– iloh,
tangrining oti, Xo‘rmuzd (=Indra). Aslida bu so‘z moniy diniy
qarashlari asosida shakllangan. Keyinchalik turk-buddistlar uni
o‘zlashtirib, o‘z tushunchalaridagi “iloh” ma’nosida qo‘llay
boshlaganlar.
Matn tuzish an’anasi bilan bog‘liq yana bir jihat. Sharq,
xususan, turk matnchiligi, matn tuzish an’anasiga ko‘ra asar
209
qay tildan tarjima etilayotgan bo‘lsa, kitobning otini o‘ziday
qoldirish yoki yaratilgan asarlarga sharq tillarining birida
(tabiiyki, adabiy etkisi va mavqei yuqori bo‘lgan tilda) ot
qo‘yish rusum bo‘lgan. Masalan, moniychilar tavbanomasining
turkiy versiyasi “Niğošaklarnïng suyïn yazuqïn öküngü
Xuastuanift” (ya’ni, “Tinglovchilarning gunohlaridan tavba
qiluvchi Xuastuanift”) deb atalgan. Turk-budda asarlarida
o‘zgacha bir xususiyatni kuzatamiz: ayrim asarlarning oti
aslida qanday bo‘lsa o‘shanday, ba’zilariga esa turkcha ot
qo‘yilgan. Masalan, “Mahayanasutra” – turkiy tilda “Uluğ
kölüŋü sutur” yoki “Maytreya samiti nataka”ning turkcha
versiyasi
“Maytri
simit
nom
bitig”
deb
atalgan.
“Suvarnaprabhasa sutra” qadimgi turkiy tilga “Altun öŋlüğ
yaruq yaltrïqlïğ qopta kötrülmiš nom eligi” (ya’ni, “Oltin tusli
yorug‘lik taratuvchi hamma narsadan buyuk bo‘lgan tojdor
no‘m”) deb o‘girilgan. Yoki, turkcha “Nirvan bitig” (=skr.
Nirvana sutra) – mahayana mazhabida yaratilgan sutralardan
birining otidir.
Qadimgi turk-budda, turk-moniy adabiyotlari, matnchiligi
negizida
shakllangan
ushbu
an’analar
turkiy
xalqlar
adabiyotida uzoq davr saqlanib qolgan. Buning ta’sirini o‘zbek
mumtoz adabiyotida ham uchratamiz. Masalan, Alisher
Navoiyning asarlari turkiy tilda ekanligiga qaramay, arabcha
atalgan: “Me’zānu-l-avzān”; “Muhākamatu-l-luğātayn” va
shuning singari.
Yozma manbalarda budda diniy-falsafiy tushunchalarining
asl turkiy shaklda qo‘llanilgani ham e’tiborga loyiq. Budda
muhitida turkiy tilning lug‘at tarkibida burundan qo‘llanib
kelayotgan
turkiy
so‘zlar
yangi
ma’noda
ishlatilgan.
Yozuvchilar atamani diniy qarashlarning mohiyatidan kelib
chiqib tanlaganlar. Bunga bir misol. Turklarda buddizmning
maxayana yo‘li amal qilgan. Qadimgi turkiy tilda bu mazhab
mahayana, tayšiŋ (bularning biri sanskritcha, ikkinchisi
xitoychadan o‘zlashgan) yoki uluğ kölüŋü deb atalgan.
210
Xinayana mazhabi esa kičig kölüŋü atalgan. Kölüŋü – qadimgi
turkiy tilda “yo‘l, mazhab” degani; uluğ kölüŋü – “dinning
keng tariqati” (большая колесница), kičig kölüŋü – “kichik
tariqat” (малая колесница) ma’nosini anglatadi.
Qadimgi turk, qolaversa, ushbu o‘lkalarda yashovchi
xalqlarda amal qilgan buddizmning o‘ziga yarasha jihatlaridan
yana biri shundaki, boshlab buddizm xudosiz din bo‘lgan.
Biroq turklarning bunga qadar amal qilgan inonchlarida butun
olamni va tirik mavjudotni yaratgan tangri (yaratmïš täŋri)
tushunchasi bor. Qadimgi turk buddizmining muhim belgisi,
unda turklarning bundan burungi diniy-falsafiy tushunchalariga
tayangan holda, xudo (täŋri) yaratildi. Turk-buddistlar
tushunchasida täŋri täŋrisi – “oliy tangri, Budda”. Buddani
ulug‘lab, tükäl bilgä täŋri täŋrisi burqan “tugal dono, tangrilar
tangrisi, Burxon” ham deganlar. Täŋri täŋrisi (=skr.
Devātideva) hamda tükäl bilgä “tangrilarning tangrisi, tugal
dono” – Buddaning sifatidir: Täŋri täŋrisi Burqan – Tangri
tangrisi Burxon (Budda).
Beš yol – besh yo‘l. Bu atama “do‘zah, jin-alvasti, hayvon,
inson va xudo”ni bildiradi.
Beš čaxšapit~beš čaqšapat (čaqšapat –
besh aqida: “gunohsiz bo‘lish; vujud pokligi; bo‘g‘iz pokligi;
yomonlik qilmaslik; shod yo‘qsil bo‘lish” demakdir.
Altï yol – olti yo‘l, yashashning olti shakli. Budda aqidasiga
ko‘ra, jonzodlar tiriklig chog‘ida qilgan yaxshi va yomon
amallariga qarab olti bor tug‘ilish va o‘lish imkoniga ega
bo‘ladilar. Bu nom ana shu tushunchani anglatadi.
Tört toğum – to‘rt tug‘ilish: 1) tuxumdan tug‘ulish, 2)
qorindan tug‘ulish, 3) namlikdan tug‘ulish, 4) mavhumlikdan,
yo‘q narsadan tug‘ulishni anglatadi.
On karmapt (karmapt . Bu atama budda
yo‘lidagi o‘n ezgulik: 1) jonivorlarni o‘ldirmaslik, 2) o‘g‘rilik
qilmaslik, 3) zino qilmaslik, 4) o‘zgalarga ayb chaplamaslik, 5)
ichkilik ichmaslik, 6) yolg‘on so‘zlamaslik, 7) masxaradan xoli
211
bo‘lish, 8) hasad qilmaslik, 9) achchiqlanmaslik, 10) xato va
yomon xayollarga bormaslikni bildiradi.
On türlüg paramit (paramit ham o‘n
nojo‘ya harakatdan o‘zni tiyishga ishoradir. Bular: 1)
jonivorlarni o‘ldirmaslik, 2) o‘g‘rilik qilmaslik, 3) zino
qilmaslik, 4) o‘zgalarni masxara qilmaslik, 5) ichkilik
ichmaslik, 6) zebu ziynatga berilmaslik, 7) qo‘shiq
tinglamaslik va raqs tushmaslik, 8) yumshoq to‘shakda
yotmaslik, 9) man qilingan taomlarni yemaslik, 10) mol-
dunyoga berilmaslik.
Üč etöz – Buddaning uch xil obrazini, uch xil qiyofada
namoyon bo‘lishini anglatadi.
Üč ödki – uch zamon: bu atama buddizmdagi “uch
zamonga tegishli” (o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon)
tushunchasini beradi (=Triskāla).
Diniy-falsafiy atamalarni matnda qo‘llash bir qancha
prinsiplarga tayanadi. Diniy matnlarda o‘zlashmalarning soni
ancha. Ular matn talabi bilan sanskrit va asar tarjima
qilinayotgan boshqa tillardan o‘zlashgan. Muhimi, turkiy tilda
burundan qo‘llab kelinayotgan o‘z so‘zlarni atama vazifasida
qo‘llash an’anasi o‘sha chog‘lardan qolgan.
Buddizm terminologiyasidagi sug‘dchadan o‘zlashgan nom
so‘zi “qonun, ta’limot” degan ma’noni beradi (sanskritcha
matnlardagi Dharma ga to‘g‘ri keladi). Bundan boshqa so‘zlar
ham yasalgan: nom eligi – “no‘m hukumdori” (=Dharma-rāja);
nom tilgäni – “no‘m g‘ildiragi” degani (=Dharmačakra); nom
bušï – “no‘m sadaqasi” (=Dharma dhana);
Xormuzta täŋri (=Indra). Uni “tangrilar xoni” deb atashgan:
Täŋri qanï Xormuzta täŋri – Tangrilar xoni Xo‘rmuzd tangri.
Buddizm falsafasida täŋri yeri tushunchasi bor – “tangri
yeri, qutlug‘ yer” degani (=Devaloka).
Buddizmdagi “besh uzv” (=Panča-Mandala) tushunchasini
beš tilgän deyilgan.
212
Yoki “ko‘k, asos” (=Svabhava) tushunchasini turkiy
sutrada
töz yïltïz deydi va b.
Turk-budda muhitida ishlab chiqilgan atama qabul qilish va
yasash prinsiplari turkiy tillar lug‘at tarkibining boyishiga katta
hissa
qo‘shdi
va
keyingi
davr
atamashunosligining
yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: