Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

er- to‘liqsiz fe’li 
 
Hozirgi  o‘zbek  tilida  e-  to‘liqsiz  fe’l  bo‘lib,  u  edi,  ekän, 
emiš, emäs, esä singari  shakllarda amal  qiladi.  Bulardan emäs 
bo‘lishsiz fe’llar yasaydi, esä bog‘lovchidir. 


 
195
To‘liqsiz  fe’lning  edi,  ekän,  emiš  shakllari  alohida 
qo‘llanilmaydi,  lekin  fe’llar  bilan  qo‘llanilganda  harakat-
holatning  davomiyligini  bildiradi.  Otlar  (ism  guruhidagi 
so‘zlar) bilan qo‘llanilganda esa uni kesimga aylantiradi va b. 
Hozirgi e- to‘liqsiz fe’li qadimgi turkiy tilda är-~er-, uning 
zamon, 
mayl 
shakllari 
esa 
ärdi~erdi, 
ärkän~erkän, 
ärmiš~ärmis  /  ermiš~ermis,  ärmäz~ärmäs  /  ermäz~ermäs, 
ärsä~ersä shakllarida qo‘llanilgan.  
Ma’lumki,  är-~er-  avval  mustaqil  bo‘lib,  keyinchalik 
to‘liqsiz  fe’lga  aylangan.  U  yozma  yodgorliklar  tilida  ikki  xil 
ko‘rinishda uchraydi:  
1) Hozirgi o‘zbek tilida bo‘lgani singari to‘liqsiz fe’l bo‘lib 
keladi:  Türk  bodun  Tabğačqa  körür  ärti.  –  Turk  xalqi 
Tabg‘achga  qaram  edi  (Ton.1);  Äki  ülügi  atlïğ  ärti,  bir  ülügi 
yadağ ärti. – Ikki qismi otlig‘ edi, bir qismi yayov edi (Ton.4). 
2)  Mustaqil  fe’l  bo‘lib,  “mavjudlik”  ma’nosini  bildiradi. 
Misollarga  e’tibor  bering:  Näŋ  näŋ  sabïm  ärsär,  bäŋgü  tašqa 
urtum.  –  Har  qanday  so‘zim  bo‘lsa,  mangu  toshga  yozdim 
(Ka.11); Anča qazğanmïs, itmis älimiz, törümiz ärti. – Shunday 
qozonilgan, tiklangan elimiz, hukumatimiz (bor) edi (K.12); Ol 
antağ  osuğluğ  čoğluğ  yalïŋlïğ  küčlüg  küsünlüg  elig  xannïŋ 
uluğï  xatunïnta  toğmïš  körgäli  sewiglig,  körklüg  meŋizlig  üč 
oğlanï  erti.  –  O‘sha  tadbirli-cho‘g‘li,  shon-shavkatli  elig 
xonning katta xotinidan tug‘ilgan ko‘rkli-suyukli,  istarasi  issiq 
uch  o‘g‘loni  bo‘lar  edi  (AYar.270);  Et-öz  ersär,  beksiz 
meŋüsüz titir. – Et-o‘z mavjud bo‘lsa, beqaroru, o‘tkinchi turur 
(AYar.272). 
Yodgorliklarda  er-  fe’li  erdilär  erdi,  erdi  ersä  shakllarida 
ham  uchraydi.  Masalan,  “O‘g‘uzxoqon”  dostonida:  Ošul 
oğulnuŋ öŋlügi čïrağï kök erdi, ağïzï ataš qïzïl erdi, közläri al, 
sačlarï,  qašlarï  qara  erdilär  erdi.  –  O‘sha  o‘g‘ilning  yuz-
chiroyi ko‘rkli edi, lablari otash misol qizil edi, ko‘zlari xumor, 
sochlari, qoshlari qora edi (OD.1.5–7). 


 
196
“Qutadg‘u  bilig”da:  Uδïr  erdiŋ  ersä,  tur  ač  emdi  köz.  – 
Uxlayotgan ersang, tur, endi ko‘zingni och  (QB.80). 
Hozirgi  kimsä  so‘zi  tarixan  kishilikni  bildiruvchi  kim 
hamda  “mavjudlik  (сущeство)”  ma’nosidagi  ersä  so‘zlarining 
birikuvidan  yasalgan:      kimsä.  Yoki  hozirgi  närsä 
so‘zi “buyum, narsa” ma’nosidagi näŋ hamda ersä so‘zlarining 
birikuvidan  hosil  bo‘lgan:  närsä.  Yana  qiyoslang: 
o‘zbek  tili  tarixida  qo‘llangan  nämärsä(  so‘zi 
“narsa, buyum” ma’nosini bildiradi. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish