Fe’llarning yasalishi
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, qadimgi turkiy tilda
“tug‘di” ma’nosida yenidi so‘zi qo‘llanilgan. Olimning
ta’kidlashicha, bu so‘z faqat insonlarga (xotinlarga) nisbatan
ishlatilgan. Masalan: urağut yenidi deyiladi, bu “xotin bola
tug‘di, yukidan bo‘shandi”, degani. Hayvonlar ustida so‘z
ketganda, tug‘ilgan narsaning oti olinib, unga -ladï, -lädi
qo‘shimchasi qo‘shiladi va bola tuqqanlik ma’nosi ifoda
etiladi. Chunonchi, sigir (ya’ni iŋäk) tug‘sa, iŋäk buzağuladï
deyiladi. Bu “sigir buzoq tug‘di” demakdir. Qush bolasiga
nisbatan bala deyiladi. Shundan “qush tug‘di” deyilmoqchi
bo‘lsa, yuqoridagi qoidaga muvofiq, quš balaladï deyiladi.
Faqat biya haqida bunday deyilmaydi. Chunki biyaning bolasi
– qulun. Agar biya tug‘sa, qïsraq qulnadï (
deyiladi, bu “biya bola tug‘di”, demakdir. Yana arslan
175
enüklädi deyiladi, bu “arslon bola tug‘di”, demakdir
(MK.III.100–102).
Endi til tarixida amal qilgan fe’l yasovchi qo‘shimchalarni
ko‘rib chiqamiz. Til tarixida fe’llar quyidagi qo‘shimchalar
bilan yasalgan:
-a, -ä / -ï, -i / -u, -ü affiksi.
Ushbu affiksning -a, -ä variantiga o‘rnaklar. Ko‘k turk
bitiglarida: yaša – yasha-, ötä – nasihat qil-; MK da: yašïn
yašnadï – yashin yashnadi, er qïšlağda yazadï – kishi qishloqda
yozni o‘tkazdi, er aš ašadï – kishi osh yedi; QB da: ota –
davola-, tona – to‘n kiy-, kiyim kiy-.
-ï, -i variantiga o‘rnaklar. MK da: öklidi näŋ – narsa
ko‘paydi, ton ölidi – to‘n ho‘l bo‘ldi.
-u, -ü variantiga o‘rnaklar. MK da: tawar qïzudï – mol
qimmatlashdi, ew tarudï – uy toraydi, yer keŋüdi – yer
(maydon) kengaydi; QB da: bayu – boyi-.
-la, -lä affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: qïlïčla – qilichla-,
qilichdan o‘tkaz-, atla – ot sol-, sülä – lashkar tort-, İB da: aq
bisi qulunlamïš – oq biyasi qulun tug‘ibdi, qulunlabdi; örüŋ
ingäni butulamïš – oq ingani bo‘ta tug‘ibdi, bo‘talabdi; QB da:
yïlla – yasha-, emlä – davola-, kezlä – saqla-.
-da, -dä / -ta, -tä affiksi. MK da: ol meni ündädi – u meni
undadi, ol anïŋ aδaqïn bağdadï – u uning oyog‘ini chaldi, ol
yağïnï sandadï – u yov izidan bordi.
Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: alda (al – qadimgi turkiy tilda
“makr, hiyla” degani), ündä.
-ïq, -ik affiksi. Kul tigin bitigida: tašïq – sirtga, tashga chiq-
, ičikdi – ichga kirdi, (qal’aga) kirdi. Uyg‘ur yozuvli qadimgi
yodgorliklarda: tağïq – toqqa chiq-, yolïq – yo‘liq- . QB da:
atïq – nom chiqar-, birik – birik-.
-ad, -aδ, -at, -äd, -äδ, -ät affiksi. Ko‘k turk bitiglarida:
qulad – qul qil-, yoqad – yo‘qot-, bašad – bosh bo‘l-, küŋäd –
joriyaga aylantir-. Uyg‘ur yozuvli qadimgi yodgorliklarda:
ulğad – ulg‘aytir-, yigäd – yaxshilat-, edäd – mol-mulkli qil-.
176
Yoki QB da: muŋad – mungli qil-, qutad – baxtlantir-, baxtga
yetkaz-. Qutadğu bilig ~ Qutaδğu bilig ham shundan. Bu nom
“Qutlantirguchi, baxtga yetkazuvchi bilim” degan ma’noni
beradi. Hozirgi o‘zbek tilida bu qo‘shimcha yoqat- so‘zining
tarkibidagina saqlanib qolgan (yoq-at).
-qar, -ğar, -kär, -gär affiksi. MK da: ol meni atğardï – u
meni otga mindirdi, ol at otğardï – u otni o‘tlatdi, ol at
suwğardï – u otini sug‘ardi, öδläk küzgärdi – kuz bo‘ldi.
Hozirgi o‘zb.: bašqar, qutqar (qut – “erk, ozod” so‘zidan),
suğar (.
-r affiksi. MK da: qïzardï – qizardi, qarardï – qoraydi, ot
yašardï – o‘t yashil bo‘ldi, yashardi, sarğardï – sarg‘aydi,
örüŋärdi – oqardi. AH da: eskir – eskir.
-sïra, -sirä affiksi. Bu qo‘shimcha “istash, zor bo‘lish”
ma’nosidagi fe’llar yasaydi: qağansïra – xoqoniga zor qilmoq,
elsirä – eliga zor qilmoq. Ko‘k turk bitiglarida: Elligig
elsirätdimiz, qağanlïğïğ qağansïratdïmïz. – Eli borni (elidan
ayirib) eliga zor qildik, xoqonlini (xoqonidan judo qilib)
xoqonga zor qildirdik (K.18). “Türük bodun ölüräyin,
uruğsïratayïn” tir ermis. – “Turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini
qoldirmayin (urug‘iga zor qilayin)” der ekan (K.10). Uyg‘ur
yozuvli qadimgi matnlarda: tïnsïra – tinchini yo‘qotmoq,
tatïğsïra – ta’mini unutmoq, küčsirä – kuchini yo‘qotmoq,
ögsirä – aqldan ozmoq. Hozirgi o‘zbek tilida ham bu affiks
ayni ma’nodagi fe’llar yasaydi: xatïnsïradï – xotin istadi,
ersirädi – erni istab qoldi, qansïradï – qon istadi.
-sa, -sä affiksi. MK da: ölsädi – o‘lmoq istadi, ölümsädi –
o‘limni istadi. Uyg‘ur yozuvli matnlarda: barïğsa – borishni
istamoq, körügsä – ko‘rishni istamoq, tapïğsa – xizmat qilishni
istamoq, suwsa – suvsa-.
-sï, -si affiksi. MK da: suwsïdï – suv ochdi, yağsïdï – yog‘li
bo‘ldi, ačïğsïdï – achidi, quruğsïdï – quriy boshladi.
-sïn, -sin affiksi. MK da: ewni ewsindi – uyni uy sanadi,
oğul ersindi – o‘g‘il o‘zini erkakday tutdi.
177
- ran, -rän affiksi. QB da: ögrän ( ög – “aql” so‘zidan).
Hozirgi o‘zb.: örgän.
Do'stlaringiz bilan baham: |