Egalik
Otlarda bir so‘zlovchining egalik belgisi -m affiksidir:
bašïm, közüm, elim. So‘zlovchi ko‘p kishi bo‘lganda -miz, -mïz
qo‘shimchasi qo‘llaniladi: bašïmïz, közimiz, elimiz, biligimiz,
saqïnčïmïz.
So‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablangan unlili bo‘lganda ushbu
qo‘shimcha ba’zan -muz, -müz shaklida ham qo‘shiluvi
mumkin. Masalan, Huast. da: muŋumuz, köŋülümüz.
So‘zlovchi o‘zi to‘g‘risida so‘z yuritganda, odatda, özüm
deb ishlatadi va bunga qo‘shimcha qilib ta’kidni kuchaytirish
uchun ba’zan bän olmoshini ham qo‘shib qo‘llashi mumkin:
153
Kältürtim-ök türk bodunuğ Ötükän yärkä bän özüm bilgä
Toñuquq. – Keltirdim ham turk xalqini O‘tukan yerga men
o‘zim bilga To‘nyuquq (Ton.17).
Tinglovchi birligining egaligi -ŋ qo‘shimchasi bilan hosil
qilinadi: bašïŋ, közüŋ, eliŋ.
Tinglovchi ko‘pligining egalik belgisi -ŋïz, -ŋiz / -ŋuz, -ŋüz
dir: bašïŋïz, közüŋüz, eliŋiz.
O‘zga birligining egalik belgisi -ï (-sï), -i (-si)
qo‘shimchasidir: bašï, közi, eli.
Muhimi shundaki, “O‘g‘uzxoqon” dostonida egalikning
o‘zga birligi lab unlisi bilan tugagan bo‘g‘inlarga -u (-su), -ü (-
sü) shaklida ham qo‘shilib kelgan: aŋağusu – qiyofasi, közü –
ko‘zi, köküzü – ko‘ksi, üčägüsü – uchalasi. Bunday fonetik
xususiyat hozirgi turk tilida ham saqlangan.
O‘zgalar ko‘pligining egaligi qarashlilik ko‘pligiga
birlikning egalik belgisini qo‘shib hosil qilinadi. Misoli:
sözläri.
Klassik adabiyotda -ŋïz, -ŋiz / -ŋuz, -ŋüz qo‘shimchasi
yolg‘iz ko‘plikni emas, o‘rni bilan, hurmatni ham bildiradi.
Masalan, mahbubaga hurmat ayni qo‘shimcha bilan ifoda
etiladi. Sak. da: qadrïŋïz, közläriŋiz, ğamzaŋïz, boyuŋuz,
zulfuŋuz. Quyidagi baytga e’tibor bering:
Ğamzaŋïz qan tökkäli qasd etsä har dam, ul zamān
La’lïŋïzdïn köp bolur Sakkāki:gä jān minnatï (Sak.715).
“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da ta’kidlanishicha, “qipchoq
tili”da egalik bu seniŋ (bu seniki), bu munïŋ (bu buniki), bu
anlaruŋ (bu ularniki), bu bizüm (bu bizniki), bu siziŋ (bu
sizniki), bu anïŋ (bu uniki), bu menüm (bu meniki) shaklida
ifoda etilgan. Bu so‘zlardagi -ŋ / -m qo‘shimchasi narsaning asl
egasini (kimga qarashli ekanligini, kimga oid ekanligini) bildiradi
(KTT.73).
Egalikning
bu
shakli
hozirgi
turk
tilida
ham
qo‘llanilmoqda: bu senindir, bu onlarïndïr, bu sizindir, bu
bizimdir, bu benimdir.Yoki, solishtiring, hozirgi o‘zb.:
154
menimčä (-im “men”ga emas, “mening fikrim”ga taalluqli,
“fikr”ning “men”ga qarashli ekanligini bildiradi): men(iŋ
fikr)imčä>menimčä. Yoki, yana bir misolni qiyoslang:
meniŋča. -niŋ qo‘shimchasi “men”ga tegishli, -čä esa “mening
fikrim”ga tegishli. Bu o‘rinda egalik qo‘shimchasi -im
qisqargan ().
Turk tilshunosligida benim evim, benim kitabïm, ev benim,
kitab benim birikmalaridagi -im affiksi tamlama eki (qaratqich
qo‘shimchasi) deb emas, balki iyelik eki (egalik qo‘shimchasi)
deb ishlatiladi. Turk tilshunosligidagi talqinlarga ko‘ra benim
evim, benim kitabïm birikma holida kelsagina, isim tamlaması
dir. -im affiksi funksional jihatdan tamlayan eki bo‘lib keladi.
ev benim, kitab benim shaklida gapga aylanadi. -im ning
olmoshga birikuv usuli ham tarixan menimčä so‘zidagi kabi
kechgan.
E’tiborga sazovorlisi shundaki, yenisey bitiglarida siz
olmoshiga ham uning kimga qarashliligini bildiruvchi -im
qo‘shimchasi qo‘shiladi: sizim “siz mening yaqinlarim” degan
ma’no anglashiladi”: Quyda qunčuyuma, sizim oğlumqa
bökmädim. – Uyda malikalarimga, siz (mening yaqinlar)im,
o‘g‘limga to‘ymadim (E.14.2).
Hozirgi
o‘zbek
tilida
tegishlilik,
qarashlilik
-niki
qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: meniki, seniki, unïki, bizniki,
sizniki. -m esa ba’zan she’riyatda, badiiy-ko‘tarinki uslubda
qo‘llaniladi, xolos.
-niki tarkibidagi -ki tegishlilikni, mansublikni bildiruvchi
(hozirgi grammatik asarlarda sifat yasovchi deya talqin
etilmoqda) affiksdir. Qadimgi shakli: -qï, -ğï, -ki, -gi.
Qiyoslang, qadimgi turkiy tilda: üzäki – yuqorigi, yayqï –
bahorgi. Hozirgi o‘zbek tilida: qïški, yazgi, kečki, ertäki,
aldïngi, keyingi. Bu misollarda: qïški – “qishga tegishli, qishga
qarashli”, yazgi – “yozga tegishli, yozga mansub” degan
ma’nolarni anglatadi va b. -niki tarkibidagi -ni esa qadimgi –
nïŋ, -niŋ / -nuŋ, -nüŋ qo‘shimchasining qoldig‘idir. Bu
155
qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlarga -qï, -ğï, -ki, -gi qo‘shilishi
bilan u ham o‘zgarishga uchragan: meniki (.
Hozirgi o‘zbek tilida bu, šu ko‘rsatish olmoshlarining
egalik qo‘shimchalarini olishi natijasida so‘z tarkibida fonetik
o‘zgarish sodir bo‘lgan: bunïm, bunïŋ, bunïsï; šunïm, šunïŋ,
šunïsï so‘zlari tarkibidagi -n- tarixan ko‘rsatish olmoshlari(bul,
šul)dagi -l bo‘lib, tilning rivojlanishi, grammatik qoidalarning
qat’iylashuvi sababli -n ga aylangan va har uchala shaxs egalik
affikslarini qo‘shishda yana tiklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |