Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


YETTI YULDUZ VA O‘N IKKI BURJ ATAMALARI



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
YETTI YULDUZ VA O‘N IKKI BURJ ATAMALARI 
 
Yusuf  Xos Hojibning  “Qutadg‘u  bilig” asarida astronomik 
atamalar  tizimi  yaxshi  berilgan.  Asarning  bir  bo‘limi  (“Yeti 
kavākib,  on  iki  buruj”  yoki  “Yeti  yulduz  on  iki  ökäk  buruj 
ayur”) koinotning tuzilishiga bag‘ishlangan.  
Yusuf  Xos  Hojib  koinotning  tuzilishi  to‘g‘risida  bahs  etar 
ekan,  ko‘kdagi  jismlarni  birma-bir  sanab  o‘tadi.  Muhimi, 
kitobni  o‘qib,  butun  bir  astronomik  atamalar  tizimiga 
to‘qnashamiz.  Bejiz emas,  shu tizimning o‘zi-yoq o‘sha kezda 
astronomik  bilimlar  yuqori  bosqichda  ekanligidan  belgi  berib 
turadi.  Har  bir  atama  koinot  jismlarining  ko‘rinishi,  holati  va 
harakatidan  kelib  chiqqan  holda  yasalgan.  Bu  hodisani  o‘sha 
kezlardagi  soha taraqqiyoti,  qadimgi turkiy tilda  atama  yasash 
va  tanlash  prinsiplarining  puxta  ishlab  chiqilgani  hamda  til 
an’anasining uzoq asrli takomiliga bog‘laganimiz ma’qul. 


 
224
Astronomik  atamalarning  ma’nosini  uqib,  ularni  farqlay 
bilish  matn  mag‘zini chaqishga  yo‘l ochadi.  Avval  “Yer  yuzi” 
va  “falak”  tushunchalari  qanday  atalgani  to‘g‘risida.  Muallif 
“falak”ni kök, ewrän, ora-chora falak deb ataydi. “Yer kurrasi; 
olam”  esa  Yer,  ažun,  dunya  yoki  tezginč  atalgan.  “Koinot”ni 
yer-kök  deydi.  Matnda  yer-kök  i
isi  degan  birikmani  ham 
uchratamiz,  bu  sifat  “yeru  ko‘kning  (koinotning)  egasi, 
Tangri”ni bildiradi. 
Dostonda  falakka  yašïl  (“moviy”),  yerga  esa  yağïz 
(“qo‘ng‘ir rang”) sifati berilgan: yašïl kök, yağïz yer.  
Endi  ko‘kdagi  yulduzlarga  ko‘chamiz.  Asarda  “yulduz” 
yulduz  yoki  kavkab,  “yulduzlar  turkumi,  burj”  esa  ew,  ökäk, 
buruj  deyilgan.  Yulduzlar  ilmi  bilan  shug‘ullanuvchi  olimni 
yulduzčï deb ataydi. Yusuf Xos Hojib yulduzchilarga “Yetti qat 
falakning  sirlarini  yerda  yotgan  xaschalik  bilib  ol”  (Yeti  qat 
falaknï  yatur  yamča  tut)  degan  talabni  qo‘yadi  (QB.4277). 
Buning  bilan  inson  yetti  falakning  sirinigina  bilishi  mumkin, 
degan  fikrga  tayangan  chog‘i  (Masalan,  to‘qqizinchi  falak  – 
Arsh a’lo (e
iz ‘arš) sirlarini yechishga qodir emas).  
Yulduz  va  burjlarning  otlari  turkcha.  Yetti  yulduz 
quyidagicha  atalgan:  Zuhal  (Saturn)  yulduzini  –  Sekäntir
Mushtariy  (Yupiter)  yulduzini  Oŋay  yoki  Qaraquš,  Mirrix 
(Mars)ni  Körüd  yoki  Baqïrsoquna,  Quyoshni  Yašïq  yoki  Kün
Zuhra  (Venera)  yulduzini  Sewit,  Utoridni  Arzu,  Oyni  Ay  yoki 
Yalčïq deydi. Uning zamondoshi Mahmud Koshg‘ariy o‘zining 
“Devonu  lug‘atit  turk”  kitobida  “Mirrix”ni  Baqïrsoqum  deb 
bergan  va  uning  ko‘rinishi  haqida    “qizillikda  misga 
o‘xshatiladi”  deb  yozadi  (MK.I.342).  Mushtariy  yulduzini 
Qaraquš deb ataydi  va  “Bu tong vaqtida chiqadi. Ba’zan  buni 
Qaraquš  yulduz  deb  ham  ataydilar”  deya  qayd  etadi 
(MK.III.240). 
“Qutadg‘u  bilig”da  yulduzlarning  holati  va  o‘rni  ham 
yaxshi  berilgan.  Ularning  ba’zilari  yuqori,  ba’zisi  quyi. 
Yulduzlar  ushbu  ketma-ketlikda  yetti  falakka  joylashadi. 


 
225
Bulardan eng ustda, ya’ni sakkizinchi falakda Sekantir (Zuhal) 
yuradi.  U  bir  burjda  ikki  yilu  sakkiz  oy  qoladi.  Ikkinchisi  – 
O‘ngay (Mushtariy), u bir burjda o‘n ikki oy qoladi. Uchinchisi 
–  Ko‘rud  (Mirrix),  u  qay  tomon  qarasa,  yashnab  turgan  narsa 
quriydi.  To‘rtinchisi  –  Yashiq  (Quyosh),  dunyoni  yoritadi. 
Beshinchisi – Sevit (Zuhra). Undan keyin Arzu (Utorid) keladi. 
Bulardan eng oldin Yalchiq (Oy) yuradi. U Yashiq bilan qarshi 
kelsa, to‘lishadi. Oy joy va yo‘li birinchi falakda.  
“Qutadg‘u bilig”da Yetti qaroqchi yulduz – Yetikän, Hulkar 
esa Ürkär atalgan. 
O‘n  ikki  burj  bulardan  boshqadir.  Ular  turg‘un  yulduzlar 
bo‘lib,  joyi  sakkizinchi  falakda.  Alisher  Navoiy  “Saddi 
Iskandariy”  dostonida  Ollohga  hamd  o‘qir  ekan,  “Sakkizinchi 
gumbazga  turg‘un  yulduzlarni  joylading”  deb  yozgan  edi 
(SI.13).  
Yusuf  Xos  Hojib  Hamalni  Qozï,  Savrni  Ud,  Javzoni 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish