So‘zlarni juftlash orqali yangi so‘z yasash
So‘zlarni juftlash yo‘li bilan yangi ma’no hosil qilish,
asosan, badiiy matnlarga xos.
Ko‘k turk bitiglarida ot va sub so‘zlari juft holda qo‘llanib,
“dushman, yov” ma’nosini anglatadi: Biriki bodunuğ ot sub
qïlmadïm. – Birikkan xalqni (bir-biriga) o‘t-suv [ya’ni yov]
qilmadim (K.27).
Bitiglarda yer va sub so‘zlari juft holda qo‘llanib, “tuproq,
o‘lka, yurt, vatan” ma’nosini anglatgan: Kögmän yer-sub idiziz
qalmazun tiyin. – Ko‘gman yer-suvi egasiz qolmasin deya
(K.20). Täŋri Umay ïduq yer-sub basa berti erinč. – Tangri
Umay bilan yer-suv(imiz yovni) bosib berdiku (Ton.38).
Alqïš so‘zi “olqish, maqtov, madh” degan ma’noni
anglatadi. U alqïš ötüg shaklida ham qo‘llaniladi, bunda
“ibodat, duo” degan ma’noni bildiradi.
Yoki: äw so‘zi “uy” degani, matnlarda äw barq shaklida
ham qo‘llaniladi, bu shakli “uy-joy, turar joy; ro‘zg‘or”
ma’nolarini beradi. Shuning singari: anïğ yawlaq – yomon,
bo‘lmag‘ur, aš ičkü – ovqat, iš tuš – teng-tush, o‘rtoqlar,
og‘aynilar.
Adaš so‘zi “o‘rtoq” degani, matnlarda adaš qudaš shaklida
ham qo‘llaniladi, bu “do‘stlar, yoru birodorlar” ma’nosini
beradi.
144
Yoki ät – “go‘sht, tana”, öz – “o‘zlik”, ätöz esa “vujud,
jism, tana” ma’nosini beradi.
QB, 6 da: tüš-teŋ. So‘z tarkibidagi tüš ham “teng”
ma’nosidadir, tüš-teŋ
–
“tengdosh, tenqur” degani. Yoki, yana
solishtiring, hozirgi o‘zb.: teŋqur. Qadimgi turkiy tilda: qur –
“esh, teng” degani. Chog‘ishtiring, X.36 da: qur boltï
–
esh
bo‘ldi.
Hozirgi o‘zbekchada uwalï-juwalï so‘zimiz bor. Bu so‘z
qadimgi turkiy tildagi uya so‘ziga bog‘lanadi. Qadimgi turkiy
tilda uya ikki ma’noda qo‘llanilgan: 1) birodar, yaqin kishilar,
tug‘ishganlarni anglatgan (E.15.3; MK.I.113). Bu so‘z Adib
Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarida
ham
uchraydi: Ata bir, ana bir, uyalar, bu halq.
–
Ota bir, ona bir,
barcha xalq qardosh, birodordir (AH.291). Asar ko‘chirilgan
davr tilida uya so‘zining “birodor, do‘st” ma’nosi unutilgan
ko‘rinadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak asarning S nusxasida
uyalar so‘zining ostiga birādarān deb yozib qo‘yilgan. 2)
“yashash joyi, uya” ma’nosini anglatadi. Masalan, İB da: uya –
in, uya.
Uya so‘zining “yashash joyi, uya” ma’nosi hozirgi o‘zbek
tilida ham bor: Quš uyasïda körgänini qïladï. Turk tilida bu
so‘z yuva shaklida qo‘llanmoqda: Yuvayï yapan diši quštur
(Uyani qurgan moda qushdir). Hozirgi o‘zbek tilidagi uwalï-
juwalï tuzilishiga ko‘ra juft so‘zdir: uwa~yuwa~juwa – bir
so‘zning
turli
fonetik
variantlari
bo‘lib,
u
“avlod,
tug‘ishganlar” ma’nosini beradi. Uwalï-juwalï so‘zi tarkibidagi
birinchi -lï qadimgi turkiy tilda amal qilgan teng
bog‘lovchining qoldiq shaklidir. Keyingisi esa hozir sifat
yasovchi sifatida tushuniladi. Ushbu so‘z ayni shaklda
“serfarzand, avlodli” ma’nosida.
Yozma yodgorliklarda so‘zlarni takrorlash yo‘li bilan ham
yangi ma’no hosil qilinadi. Masalan, adruq – “ayri” degani,
matnlarda adruq adruq shaklida ham qo‘llaniladi, bu “turli, har
xil” ma’nosini beradi.
145
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:
Lutfan
o‘z
bilgingizcha
o‘rnaklar
ko‘magida
so‘zlarni
morfemaga ajratish yollarini tushuntiring.
Hozirgi o ‘zbek tilidagi yaylaw, yulduz, quyaš, zorğa so‘zlarini
tarixan qanday morfemalarga ajratish mumkin?
Til tarixida so‘z yasalishining qanday yollari amal qilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |