Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN BUDDIZM



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN BUDDIZM 
ATAMALARI 
 
Sharq  xalqlarining  ijtimoiy-siyosiy  hayoti,  madaniyati 
tarixida,  adabiy  aloqalar  va  tillarning  o‘zaro  ta’sirida 
buddizmning  o‘rni  katta  bo‘lgan.  U  o‘tmishda  uluslar  birligi, 
ularning 
madaniy 
yuksalishi, 
diniy-falsafiy 
fikrlar 
umumiyligini  ta’minlab,  Sharq  sivilizasiyasiga  unumli  ta’sir 
ko‘rsatgan dinlardan biri edi.  
Ilk O‘rta asrlarda O‘rta va Markaziy Osiyoda buddizmning 
yoyilishi sharq xalqlarining madaniy va adabiy aloqalari, sharq 
tillarining  o‘zaro  ta’sirini  ta’minlab  berdi.  Ushbu  ijtimoiy-
tarixiy,  madaniy  jarayon,  xususan,  turkiy  xalqlarning  qadimgi 
hind,  tohar,  sug‘d,  xitoy  madaniyatlari  bilan  yaqindan 
tanishuviga, adabiy aloqalarning rivojlanuviga imkon tug‘dirdi. 
Qadimgi 
turk 
teologiyasi 
va 
ilmida 
buddashunoslik, 
sanskritshunoslik, 
toharshunoslik, 
sug‘dshunoslik, 


 
205
xitoyshunoslik 
kabi 
yo‘nalishlar 
yuzaga 
keldi. 
Turk 
o‘qimishlilari  orasidan  dovrug‘i  ketgan  buddashunoslar, 
sanskrit,  tohar,  sug‘d  tillarining  bilimdonlari,  sharqshunos 
olimlar yetishib chiqdi. 
Buddizm  tufayli  turk  olamiga  qadimgi  hind  falsafasi  va 
madaniyati  ta’sir  eta  boshladi.  O‘zining  eski  an’analari  va 
yangi  qarashlar  qurshovida  turkiy  madaniyat  yangi  bosqichga 
ko‘tarildi.  
Turkiy 
muhitga 
buddizmning 
tarqalishi, 
boshlab, 
tarjimachilik  sohasida  katta  burilish  yasadi.  Ko‘plab  budda 
yodgorliklari  qadimgi  turkiy  tilga  tarjima  qilina  boshladi. 
Odatda,  ushbu  asarlar  sanskrit,  tohar,  sug‘d  va  xitoy  tillaridan 
o‘girilar edi.  
Ilk  o‘rta  asr  turk-budda  diniy  olamida  butun  fikr  buddizm 
falsafasi,  ta’limoti  va  qonun-qoidalarini  o‘rganishga  qaratildi. 
O‘z  navbatida,  bu  jarayon  hind-qadimgi  turk  madaniy,  adabiy 
va til aloqalarining rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. 
Qadimgi  turk-budda  muhitida  yozuv  madaniyati  yangi 
bosqichga  ko‘tarildi.  Ko‘k  turk  xoqonliqlari  davrida  turklar 
ko‘k  turk  xatidan  foydalangan  bo‘lsalar,  buddizm  muhitida 
oromiy  alifbosi  negizida  yaratilgan qadimgi turkiy-uyg‘ur  xati 
hamda  buddizm  ta’sirida  kirib  kelgan  brahma  yozuvlaridan 
foydalandilar. 
Diniy-falsafiy  qarashlar,  madaniyat,  badiiy  adabiyotda 
kechgan  jarayonlar  qadimgi  turkiy  til  lug‘at  tarkibining  yangi 
atamalar bilan boyishiga imkon berdi. Sanskrit tilidan diniy va 
falsafiy  tushunchalarni  anglatuvchi  so‘zlar,  buddizm  san’ati, 
madaniyati,  ma’orif,  adabiyotshunoslik  va  fanning  ayrim 
sohalariga oid atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi. Qadimgi 
turkiy tilda  budda ta’limotiga oid  butun  boshli atamalar tizimi 
shakllandi,  yozma adabiy tilda buddaviy asarlarga xos bo‘lgan 
xos bir uslub – “sutra uslubi”  yuzaga keldi.  Lug‘at tarkibidagi 
so‘zlarning  ayrimlari  budda  tushuncha  va  tasavvurlarini  ham 
ifodalay boshladi.  


 
206
Turkiy  yozma  manbalarda  “Hindiston”  änätkäk  deyilgan. 
Shuningdek,  bu  atama  änätkäk,  änätkäkčä,  änätkäk  tili 
shaklida  qo‘llanilib,  “sanskrit  tili”ni  anglatadi.  Budda 
asarlarida  sanskritchaga  nisbatan  aryabašča  so‘zi  ham 
qo‘llanilgan.  Bu  so‘z  unga  berilgan  sifat  bo‘lib,  “muborak 
sanskritcha” anglamidadir.  
Buddizm davri yozma adabiy tili to‘g‘risida so‘z borganda, 
lug‘at tarkibida yuzaga kelgan atamalar tizimini eslamaslikning 
iloji  yo‘q.  Bu  davrlarda  sanskrit,  tohar,  sug‘d,  xitoy  tillaridan 
diniy,  falsafiy  atamalar,  buddizm  san’ati,  madaniyati,  ma’orif, 
adabiyot va  fanning  boshqa sohalariga tegishli  atamalar turkiy 
tilga  o‘zlasha  boshladi.  Tilshunoslikda,  shular  bilan  barobar, 
asl  turkcha  so‘zlarning  ayrimlari  budda  diniy-falsafiy 
tushunchalarini ham ifoda eta boshladi. 
Tilshunoslikda  chet  tillardan  so‘z  o‘zlashtirish  yoki  turkiy 
tilning ichki imkoniyatlari, lug‘at boyligining imkoniyatlaridan 
foydalangan  holda  yangi  atamalar  yasash  yohud  turkiy 
so‘zlarni  yangi  ma’noda  qo‘llash  usuli  ilmiy  asosda  ishlab 
chiqilgan  edi.  Qadimgi  turkiy  tilga  budda  atamalarini 
o‘zlashtirish va yangilarini yasash  prinsiplari quyidagicha. 
Muayyan  atama  asl  tilda  qanday  bo‘lsa,  o‘shanday 
ko‘rinishida,  tarjima  qilinmay    o‘zlashtirilgan,  matnlarda  ham 
ana  shunday  qo‘llanilgan.  Masalan,  nirvan  ( 
so‘zi budda ta’limotida eng yuksak, qutsal yer. Buning singari 
atamalar budda asarlarida ko‘plab topiladi.  
Buddizm  qadimgi  turklarning  hind  adabiyoti  bilan 
yaqindan  tanishuviga  ham  imkon  berdi.  Adabiy  aloqalar 
etkisida  turk  adabiyotida  yangi  janrlar  yuzaga  keldi.  Tabiiyki 
bu  yangi  janrlarni  ifodalash  uchun  sanskritcha  atamalardan 
ham  foydalanilgan.  Jumladan,  turk  adabiyotida  šlok  (

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish