tapuğ. – Kimning oti banda bo‘lsa, toat-ibodat qilishi kerak
(QB.3615). Xudoning bandalari bayat qullarï deyilgan.
Asarda musulman va kafir tushunchalari bir-biriga zid
qo‘yiladi. Musulman / mo'min atamalarida Ollohning sobit
e’tiqodli bandalari, kafir deyilganda esa buddistlar nazarda
tutiladi:
Ewin, barqïn örtä, sïğïl burxanïn,
Anïŋ ornï masjid, jama’at qïlïn. –
Uy-joyini yondir, butlarini sindir, uning o‘rniga masjid,
jamoatga yo‘l ber (QB.5372).
221
Ma’lumki, islom tushunchasida kafir so‘zi Ollohga shirk
keltiruvchilarni anglatadi. Qayd etilgan baytda bu so‘z bilan
buddistlarga ishora etilmoqda.
Musulmonlikda bo‘lish musulmanlïq, musulmon jamoasi
jama'at deyilgan. Islom yo‘sunlari šari’at atalgan.
Qur’on ilmi ’ilm-u Qur’an deb atalgan.
Yusuf Xos Hojib so‘zning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritar
ekan “So‘z bo‘z yerga moviy ko‘kdan indi” (Yašïl kökdin indi
yağïz yerkä söz) degan jumlani ishlatadi (QB.207). Buning
bilan u ko‘kdan ingan (nozil bo‘lgan) muqaddas kitoblarga
ishora qiladi.
Asarda “yorug‘ dunyo” dünya, “oxirat” esa ’uqba, bar
atalgan:
Bayat berdi qulqa iki köz qulaq,
Biri dünya baqsa, biri ’uqba baq.
Elig berdi eki sunup tutğuqa,
Biri dünyakä tut, biri ’uqbaqa.
Ayaq berdi eki yurïtğu üčün,
Biri baru maŋsa, biri bar üčün. –
Xudo bandasiga ikki ko‘z, quloq berdi: biri bilan dunyoga
boqsang, biri bilan oxiratga boq.
Uzatib ushlash uchun ikki qo‘l berdi: birini dunyoga tut,
birini oxiratga.
Yurish uchun ikki oyoq berdi: biri bunda odimlasa, biri bor
(u dunyo) uchun (QB.3598–3600).
Dunyo va oxirat tushunchasi törütmiš eki (yaratgan ikki
narsasi) birikmasida ham o‘z belgisi ega: Törütmiš eki bir
tanuqï anuq. – Yaratgan ikki narsasida (ya’ni dunyo va
oxiratda) vohidning belgisi aniqdir (QB.14).
“Qiyomat kuni” uluğ kün / köni kün / qiyamat atalgan.
Asarda “jannat” tushunchasi učmaq, “do‘zah” esa tamuğ
atalgan:
Eki ew yarattï bu halqqa qamuğ,
Biri atï učmaq, biriniŋ tamuğ. –
222
Bu jami xalqqa xudo ikki uy yaratdi: birining oti jannat,
biriniki do‘zah (QB.3597).
“Qutadg‘u bilig”da islom farzlariga bag‘ishlangan atamalar
ham mavjud.
Islomning besh farzi (farz-i ’ayn) “Qutadg‘u bilig”da
shunday atalgan: iyman / ïnanč, namaz, roza, haj.
“Ibodat” ma’nosini asarda ta’at hamda tapuğ so‘zlari ifoda
etadi [qiyoslang, Mahmud Koshg‘ariy devonida: tapuğ – toat-
ibodat qilish. Teŋri tapuğï – xudoga toat qilish (MK.I.354)].
“Qutadg‘u bilig”da ta’at va tapuğ so‘zlari ba’zan juft holda
kelib “toat-ibodat” ma’nosini anglatgan:
Nekü-teg qïlur-men bu ta’at tapuğ. –
Bu toat-ibodatni qanaqasiga qilaman (QB.4584);
Seniŋdä bar erkän yigitlik küči
Yawa qïlma, ta’at, tapuğ qïl tučï. –
Senda yigitlik kuchi bor ekan, uni behuda ketkazma, doim
toat-ibodat qil (QB.356).
“Ibodat qilmoq” ma’nosi ta’at qïl-, tapuğ qïl-, tapïn-, sïğïn-
fe’llari bilan ifoda etilgan. “Xudoga toat qilmoq” tushunchasi
bayatqa tapïn / bayatqa tapuğ qïl deyilgan. “Sengagina sig‘in-
dim” degani seŋär-oq sïğïndïm bo‘lgan [qiyoslang, Mahmud
Koshg‘ariy devonida: tapïndïm – bo‘ysundim; Men teŋrigä
tapïndïm – Men xudoga bo‘ysundim (MK.II.161). Yoki:
sïğïndï – tangriga sig‘indi; Men teŋrigä sïğïndïm – Men xudoga
sig‘indim (MK.II.177)].
Mahmud
Koshg‘ariyning
yozishicha,
qipchoqlar
“namoz”ni yükünč deganlar. Bunga u quyidagi gapni ham
misol keltiradi: teŋrigä yükünč yükündi – xudo uchun nomoz
o‘qidi (MK.III.385)
“Xudodan tilamoq” tushunchasi bayatdïn qul- birikmasida
o‘z ifodasini topgan.
“Xudoga shukur qilmoq” tushunchasi bayatqa / rabbqa
šukur qïldï deyilgan: Šukur qïldï rabbqa, atadï atïn. – Rabbga
shukur qildi, otini tilga oldi (QB.5327).
223
Asarda nomoz bilan bog‘liq atamalar ham bor. Chunonchi,
“tahorat” ma’nosida yundï so‘zi qo‘llangan: Turup yundï, qïldï
bu yatğu namaz. – Turib, tahorat oldi, xufton nomozini o‘qidi
(QB.3246).
Farz namozi fariza namaz, jum’a namozi – adina namaz,
bomdod namozi taŋ namaz, xufton namozi yatğu namaz
deyilgan. “Namoz o‘qidi” ma’nosida namaz qïldï, namaz ötädi,
namaz yetürdi birikmalari qo‘llanilgan. Niyat bilan namoz
o‘qish e
gü fal yorup namaz qïldï (yaxshi niyatlar bilan nomoz
o‘qidi), namaz qïldï, virdin oqïdï arïğ (namoz o‘qidi, kundalik
hamdni takrorladi) singari iboralar bilan ta’riflangan. Namaz,
roza birlä yurïğlï kiši birikmasida namozxon, ro‘za tutuvchi
solih ko‘zda tutilgan.
“Duo qildi” ma’nosida du’a qïldï ishlatilgan. Duo bilan
fotiha o‘qish rabbqa du’a qïldï / rabbqa sana qïldï deyilgan:
Du’a qïldï rabbqa, kötürdi elig. – Rabbga duo qildi, fotihaga
qo‘l ko‘tardi (QB.3012); Sana qïldï rabbqa, kötürdi elig. –
Rabbga sano aytdi, fotihaga qo‘l ko‘tardi (QB.3077).
Do'stlaringiz bilan baham: |