Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

vapši 
so‘zi 
“ustoz, 
o‘qituvchi”ni  bildiradi  (xitoychasi  faši).  Yoki  ayni  ma’noda 
tayši (xitoycha daši) so‘zi  ham  qo‘llanilgan. Qizig‘i shundaki, 
bu so‘zlar moniy matnlarida yoki tohar tilidan o‘girilgan budda 
yodgorliklarida uchramaydi.   


 
216
Xitoychadan  tarjima  qilingan  asarlarda  titsï  so‘zi 
“o‘quvchi”ni bildiradi (xitoychasi ditszï).  
Qadimgi 
turkiy 
tilga 
xitoychadan 
kitobat 
ishi, 
matnshunoslikka oid atamalar ham o‘zlashgan. Masalan, budda 
asarlarining  muqaddimasi,  kirish  qismi  süü  deyilgan  (bu 
xitoycha syuy ning turkchalashgan ko‘rinishidir). 
Xat, farmon bitilgan o‘rama qog‘ozni kuin deganlar (uning 
xitoychasi tszan). 
Xitoychadan 
o‘girilgan 
asarlarda 
linxua 
so‘zini-da 
uchratamiz  (xitoychasi  lyanxua),  u  “nilufar”  degani.  Xitoycha 
xua  –  “gul”  degani,  tarjimonlar  uni  turkiy  čečäk  so‘ziga 
sinonim sifatida qo‘llaganlar. 
Yoki turkcha matnlarda luu so‘zi uchrab turadi (xitoychasi 
lun),  u  “ajdar”  degani,  bu  so‘z  ko‘pincha  yil  otida  keladi:  luu 
yïl – ajdar yili. 
Bitiglarda  uchraydigan  “dur,  marvarid”  anglamidagi 
yinčü~inčü  so‘zi  ham  xitoychadan  o‘zlashgan.  Sirdaryoni 
turklar  Yinčü  ögüz  deganlar.  Ögüz  –  qadimgi  turkiy  tilda 
“daryo” degani. 
Xitoycha  o‘zlashmalarning  muayyan  qismini  buddizmga 
tegishli  atamalar  tizimi  tashkil  qiladi.  Qadimgi  turkiy  tilda 
Burqan~Burxan 
so‘zi 
qo‘llanilgan. 

xitoycha 
bvyr 
(“Budda”)dan  yasalgan  bo‘lib,  turk-budda  muhitida  “budda 
ta’limotining  asoschisi,  Budda;  budda  dini;  but”  ma’nolarini 
anglatgan.  Bu  atama  O‘rta  va  Markaziy  Osiyodagi  buddizm 
davridan  qolgan  ayrim  joy  otlarida  hozir  ham  uchrab  turadi. 
Masalan, 
Qozog‘istonning 
Taldiqo‘rg‘on 
viloyatida 
Burxanbulaq  degan  joy  bor.  U  yerdagi  ulkan  sharsharaga 
shunday  ot  berilgan.  Bu  nom  tarkibidagi  Burxan  –  “Budda”ni 
bildiradi; Burxanbulaq – “Buddaning qutlug‘ suvi, sharsharasi” 
degani. Hozir ham o‘sha sharshara oqib turibdi. 
Buddizmning  xinayana  mazhabi  xitoychadan  tarjima 
qilingan  asarlarda  siušiŋ  deyilgan  (bu  xitoycha  syaošen 
so‘zining  turkcha  talaffuzga  moslashgan  shaklidir).  Bu 


 
217
atamaning  turkiy  varianti  ham  bor,  turklar  uni  kičig  kölüŋü 
deganlar.  Yoki  maxayana  mazhabi  tayšiŋ  atalgan  (xitoycha 
dayšen), uning qadimgi turkcha varianti – uluğ kölüŋü. Turkiy 
kölüŋü  so‘zi  budda  diniy  terminologiyasida  “yo‘l,  mazhab” 
ma’nosini bildiradi. 
Xitoychadan o‘zlashgan toyïn so‘zi “rohib” degan ma’noni 
anglatadi (uning xitoychasi daojen). 
Turklar  o‘z  xoqonlarining  xotinini,  malikani  qatun~xatun 
deganlar.  Lekin  xitoy  imperatorining  xotini,  malikasi 
to‘g‘risida  so‘z  ketganda  tay  qyu  atamasi  qo‘llaniladi  (uning 
xitoychasi tayxou). 
Shu  o‘rinda  muhim  bir  faktga  e’tibor  qaratsak.  Ma’lumki, 
qadimgi  xitoy  falsafasida  imperatorlar  “Osmon  o‘g‘li”  (thien-
tsi),  osmon  bilan  yer  o‘rtasida  yaralgan  zotlar  deya  qaralgan.  
Xitoycha  “Osmon  o‘g‘li”  ma’nosidagi  thien-tsi  so‘zini  ko‘k 
turklar tänsi~tinsi deb qo‘llagan. Ta’kidlash kerakki, turklar bu 
unvon  bilan  o‘z  xoqonlarini  emas,  xitoy  imperatorlarini 
ataganlar.  
To‘nyuquq  bitigida  tinsi  oğlï  degan  so‘z  birikmasi 
uchraydi.  Bitigda  uning  bilan  bog‘liq  qiziq  bir  misol  bor. 
Turixchi To‘nyuquq turk qo‘shinining zafarli yurishlari haqida 
hikoya  qilar  ekan,  “Tinsi  o‘g‘li  yotadigan  Bangligak  tog‘” 
(Tinsi  oğlï  yatïğma  Bäŋligäk  tağ  //  Tinsi  oğlï  yatïğma  tağ)  ni 
tilga oladi (bitigning 44- hamda 47- qatorlari). Bu o‘rinda tinsi 
–  “Osmon  o‘g‘li”  (ya’ni,  yurt  egasi,  imperator);  tinsi  oğlï  esa 
“yurt  egasining  o‘g‘li,  shahzoda”  dir  (Sertkaya  1995,212). 
Bizningcha, tarixchi To‘nyuquq tilga olgan tinsi oğlï ning kelib 
chiqishi  turklardan  emas.  Chunki  turklar  o‘z  shahzodalarini 
qağan oğlï yoki tigin deganlar.  
E’tiborlisi shundaki, tarixchi To‘nyuquq turk qo‘shinlari bu 
yerga  Sirdaryo(Yinčü  ögüz)ni  kechib  borganlarini  qayd  etadi. 
Basharti,  uning  ma’lumotlariga  tayanilsa,  bitigda  tilga  olingan 
“Tinsi  o‘g‘li  yotadigan  Bangligak  tog‘”  Sug‘d  o‘lkasida 
ekanligi  ayon  bo‘ladi.  Darvoqe,  bitigda  bayon  etilayotgan  bu 


 
218
voqea-hodisalar  Ikkinchi  ko‘k  turk  xoqonlig‘i  davrida  yuz 
bergan.  Aftidan,  bundan  burunroq,  xitoy  bosqini  chog‘ida 
tavg‘ach imperatorining o‘g‘li bu yerlarga kelgan va shu yerda 
halok  bo‘lgan.  Uning  jasadi  shu  toqqa  qo‘yilgan  bo‘lishi 
mumkin  yoki  yerli  xalq  orasida  uning  bilan  bog‘liq  biror 
rivoyat  tarqalgan  chiqar.  Shularga  asoslanib,  To‘nyuquq  ham 
joy nomini shunday atagan. Bunga o‘xshash hodisalar O‘rta va 
Markaziy  Osiyo  xalqlari  tarixida  uchrab  turadi.  Masalan,  arab 
istelosi  chog‘ida  islom  olamida  dong‘i  ketgan  ayrim 
kishilarning  jasadi  bizning  tuprog‘imizga  qo‘yilgan  yoki 
muqaddas  qadamjolar  avliyolar,  ayrim  sahobalarning  nomi 
bilan  bog‘lanadi.  Jumladan,  yurtimizda  hazrat  Ali  va  uning 
o‘g‘illarining  nomi  bilan  bog‘lanuvchi  qadamjolar  bor. 
Vaholanki, ular bu tuproqqa kelmagan ham. 
Shunday qilib,  ilk o‘rta asrlarda madaniy,  falsafiy va diniy 
qarashlar,  adabiy  aloqalar  etkisida  qadimgi  turkiy  tilga 
xitoycha  so‘zlarning  butun  bir  qatlami  o‘zlashgan  edi.  Xuddi 
shuning  singari,  o‘sha  kezlarda  xitoy  tiliga  ham  turkiy  tildan 
ko‘plab atamalar o‘tgani ma’lum. Ushbu qatlam leksikografiya 
tarixi,  turli oilalarga kiruvchi turkiy  va  xitoy tillarining o‘zaro 
munosabatlarini  o‘rganishda katta ahamiyatga ega. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish