Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

zāhid-u  muttaqi:  kiši  ermiš.  Haq  subhānahu  va  ta'ālā  agarči 


 
198
zāhir  közin  yapuq  yaratqandur,  ammā  köŋli  közin  bağāyat 
yaruq qïlğandur… anïŋ tili türk alfāzï bilä mavā'iz-u nasāyihqa 
go:yā  ermiš,  balki  aksar  Türk  ulusïda  hikmat-u  nuktalarï 
šāye'dur  va  nazm  tari:qï  bilä  aytur  ermiš”  (NM.390–391). 
Ushbu  matnda  köz  bolğay-u,  körmäs  bolğay  jumlasidagi  -u 
bog‘lovchi  emas,  yuklamadir.  Qolganlari  bog‘lovchi  bo‘lib 
kelgan. 
Husayn  Boyqaro  qalamiga  mansub  quyidagi  baytga  ham 
e’tibor bering: 
Husn ilä sen kāmil-u, Širin-u Layli šuhratï, 
İšq ara men zār olup, Farhād-u Majnun tuhmatï (Maj.139). 
Misolda kāmil-u dagi -u – yuklama, juft so‘zlar orasidagi -u 
esa bog‘lovchidir. 
Yana  bir  misol.  Alisher  Navoiy  o‘zining  “Muhokamatu-l-
lug‘atayn”  asarida  turkiy  tilda  nozik  ma’nolari  bilan  ajralib 
turuvchi  yuzta  fe’lni  ketma-ket  keltirgan.  Qo‘lyozmada  bu 
fe’llar  bir-biriga  “vav”  harflari  bilan  ulab  ketilgan.  Asarni 
nashrga 
tayyorlagan 
mutaxassislar, 
odatda, 
fe’llarning 
o‘rtasidagi  “vav”ni  doimiy  holda  va  sifatida  keltiradilar: 
quwarmaq va quruqšamaq va üšärmäk va jïyjaymaq … singari. 
Aslida  ikki  so‘z  orasidagi  “vav”ni  -u,  juftliklar  orasidagilarni 
esa  va  deb  berilgani  to‘g‘ridir:  quwarmaq-u  quruqšamaq  va 
üšärmäk-u  jïyjaymaq  …  singari.  Shunday  qilinganda 
grammatik  jihatdan  to‘g‘ri  yo‘l  tutilgan  bo‘ladi,  ritm  (ohang) 
ham ta’minlanadi.  
Ya  bog‘lovchisi  inkorni  bildiradi.  U  takrorlanib  ham 
ishlatiluvi mumkin:  
Yurïmaz ya yatmaz, uδïmaz uδuğ, 
Ya meŋzäg ya yaŋzağ kötürmäz boδuğ. – 
U yurmaydi yo yotmaydi, uxlamaydi, (u) uyg‘oq, 
Yo mengzaydigan, yo o‘xshaydigan sifati yo‘qdir (QB.16). 
“Yoki” 
bog‘lovchisining 
o‘rnida 
azu 
bog‘lovchisi 
qo‘llanilgan.  Ushbu  bog‘lovchi  ora-chora  takror  holda  ham 
ishlatiladi:  Azu  muŋ  üčün  azu  bušï  birgäli  qïzğanïp  yiti  türlüg 


 
199
bušï  arïğ  nomqa  tükäti  birü  umadïmïz  ärsär.  –  Yoki  qayg‘u-
musibatga  atab  ehson  bergani  qizg‘anib  yetti  xil  ehson,  chin 
aqoidga  butkul  bera  olmagan  bo‘lsak  (Huast.107–108);  Anïŋ 
oxšağï  yoq  azu  meŋzägi.  –  Uning  o‘xshaydigani  yoki 
mengzaydigani yo‘q (QB.15); Esiz-mu seŋä yeg azu eδgü-mu / 
Söküš-mu qïlur-sen azu ögdi-mu. – Senga esizlik yaxshimi yoki 
ezgulikmi? So‘kilishni istaysanmi yoki maqtovnimi? (QB.240). 
Hozirgi  forschadan  o‘zlashgan  “goho”  bog‘lovchisining 
o‘rnida  eskida  ara  bog‘lovchisi  qo‘llanilgan.  U  takrorlanib 
kelishi ham mumkin: Ara ögdilür til, ara mïŋ söküš. – Til goho 
maqtaladi, gohida ming so‘kish eshitadi (QB.174). 
Hozirgi  o‘zbek  tilida  -ki  bog‘lovchisi  ergash  gapni  bosh 
gapga  bog‘lashga  xizmat  qiladi.  O‘zbek  tilshunosligida  -ki 
bog‘lovchisi  fors  tilidan  o‘zlashgan,  sodda  gaplari  -ki 
bog‘lovchisi  bilan  birikkan  qo‘shma  gaplarni    forsiy  qolipda 
yuzaga  kelgan,  deb  qarovchilar  ham  bor.  Ta’kidlash  kerakki, 
turkiy  tillardagi  -ki  bog‘lovchisi  tarixan  -kim  ning  qisqargan 
shaklidir  (-kim>-ki).  Qadimgi  turkiy  yodgorliklar  tilida  kim 
ikki xil vazifada keladi:  
1)  Kishilik  olmoshidir.  Masalan:  Kim  taluyqa  barayïn 
tesär,  kiriŋlär,  oğlum  tiginkä    eš  boluŋlar.  Ne  kergäkin  barča 
bergäy-biz. Kim yerči suwčï, kemäči bar ersär, yemä kelzün. – 
Kim  dengizga  boraman  desa,  qoshimga  kiringlar,  o‘g‘lim 
shahzodaga  esh  bo‘linglar.  Nima  kerak  bo‘lsa,  barini 
bergaymiz. 
Kim 
yo‘l 
boshlovchi, 
dengizchi, 
kema 
boshqaruvchisi bo‘lsa, u ham kelsin (AT.283). 
2) Bog‘lovchi bo‘lib keladi, qo‘shma gaplarda ergash gapni 
bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Quyidagi misollarga 
e’tibor  bering:  Luu  xanlarïnta  Čintamani  erdäni  bar-kim, 
ülüglüg  qutluğ  kiši  ol  erdäni  bulsar,  qamağ  tïnlïğlarqa  asïğ 
tusu  qïlur.  –  Ajdar  xonlarida  Chintamani  javohiri  bor-kim, 
nasib  etgan  baxti  bor  kishi  o‘sha  javohirni  topsa,  hamma 
jonzodlarga  foyda keltiradi (AT.283); Men bu muntuda yigräk 
Čintamani  erdäni  alğalï  barayïn-kim,  qayu  tïnlïğlarqa  tüzü 


 
200
tükäti asïğ tusu qïlu usar-men. – Men bu yerda qolib yaxshiroq 
Chintamani 
javohirini 
olish 
uchun 
borayin-kim, 
qay 
jonzodlarga tugal foyda keltira olaman (AT.284). 
Hozirgi 
forschadan 
o‘zlashgan 
“agar”, 
“garchi” 
bog‘lovchilari 
o‘rnida 
eskida 
qalï~xalï, 
apaŋ~abaŋ 
bog‘lovchilari qo‘llanilgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da: Qalï 
mundağ  ersä  yorïq  otru  ur.  –  Garchi  shunday  ekan,  o‘rtacha 
yo‘riq tut (QB.172); Apaŋ iki ažun qulur ersä sen. – Agar ikki 
dunyo farog‘atini tilar bo‘lsang (QB.223). 
“Chig‘atoy  turkiysi”da  bular  bilan  bir  qatorda  lekin~valek 
~vale~lek,  čun~ču,  čun-kim,  hamānan-ki~hamānan-kim,  tā, 
andaq-ki~andaq-kim, äylä-ki~äylä-kim, hamu-l nav’-ki~hamu-l 
nav’-kim,  agar~gar,  agarči~garči,  nečä-ki~nečä-kim,  anda-
ki~anda-kim bog‘lovchilari ham amal qilgan. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish