So‘zlarning morfologik usulda yasalishi
So‘zlarning morfologik usulda yasalishi o‘zak yoki yasama
so‘zga yangi bir so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan
boshqa bir so‘z hosil qilinishidir.
Turkiy tillar tarixida, yozma yodgorliklar tilida so‘zlar
qat’iy qonunlar asosida yasalgan. Yasama so‘z ma’no jihatdan
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan o‘zakdan, o‘sha so‘zning har qaysi
emas, aynan tutash ma’noli semasidan urchiydi. Agar yasama
139
so‘zning morfem tarkibi chuqur tahlil qilinsa, o‘sha ildizga
yetib boriladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida “o‘tni yulish
jarayoni”ni anglatuvchi otaq so‘zi “o‘tni yul-” ma’nosidagi
ota- fe’lidan, u esa “o‘simlik” anglamidagi ot so‘zidan
yasalgan. Yodgorliklarda otačï degan atama uchraydi, “tabib,
davolovchi” degani. Bu so‘zning o‘zagi “o‘t, o‘simlik” emas,
balki “dori, em” ma’nosidagi ot dir, undan ota-, ya’ni “davola”
fe’li, unga -čï qo‘shimchasini qo‘shib otačï oti yasalgan.
Demak, otačï so‘zining ildizi “davolamoq” ma’nosidagi ota-,
uning negizida “dori” ma’nosidagi ot ga bog‘lanadi.
Yodgorliklar tilida, boshqa bir ota- fe’li ham uchraydi,
masalan: otuŋ ota- deydi, bu “o‘tin qala-, o‘tin yoq-” degani.
Endi bu fe’l “o‘t, olov” anglamidagi ot dan. Hozirgi o‘zbek
tilida otaw degan so‘zimiz bor, bitiglardagi ko‘rinishi – otağ.
Hozirgi ma’nosiga qaraganda, bu so‘zning o‘zagi, harqalay,
“olov” ma’nosidagi ot dir. Undan “o‘t qala-“ ma’nosidagi ota-,
unga joy oti yasovchi -ğ qo‘shimchasini qo‘shib, otağ so‘zi
yasalgan, bu “o‘t yoqib qishni o‘tkazadigan joy” ma’nosini
beradi. Chog‘ishtiring: qïšlaq (qishlaydigan joy”; yaylağ (yer, yaylov”.
Hozirgi ayrim o‘zbek shevalarida “dazmol”ni ütük deydi.
Bu so‘z o‘zagining “olov” ma’nosidagi ot ga bog‘liqligi yo‘q.
Chunki, Mahmud Koshg‘ariy uni ütük shaklida keltirgan (Agar
bu so‘z ot dan yasalganida uni singarmonizm qoidasiga ko‘ra
otuq shaklida keltirgan bo‘lur edi). Ahamiyatlisi, Koshg‘ariy
devonida ütidi fe’li ham keltirilgan (MK.III.268), bu
“dazmolladi” degani. Demak, ütük o‘sha fe’ldan ekanligi ayon.
Qiyoslang, Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn”
asarida ta’kidlanishicha, “üt- kallanï otqa tutup tükin arïtur
ma’nādadur”.
Ayrim olimlar elig so‘zini ellig [ya’ni “eli bor”] dan kelib
chiqqan deb tushuntiradilar. Bu fikrga qo‘shilmayman. Chunki
-g, -ğ qo‘shimchasi fe’ldan ot yasaydi. Masalan, “kuzatuvchi,
140
ayg‘oqchi” anglamidagi körüg so‘zi kör- fe’lidan yasalgan.
Shunday ekan, elig so‘zining negizi “el, yurt” anglamidagi el
emas. Endi uning mag‘zini chaqib ko‘raylik. Tilimizda elit-
fe’li bor, “yetakla-, olib bor-” ma’nosida. Ushbu so‘zdagi -t
ko‘rsatkichi orttirma nisbat qo‘shimchasidir. Demak, fe’l eli-
bo‘lib chiqadi, u “qo‘l, barmoq” ma’nosidagi el otidan, so‘ng
unga -g qo‘shimchasini qo‘shib, elig so‘zi yasalgan:
el+i+g>elig. Elig so‘zining ma’nosi “etaklovchi, boshlovchi”
degani.
Yana quyidagi misollarga e’tibor bering: rangni bildiruvchi
yašïl – “yosh, yangi” ma’nosidagi yaš so‘zidan yasalgan (yaš-
ïl). E’tiborga sazovorki, “Qutadg‘u bilig”da osmonning sifati
yašïl so‘zi bilan berilgan: yašïl kök. Ko‘k turk bitiglarida uni
kök täŋri deydi: kök – rangni bildiradi, täŋri esa “osmon”
degani. “Qutadg‘u bilig”da osmonga nisbatan qo‘llanilgan
yašïl sifati, o‘t, maysa rangini emas, balki “tiniq, beg‘ubor”
ma’nosini beradi: yašïl kök – “tiniq, musaffo osmon”.
Umr vaqti anglamidagi yaš ham ayni so‘zdan urchigan;
umrning muayyan vaqti: bir yaš – insonning bir yillik umri.
Yaš, yaš yigit, yaš bala deyilganda “hali ko‘p yashamagan,
o‘smir” tushuniladi (chog‘ishtiring, qadimgi turkiy tilda: yašlïğ
– yoshi katta, keksa; yašlïğ er – keksa kishi. Hozirgi turk tilida:
yašlï (yaš-lï) – “keksa, uzoq yashagan kishi”). Yaša (yaš-a)
fe’li ham ayni o‘zakdan. Endi yašïn, yašna ( so‘zlari
boshqa bir o‘zakdan yasalgan (chog‘ishtiring: čaqïn, čaqna; bu
ham yuqoridagi qolipda bo‘lib, o‘zagi čaq-; čaqmaq čaqdï;
yoki: gügürt čaq-, ot čaq-). Harqalay, yašïn so‘zining o‘zagida
“yorug‘, nur” ma’nosi borligi ayon. Qadimgi turkiyda: yašu-
yorug‘lik sochmoq. Chog‘ishtiring, QB da: Yašïq – Quyosh.
Yaruq ham o‘sha qolipda yasalgan, yaru- “yorug‘lik sochmoq”
so‘zidan.
Affiksasiya usuli bilan so‘z yasalishida so‘zning ichki va
tashqi tomoniga e’tibor qaratiladi. So‘zning ichki tomoni
ma’no, semantika bilan bog‘liq. Tashqi belgisi uning tovush
141
tomonidar. Qadimgi turkiy tilda yasama so‘z ana shu ikki jihat
birligidan yuzaga kelgan. Demak, o‘zak bilan yasalgan negiz
o‘rtasida ham ma’no, ham fonetik jihatdan bog‘liqlik bo‘lmog‘i
kerak.
Yodgorliklar tilida so‘z yasovchi affikslarning vazifasi
muqum. Har bir affiks, o‘ziga tegishli doirada harakat qiladi,
muayyan ma’noni anglatuvchi so‘zlar guruhini yasaydi,
chegaradan chiqmaydi. Sinonimiya qurshoviga tushgan
taqdirda ham, eshi yo‘l bersagina, uning vazifasini bajaradi.
Yana har affiksning fonetik variantlari ham bo‘ladi.
Variantlarning bari “bir affiks”, har qaysisi “o‘sha affiksning
ko‘rinishi” deb qaraladi. Ular o‘zakka singarmonizm qonuni
asosida birikadi; biri boshqasining o‘rnida kela olmaydi.
So‘zning morfem qurilishini tekshirganda bu qonuniyatlarni
unutmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |