ISLOM BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR
Turkiy tildagi islomga tegishli diniy atamalar tizimini ulug‘
adib Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida qo‘llanilgan
so‘zlar misolida ko‘rib chiqamiz.
Asarda Allāh so‘zi faqat bir o‘rinda – arabiy basmalada
kelgan. Matn davomida muallif uning o‘rnida idi (yoki i
i),
bayat, täŋri, rabb so‘zlarini qo‘llaydi va bularning bari islom
tushunchasidagi Ollohni anglatadi.
Bayat so‘zi erklig bayat (erkli, qodir xudo), etigli bayat
(yashnatuvchi xudo), uğan bir bayat (qodir va vohid xudo);
erklig uğan meŋü muŋsuz bayat (erkli, qodir, mangu, mungsiz
xudo) shakllarida, täŋri so‘zi uğan täŋri (qodir tangri), täŋri
219
’azza vä jall(a) (eng aziz va ulug‘ tangri), i
i so‘zi esa törütkän
i
i (yaratgan ega), igidgän ii (parvarishlagan ega), kečürgän
i
i (rahmdil, kechiruvchi ega), muŋsuz ii (mungsiz ega),
bağïrsaq i
i (mehribon ega) shakllarida qo‘llanilgan.
Qadimgi turkiy tilda Ollohning sifatlari at deyilgan.
“Qutadg‘u bilig”da Ollohning sifatlari shunday ataladi: uğan
(qodir), bir (vohid), zuljalal, ’azza vä jall(a) (eng aziz va
ulug‘), qadir kamal (qodir kamol), uluğluğ i
isi (ulug‘lik
sohibi), yer kök i
isi (Yer va ko‘kning egasi), erklig (erkli,
qodir), yaratqan (yaratgan), törütkän (yaratgan), igidgän
(parvarishlagan), karim, kečürgän (rahmdil, kechiruvchi),
bağïrsaq (mehribon), etigli (yashnatuvchi), mäŋü muŋsuz
(mangu mungsiz), muŋsuz (mungsiz), mäŋü tutčï tirig (mangu,
doim tirig), čergüči (olampanoh), biliglig (bilimli), köšüš
(aziz), ğafir (g‘ofir), yaratïğlï (yaratuvchi), yarağsïznï yïratïğlï
(yaroqsizni yiratuvchi).
Muallifning ta’kidlashicha, Ollohning mingta oti bor.
Tavg‘ach Bug‘raxon ta’rifiga bag‘ishlangan baytlarning birida
shunday yozilgan:
Bayat berdi davlat, ey türkän qutï,
Anïŋ šukrï qïlğu oqïp miŋ atï. –
Ey turklarning baxti, xudo senga davlat berdi; (buning
haqiga Ollohning) mingta otini yod etib, uning shukrini qilmoq
kerak (QB.106).
Asarda i
i qahramonlar tilidan bağïrsaq iim (mehribon
egam), bağïrsaq ïnanğu i
im (mehribon, inonadigan egam),
qatïğlïq yerindä sïğïnğu i
im (og‘irlik paytlarida sig‘inadigan
egam) deya ta’rif etilgan (QB.3013). Ollohning birligi seniŋdä
a
ïn yoq sïğïnğu iim (sendan o‘zga sig‘inadgan egam yo‘q)
singari ta’riflar bilan berilgan (QB.5017).
i
i so‘zi “ega, sohib” ma’nosida insonni ham bildirgan:
Biliglig bilig berdi tïlqa bïšïğ,
Aya til iisi, köäzgil bašïğ. –
220
Bilimli (ya’ni xudo) tilga pishiq bilim bergan. Ey til egasi
(ya’ni inson) boshingni asragin (QB.165).
Xudoning yorlig‘i bayat yarlïğï / i
i yarlïqï, xudoning
rahmati bayat rahmatï / bayat fazlï / i
i fazlï deyilgan.
Xudoning fazliga erishmaklik esa bulmïš fe’li bilan ifoda
etilgan: Bayat fazlï barča özüŋ bulmïš-a. – O‘zing xudoning
bari ehsonlariga muyassar bo‘libsan (QB.4993). Allohning
inoyat aylashi ’inayat qïl- fe’lida o‘z ifodasini topgan:
Bayat kimkä qïlsa ’inayat ülüg,
Tiläkkä tegip, boldï atlïğ, külüg. –
Xudo kimga yetarlicha inoyat qilsa, tilagiga yetib, nomdor,
mashhur bo‘ldi.
Asarda “payg‘ambar” ma’nosida yalawač, sawčï, oqïtčï
so‘zlari qo‘llangan. Yalawač asli “elchi” degani. O‘rni bilan, u
“tangrining elchisi, payg‘ambar” ni ham bildiradi. Sawčï – saw
(“xabar, so‘z”) dan yasalgan, sawčï – “xabarchi, tangrining
xabarchisi” degan ma’noni anglatadi. Hozir qo‘llayotgan sawčï
so‘zimizda ham “xabarchi” ma’nosi bor, biroq u “quda-andalar
orasida xabar yetkazuvchi” ma’nosidadir.
“Hibatu-l-haqoyiq”da “payg‘ambar” – rasul, uning sifatlari
esa habib, xalq talusï (xalqning sarasi), kiši qutluğï
(kishilarning qutlug‘i) deya ta’riflangan.
Sahobalarning turkiy oti tört eš dir.
Ollohning bandasi qul atalgan: Kimiŋ atï qul bolsa qïlğu
Do'stlaringiz bilan baham: |