Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

šlok),  padak  (  singari 
yangi she’r turlari shakllandi.  
Buddizm  davrida  qadimgi  turk  nasrida  budda  qonunlari, 
aqoid,  ta’limotlari  aks  etgan  asarlar  shuhrat  topdi.  Bunday 


 
207
asarlar  nom  yoki  nom  bitig  deb  yuritilgan  (nomnwm;  nom  bitig  –“aqoid  kitobi”  ma’nosini  bildiradi).  Budda 
diniy 
adabiyotida 
sutralar 
(yodgorliklardagi 
shakli 
sudur~sutur),  shastarlar  (manbalarda    šastïr~šastar  shaklida 
qo‘llaniladi)  keng  yoyildi.  Sudur  (  –  sutra, 
Buddaning  nasihatlaridan  iborat;  šastar  (  – 
buddizmning  muqaddas  kitobi,  sutraning  tafsiri,  traktatdir. 
Buni  šastar bitig ham deyilgan. 
Turk  adabiyotida  ulug‘  rohiblarning  hayot  yo‘lini, 
muqaddas  yerlarga  uyushtirgan  ziyoratlarini  aks  ettiruvchi 
memuarlar  yaratildi.  Yirik  epik  asar(kavi  nom  bitig)lar  paydo 
bo‘ldi.    Kavi  (  –  “epos,  epik  asar”degan  ma’noni 
beradi.  Budda  afsona-rivoyatlari  keng  tarqaldi.  Bular    purani 
( atalgan. 
Buddizm  dinidagi  turklar  hindlarning  kitob  shaklidan  ham 
foydalanganlar.  Fanda  uni  potxi  kitob  deb  yuritiladi.  Potxi 
kitobning varaqlari patar  deyilgan. Bu so‘z sanskritcha pattra 
dan bo‘lib, ular palma yaproqlari va varaqni shunday ataganlar. 
Turkiy tilda u ikkinchi ma’nosida qo‘llangan. 
Har  qaysi  varaqning  bosh  qismiga  asar  bo‘limi  va  ushbu 
bo‘limning  tartib  ko‘rsatkichi  yozib  chiqilgan.  Masalan: 
Yükünč  altï  patar  (Yukunch  bo‘limi,  oltinchi  varaq),  Yükünč 
yeti patar (Yukunch bo‘limi, yettinchi varaq), Baštïnqï ülüs on 
patar  (Avvalgi  bo‘lim,  o‘ninchi  varaq),  Baštïnqï  ülüs  tört 
yigirmi  patar  (Avvalgi  bo‘lim,  o‘n  to‘rtinchi  varaq)  va  b.  Bir 
bo‘lim tugagach, keyingi bo‘limdan boshlab tartib ko‘rsatkichi 
ham  yangilangan.  Ushbu  ko‘rsatkichlar,  o‘z  navbatida,  poygir 
(poginatsiya)  vazifasini  o‘tagan  va  kitob  varaqlarini  tartibli 
saqlash imkonini bergan. 
Qadimgi  turkiy  tilga  chet  tillardan  o‘zlashgan  so‘zlarga 
turkiy  qo‘shimchalar  qo‘shish  yo‘li  bilan  ham  yangi  atamalar 
hosil  qilingan.  Masalan,  nomčï  –  budda  qonunlarining 
bilimdani,  qonunlarni  yo‘ruvchi  (ma’nosini  aytib  beruvchi), 
ulamo.  Qonunlar  haqida  dars  beruvchi  ustozni  nomčï 


 
208
ačarï~nomčï  baxšï  ham  deyilgan.  Bu  yerdagi  ačarï  (
ačarya) “o‘qituvchi, ustoz” ma’nosida. 
Budda 
matnlarida 
ba’zi 
iboralar, 
dinning 
asosini 
belgilovchi tushunchalar (formulalar) ham turkiyga o‘girilmay, 
asl  holida,  o‘sha  tilda  qanday  bo‘lsa,  shundayligicha 
qo‘llanilgan.  Masalan,  budda  asarlari,  an’anaga  ko‘ra,  Namo 
but. Namo darm. Namo saŋ jumlalari bilan boshlangan (buning 
Namo  Buddaya.  Namo  darmaya.  Namo  saŋgaya  shakli  ham 
bor). Buning sanskritchasi Namo budha. Namo dharma. Namo 
samgha  dir.  Ma’nosi:  “Buddaga  ta’zim.  Budda  aqidalariga 
(qonunlariga)  ta’zim.  Budda  jamoasiga  ta’zim”  demakdir.  Bu 
uchlikning  bir  formulada  kelishining  sababi  buddizm 
ta’limotida  Budda,  buddizm  qonunlari,  ta’limoti  va  jamoa 
qutlug‘dir.  Eski  turklar  bu  uchlikni  üč  erdini  yoki  erdinilär 
deganlar.  
Erdini (=skr. ratha) – “javohir” ma’nosini beradi. Qadimgi 
turkiy  tilda  erdini  –  “javohir”.  Buddizmning  qutlug‘  
tushunchasi  (=Ratna)  shu  so‘z  bilan  atalgan:  nom  erdini  – 
“no‘m  javohiri”  (=Dharmaratna);  Burqan  erdini  –  “Burxon 
(Budda)  javohiri”;  üč  erdini  –  budda  tushunchasidagi  “uch 
javohir” (=Triratna). 
Budda  matnlarida  sug‘dcha,  xitoycha  atamalar  ham  ko‘p 
uchraydi.  Buning  sabablaridan  biri  budda  asarlarining  o‘sha 
tillardan  tarjima  qilinganligi  bo‘lsa,  ikkinchisi  qadimgi  turklar 
bilan o‘sha xalqlar orasida kechgan yaqin munosabatlar, adabiy 
aloqalar  va  Sharq  tillarining  o‘zaro  ta’siridir.  Masalan,  Azrua 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish