi tug‘ilgan bolani čaqalaq deyiladi. Čaqalaq so‘zidagi čaqa – “mayda, kichik” ma’nosini beradi, -laq – kichraytirish, erkalash qo‘shimchasi. Farzandni bala deyiladi: qïz bala – “qiz farzand”, oğïl ( – “o‘g‘il farzand”. Bala so‘zining “o‘g‘il” ma’nosi ham bor. Bola voyaga, balog‘at yoshiga yetib, o‘smirga aylanadi. Bu yoshdagi shaxsni ospïrïn ham deyiladi. Voyaga yetganlik belgisi – boy. Bu so‘z hali turmush qurmagan yigit yo qizni bildiradi. Qiz bolani boy qïz, yigitni esa boydaq deydi. Boyï yetkän qïzï bar deganda, “qizning voyaga yetganligi” tushuniladi. Yoki boyïda boldï, boyïda bar deymiz. Endi bu “ikki qat bo‘ldi; homilador” degan ma’noni anglatadi. “Boshi ochiq o‘smir”, “voyaga yetganlik” yoki “homiladorlik” anglamlaridagi boy so‘zining tubi “urug‘; erlik yo xotinlik suvi” ma’nosiga taqaladi. Masalan, boyï yetkän deganda “urug‘i yetilgan” ma’nosi bor. Chunki insonda voyaga yetish o‘shaning bilan o‘lchanadi. Keyingi so‘zlarning asl ma’nosi ham o‘shandan.

Eski o‘zbek tilida boy so‘zi “urug‘” ma’nosida qo‘llanilgan. Buni Zahiriddin Bobur ham ishlatgan (qadimgi turkiy tildagi ko‘rinishi – bod). Boy so‘zini hozirgi turklar ham “urug‘, kelib chiqishi bir bo‘lgan jamoa” ma’nosida qo‘llamoqda. Bu so‘z “kelib chiqishi bir; bir urug‘dan chiqqan jamoa” ma’nosini beradi. So‘zning ushbu ma’nosi ham yuqorida biz qayd etgan ma’nosidan urchigan. O‘zbek tilida burungi boy so‘zining o‘rnida uruğ so‘zini ishlatamiz. Uruğ so‘zining ham ma’no taraqqiyoti boy so‘zi singari kechgan: boshlab “erlik va xotinlik suvi” ni bildirgan, keyin “shundan tarqagan urug‘larni” (ya’ni tug‘ishgan, qarindoshlarni), oxirida “bir urug‘dan taragan jamoani” anglata boshlagan.

Endi yaqinlik, qarindosh-urug‘likning bosqichlarini ko‘rib chiqamiz.

Yaqinlikning bosh chizig‘ida ota-ona turadi. O‘zbekchada ada (yoki ata) va ana bo‘ladi. Onani ayï yoki ora-chora aya deyuvchilar ham bor. Keyingi shakllari ana so‘zidagi [n] tovushining [y] ga o‘zgarishidan kelib chiqqan.

Yaqinlik tug‘ishgandan boshlanadi. Tug‘ishgani uy ichidagilarni (oilani) qamraydi. Bular, o‘g‘illarga nisbatan: ulug‘i – ağa yoki äkä, kichigi – ini yoki ükä; qizlarga nisbatan: ulug‘i – egäči yoki apa, kichigi – siŋil.

O‘zbek tilida ushbu atamalarning ayrimlari juft holda qo‘llanilib, yangi ma’no bildirishga ham xizmat qiladi. Masalan, ata-ana birikmasi “родители”, oğïl-qïz birikmasi “farzand” ma’nosini anglatadi.

Ilk qarindoshlik ota yoki ona tomondan tarmoq otadi. Ota hamda onaning otasi – dada yoki buwa, onasi – buwï bo‘ladi. dada so‘zidagi da- komponentlari “katta” ma’nosini beradi: dada – “katta ada” degani. Buvini kättä ayï ham deydi.

Farzand uchun otaning tug‘ishganlari: akasi yoki ukasi – ämäki, egachi-singillari – amma; ona tomondan: onaning og‘a-inilari – tağa, egachi-singillari – xala bo‘ladi.

Yigit yo qiz turmush qurgach, qarindoshlikning ikkinchi tizimi, tutungan qarindoshlik shakllanadi. Buni qayïn uruğlar deydi. Qayïn so‘zi turmush qurgandan keyingi er yo xotin tomonidan yuzaga kelgan qarindoshlikni anglatadi. Bu so‘z burungi zamonda qadïn~qatïn shakllarida qo‘llanilgan bo‘lib, o‘zagi qat so‘ziga taqaladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida qat (qavat), ikki qat (homilador) deb ishlatamiz. -ïn – yasovchi qo‘shimcha, qatïn – “qatlangan” degan ma’noni beradi. Masalan, tolun (Oy) so‘zi ham shunday qolipda yasalgan.

Qayin urug‘larni atash tartibi bo‘y davridagi yaqin va tug‘ishganlikni bildiruvchi atamalarga qayïn so‘zini qo‘shish bilan yasaladi: qaynata ( – kelin uchun kuyovning, kuyov uchun esa kelinning otasi; qaynana ( – kelin uchun kuyovning, kuyov uchun esa kelinning onasi; qaynağa ( – kelin uchun erining, kuyov uchun esa xotinning og‘asi; qaynï ( – kelin uchun erining, kuyov uchun esa xotinining inisi; qaynägäči ( – kelin uchun erning, kuyov uchun xotinining egachisi, qaynï siŋil ( – kelin uchun erining, kuyov uchun xotinining singlisi.

O‘zbekchada qayïn boy degan so‘zimiz bor. Bu so‘zdagi boy – “urug‘”, qayïn boy – “qayin urug‘lar” degani, ya’ni kelin uchun erning urug‘lari, kuyov uchun esa kelinning urug‘lari.

Qadimgi turkiy tilda apa so‘zining “ona; opa, egachi” ma’nolari bilan bir qatorda “katta, ulug‘” ma’nosi ham bor. Masalan, ko‘k turk bitiglarida apa tarqan atamasi uchraydi. Bu so‘z tarkibidagi tarqan~tarxan unvondir. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, tarxan – bek. Islomiyatdan oldin qo‘llanilgan ism (arg‘ucha) (MK.I.409). Apa tarqan atamasi tarkibidagi apa – “katta, ulug‘, bosh” ma’nosida; apa tarqan – “katta tarxon, bosh tarxon, bosh qo‘mondon” degani.

Apa~aba “katta, ulug‘” ma’nosida aqrabolik (qarindosh-urug‘chilik) otlari tarkibida ham keladi. Masalan, eski o‘zbek tilida (“chig‘atoy turkchasi”da) abağa so‘zi qo‘llangan. Navoiy so‘zi bilan aytganda, turklar “atanïŋ ağa (vä) inisin abağa” deganlar (ML.176). Mazkur so‘z apa~aba+ağa – “katta og‘a” degan ma’noni anglatadi.

Hozirgi o‘zbek tilida ham apa ning “katta, ulug‘” ma’nosi qoldiq shaklida ayrim so‘zlar tarkibida saqlangan: apağayï ( – so‘zma-so‘z “ulug‘ ona, katta ona” degani, amakining xotini; apa(ğ)dada yoki apağada – birinchisi apa+dada (“katta dada”)dan, keyingisi apa+ada (“katta ota”)dan. Apağdada – aslida dadaning yoki onaning buvasi? Apağada esa otaning yoki onaning otasi; apağbuwï ( – ma’nosi “katta buvi” degani; apaqï (: - – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Apaqï – asl ma’nosi “apa, ya’ni katta tug‘ishgan (amaki yoki tog‘a)ga tegishli” degani, amakining yoki tog‘aning xotini.

Ba’zi aqrabolik otlaridagi da- uzvida ham “katta, ulug‘” ma’nosi mujassam. Masalan: dada, kelib chiqishi da-ada dan, ma’nosi – “katta ada”, ya’ni buva. Ushbu so‘zda da- uzvi bo‘lmasa, unda “katta, ulug‘” ma’nosi ham ifodalanmaydi. Demak, “kattalik” ma’nosi ayni uzv orqali anglashilayotgani tabiiy. Toshkentda “ota”ni dada deguchilar bor.

Yana bir misol: tağa ( “katta og‘a” degani, onaning akasi yoki ukasi. “Chig‘atoy turkchasi”da bu so‘z tağay~tağayï shaklida qo‘llangan. Navoiyning ta’kidicha, turklar “ananïŋ ağa (vä) inisin tağayï” deganlar (ML,176). Mahmud Koshg‘ariy devonida bu so‘z tağay shaklida berilgan. Lekin uning ma’nosini muallif “amaki” deb izohlagan (MK.III,256). Qadimgi turkiy til morfem tuzilishiga ko‘ra tağay~tağayï so‘zi tarkibidagi ta uzvida “katta, ulug‘” ma’nosi mujassamlashganligini kuzatish mumkin: tağay (.

Shuning singari, daya so‘zida “katta aya” ma’nosi bor.

Harqalay, dada, tağa, daya so‘zlari tarkibidagi ta~da ning anglami “katta, ulug‘” ekanligi chin. Mazkur ta~da uzvini ayrim olimlar xitoychadagi “katta, ulug‘, bosh, yirik” ma’nosini beruvchi da so‘ziga bog‘laydilar. Biroq, ayrim asl turkiy so‘zlar tarkibida uning mavjudligi bu qarashni butkul inkor etadi (masalan, tağ so‘zida). Shunga ko‘ra, uni boshqa tillar ta’sirida turkiyga o‘zlashgan deb qaramaslik kerak. U berisi bilan xun davri, ehtimol, oltoy davridan kelayotgan qoldiq bo‘lsa ajab emas.


S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:

Lutfan qadimgi turkiy tilda qo‘llanilgan diniy atamalar tizimi, ularning yuzaga kelish tarixiga qisqacha ta’rif bering.



Buddizm atamalari va ularning anglamlarini o‘rnaklar ko‘magida ochiqlab bering.

Lug‘atlardan qadimgi turkiy tilga xitoychadan o‘zlashgan so‘zlarni yig‘ing.

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish